Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
bilan o‘z gunohlaringni yanada ko‘paytirasan, zero, kim zo‘rlikka qarshi bo‘lsa, demak, zo‘ravonlarga 
qarshidir. Sen Adolat Saltanati tuzish niyatida Rum davlatiga qarshi chiqyapsan. Rumning kun sayin 
ortib borayotgan kuch-qudrati, butun jahon miqyosidagi hukmronligiga to‘siq bo‘lmoqchisan, yolg‘iz 
shu bad niyating uchunoq seni yana uch karra qatl etsa arziydi! 
— Buncha saxovat ne darkor, ey yaxshi hukmdor. Bir martasi ham yetib ortadi. Ammo gapimiz, 
mayli, chala qolmasin. Lekin, albatta, meni G’ulqofda kutaverib, jallodlar oftob tig‘ida sarg‘ayib 
ketgan bo‘lsalar ham kerak, bechoralar. Lekin gapimizni tugatib qo‘yaylik. Bu mening o‘lim oldidan 
oxirgi so‘rovim. Shunday qilib, Rim noyibi, seningcha haqiqiy kuch-qudrat zo‘ravonlikda. Lekin 
dunyoda boshqa bir kuch ham bor — bu yaxshilik kuch-qudrati. Bunga erishish, menimcha, qiyinroq 
va murakkabroq, ezgulik uchun urushdan ko‘ra ko‘proq matonat hamda sa’y-harakat kerak. Noyib, sen 
o‘limim oldidan mening eng so‘nggi musohibimsan, shuning uchun so‘zlarimga quloq sol. Men senga 
dilimni ochmoqchiman. Lekin sen cho‘chima. Sendan marhamat so‘ramoqchi emasman... 
— Kulgimni qistatma. 
— Shuning uchun ham oldindan pisanda qilib qo‘yyapman, xavotir olma deb. Endi buni faqat 
sengina bilasan. O’tgan kecha dilimga vahima tushdi. Avval nega besababdan-besabab bunday 
bo‘lyapti, deb o‘yladim. Hefsimaniyada havo dim emasdi. Tog‘lik bog‘da g‘ir-g‘ir shabada esardi. 
Faqat men o‘zimni qo‘yarga joy topmasdim. Dilim g‘am-hasrat, qo‘rqinchga botdi. Go‘yo yuragimdan 
ko‘kka musibat o‘rlay boshladi. Somelarim, musohiblarim uxlamay menga dalda bermoqchi bo‘lishar, 
ammo baribir hech yengil tortmasdim. Qazovu qadarda bitilgan soat kelganligini ko‘nglim sezardi. 
Ostonaga o‘lim sharpasi yonboshlagandi. Shunda dahshatga tushdim... Axir, o‘lim har bir tirik jon 
uchun so‘ngsiz zulmat. 
— Nega unday?— zaharxanda qilib qaradi Pontiy Pilat mahkumga.— Narigi dunyo nima bo‘ladi, 
Masihim? Axir, sen aytmovdingmi, hayot o‘lim bilan yakun topmaydi deb? 
— Yana mish-mishlarni tilga olyapsan, hukmdor! Narigi dunyoda ruhlar xuddi suv ustiga tushgan 
soyaday sassiz kezib yuradilar. Bu bilgisiz makonlararo bilgisiz hayollarning zuhrotidir. U yerlarga 
jism uchun yo‘l yopiq. Ul o‘zga koinot, ul bir hayotdirkim, uni aslo bilib bo‘lmas. Ul lomakonda 
vaqtning o‘tishi ham o‘zga, u yer vaqti bilan o‘lchanmagay. Holbuki, gapimiz o‘lchovlik hayot, yer 
yuzidagi hayot ustida borayotgan edi. Meni g‘alati bir his chulg‘ab oldi, go‘yo hamma narsalar menga 
begona bo‘lib qolganday edi. O’sha kecha Hefsiman bog‘ida tinchimni yo‘qotib, sovuq shamol kabi 
kezdim, soya kabi parishon edim, go‘yo koinot qavatlarida mendan boshqa idrok egasi qolmaganday 
edi, bamisoli yer uzra uchardim va na yorug‘ kun ichra va na zulmatli tun ichra biron-bir tirik inson 
bolasini ko‘rmasdim,— bari o‘lgan edi, barini so‘ngan yong‘inlarning qop-qora kul-ko‘roni qoplagan 
edi. Zamin keta-ketguncha xarobazorga aylangandi — na o‘rmon bor, na ekinzorlar, na dengizlarda 
kemalar bor, faqat olis-olis allaqaylardan juda g‘alati, elas-elas zing‘illagan ovoz keladi, xuddi shamol 
xislatli ingirlaganday, xuddi tubsiz yer choxlarida temir ting‘irlaganday, xuddi qabrlar uzra 
qo‘ng‘iroqlar jingirlaganday, men esam ko‘k toqida qo‘rqinch va hasratga to‘lib yop-yolg‘iz par kabi 
uchib yurar, yuragimni yomon havl va xabar iztiroblari o‘rtar, mana, oxir dunyo ham yetib keldi, deb 
o‘ylardim. Meni bosgan hasratga sira chidab bo‘lmasdi: odamlar kayda qoldilar, axir? Men boshimni 
endi qayga qo‘yayin? Jonimga g‘alayon tushdi: mana, Rabbano, oxir kun, uni barcha inson nasllari 
intizor kutgan edilar, mana, Qiyomat, mana, idrokning intihosi, aqlli xilqatning itmomi... Nega bunday 
bo‘ldi, qaydan bu halokat, qaydan bu tubsiz choh, nega o‘z tomirimizni o‘zimiz qirqdik, kuydirdik, 
hayolimga kelgan fikrdan dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ketdi: mana, odamlarni sevganingning 
jazosi dedim, mana, o‘zingni qurbon qilganing uchun ajir. Nahot odamzodning qahrli dunyosi quturib 
o‘zini mahv etdi, xuddi o‘z zahri qotili bilan o‘zini o‘ldirgan chayonday. Nahot odamlarning odamlar 
bilan chiqisholmasligi, saltanatlarning saltanatlar bilan chiqisholmasligi, g‘oyalarning g‘oyalar bilan 
chiqisholmasligi, takabburliklar va hokimiyatparastliklarning chiqqisholmasligi, mutlaq hukmronlik 
nash’asini surgan buyuk Qaysarlaru tish-tirnog‘igacha qurollangan, son-sanoqsiz o‘zaro qirg‘inlarda 
qozongan g‘alabalari bilan keriladigan, munofiqona hamdu sanolar o‘qiydigan va qul kabi ko‘r-


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling