Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
— Vo ajabo. Xayr, mayli. Men seni yaxshilab eshitdim, Iso. Sen uzoqni ko‘zlagan ekansan. Lekin 
sen o‘zingga haddan ortiq bino qo‘yib yubormadingmikin, odamlarning ishonchlariga haddan ziyod 
umid bog‘lamadingmikin, maydonlarning tuban ekanligini va tuproqqa qorilib yotishini 
unutmadingmikin? Shahar qal’asidan chiqqaning zamon sen bunga ishonch hosil qilasan hali. Birok 
sen hech qachon tarixning yo‘lini burib yuborolmaysan, bu daryoni hech kim burolmaydi. Men bir 
narsaga hayronman: nega hammadan burun o‘zing yonadigan o‘t yoqyapsan? Dunyo Qaysarlarsiz 
yasholmaydi. Birovlarning qudrati, shavkati boshqalarning tobeligi, muteligi. Sen dunyoni boshqacha, 
o‘zing to‘qib chiqargan tartibga solaman, yangi tarix yarataman deb, bekor qilyapsan. Qaysarlarning 
o‘z xudolari bor. Ular sen o‘ylab topgan Xudo-Ertaga sig‘inmaydilar. «Erta»ning cheki yo‘q. 
Chegarasi yo‘q. U barchaga xuddi havo kabi bab-barobar tegishli. Zotan, barchaga barobar mansub 
bo‘lgan narsalarning qadr-qimmati ham yo‘q, o‘rni ham yo‘q. Shu boisdan Qaysarlar hamma va har 
narsaning ustidan hokimdirlar. Dunyoda hukm surib turgan Qaysarlar ichra shavkatli Tiveriy 
xudolarga suyuklidir. Uning dov-davlati — Rumo saltanati jahonning yarmini egallab turibdi. Men 
Tiveriy sha’n-shavkati ostida Yahudoda hokimlik qilyapman. Hayotimning ma’nosi shunda deb 
bilaman. Vijdonim pok. Mangu Muzaffar Rumoga xizmat qilmoqdan ortiq sharaf yo‘q menga! 
— Har bir odam o‘ziga o‘xshagan boshqa biron odam ustidan hokimlik qilish uchun o‘lib-tiriladi. 
Sen bundan mustasno emassan, Rim noyibi. Hammadan yomoni ham shunda. Sen, axir dunyo shunday 
qurilgan-da, deysan. Qusurni har doim osongina oqlash mumkin. Lekin, bashar qavmining qarg‘ish 
tekkan joyi shu. Ammo kim buni o‘ylab o‘tiribdi? Lekin, bozor farroshlarining oksoqolidan tortib, 
dahshatli sultonlargacha hammasi giriftor bo‘lgan hokimiyatparastlik kasalligi — barcha 
yomonliklarning eng yomonidir. Bashariyat hali buning og‘ir jazosini tortajak. Hokimlik va yer da’vo 
qilgan xalqlar qirilib ketadilar, bir-birlarini tag-tomirlarigacha yo‘q qilib yuboradilar. 
Pontiy Pilat musohibning so‘zini toqatsizlik bilan bo‘ldi va qo‘lini ko‘tardi. 
— Bo‘ldi, bas. Senga shogird emasmanki, har bir so‘zingga some bo‘lsam. Yetar! Tilning suyagi 
yo‘q. Og‘izda nimalar qilmaydi kishi. Iso, sen qancha karomat qilma, bari behuda. Hokimlar 
boshqaradigan dunyoning boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Uning tamal toshi shunga qo‘yilgan, 
shunga turadi abadul-abad: kuch kimda bo‘lsa — hokimiyat ham shunda. Dunyoning jilovini zo‘rlar 
o‘z qo‘llarida tutadilar. Osmonda yulduzlarni o‘z o‘rnidan ko‘chirib bo‘lmaganday, bu nizom ham 
hech qachon o‘zgarmagay. Qani, o‘zgartirib ko‘r-chi. Odamzod uchun bekor kayg‘uryapsan, 
hayotingni qurbon qilganing bilan uni qutqarolmaysan. Odamlarni na ibodatgohlarda voyizlar va na 
ko‘kdan tushgan vahiylar xalos etadi! Xuddi poda cho‘pon ortidan borganday, Qaysarlarga 
ergashadilar, ne’matlar va kuch-qudrat oldida ta’zimda turadilar. Hammadan ko‘ra berahmroq va 
hammadan ko‘ra shavkatliroq kimsani ko‘klarga ko‘taradilar, sarkardalarni va ular inson qonlarini 
daryo-daryo oqizgan, birovlarni hukmron, boshqalarni qul qilgan, xo‘rlagan janglarni og‘iz ko‘pirtirib 
maqtaydilar. Shuni shijoat ruhi deb ataydilar, avlodlardan avlodlarga qo‘shiqlar bitib qoldiradilar
g‘oliblar sharofatiga yalovlar ko‘taradilar, karnay-surnaylar chalib olqishlaydilar; tomirlarda qon 
ko‘piradi, kasamyodlar aytiladi — o‘zgalarga bir qarich ham yer bermaymiz deb, ontlar ichiladi; xalq 
nomi bilan qonli urushlar oqlanadi, zarurat deb tushuntiriladi; nasllar yurt g‘animlariga nafrat ruhida 
tarbiyalanadi: o‘z shahanshohimiz bor bo‘lsin, o‘zga shohning kuli ko‘kka sovurilsin, tiz cho‘ktirilsin, 
eli bandi qilinsin, yer-suvlari tortib olinsin, ota-bobo zamonlaridan to hanuzgacha hayotning, 
umrguzaronlikning butun lazzati mana shunda emasmi, axir. Sen esa, Iso, bularning barini qoralab, 
la’nat tamg‘asi osmoqchisan, sho‘rlik-bechoralar, g‘arib-g‘uraboning holiga achinasan, hamma joyda 
xayru baraka bo‘lishini istaysan, inson — vahshiy hayvon ekanligi, vujudimiz tuz-namaksiz 
yasholmaganday bu hayvon ham urushsiz kun kechirolmasligini unutasan. Hali-zamon soqchilar 
qurshovida G’ulqof sari qadam qo‘yasan. Jillaqursa, qatling oldidan, mana shu soatda nimada 
yanglishib, qayda sahvu-xatoga yo‘l qo‘yganingni bir boshdan o‘ylab ko‘rsang edi. Sen bilan 
xayrlasharkanman, bir narsani aytib qo‘yay! Sen yovuzlikning tomirini odamlarning had-hisobsiz 
hokimiyatparastligida, xalqlar hamda ellarni zo‘ravonlik bilan tobe qilinishida ko‘rasan, ammo bu 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling