Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 — Faraz qilaylik, sening aqidalaring to‘g‘ri. Unda nega aytmaysan sening ikkinchi qayta dunyoga kelishing qachon bo‘ladi? Agar odamlarga juda uzoq, haddan tashqari uzoq kutishga to‘g‘ri kelsa, buning ularga nima keragi bor? Butun umri davomida ro‘yobga chiqmagan narsadan odam bolasiga nima naf? Undan keyin, rostini aytsam, bunday aqlga to‘g‘ri kelmaydigan havodisni kutib yurishni hatto tasavvurga ham sig‘dirib bo‘lmaydi. Yohud, ko‘r-ko‘rona ishonib, kutish kerakmi? Nima beradi bu? Qanday foyda chiqadi bundan? — Sening ishtibolaring tushunarli, Rim hukmdori. Sen bamisoli yunon ustozlaring kabi to‘pori va dunyoviy fikr yuritasan. Ranjima, bu so‘zimdan. Hozir qoshingda foniy kimsa kabi turibman, bemalol tortishaver. Buning ustiga sen bilan ikkimiz turli-tuman odamlarmiz —xuddi o‘t va suvdek. Fikrlaganda ham boshqa-boshqa tomondan yondashamiz. Senga tinchlik bermayotgan narsa haqida aytmoqchiydim, hukmdor... Ikkinchi marta dunyoga qayta kelishlikni uzoq kutish kerak bo‘ladi, bu to‘g‘ri. Sen haqsan. O’sha kun qachon keladi, buni hech kim aytib berolmaydi. Bu olam yaratganning izmi-irodasiga bog‘liq. Bizning nazdimizda ming yillar cho‘ziladigan hodisotlar uning uchun ehtimol bir zumgina davom etadi. Ammo mohiyat boshqa yerda. Yaratgan bizga dunyodagi eng qutlug‘ ne’mat — aql-hush ato etdi. Va bizga o‘z bilgimizcha yashash haqini berdi. Ushbu ilohiy tuhfani qanday tasarruf qilamiz, odamzod tarixlarining tarixi ana shu bo‘ladi. Odam tirikligining ma’nosi o‘z ruhoniy darajasini kamolga yetkaza borishidadir. Odamda shundan o‘zga oliy omol yo‘q. Sen buni inkor qilmasang kerak, Rim hukmdori? Kun-bakun odam bo‘lmoqdan ko‘ra og‘irroq narsa yo‘q odamga. Shu bois, sen ishonmagan kunni qanchalar uzoq kutish-kutmaslik, hukmdor, odam bolasining o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoladi. — Ana xolos!— Pontiy Pilat hayajonlanib o‘rnidan turib ketdi, taxt suyanchig‘idan ushladi.— Shoshma, shoshma. Nahot, bu odamlarning o‘ziga qarab qolgan, sira aqlim bovar qilmaydi! Men sening aqoyidingga ishonmayman. Buni tasavvurimga sig‘dirolmayman. Agar odamzod o‘z inon- ixtiyori bilan bunday hodisalarni yaqinlashtira yoxud uzoqlashtira olsa, ular Xudoga aylanib qolmaydilarmi? — Balki, sen haqdirsan, Rim noyibi. Ammo men avvalo haqni ovozadan farqlab, ajratib olishni istayman. Haq borasidagi mish-mish — adoqsiz kulfat. Mish-mishu ovozalar bamisol suv tagidagi balchiq. Vaqt o‘tib balchiq yig‘ilib, chuqur oqar suvlar ko‘lmakka aylanadi. Hayotda doim shunday. Bashorat va azobu uqubatlar ichra topilgan, odamlarning baxti-saodati uchun yaraydigan har qanday buyuk fikrlarni mish-mishu ovozalar chaynab-chaynab aloha buzadi hamda o‘zi va haqqa qarshi yovuzlikka do‘ndiradi. Mening aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, Rim hukmdori, sen ishongan o‘sha yolg‘on-yashiqlarning hammasi bu — mish-mish, haqiqat esa boshqa yerda. — O’sha haqiqatni ochib bermaysanmi? — Mayli, urinib ko‘raman. Musohabadan qochmay qo‘ya qolay. Axir, bu haqda oxirgi marotaba so‘zlayapman. Shuni yaxshi bilgilki, Rim hukmdori, Ollo-taoloning yozmish yo‘l-yo‘rig‘i bir kunmas- bir kun Bani Bashar xuddi yoz kezi chaqqan chaqmoqdek yer yuziga qaytib, elatlar ustidan qiyomat hukmini o‘qishidan emas, aksincha bo‘ladi, lekin maqsad o‘sha-o‘sha qoladi. Shahardan G’ulqofga o‘tib borguncha yashash muhlati qolgan men emas, siz, odamlar Iso Masiho kabi yashaymiz deb, kelajaksiz, bilgisiz endigi nasllarga aylanib, oliy solihot ichra men tomon kelajaksiz. O’sha mening dunyoga ikkinchi kelishim bo‘ladi. Boshqacha aytganda, men azoblarim orqali odamlarda o‘zimga qaytaman, odamlarda odamlarga qaytaman. Gap ana shu haqda. Men vaqt ichida ming yillar orqada qolaman-u, lekin sizning kelajagingizga aylanaman. Ollo-taoloning yozmishi shu. Odam bolasini unga atalgan yaxshilik va go‘zallik taxtiga o‘tqazmoqning yo‘l-yo‘rig‘i shu. Mening va’zlarimning ma’no- mazmuni ham shunda. Haqiqatan ham mumtoz g‘oyalarni bach-kanalashtirib yuboradigan ovozalar va yurimsak mish-mishlarda emas, xuddi mana shunda. Ammo bu inson nasllari uchun eng og‘ir va eng olis yo‘ldir. Seni, Rim noyibi, ana shu narsa xavotirga solayotgani to‘g‘ri. Bu yo‘l bugungi yozg‘iriq kundan, Xudo o‘g‘lining o‘ldirilishidan boshlanadi. Odamlarning gunohlarini yuvish, ularning ko‘zlarini ochish va ilohiy xislatlarni uyg‘otmoq uchun men bugun jonimni qurbon qilaman. Mening |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling