Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
olsak, bas. Qolgani o‘zimizga bog‘liq. 
Oftob chiqib, tog‘larda chindan kun ilidi. Atrof yorishib, ayozning dami qaytgach, ular otlarni 
egarladilar. 
Bo‘ston otga o‘tirmasdan oldin yana atrofga nazar tashladi, tevarakni o‘ragan uchurumlar va 
bahaybat qoyalarga ko‘z yugurtirdi. Ular vahshiy va yuksak edilar, inson bolasi ular qarshisida 
tirnoqcha ham ko‘rinmasdi. Ular shu tog‘larga qasdma-qasd ish qilmoqda edilar. «Dovondan 
qo‘rqmaymiz,— deb o‘yladi Bo‘ston,— gap hayot ustida boryapti. Gap hayot ustida borganda, odamni 
hech narsa qo‘rqitolmaydi,— u istagan joydan — dengizdan, yer tagidan, osmondan yo‘l topadi. Biz 
ham o‘z yo‘limizni topib olamiz». 
Boshlamasiga ular chetiga katta toshlar surib qo‘yilgan ko‘hna so‘qmoqni topdilar va u dovondan 
qanday o‘tib borishini tasavvur qilib ko‘rdilar. Dovon yo‘li ikki baland cho‘qqi o‘rtasidagi qor bosgan 
o‘rkachdan o‘tar ekan. O’sha yoqqa qarab yo‘l olishdi. O’rkach ortida, chamasi, Ola Mo‘ngu 
tizmasining narigi yog‘iga tushish boshlanardi. Kichibel yaylovi o‘sha yoqda. Qariyalarning 
aytishlariga qaraganda, u yerda qayin o‘rmonzor o‘sib yotadi va ayqirib tog‘ daryosi oqadi. Tabiat o‘z 
muqaddas joylarini odatda mana shunday ovloq yerlarga yashiradi va ularga yetib borishni mushkul 
qilib qo‘yadi. Lekin tirikchilik ekan, odam bolasi urinmasa, bo‘lmaydi — uning yerdan boshqa 
yashaydigan joyi yo‘q... 
So‘qmoq borgan sari tik o‘rlardi. Qor bosgan yerlarga ko‘tarilganlarida otlarning yurishi 
qiyinlashdi — ichkarilab borganlari sayin qor badtar qalinlashardi. Oftob charaqlab turar, izg‘irin 
to‘xtagan, shu qadar jimjit ediki, otlarning hansirab nafas olishlari o‘z nafaslariday eshitilardi. 
— Ha, qalay? — orqasiga qayrilib so‘radi Bo‘ston Ernazardan.— Agar qor qo‘ylarning qornidan 
yuqori bo‘lsa, mazamizni qochiradi. Nima deding? 
— Shunday bo‘lishi ham kerak o‘zi, Bo‘ske, ketayotgan joyimizni ko‘ring! Lekin qiyin yer 
ishqilib, uzoq cho‘zilmasin-da. Nari borsa, qo‘ylar o‘tadigan so‘qmoq ochamiz, u yer-bu yerda qor 
tepkilaymiz. 
— Men ham shuni o‘ylab turuvdim. Belkurak olvolishimiz kerak ekan. Esingdan chiqmasin, 
Ernazar, belkurak olib kelishimiz zarur. 
Qor otlarning tizzasidan yuqori kelgach, cho‘ponlar yerga tushib, ularni yetaklab bordilar. Havo 
yetishmay qo‘ydi, og‘izlari bilan nafas olishdi. Oppoq qor ko‘zni qamashtirar — hozir hamma 
ko‘chada taqib yuradigan qora ko‘zoynak asqotib qoldi. Otlar hars-hars nafas olar, qora terga botgan, 
bo‘ksalari ko‘tarilib-ko‘tarilib tushardi. Baxtlariga o‘sha baland o‘rkachgacha unchalik olis emasdi... 
Oftob bir-birlariga ayqashib ketgan, abadiy tosh qotgan qorli tog‘ cho‘qqilari uzra tikkaga 
kelgandi. Yo‘llarida yoyilgan bir qancha to‘p bulutlarni aytmasa, hech narsa havoning o‘zgarishidan 
darak bermasdi. Ular oralab, yana ham to‘g‘rirog‘i, ular ustida xuddi paxtani bosib o‘tganday o‘tib 
borish mumkin edi. Hozir Issiqko‘l bo‘ylarida havoning isib ketgani, dam oluvchilar hatto sohildagi 
qumloqlarda o‘zlarini oftobga tutib yotganliklariga ishonish qiyin edi. 
Hali yana yarim chaqirimcha yo‘l bosishlari kerak. Ayting-ayting, ishqilib, dovonning naryog‘ida 
ishning pachavasi chiqmasin-da, deb hadiksirashardi ular... 
Nihoyat, dovondan o‘tdilar. Bo‘ston bilan Ernazar nafas rostlagani to‘xtadilar. Ular qaro terga 
botgandilar. Harsillab nafas olishardi. Otlar ham holdan toygan edi. Ular chiqib kelgan yo‘llariga 
quvonib, mamnun bo‘lib qarashardi. 
—Ana, bo‘ldi, Bo‘ske,— dedi kulib Ernazar. Uning ko‘zlari baxtiyorlikdan charaqlardi.— Podani 
olib o‘tsa bo‘ladi bu yerdan. Havo ochiq tursa, bas. 
—Hamma gap shunda-da. Kun ochiq bo‘lishi kerak. 
— Siz bilan ikki yarim soat yurib keldik,— dedi Ernazar soatiga qarab.— Uncha ko‘p emas, a, 
to‘g‘rimi? 
— Qo‘y haydaganda uch soat yuriladi,— deb qo‘shildi Bo‘ston,— balki ko‘proq yurilsa ham 
kerak. Lekin eng muhimi, dovondan o‘tish mumkin ekan, shunga ishondik. Qani, yurdik. Ho‘v anavi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling