Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
kechagi kun kishilariga aylangaylar... 
Darvoqe, yana shuning uchun aytilgankim, bugunning odamlari o‘tgan kun ichra yashagaylar, lekin 
erta kun dunyoga kelguvchilar bugunni unutsalar, bu endi kulfat, hamma uchun kulfat...
Avdiy o‘sha kun, pasxa arafasi kuni hayajonini bosa olmas, umidsizlikka tushardi. Havoning hali 
issig‘i qaytmagan arafayi hayit oqshomi past shahardagi sahobalar mahfuz kechaga yig‘ilgan go‘shani 
axtarib topishga urinardi. Shu go‘shada u non ushatdi, bu mening xilqatim dedi, may quyib uzatdi, bu 
mening halol qonim dedi, axir, o‘shanda bostirib kelayotgan xatardan, Iuda Iskariotning xiyonatidan 
ogoh qilmoq mumkin edi, ushbu qo‘rqinchli shaharni darhol tark etish, zudlik bilan yo‘lga otlanish 
mumkin edi. Xufton cho‘kib borardi. U qiyshiq-qing‘ir, ilonizi ko‘chalarda charx urib aylanar, o‘sha 
go‘shani izlar, xuddi bu yerda tanishi uchrab qoladiganday piyoda, ot-ulov mingan o‘tkinchilarning 
yuzlariga tikilib qarardi. Lekin, na uylariga kechki taomga oshiqayotgan va na do‘konlar yopilmay 
burun tez-tez kirib chiqayotganlar orasida u dardini aytgali bir kimsa topolmadi. Aksaran o‘tkinchilar 
esa Iso Masiho kimligini hatto bilmas ekanlar. Shaharda daydib yurganlar kammi? Bir rahmdil kishi 
uni qo‘yarda-qo‘ymay uyiga olib ketib mehmon qilmoqchi bo‘ldi. Ammo Avdiy minnatdorchilik 
bildirib, rad etdi. U Murabbiyni xavfdan ogoh qilmoqchi edi. Ko‘p hayajonlanganidan, darchalardagi 
chiroq shu’lalaridan, o‘choqlarda qaynayotgan turli taomlarning xushta’m hidlaridan, salqin bo‘lsin 
deb, yo‘llar va hovlilarga sepilgan suvlarning havoga ko‘tarilgan hovurlaridan uning boshi aylanib 
ketdi. Ko‘ngli behuzur bo‘ldi. Shunda Avdiy Hefsiman bog‘iga qarab ketdi. Murabbiyni musohib va 
cho‘liqlar bilan birga toat-ibodat qilayotgan bo‘lsa, shu yerdan toparman deb o‘yladi. Vo darig‘! Bu 
yerda ham kech bo‘lib qolgan, hech kimsa ko‘rinmasdi. Bog‘ huvillab yotar, Murabbiyni qurolli 
olomon ushlab olgan katta anjir daraxti atrofi ham kimsasiz edi. Murabbiy bashorat qilganday 
musohiblarning hammalari tumtaraqay qochib ketgan edilar... 
Moh olis-olis dengizlar va sohillar uzra suzar, tun yarmidan oqqan, subhi kozib pallasi 
yaqinlashgan, oqibati necha-necha asrlarga yetib ortadigan mash’um kun hademay otadi va u haqda 
insoniyat tarixida turli afsonalar to‘qiladi. Biroq Hefsimanda va uning yon-atroflaridagi qirlarda 
yastanib yotgan uzumzorlaru bog‘otlarda o‘sha soatda sukunat hukmron edi. Faqat butazorlarda tun 
qushlari sayrashar, olamni baqa ovozlari tutgan, mangu uyg‘oq Kedron esa kedrzor tog‘lardan qadim 
tosh o‘zanlaridan shaldirab, sharqirab, oy shu’lalarida yarqirab tushib kelar, necha-necha soylarga 
ajralib, bo‘linib ketar, so‘ng yana qo‘shilib, bir ulug‘ oqimga do‘nardi. Hammasi ming yillardan beri 
qanday bo‘lsa, shunday sokin va osuda edi. O’sha kecha zamin farahbaxsh va farovon edi. Yolg‘iz 
Avdiygina qo‘nim bilmas, hammasi qanday bo‘lishi kerak esa, xuddi shunday bo‘lgan,— u garchi bari 
nima bilan tugashini bilsa-da, hech narsani to‘xtatolmas, hech narsaning oldini ololmasdi. U o‘rtanib, 
kuyib yig‘lar, Xudo-Ertaga yolvorar, ammo foydasi yo‘q edi. Ushbu hodisot ro‘y bergandan buyon bir 
ming to‘qqiz yuz ellik yil o‘tganiga qaramay, sira buni aqliga sig‘dirolmas va o‘zini axtarib o‘tmish 
kunlar ichiga kirarkan, zamonlar osha evrila-evrila aloha uning taqdir ipi bog‘langan ibtido sari 
hayolan qaytib bordi. Dam ming yillar qa’riga kirib, dam tag‘in bugungi ko‘z o‘ngida bo‘lib turgan 
voqelikka, yelkalari, boshini tinimsiz savalab yog‘ayotgan dasht yomg‘iri ostiga qaytib, dam hayol 
ummoniga tolib, dam barcha tafsilotlarni birma-bir aql tarozusida o‘lchab, javob axtarardi. 
Va xolis niyatda tarixga nisbatan andak o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yar — Qiyomat haqidagi xiyla 
keyinroq yuzaga chiqqan fikrni bundan ancha ilgari yashab o‘tgan odamlarga nisbat berar,— Avdiy 
shu xususda qanday bo‘lmasin, Pontiy Pilatga aytilishini istardi. Binobarin, saltanatning har narsaga 
qodir noyibi Pilatning sharpasi hatto shu bugunga qadar hali butkul yo‘qolib ketmagandi. (Axir, Pilat, 
bo‘laman deganlar hozir ham ozmi?!) Avdiy Kallistratov voqealarni belgilashda shunday ilgarilab 
ketarkan, dunyoning azal qonuniyatlari garchi o‘zlarini ancha vaqt o‘tib oshkor qilsalar-da, lekin doim 
harakatda ekanligidan kelib chiqardi. Qiyomat kun g‘oyasi ham xuddi shunday edi — insoniyat aqlini 
yer yuzida qilingan barcha adolatsizliklar uchun bir kunmas-bir kun olinajak qasos o‘rtardi. 
Inson ruhining o‘z-o‘zini anglash fojialari nega endi Isodan boshlanadi. Xuddi ilgari hammayoq 
bo‘m-bo‘sh bo‘lganday? Kim o‘zi Iso? Nimaga kerak bularning bari? Nahot mangu tavba qilib o‘tmoq 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling