Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
152 kamaymasdi...Bo‘ri bundan xavotirlanardi: nega unday bo‘lyapti, nega emchaklari bo‘shamayapti, bo‘lturuqlari nega hech to‘ymayapti? Lekin har qalay, to‘rtala bolasi ham yonida-ku, ana ular — manovinisi dumi oq, u hammasidan sho‘xroq, anovinisi emgani emgan, emchakni og‘zidan qo‘ymaydi va shu ko‘yi uxlab qoladi, uchinchisi esa urishqoq va yig‘loqi, to‘rtinchisi — qiz, u juda ham shirin, ko‘zlari ko‘k. Keyin borib, Akbaraning xuddi o‘zi bo‘ladi...Keyin Akbara tushida o‘zini ulug‘ cho‘l Mo‘yinqumda uchib ketayotganligini ko‘rdi, uning oyoqlari yerga tegmaydi, yonida to‘rtala bolasi, ular ham uchib borishyapti, shundoq yonlarida esa Toshchaynar katta-katta hatlab sakrayotibdi. Ko‘kda quyosh charaqlayotir, sarin shabada yeladi, naq hayotning o‘ziday... Shunda Akbara uyg‘onib ketdi va anchagacha dunyoning shafqatsizligidan ezilib, qimirlamay yotdi. So‘ng g‘oyatda ehtiyotkorlik bilan tashqariga chikdi. Hatto Toshchaynar bilmay qoldi. Tashqariga chiqqanda birinchi ko‘rgan narsasi — qor bosgan tog‘lar uzra oy ko‘tarilgan edi. Musaffo kecha osmonida oy shu qadar yaqin ko‘rinar, shu qadar yaraqlab yotardiki, unga chopib yetib olsa bo‘ladiganday edi. Akbara chuldirab qo‘shig‘ini aytib chopayotgan jilg‘a bo‘yiga keldi, boshini solintirib, suv bo‘yida mahzun aylanib yurdi, keyin dumini yerga to‘shab o‘tirdi, oy barkashiga uzoq- uzoq termildi. Shu kecha Akbara oyda makon qurgan bo‘rilar ilohi Bo‘ri Onani yaqqol ko‘rdi, ilgari hech qachon bunday bo‘lmagan edi. Uning oy yuzidagi xira soyasi baayni Akbaraning o‘zginasi edi! Qashqir xudosi Bo‘ri Ona oyda dumini bir yoqqa tashlab, jag‘larini katta ochib o‘tirardi. Akbaraning nazdida oy bo‘risi unga tikilib, uni tinglayotganday edi. Shunda Akbara boshini baland ko‘tarib, o‘z Ilohasiga yig‘lab nola qildi, uning komidan oppoq nafas otilib chiqdi: «Yo bo‘rilar xudosi Bo‘ri Ona, o‘zing ko‘r holimni, sovuq tog‘larda tolei sho‘r va zabun bo‘lib o‘tirgan men Akbarangman! Holim yomon bo‘ldi! Faryodlarim qulog‘ingga yetib boryaptimi? Achchiq-achchiq ko‘zyosh to‘kkanlarim, nolalarimni eshityapsanmi? Ichim og‘riqdan yonib ketyapti, emchaklarim sutga to‘ldi, kimni emizaman endi, kimni boqaman endi? Bolalarimdan ayrilib qoldim. O’, qani axir ular? Nima bo‘ldi ularga? Bu yoqqa tush, Bo‘ri Ona, yonimga tush, yolvoraman, qo‘shilishib yig‘laylik, qo‘shilishib nola qilaylik. O’, yonimga, tush, tusha, qol, seni o‘zim tug‘ilgan yurtga boshlab borayin, bo‘rilarga yashash uchun joy qolmagan cho‘llarimni ko‘rsatayin. O’, tush, mana shu toshloq tog‘larga tush, bu yerlarda ham endi bizga joy yo‘q, bizga o‘zi hech qayda boshpana qolmadi shekilli...Agar tushmaydigan bo‘lsang, yo Bo‘ri Ona, unda men aftodani, bolalaridan judo Akbarangni o‘z yoningga ol. Sen bilan birga, mayli, oyda kun kechirayin, sen bilan birga vatanimiz — yerni sog‘inib yig‘lashayin. O’, Bo‘ri Ona-a-a, meni eshityapsanmi-i-i? Quloq sol, quloq sol, quloq sol menga Bo‘ri Ona, nolalarimga quloq sol!» Sovuq tog‘lar quchog‘ida o‘sha kecha Akbara oyga shularni aytib yig‘lar, nola qilar, tinmay uv tortardi... * * * Dovonda shikama kechasi tugab, tong otganda birinchi bo‘lib Ernazar o‘rnidan turdi va po‘stiniga o‘ranib, tushovliq otlarga qaradi. — Sovuqmi? — deb so‘radi Bo‘ston po‘stin tagidan xavfsirab qaragancha, qaytib kelgan Ernazardan... — Bu yerda o‘zi doim shunaqa,— javob qildi Ernazar.— Hozir sovuq, lekin oftob chiqishi bilan darrov isib ketadi.— U jun yopinchiq ustiga yonboshladi. Hali vaqt erta edi, ushbu soat hali tog‘lar g‘ira-shira edi. — Otlar qalay? — Joyida. — Menimcha, podani olib chiqqanda, kechasiga mana shu yerda chodir qursak bo‘larkan, har holda sovuqdan pana-da. — Nega qurmaylik, quramiz,— rozi bo‘ldi Ernazar.— Bir pastda o‘rnatamiz. Ishqilib, yo‘l qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling