Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
ko‘rona bo‘yin egib, ergashib boradigan xalqlarning chiqisholmasligi shu vahshiyona xotimaga olib 
keldi? O’ziga ato etilgan ilohiy aql tuhfalarini olam dashtiga olib ketgan yunonlarning yer yuzida 
qoldirgan narsalari hali shumi? Xudoyo, dilimga isyon tushdi, nega ularga aqlu idrok, til-zabon 
berding, nega ularning qo‘llariga erk ato etding, o‘zlarini o‘zlari qiyratsinlar dedingmi, jannatday 
zaminni boshdan-oyoq sharmandagarchilik mozoristoniga aylantirsinlar, devdingmi! Men shunday 
yig‘lar, gung-soqov dunyoda yakka-yolg‘iz faryod chekar, qismatni qarg‘ar va Xudoga nola qilib 
aytardimki, Sening jur’ating yetmagan ishni Odamning o‘zi gunoh ichra ado etdi... Ha, bilib qo‘yki, 
Rum hukmdori, oxir dunyo men tufayli emas, tabiiy ofatlar tufayli emas, odam bolalarining 
dushmanchiligidan keladi. Sen hokimiyatingdan mast-alast bo‘lib sharaflayotgan o‘sha g‘alabalar va 
o‘sha dushmanchiliklardan keladi... 
Iso nafasini rostlab, so‘ng davom etdi: 
— O’tgan kecha ko‘zimga shunday narsalar ko‘rindi. Uyqum qochdi, uzoq-uzoq o‘yga botdim, 
duo o‘qidim, ibodat qildim, imon kamarini mahkam bog‘ladim, somelarimga Padarim inoyatidan 
yetgan surat haqida so‘ylab bermoqchi edim, shu payt Hefsiman bog‘ida ifrot ko‘p xaloyiq paydo 
bo‘ldi, ular ichida Iuda ham bor edi. Iuda tez kelib meni quchoqladi va o‘pdi, uning lablari juda sovuq 
edi. «Xushvaqt bo‘l, Ravvi», dedi u menga. Xaloyiq bilan oldindan kelishib olgan ekan: «Men kimni 
quchoqlab, o‘psam, o‘shani ushlanglar», deb. Shuning uchun ular meni tutdilar. Mana endi, men 
sening qoshingda amringni kutib turibman, Rum noyibi. Bilaman, endi G’ulqofga borishim kerak. Illo, 
menga marhamat ko‘rsatding. Men bir narsadan roziman. U ham bo‘lsa, o‘limim oldidan senga kecha 
Hefsiman bog‘ida boshimdan kechganlarni aytib bera oldim, hukmdor. 
— Rost, hamma gaplaringni eshitdim. Lekin hammasiga meni ishondi deb o‘ylaysanmi? 
— Ishonsang ham, ishonmasang ham, o‘zing bilasan, Rum noyibi. To‘g‘risi, ishonmagan bo‘lsang 
kerak. Sen bilan men butunlay boshqa-boshqa o‘ylovli odamlarmiz. Ammo shunga qaramay, menga 
quloq solding. Sen o‘zingga o‘zing men hech narsani eshitmadim deyolmaysan-ku va o‘z-o‘zingga bu 
haqda o‘ylashni man etolmaysan-ku. Men esam, o‘zimga qanoat beramanki, Hefsiman bog‘ida menga 
ochilgan karomatni go‘rga olib ketmay, ayon qilib ketmoqdaman. Vijdonim ham endi rizolik topdi. 
— Ayt-chi, Masiho, sen odam hodis bozorlarda fol ochmovdingmi? 
— Yo‘q, hukmdor, nega unday deb so‘rayapsan? 
— Ajabo, sening o‘yin qilayotganingni ham, yoki bo‘lmasa, umuman hech narsadan 
qo‘rqmasligingni, o‘lim azobiga tik borayotganligingni ham bilolmayman. Nahot, nimani ayta oldim-u, 
nimani ayta olmadim, kim quloq soldi-yu, kim solmadi, degan narsalar o‘limingdan keyin ham seni 
shunchalar qiziqtirsa? Kimga kerak bularning bari? O’tkin-chi gaplar emasmi bular, o‘sha-o‘sha, eski 
hammom, eski tos? 
— Unday dema, hukmdor. Bu o‘tkinchi gap emas! Axir, o‘lim oldidan o‘ylaring to‘g‘ri Xudo 
dargohiga yetadi. Xudo odam bolasi o‘lim oldida nima deb o‘ylashiga qaraydi. Barcha tirik jonlar ichra 
eng oliy xilqat kabi yaratilgan odamzod hakida Xudo shu o‘ylarga qarab hukm chiqara-di. Zero, o‘ylar 
ichida eng so‘nggi o‘y doimo musaffo va haddan ziyoda samimiydir. Uning turgan-bitgani haqiqatdir, 
mug‘ambirlikdan holidir. Yo‘q, hukmdor, ma’zur tut, lekin men sen o‘ylagancha o‘yin qilayotganim 
yo‘q. Sabiy choqlarimda o‘yinchoqlar o‘ynaganman, xolos. Mening qiynoqlardan qo‘rqish-
qo‘rqmasligimga kelganda, yashiradigan joyi yo‘q, men boya aytdim. Qo‘rqaman, juda qo‘rqaman! 
Men Rabbil olamindan, arxamar-rohimin Padarimdan iltijo qilamanki, taqdirda borini ko‘rgali menga 
sabru toqat ato etgay, ongsiz maxluqotlar kabi dod solmagayman, jon topshirar mahalda sharmisor 
qilmagay meni... Mana, men tayyorman, Rum noyibi, meni ortiq tutib turma, andarmon qilma. Vaqt 
yetdi... 
— G’ulqof seni kutyapti. Necha yoshga chiqding, Iso masihim? 
— O’ttiz uchni to‘ldirdim, hukmdor. 
— Juda yosh ekansan! Mendan yigirma yosh kichik,— rahmi kelib dedi Pontiy Pilat boshini 
chayqagancha o‘yga tolib:— Bilishimcha, so‘qqaboshsan, o‘zingdan keyin qoladigan yetimchalar 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling