Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
bo‘lmaydi ham. Ammo badkirdor buni besh qo‘lday yaxshi biladi, lekin bari bir nayrangini qo‘ymaydi! 
Sodda odamlarni yangi Saltanat quramiz deb aldaydi. Har bir odam o‘z yuragidagi gumoniga ko‘ra 
boshqaning ustidan hukm chiqardi, degan gap haq bo‘lsa, bu yerda ayni shuning o‘zginasi edi: 
prokurator yuragining eng yashirin yerlarida orulangan, lekin amalga oshishiga o‘zi ham ishonmagan 
hayollarni Isoga taqamoqda edi. Hammasidan ham, xuddi mana shu narsa Pontiy Pilatning g‘ashiga 
tegar va shu boisdan mahkumga bir vaqtning o‘zida ham qiziqib qarar, ham nafratlanardi. Prokurator 
nazarlik Isoning sirini bilib oldim, deb o‘ylardi: bu daydi bashoratgo‘y yer yuzida g‘alayon 
chiqarmoqchi, odamlarga Yangi Saltanat va’da qilib, eskini yiqmoqchi va yangining ustiga 
o‘tirmoqchi. Obbo, mug‘ambir! Rumo Saltanatining Kichik Osiyodagi viloyatlari hokimi bo‘la turib, 
Pontiy Pilat hayoliga keltirmagan, to‘g‘rirog‘i, hatto orzu qilishga qo‘rqqan narsalarni nahot shu ojiz 
va nochor Yahudo ko‘kragida ko‘tarib yurishga jur’at etsa-ya. Daydi karomatgo‘y Isoni boshqacha 
yo‘llar bilan tergar va so‘roqqa tutarkan, tajribakor prokurator o‘zini mana shunga ishontirar, shunga 
chog‘lar, shunday xulosa chiqarishga hozirlardi: har safar o‘zini mahkumning o‘rniga qo‘yib 
ko‘rganda, uning hokimlik da’vo qilayotganidan tepa sochi tik turardi. Shundan Pontiy Pilatning 
jig‘ibiyroni chiqar, shubhalar o‘tida qovurilar — dam Baytulmuqaddas Sinedrioni tomonidan Iso 
ustidan kuni kecha chiqarilgan o‘lim hukmini tasdiqlab, hokimlik muhrini bosmoqchi, dam buni 
orqaga cho‘zib, Rumo davlati uchun Iso fikrlari va xatti-harakatlari nechog‘lik xavfli ekanligini 
oxirigacha aniqlamoqchi bo‘lardi... 
Uning osmonda uchib yurgan qush haqidagi so‘ziga mahkum daydining javobi to‘g‘ri va ochiqligi, 
betakallufligi bilan prokuratorning ensasini qotirdi. Undan ko‘ra indamagani yoki tilyog‘lamalik 
qilgani ham tuzuk edi. Qayoqda, qaytaga o‘ziga-o‘zi taskin beryapti: o‘lim go‘yo barchamizning 
boshimizda kezib yuradi. «Buni qarang-a, o‘z boshiga o‘zi eran-qaran o‘lim chaqiryapti-ya, rostdanam, 
qatldan hech cho‘chimayotganday»,— kufr bo‘lib ketdi Pontiy Pilat. 
— Bo‘pti, yana avvalgi gapimizga qaytamiz. Sho‘rlik, bilasanmi, seni nima kutayotganligini? — 
so‘radi prokurator tovushi xirillab. U boyadan beri tez-tez yiltiragan basharasi, tepakal boshi va 
g‘o‘ladek baquvvat bo‘yinlaridan ro‘molcha bilan terini artardi. Prokurator Isoning javobini kutib, 
terlab ketgan barmoqlarini birma-bir qasirlatib qayirib chiqa boshladi. U shunga yomon 
odatlangandi.— Sendan so‘rayapman, nima bo‘lishingni bilasanmi? 
Iso boshidan nima kechishini o‘ylab, rangi o‘chdi va og‘ir xo‘rsinib, dedi: 
— Shunday, Rumo noyibi, meni bugun qatl qilishlarini bilaman,— bazo‘r og‘zidan chiqdi uning. 
«... Bilaman!» — masxaraomuz takrorladi prokurator va qarshisida turgan sho‘rlik payg‘ambarga 
ham rahmi kelib, xam achchig‘i qistab, miyig‘ida kulgancha boshdan-oyoq nazar solib chiqdi. 
Qovushmagan, bo‘yni uzun, o‘siq sochlari patila-patila to‘zigan, liboslari yirtilgan, sandali olomon 
talaganda tushib qolgan bo‘lsa kerak, oyoq yalang Iso prokurator qoshida boshini xam qilib turar,— 
uning orqasida saroy Arkining to‘siqlari osha olis tepaliklarda shahar uylari elas-elas ko‘zga chalinardi. 
Shahar prokurator tergayotgan odamga mushtoq edi. Qabih shahar qurbon istardi. Bugun mana shu 
jazirama issiqda shaharga qonli tomosha kerak edi, uning qorong‘u, sim-siyoh istaklari junbushga 
tushmoqni xohlardi — xuddi qahrli yo‘lbars Liviya sahrolarida zebrani tilka-pora qilayotganda 
chiyabo‘rilar to‘dasi alam bilan akillashib, uvlashganiday olomon ham ko‘chalarda nola-faryod chekib 
ko‘ksini tig‘laydi o‘shanda. Pontiy Pilat bunday voqealarni odamlar o‘rtasida ham, jonivorlar ichida 
ham ko‘rgan edi. Shuning uchun, chorcho‘pga mixlash qanday bo‘lishini bir zum ko‘z o‘ngiga keltirib, 
ich-ichdan eti jimirlashib ketdi. Va yuragi achishganday o‘kinib dedi: 
— Bilaman, deysan! «Bilaman» ham gapmi? Seni u yoqqa olib chiqishgandan keyin bilasan... 
— Shunday, Rumo noyibi, men buni bilaman, o‘ylasam, etim seskanib ketadi. 
— Sen gapimni bo‘lma va narigi dunyoga ko‘pam oshiqaverma, borasan hali,— deb to‘ng‘illadi 
prokurator gapi chala qolganidan norozi bo‘lib. 
— Afv et, hukmdor, beixtiyor og‘zimdan chiqib ketdi, gapingni bo‘lmoqchi emasdim,— uzrxohlik 
qildi Iso.—- Men hech yerga shoshilayotganim yo‘q. Men hali yashasam devdim. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling