Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 yaxshisi, meni ur! Nega kishini sharmanda qilasan? Nimaga? — Qoch, ey, maraz! — siltab tashladi uni Bozorboy.— Senga kim qo‘yibdi! Him-hi, Bozorboy unga yalinarmish! Ma, ol, bo‘rilar seniki! Olasan-a, olasan! Ko‘raman olganingni! Hali kim deb qo‘yibsan meni! — Voy, sho‘rim! Hali bo‘rilarni deb shuncha g‘avg‘omi! — ajablandi Ko‘k Tursun.— Voy, qurib ketsin matoh bo‘lmay! Qiyomat qo‘pdimi! Voy, sharmanda... IV O’sha kuni bo‘rilar joylaridan ko‘chdilar. Uyalarini tashlab ketdilar, tunda bu yerga qaytmadilar ham, atrofda daydib yura boshladilar. Dam biron joyda g‘amga botib uzzukun cho‘zilib yotishar, dam tevarakni charx urib kezishar, o‘zlarini unchalar ham yashirishmas, odamlardan ehtiyot bo‘lishni bas qilganday, aslo tap tormas edilar. O’sha kunlari atrofdagi ko‘p cho‘ponlar ularni hech kutilmagan joylarda ko‘rib qolar edilar. Ona bo‘ri xuddi es-hushidan ayrilganday doim oldinda boshini quyi solintirib borar, erkak bo‘ri esa undan qolmay ergashgan edi. Juft bo‘ri xuddi o‘lim istaganday xavf- xatarga parvo qilmay qo‘ygandi. Ular bir necha marotaba itlarning yuragiga vahima va xarosonlik solib, uylar hamda qo‘tonlar yaqinidan o‘tdilar. Itlar jon holatda akillashar, quturib, hujumga tashlanmoqchi bo‘lishar, lekin bo‘rilar ularga mutlaqo e’tibor berishmas, hatto orqalaridan o‘q uzishganda ham, qadamlarini tezlatmay, xuddi miltiq ovozini eshitmaganday yo‘llarida davom etardilar. Bu taajjub bo‘rilarning telbaligi tillarda doston bo‘ldi. Akbara bilan Toshchaynar bo‘rilar rasmini unutib, odamlarga daf qila boshlaganlarida hammayoq shov-shuv bo‘lib ketdi. Bir gal kuppa- kunduzi ular yo‘lning o‘rtasida traktorchi yigitga tashlanganlar. U xashak olib ketayotgan ekan. Rul ishlamay qolibdi-da, traktorchi yigit nima gap ekan deb, pastga tushibdi. Tuzataman deb, ancha urinibdi. Bir mahal eriy boshlagan qor ustidan ikki bo‘ri o‘ziga tomon yurib kelayotganlariga ko‘zi tushib qolibdi. Hammasidan ham bo‘rilarning ko‘zlari uni lol qilib qo‘yibdi. Keyin uning hikoya qilib berishicha, bo‘rilarning ko‘zlari quturib ketgan, bir nuqtaga tikilgan, ona bo‘rining esa yoli pastroq, boshi solingan, ko‘zlari ko‘m-ko‘k emish. Uning ko‘zlariga xuddi yosh to‘lib turganday, xuddi shisha kabi qotib qolganday emish. Ular yaqinlab kelishayotganda, yaxshiyamki, yigitcha o‘zini yo‘qotib qo‘ymabdi. Kabinaga sakrab chiqib, eshikni yopib olibdi. Murvatini buragan ekan, motor darrov o‘t olibdi. Aks holda doim motorni pastdan aylantirib yondirar ekan. Omadi yurishganini qarang. Traktor tarillab yurib ketibdi. Bo‘rilar o‘zlarini chetga olishibdi, lekin bari-bir, butunlay ketmay, traktorga dam u tomondan, dam bu tomondan yaqinlashmoqchi bo‘lishaveribdi. Boshqa bir safar esa bir qo‘ychivon bola mo‘‘jiza bilan omon qolgan. Uyam kunduz kuni ro‘y bergan. Eslikkina bola eshagiga minib o‘tin-cho‘p olib kelish uchun yo‘lga chiqqan. Hovlidan unchalik ham yiroq ketmay, butazorda quruq shox-shabbalarni chopib yig‘a boshlagan ekan, bir mahal ikki bo‘ri qaydandir paydo bo‘lgan. Eshak hatto ovoz chiqarolmay qolgan. Uni ko‘z ochib-yumguncha tilka-pora qilib tashlaganlar. Bola qo‘lidan o‘tkir o‘rog‘ini qo‘ymay jon holatda qochgan, qo‘tongacha chopib kelib yiqilgan va g‘ayritabiiy ovoz chiqarib dodlayvergan. Odamlar qo‘radan miltiqlarini ko‘tarib chiqib, butazorga borib qarasalar, bo‘rilar shoshilmay adir orqasiga o‘tib ketishayotgan ekan. Ular o‘q tovushlarini eshitib ham, hatto qadamlarini tezlatishmagan... Shundan sal keyinroq bo‘rilar qo‘tondan picha nariga o‘tlatish uchun olib chiqilgan bo‘g‘oz sovliqlarni qiyratishgan. Nima bo‘lganini hech kim ko‘rmay qolgan. Tasodif bilan omon qolgan qo‘ylar qo‘raga tiraqaylab qochib kelganlaridagina ishdan voqif bo‘lganlar.. O’tloqda o‘n besh chog‘lik bo‘g‘oz sovliq qoniga belanib yotardi. Hammasi bema’nilarcha, vahshiyona bir tarzda bo‘g‘izlab tashlangan edi. Shunday qilib, Akbara bilan Toshchaynar quturgandan quturishdi. Ular haqida bir-biridan qo‘rqinchli gaplar tarqaldi. Lekin, odamlar faqat sirtdan qarab fikr yuritishar, bu qasosning asl sabablarini bilishmas — ona bo‘ri indan o‘g‘irlab ketilgan bola-larini sog‘inib bo‘zlab, alam o‘tida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling