Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
dedim.— Ajal kosasini bu safar menga tutmay qo‘ya qol! Yana o‘zing bilasan, Sening hukmingga 
tobeman». Mana, o‘sha ajal sharbati bilan limmo-lim to‘la kosa menga dam sayin yaqinlashib kelyapti, 
u meni tashlab yonimdan o‘tib ketmaydi, u muqarrar menga atalgan, siz buning nima ekanligini bilasiz, 
undan qochib qutulmoq yo‘q. Bundan chiqdi, mening boshimga ne sinoatlar tushajagini oldindan 
bilgan ekansiz-da, unda, shuncha yillar, yo iloham, onajonim, mehribonim, menga jon ato etib, umid, 
orzular bilan parvarishlar qilib, hammasiga qanday chidadingiz, axir. Meni rabbim yaratganda, mana 
shu ulug‘ va alamangez kun uchun, eng sho‘rida kun uchun yaratgan ekanda: zero, odam bolasiga o‘z 
o‘limidan ko‘ra musibatliroq narsa yo‘q, ona uchun esa o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandi halokati 
— undan yuz chandon og‘irroq va qayg‘uliroqdir. Kechir, meni, onajon, sening yozmishing mendan 
emas, yolg‘iz Padarim Rabbimdandir. Shunday bo‘lgach, Undan yozg‘irmaylik, Unga musallam nigoh 
bilan qaraylik. Bor qilguvchi ham, yo‘q qilguvchi ham irodasidir!» 
U onasi Maryamni eslarkan, bolalik chog‘larida, besh yashar payti boshidan kechirgan bir voqea 
yodiga tushdi. O’sha kezlar ularning xonadonlari podshoh Irodning ta’qibidan qochib, Misrda kun 
kechirardi. Irod yangi tug‘ilgan go‘dak — bo‘lajak Iso Masihoning joniga qasd qilgan, zotan, 
kohinlardan shu kunlarda Bani Isroil shohi dunyoga keldi, degan xabarni eshitgandi. Bu orada bolani 
yashirib-yashirib katta qildilar. Ular turgan yerdan picha narida juda katta to‘lg‘in daryo oqardi. Nili 
muborak deganlari shu bo‘lsa kerak — u betidan bu beti ko‘rinmaydigan ulug‘ daryo edi. Shu yerlik 
boshqa ayollar kabi Maryam bolasini yoniga olib kir chaygani daryo bo‘yiga tushardi. Ular o‘sha kuni 
daryoga kelganlarida, bir chol qayig‘ini qirg‘oqda to‘xtatdi, ohista ularga yaqinlashdi-da, Maryam va 
bolakayga iltifot bilan salom berdi. «Otajon! — dedi unga qarata Maryam.— Kayig‘ingizda o‘g‘limni 
sayr qildirsam, maylimi? Juda ham qayiqqa tushgisi kelyapti, tentakvoyning». «Mayli, Maryam,— deb 
javob berdi chol,— bu qayiqni men shunga olib keldim. Unda o‘g‘lon Isoni o‘ynatgil». Cholning o‘g‘li 
va o‘z otini aytib chaqirganidan Maryam hayron bo‘lib o‘tirmadi. Lekin, choldan eshkakni siz eshing, 
deb so‘ragani o‘girilgan edi, chol xuddi havoda erib ketganday birdan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Maryam 
bundan ham taajjubga tushmadi. Bolakay qayiqqa tushar ekanman deb, shu qadar suyunib ketgan
azbaroyi quvonganidan osmonga sakrab o‘ynar, onasini tezroq bo‘ling deb, shoshirardi. Shundan so‘ng 
Maryam kirlarini qirg‘oq bo‘yidagi toshlar ustiga tashladi, o‘g‘lini ko‘tarib, qayiqqa o‘tqizdi, 
qayiqning bog‘ini yechdi, daryoga itarib tushirdi, qayiqqa sakrab chiqdi, bolani tizzasiga olib o‘tirdi va 
ular daryo oqimi bo‘ylab suzib ketdilar. 
Qirg‘oqning yaqinginasida porlab turgan suv uzra suzish — o, qanchalar g‘aroyib edi — sayozroq 
joylarda qamishlar shuvillab salom berar, sohil bo‘ylarida gullar chappar urib ochilib yotar, butazorlar 
oralab anvoyi rangli qushlar ne turfa tovushlar bilan sayrar, iliq havoda kapalaklar uchib-qo‘nib 
yayrashar, chirildoqlar chirillashardi. Oh, ne farog‘at edi bu! Maryam ohista xonish qilib kuylay 
boshladi, u behad baxtiyor edi, o‘g‘lining esa qayiqda suzib borayotganidan boshi osmonda edi. 
Bundan Maryamning dili yanada yayrardi. Bu orada, ular ham unchalar uzoq suzmagan, qirg‘oqdan 
ham olis ketmagan edilar — daryoning sayoz yerida yotgan kattakon to‘nkaga birdan jon kirdi va suvni 
o‘qdek kesib, ularga qarab tahdidli suzib kela boshladi. Bu g‘oyatda bahaybat timsoh bo‘lib, uning 
do‘laygan ko‘zlari yeb qo‘yaman deb, och tikilardi. Bolakay qo‘rqib ketib chinqirib yubordi. Maryam 
shamday qotgan, nima qilishini bilmasdi. Timsoh qayiqni dumi bilan urib ag‘darib yuborishga sal 
qoldi. Maryam eshkakni tashlab, bolani mahkam bag‘riga bosdi. «Yo, Rabbim! — yolvordi u.— 
O’g‘ling bu! O’z o‘g‘ling Iso! Uni o‘zing bergansan! O’zing madad qil, yo Rabbim! O’zing uni xalos 
et!» Xotin shunchalar ko‘rqib ketgan ediki, ko‘zlarini chirt yumib, Olamni yaratganga va farzandining 
Samoviy Padari bo‘lganga yolvorgani yolvorgan edi. «Bizni tark etma, Xudoyo. U hali senga kerak 
bo‘ladi!» deb qichqirdi Maryam. Boshqaruvsiz qolgan qayiqni suv tubidan timsoh italadi va u oqib 
ketdi. Maryam bir zamon ko‘zlarini qo‘rqa-pisa ochdi, shunda quvonganidan qichqirib yubordi. Qayiq 
qirg‘oq chetida to‘xtagan, xuddi birov uni atay shu yerga keltirib qo‘yganday edi. Timsoh shundan 
so‘ng orqasiga qayrildi, u uzoqlarda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Es-hushini yo‘qotgan Maryam esa 
qayiqdan otilib tushdiyu ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lagancha va suyunib kulgancha sohil bo‘ylab chopib 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling