Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
tushunib turibman. Men ham yashagim keladi. Adam ostonasida turganida odam hayotning qanchalar 
qimmatli ekanligini anglaydi. Onamga yuragim achiydi. Men uni juda ham yaxshi ko‘raman, 
bolaligimdan beri yaxshi ko‘raman, lekin buni o‘ziga aytgan emasman. Lekin, nima bo‘lmasin, Rim 
noyibi, esingda tut: sen bir odamning jonini qutqarishing mumkin edi. Senga buning uchun ming-ming 
tashakkur. Men esam, ko‘pni xalos etishim, hatto bizdan so‘ng keladiganlarni ham xalos etishim kerak. 
— Xalos etish deysanmi? Sen yer yuzida bo‘lmasang ham, xalos etasanmi? 
— Ha, buning uchun jisman odamlar ichida bo‘lishim shart emas. 
— O’zingdan ko‘r. Bu gapga boshqa qaytmaymiz,— qat’iy qilib dedi Pontiy Pilat yana tavakkal 
etishlikni istamay.— Ammo oxirgi savolimga javob bersang devdim...— dedi u taxt oldida tik turib 
qolgancha o‘siq qoshlarini uyub o‘ylanarkan.— Hozir gaplashish senga malol kelmaydimi? — deb 
so‘radi u bir oz jim qolgandan so‘ng o‘zini Isoga yaqin olib.— Agar og‘irlik qilsa, o‘zingni, mayli, 
zo‘rlama, men seni ushlab o‘tirmayman. Seni G’ulqofda kutishyapti. 
— Ixtiyor senda, hukmdor, amringga muntazirman,— deb javob berdi Musohib va hukmdorga 
tiniq ko‘kko‘zlarini tikdi. Uning nigo-hida aks etgan fikr-hayoli qudratidan prokurator tong qoldi. 
Go‘yo uni tog‘da o‘lim javri kutmayotganday. 
— Tashakkur,— deb minnatdorchilik bildirdi Pontiy Pilat kutilmaganda.— Unda mening oxirgi 
savolimga javob ber. Shuni bilmaguncha tinchimayman. Ozod odamlar kabi ochiq so‘zlashaylik. Men 
senga bog‘liq emasman. Sen ham butkul erk bo‘sag‘asida turibsan. Demak, ochiq gaplashsak 
bo‘laveradi,— dedi u o‘z joyiga o‘tirarkan.— Ayt-chi, sen o‘z tarafdorlaringga, shogird - 
cho‘liqlaringga meni mabodo qatl etsalar, uchinchi kun deganda tirilaman va qutlug‘ bir kunda qayta 
dunyoga kelaman, barchani, olam yaralgandan beri yorug‘ jahonga mehmon bo‘lgan jamiyki odamlar 
nasllarini va hatto endi tug‘ilajak avlodlarni qiyomat so‘rog‘iga tutaman, deganmisan? Men sening 
aqidalaringga ishonmayman. Ammo bu sening olamga ikkinchi bora tashrif buyurishing bo‘larmish. 
Shundaymi? 
Iso, gap bu yoqda ekan-da, ana xolos, deganday g‘alati iljaydi. Og‘irligini muzday tosh ustida u 
oyog‘idan bu oyog‘iga olib, javob bersammikin yoki shart emasmi, degan kabi bir zum sukutga toldi. 
— Bu havoyi gaplarni Iuda Iskariot aytgandir-da?— so‘radi u kinoya bilan.— Sen bundan juda 
tashvish chekyapsanmi, hukmdor? 
— Men Iudaning kimligini bilmayman. Lekin menga zoti bobarakotlar, muhtaram oqsoqollar 
aytishdi. Demak, bularni bari bekorchi gaplarmi? 
— Nima deb o‘ylasang, ixtiyoring,— sovuq javob berdi Iso.— Hech kim senga aqlingga to‘g‘ri 
kelmagan narsani qabul qil, demaydi. 
— Men hazillashayotganim yo‘q, jiddiy aytyapman,— deb ishontirishga shoshildi hukmdor.— Sen 
bilan bunday yurakdan gaplashadigan boshqa imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘radim. Seni bu 
yerdan olib ketadilaru so‘ng hech qachon qaytib kelmaysan, axir. Ammo o‘zim uchun bilib 
olmoqchiman. Tug‘ilmay turib, yana qanday qilib o‘lgandan so‘ng olamga qaytib kelish va tirik 
jonlarni so‘roqka tutish mumkin? Qaerda bo‘ladi bu so‘roq? Osmondami, yerdami? Abadiy rohat-
farog‘at topmoqlik uchun imon keltirganlar seni qancha, uzoq kutishlari kerakmi? Ijozat ber, oldin bu 
haqdagi o‘z fikrimni aytay? Nimani mo‘ljal qilganingni bilish qiyin emas. Har bir odam narigi 
dunyoda rohat-farog‘atda, tinchgina bo‘lsam, deydi. Sen shuni nazarda tutgansan. E, bu bebaqo odam, 
mudom bir narsalarni ta’ma qilib yuradi, mudom nimagadir tashna, och. Mudom uni va’dalar bilan 
tuzoqqa ilintirish mumkin. Hatto narigi dunyoda ham ular orqangdan itday ergashib boradilar. Ammo, 
mayli, ey nabiy, sen aytgancha ham bo‘la qolsin, hayot shaming so‘nib tugamoqda, uni faqat ozgina 
suhbat qilib, cho‘zishga qurbimiz yetadi... 
Menga qolsa, cho‘zilmasa ham mayli. 
— Ammo mening savolimga javob bermay ketmassan, axir. Nazarimda, bunday qilib ketish — 
o‘limdan ham yomon. 
— Mayli, so‘ylayver. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling