Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
ajratishga kuchi yetmasdi — uch kishini bir o‘zi qanday ham eplasin. Rahmsiz, olatasir kaltaklash 
boshlandi. 
— Ur! Itar! Vagondan tashlab yubor! — deb bo‘kirardi Petruxa. 
— Popni o‘ldir! Pastga ot! — jo‘r bo‘lardi Maxach. 
— Kerakmas! O’ldirmanglar! Iltimos, o‘ldirmanglar! — chiyillardi rangi o‘chgan, qalt-qalt titragan 
Lyonka. 
— Qoch, itvachcha, so‘yaman! — Lyonkaning qo‘lidan yulqinardi vahshiylashgan Kolya. 
Avdiy silkinib borayotgan vagonning ochiq joyidan kuchi boricha nariga, o‘rtaroqqa surilishga 
urinardi: giyohvandlarning bunchalar berahm, vahshiy, zo‘ravon bo‘lishlariga u endi ishondi — 
bo‘lmasa, hozirgina gasht qilib, og‘zining tanobi qochib o‘tirishgan edi-ya. Avdiy hayoti qil ustida 
turganligini tushunar, kuchlar ham teng emasdi. Kuchi oshib-toshib yotgan, quturgan uch yigitga 
yolg‘iz o‘zi qanday bas kelsin. 
To‘g‘ri, Lyonka uning yonini olyapti. Lekin, uning kuchi qaerga yetardi. 
Grishan esa hamon o‘sha joyida xuddi tsirk yoki teatrga tushgan tomoshabinday o‘tirar, 
xayrixohlik bilan irshayardi. 
— O’hu! O’hu! Ana xolos! — labini qiyshaytirib mazax qilardi u. Itday urishtirib qo‘ydi-ku 
oxirida, shunday bo‘lishini oldindan hisoblab chiqqandi, mana endi, g‘alaba nash’asini suryapti — 
uning ko‘z o‘ngida odam o‘ldirishyapti. 
Avdiy faqat Grishan o‘rtaga tushsagina joni qutulib qolishini sezib tarardi. «Grishan, qutqar!» — 
deyishi bilan choparlar uni tinch qo‘yishlarini bilardi. Lekin kallasini kesganda ham, u Grishandan 
yordam so‘rolmasdi. Birdan-bir chora vagonning ichkarirog‘iga amallab o‘tib olish, burchakka qisilib 
turish — undan u yog‘iga kaltaklaydilarmi, tepkilaydilarmi, qo‘llaridan kelganini qilishsin, faqat 
vagondan tashlab yubormasalar bo‘lgani, aks holda jondan umid yo‘q... 
Lekin, ichkari burchakka yetib olish oson emasdi. Uni urib, tepkilab yana vagonning lang ochiq 
eshigi tomon uloqtirdilar. Avdiy bir zum shu yerda turib qolsa, uni hash-pash deguncha tashqariga 
itarib tashlardilar. Shuning uchun Avdiy qanday qilib bo‘lmasin, yana yiqilgan yeridan turar, o‘zini 
vagonning ichkarisiga olishga urinardi. Giyohvandlar axiyri holdan toyib, yo hushlarini yig‘ishtirib 
olishar, deb umid qilardi. Ayovsiz jangda birinchi bo‘lib, boshiga og‘ir zarba tushgan Lyonka quladi. 
Popning o‘g‘lidan, yangi chiqqan avliyodan va demak, choparlarning dushmanidan ayovsiz qasd 
olayotganda, oyoq tagida o‘ralashmasin deb, Kolya uni tinchitgan edi. Giyohvandlar musht ustiga 
musht tushirar — yelga sovurilgan shuncha pulga ichlari kuyib borardi. 
— Ur, ur! Jon chiqar yeriga sol ablahni! — quturib ko‘pik sochardi Petruxa. U Avdiyni orqasidan 
kelib mahkam qisib oldi-da, qo‘llarini orqaga qayirdi va Maxachga to‘g‘riladi. Maxach esa shunda 
xuddi shaytonlagan buqaday, g‘azab bilan Avdyyning qorniga urdi. Avdiy o‘lar holatda bukchayib, 
og‘zidan qon ketgancha, vagon ichiga quladi. Shundan so‘ng uchovlari uni eshik tomonga sudrab 
ketishdi. Avdiy esa shu ahvolda ham, ularning changalidan qutulib chiqishga urinar, qarshilik 
ko‘rsatar, tirnoqlari ko‘chib ketishiga qaramay, vagonning taxtalariga yopishardi. Mudhish Grishan esa 
vagonning bir chetida go‘yo hech narsa bo‘lmaganday yig‘ma kursichasiga oyoqlarini chalishtirib 
o‘tirar, bezraygan basharasida mumnunlik ifodalanar, egri tayog‘ini likillatib o‘ynab, hushtak chalib 
mashq qilardi. Hali ham rahm-shafqat so‘rab: «Grishan, qutqar!» — deb qichqirsa, kech emasdi va 
Grishan ham unga rahmi kelib, olijanoblik ko‘rsatib, o‘lim changalidan olib qolishi mumkin edi. 
Ammo Avdiy omonlik so‘rab og‘zini ochmadi. Uni ochiq joyga qonlarini oqizib sudrab ketdilar. 
Vagonning ochiq eshigida so‘nggi olishuv ro‘y berdi. Ular Avdiyni bir yo‘la itarib yuborishga 
cho‘chidilar, u bilan birga o‘zlari ham tashqariga qulashlari mumkin edi. Avdiy eshikka, to‘g‘rirog‘i, 
eshik orqasidagi temir tutqichga mahkam yopishdi. Poezdning kuchli shamoli uni eshikka mixlab 
tashladi, Avdiy chap oyog‘i bilan qandaydir temir chiqikka bazo‘r ilindi va butun og‘irligi bilan osilib 
qoldi. Aftidan, u hech qachon yashash va kulfatdan qutulish uchun bunchalar jon-jahdi bilan 
urinmagan edi. Bunchalar kuch qaerdan kelyapti, o‘zi ham bilmasdi. Agar uni o‘z holiga qo‘yganlarida 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling