Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Sen Rahimi Rahmonsan, Haqsan, Halloqsan, kechir, Seni o‘z arzim ila bezovta qilmoqdaman. Men 
o‘zim uchun so‘ramayman, menga dunyo rohat-farog‘ati darkor emas, umrim chirog‘ini uzaytirmasang 
ham mayliga. Yolg‘iz odamzod bolalarining dillarini xalos etmoqlikni tilayman. Sen G’affori 
Olamsan, ko‘ngillarimizga muhr bosma, jaholatda qoldirma, toki yaxshilik va yomonlik yorug‘ olamda 
birga mavjud ekan, bizni bahonai sabab zanjirlaridan xalos et. Odamlarning dil ko‘zlarini ochgaysan. 
O’zim uchun so‘ramayman, tilim ojiz. Men har qanday ajr-oqibatingga hozirman — xoh jahannam 
o‘tiga tashla va xoh chek-chegarasi yo‘q Saltanatingga ol. Qismatimiz o‘z qo‘lingda, yo Halloq, yo 
Malloh! 
Sening Rohibai qulingman, habiy kaloming somesiman, senga yakka-yolg‘iz bir arzim bor, o‘zga 
arzim yo‘q. Dilimni hayot va dunyo rohatidan, qayg‘u-nadomatidan, o‘tkinchi ne’matlaridan poku 
tabar etdim. Sening pok Ruhingga yetishmoq iltijosi bilan shunday qildim, Xudoyo. 
Yolg‘iz shuni so‘rayman, mo‘‘jizangni ko‘rsat: mayli, o‘sha kema kechani kecha demay, kunduzni 
kunduz demay, o‘sha yo‘lida hech to‘xtamay davom etsin, to samo evrilmog‘ida kun tunga batamom 
quyulguncha, tun kunga batamom quyulguncha. Mayli, o‘sha kema to‘p-to‘pxonalarni og‘izlarini 
bog‘lagancha hech to‘xtamay ummonlardan ummonlarga suzib yursin, dengiz to‘lqinlari uvvos solib
shaldirab uning to‘shlariga urilsin. Ummonning achchiq suvlari unga shovullab to‘kilsin, zarralar 
sochilsin, zarrachalar zarillab unga nafas bersin. U kema devorlarining qarsillagani, mashinalarning 
gursillagani, shamol bilan kemaga ergashgan chorloqlarning g‘ayqillaganini eshitsin. Mayli, kema eng 
uzoq ummonlarning eng uzoq sohillaridagi. oppoq shaharga yo‘l tutsin, lekin bari bir u yerga endi hech 
qachon yetolmagay... 
Sendan tilagim ana shu, xolos. Tun-kun tilovat qilib, faqat shuni so‘rayman. Yo Rahimi Rahmon, 
mag‘firatingga begona qilmagaysan, kechir, cho‘kkan kemani tilovatimga qo‘shdim, arzimas dema. 
Sen umidlar dargohisan. Ohimiz dargohingga yetib borsin. Sen Qodirsan, Qahhorsan, Rahmonsan. Har 
narsaning boshi senda, oxiri ham senda. Senga yelvorib boramiz. Sendan najot so‘raymiz har kachon, 
har qayda. Men olamdan o‘tganda, sendan kim iltijo qiladi, kim yolvoradi Xudoyo, mayli o‘sha kema 
ummonlaringda, mangu-mangu ummonlaringda cheksizliklardan ham narida suzib yuraversin. Omin!» 
O’sha kecha rohibaning tilovati nima boisdan yana esiga tushganligini uning o‘zi ham bilmasdi. 
Agar Uchquduqqa mototsikl minib kelgan juvon uchrab qolsa, unga ham shu tilovatni o‘qib berardim, 
degan o‘y hayolidan lip etib o‘tdi va kulgisi qistadi. Avdiy beixtiyor kulib yubordi-da, e, bevosh 
tentak, dedi o‘ziga o‘zi va holiga maymunlar yig‘lab, sho‘riga sho‘rva to‘kilib, xuddi besar, bevatan 
o‘g‘ri-qaroqchilarday ko‘prik tagida shumshayib o‘ltirganimni u ko‘rib qolsa, nima bo‘lardi, deb 
tasavvur qildi. Kim deb o‘ylardi meni, tag‘in shu ahvolda unga kema haqidagi tilovatni o‘qib 
bermoqchiman. Qip-qizil devona-ku, derdi u va albatta, haq chiqardi. Bu alfozda uning ko‘ziga 
ko‘rinishdan nomus qilsa ham, lekin baribir uni juda ko‘rgisi keldi... 
Avdiy tong oqarguncha ko‘prik ostida o‘tirdi, uning boshi ustidan qaldirab cho‘lning poezdlari 
o‘tardi. Lekin, hammadan ko‘proq xumor choparlarni o‘ylardi. Qaerda ekan ular? Nima qilishayotgan 
ekan hozir? Jalpoq-Sozdan o‘tib olishgandir, yo‘lda ketishayotgandir. Qaerda hozir Petruxa, Lyonka va 
boshqalar? Xuddi alvastiday tutqich bermaydigan Grishan-chi? Avdiy qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganligi, 
yanglishganligi uchun hozir qattiq achindi. Grishan yutdi, uning qora ishi tantana qildi, hammasi juda 
yomon natija bilan tugadi. Attang! Shunday bo‘lsa-da, Avdiy mana shu kunlar boshiga tushgan 
sinoqlar bejiz ketmaganligini tushunardi. Bularning barini ko‘rishi kerak edi. U choparlarni xatarli 
yo‘ldan qaytarolmadi, lekin gazetada chiqishi uchun qiziqarli material to‘pladi, bu materialni o‘z 
peshona teri bilan topdi. 
Shu kabi mulohazalar Avdiyga andak tasalli berar, lekin joni ayniqsa, Lyonkaga achishardi. Uni 
to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin edi, biroq ulgurmadi. 
Avdiy Mo‘yinqum cho‘llarida barcha ko‘rgan-kechirganlarini birma-bir hayolidan o‘tkazdi. 
Bo‘rilarni uchratgani, ko‘kyol bo‘ri o‘qday uchib boshidan oshib o‘tgani, ammo unga ziyon 
yetkizmagani esiga tushdi. Bu bir sinoat, juda g‘alati hodisa. Bo‘rining o‘t chaqnagan, aqlli ko‘k 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling