Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
lablarini mahkam qimtigan, ko‘zlari yumuq. «Ernazar!— deb chaqirdi Bo‘ston.— Men keldim! Quloq 
sol, men senga ikkinchi fonarni qoldirib ketmoqchi edim — bu yer juda qo‘rqinchli va qorong‘u ekan 
— lekin uni yo‘qotib qo‘ydim. Tushundingmi, Ernazar, yo‘qotdim. Lekin baribir senga o‘zimning 
fonarimni beraman. Ma, ol, bu mening fonarim. Ol, Ernazar, iltimos qilaman!» Ammo Ernazar uning 
qo‘lidan fonarni olmaydi va hech qanday javob bermaydi. Bo‘ston yig‘lab yuboradi. O’kirib-o‘kirib 
yig‘laydi va ko‘zyoshlari shashqator oqqan ko‘yi uyg‘onadi. 
Keyin kun buyi o‘ziga kelolmay bir hol-bir sar bo‘lib tumtayib, rangi ochilmay yuradi. Bu tushini u 
hech kimga, hech qachon aytmagan, Gulimxonga-ku, ayniqsa, hatto unga uylangandan keyin ham. 
Ernazar bilan xayrlashgani muz o‘yig‘iga tushgani haqida ham uning oila a’zolaridan hech kimsaga 
og‘iz ochmagan. 
Dovondan uyga qaytganda, hamma ro‘y bergan falokatdan xabar topgan edi. Bo‘ston uchun 
g‘amdan adoyi tamom bo‘lgan, ko‘zyoshi daryo Gulimxonni ko‘rishdan ham og‘irrog‘i yo‘q edi. 
Dovonda o‘lib keta qolsam va yana necha ming marta o‘sha muz qa’riga tushsam, barini qayta 
boshdan kechirsam, bundan ko‘ra osonroq edi, deb o‘ylardi u. Erining halokatiga Gulimxon hech toqat 
qilolmasdi. Ishqilib, es-hushidan ayrilib qolmasaydi, deb xavotir olishardi. Uning doim bir yoqqa 
qochib ketgisi kelardi: «Ishonmayman, ishonmayman uning o‘lganiga! Qo‘yib yuboringlar meni! Uni 
o‘zim topaman! Uning oldiga boraman!» 
Bir kuni kechasi u rostdan ham qochib ketdi. Bo‘ston kuni bo‘yi ezilib, abgor bo‘lib, ozgina 
damimni olay deb turgan edi. Mana bir necha kundan beri u tuzukroq yechinib o‘rniga yotolmas, 
ta’ziyaga keluvchilarning keti uzilmasdi. Odamlar eshitib, butun atrof-javonibdan kelishar, ko‘plar eski 
udum bo‘yicha hali uzoqdan Ernazar deb aytib yig‘lashardi: «Ernazar, qardoshim, jigarim, qachon endi 
seni ko‘raman?» Bo‘ston ularga otdan tushishlariga ko‘maklashar, taskin berardi...
O’sha kuni oqshom odam bir oz tovsilladi. Bo‘ston o‘z hovlisida beligacha yechinib, ustidan 
yolog‘ida suv quyib yuvina boshladi. Orzigul Gulimxonning yonida edi. Shu kunlari u qo‘shnisini 
yolg‘iz qo‘ymasdi. 
— Bo‘ston, Bo‘ston, qaerdasiz?— birdan Orzigulning chaqirganini eshitdi. 
— Nima bo‘ldi? 
—Choping tezroq, Gulimxonni olib keling. Qayoqqadir qochib ketdi. Qizlari yig‘lashyapti, men 
uni ushlab qololmadim. 
Bo‘ston maykasini apil-tapil kiyib, yelkasiga tashlagan sochiq bilan yo‘l-yo‘lakay artingacha, 
hushini yo‘qotib qo‘ygan Gulimxonning ketidan chopdi. 
Unga xiylagacha yetib ololmadi. 
Gulimxon qiya jarlikdan tog‘lar tomonga qarab jadal ketib borardi. 
— Gulimxon, shoshma, qayoqqa?—chaqirdi uni Bo‘ston. 
U orqasiga qaramasdi. Bo‘ston qadamini tezlatdi, Gulimxon bunday ahvolda hozir hammasini 
yuzimga soladi, Ernazarni siz nobud qildingiz, deb ta’na qiladi, degan hayolga bordi, u baridan ko‘ra 
xuddi mana shundan qo‘rqardi, bu fikr hayolidan o‘tdi-yu, xuddi birov ustidan qaynoq suv quyib 
yuborganday bo‘ldi. Axir uning o‘zi ham shuni o‘ylab ich-etini yemayaptimi, joni alam o‘tida 
qovurilmayaptimi? Unga nima deb javob beradi? 
U o‘zini oqlab o‘tirardimi? Uning bahonalarini Gulimxon inobatga olarmidi? Odamning qo‘lidan 
hech narsa kelmaydigan fojea hollar bo‘lishi mumkinligini unga qanday tushuntirsin? Lekin bu so‘zlar 
ham malham bo‘lolmasdi, bunday hollarda malham bo‘loladigan, ovuntiradigan so‘zlar bormi, axir? 
Shuncha ishlar bo‘lib o‘tib ham, mana tag‘in tirik loshini ko‘tarib yuribdi, buni Gulimxonga nima deb 
tushuntiradi? 
—Gulimxon, to‘xta, qayoqqa ketyapsan?— Bo‘ston harsillagancha unga yetib oldi.— To‘xta, 
quloq sol, yur, uyga ketaylik... 
O’sha oqshom chog‘i hali kun yorug‘ edi, asta kirib kelayotgan osuda xufton g‘ira-shirasida tog‘lar 
ayon ko‘zga tashlanar, Gulimxon unga o‘girilib qaradi, shunda Bo‘stonga juvondan xuddi qayg‘u-g‘am 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling