Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
osmonlarni talashajaklar, sayyoralarda hukmron bo‘lgali urinajaklar, olamning cheki bo‘lmasa-da, 
ularga baribir oz ko‘rinajak. Yer yuzida qo‘llaridan hech ish kelmagach, kibru-havolarga berilib va 
barcha narsalarni unga qurbon qilaroq, Sen Muruvvat tamalini o‘rnatmoqni hayol surgan zaminning 
kulini ko‘klarga sovurishdan ham toymayajaklar. O’ylab ko‘r, axir, ular o‘zlarini Xudodan ham yuqori 
deb turganlarida Xudoni tan olarmidilar. Hamma-hamma narsalarning kulini ko‘kka sovurmoqchi, 
Sening ham Xotirangni butkul yo‘q qilib tashlamoqchi bo‘layotganlar uchun Sen faqat majzubsan, 
xolos. O sho‘rlik, o sodda Murabbiyim, yur, birga Volga, Oka tomonga qochaylik, o‘sha daryo 
o‘rtasidagi xilvat orolga boraylik, u yer Sen uchun misoli ko‘kdagi yulduzday bo‘ladi, har yoqdan 
ko‘rinadi-yu, hech kimning qo‘li yetmaydi. O’ylab ko‘r, hali kech emas, ixtiyorimizda hali bir kecha 
va tong bor, balkim, Sen rahmsiz qismatdan qutula bilarsan? Hushingni yig‘, nahot Sen tanlagan yo‘l 
birdan-bir to‘g‘ri yo‘l bo‘lsa? 
Azobdan Avdiyning ko‘zlari lo‘killab og‘rir, u tungi dim Quddus ko‘chalarini tinmay kezar, 
Yaratgan tomonidan yer yuziga azobli va foje qismat uchun, odamlarga mangu sabok va zikr uchun 
yuborilgan Zotga o‘z fikrini uqtirishga urinardi... Lekin odamzodning tabiati shunday-ki, hech kim bu 
malomatni o‘z hisobiga olmaydi va har kim o‘zicha bahona qidiradi go‘yo buning unga hech daxli 
yo‘q, go‘yo dunyoning ishlari uning ishtirokisiz ham bitadi, nima bo‘pti, bitsa, bitaversin... O’sha xolis 
niyatda qanchalar bitmas-tuganmas kinoya yashirinib yotibdi, inson tabiati shunchalar hisobga 
olinmagan unda... 
Shahar darvozasi atrofida aylanib yurarkan, Avdiy uch oyoqli daydi itga duch keldi. It to‘rtinchi lat 
yogan oyog‘ini qorniga bosib turardi. It Avdiyga munglig‘ va aqlli ko‘zlari bilan malqaydi. 
— Nima qilib yuribsan, cho‘log‘im,— dedi u itni ko‘zdan kechirarkan.— Sen ham menday 
sargardon ekansan, menga ergash. 
Shundan so‘ng, it to tong-azongacha Avdiy bilan sang‘ib yurdi. It juda ziyrak, hamma narsani 
tushunardi. Tong otdi. Shahar uyg‘ondi. Uning har kungi tashvish, yugur-yugurlari boshlandi. Bozorlar 
va maydonlar sahro badaviylarining, yuk ortgan tuyalari, turli-tuman mol-tovarlarga to‘la ot-aravalar
eshak-xachirlar, yelkalari, boshlarida narsa ko‘targan hammollarga tiqilib ketdi. Bozor qizigandan 
qizidi, ola-g‘ovur, oldi-sotdi avjiga mindi... Biroq, ko‘pgina Quddusi sharifliklar shaharning oq devorli 
ibodatgohiga qarab yo‘l olishdi, so‘ng olomon u yerdan qaynab-toshib Rum prokuratori Pontiy Pilat 
saroyiga tomon yurdi. Ularga Avdiy Kallistratov ham qo‘shildi: u gap Murabbiyning taqdiri ustida 
borayotganligini angladi. Olomon bilan birga Irod saroyiga yetdilar, lekin qo‘rollangan posbonlar 
ularni noyib qoshiga qo‘ymadilar. Ular saroy oldida kutib qoldilar. Kun ertalabdan qizigan, ammo 
xaloyiq hamon oqib kelardi. Turli-tuman odamlar bu yerga turli-tuman istak-xohishlar bilan 
yig‘ilmoqda edilar. Serg‘uluv olomon o‘rtasida nima gaplar bo‘lmaydi deysiz: birovlar payg‘ambar 
Isoni Rum noyibi o‘ziga berilgan huquq barobarida afv etadi, Quddusi sharifdan istagan tomonga 
chiqarib yuboradi, faqat bu yerga hech qachon qaytib kelmaslikni shart qilib qo‘yadi, deyishar, 
boshqalari esa o‘limga hukm qilinganlardan birini hayit sharafiga albatta ozod qiladilar va bu Iso 
bo‘ladi, deb aytishar, uchinchi birovlar Isoni Xudo Yaxvening o‘zi hammaning ko‘z o‘ngida qutqaradi, 
deb ishonishardi. Lekin hammalari ham saroyda nima bo‘layotganidan bexabar intizorlik bilan 
kutishardi. Olomon ichida tagi-tugi yo‘q taxtni deb, boshidan ayrilayotgan devona ustidan mazax qilib 
kulguvchilar ham topilar, nega noyib gapni cho‘zyapti, kallasini olish kerakmi, shartta olish kerak, adi-
badini ko‘paytirib nima qiladi, quyoshning qizdirayotganini qarang, hali kun peshingacha G’ulqofda 
hamma oftobda sarg‘ayib adabini yeydi, deguvchilar ham yo‘q emasdi. Bu Iso deganga gap topib berib 
bo‘larkanmi? Istagan odamning boshini aylantirib tashlaydi. Albatta, u yerda hozir toza shakarguftorlik 
qilayotgandir, noyibni laqillatib o‘tirgandir, Xudo ko‘rsatmasin, noyib hali uni qo‘yib yuborishi ham 
mumkin, bu yerda ahmoq bo‘lib kutganimiz qoladi... Iso ham xo‘p g‘alati zot ekan-da,
rosa va’dalarni quyuq kildi, lekin qani o‘sha Yangi Saltanati? Mana endi, o‘zini itday osib 
o‘ldirishadi... Shunday bo‘lar ekan-da dunyoda... Avdiy ularning gap-so‘zlarini eshitib, fig‘oni oshardi. 
«Uyalmaysizlarmi axir shunday degani! Noshukur, noinsof bandalar! Inson ruhining o‘z-o‘zi bilan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling