Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
yo‘q. Vo darig‘o...— U jim bo‘ldi. Yana nimadir demoqchiday og‘iz juftladi-yu, lekin fikridan qaytdi 
shekilli, indamadi. Andisha qildi. Ayol zoti bilan qovushganmisan?— deb so‘ragisi keldi uning. Lekin 
so‘rolmadi. Xotin kishi kabi ezma-churuk ko‘rinishdan istihola qildi. Erkak odamning gapi emas bu. 
Shu asno ko‘zi Isoning ko‘ziga tushdi. U nima deb so‘ramoqchi bo‘lganligini fahmlabdi. Lekin 
bunday savolga javob berishni o‘ziga or deb biladi. Isoning mildiragan suvday tiniq ko‘k ko‘zlariga 
sharpa tushganday bo‘ldi, u tumtaydi. «Ko‘rinishdan shunchalar yuvosh, mo‘min, lekin tog‘day qudrati 
bor!»— hayratlandi Pontiy Pilat yerga sirg‘alib tushgan sandalini oyog‘i bilan qidirarkan. 
Mayli esa,— deb gapini boshqa yoqqa burdi u ayol xususidagi savol o‘rnini boshqa narsa bilan 
qoplash taraddudida.— Qulog‘imga chalingan ediki, sening otang yo‘q emish, to‘g‘rimi? 
Iso oppoq tekis tishlarini ko‘rsatib, ochiq yuz, oqko‘ngillik bilan jilmaydi. 
— Bir chekkasi rostdir balki. 
— Aniqrog‘i-chi? 
— Rost, rost, yaxshi hukmdor,— deb tasdiqladi Iso Pontiy Pilatning jahli chiqayotganini ko‘rib. 
Ochig‘ini aytganda bu savol hukmdorga munosib emasdi.— Meni Ilohiy Padarim Muborak Ruhga 
opichlatib yer yuziga qo‘yib ketgan. 
— Barakalla, endi boshqa hech kimning boshini bunday gaplar bilan aylantirolmaysan,— lablarini 
bazo‘r qimirlatib, horg‘in dedi prokurator. 
— Bo‘lmasa, volidang kimdir? 
— U Galiliyada yashaydi. Ismi Maryam. Sezib turibman, bugun yetib kelsalar kerak. Kechasi bilan 
yo‘l yurdilar. Bildim. 
Bilmadim, farzandining holi uni ne ko‘ylarga soladir,— tundvash dedi Pontiy Pilat Nazaretdan 
chiqqan devona bilan cho‘zilib ketgan suhbatga nihoyat chek qo‘yish niyatida. 
Shundan so‘ng basavlat, kallador, basharasi yirik, ko‘z qarashlari qattiq, yelkasiga oppoq 
yopinchiq tashlagan prokurator Ark ayvonining ravoqlari ostida qaddini rostladi. 
— Alqissa, oxirgi marotaba aniqlab qo‘yaylik,— dedi u qat’iy qarorga kelganday.— Otang kim 
edi? Oti — Yusuf, volidang — Maryam. Nazaretda dunyoga kelgansan. Yoshing o‘ttiz uchda. 
Bo‘ydoqsan. Bolalaring yo‘q. Xaloyiqni isyonga chaqirgansan. Ulug‘ Baytul muqaddasni buzib 
tashlayman va uch kun ichida yangisini bino qilaman, deb g‘alayon ko‘targansan. O’zingni 
payg‘ambar, Yahudoning podshohi deb gap tarqatgansan. Sening muxtasar tarixing mana shunday. 
— Mening tariximni gapirib o‘tirma. Lekin senga aytib qo‘yay: Sen tarixda qolasan, Pontiy 
Pilat,— ovozini ko‘tarmay ohista so‘zladi, Iso hukmdorning yuziga tik va jiddiy boqib.— Butkul 
qolajaksan. 
—Qo‘ysang-chi!— ensasi qotib qo‘l siltadi Pontiy Pilat. Baribir Isoning bu gapi unga ma’qul 
tushdi. Ammo birdan ovozini o‘zgartirib, tantanavor tusda dedi:— Tarixda shavkatli imperator Tiveriy 
qoladi. Unga shon-sharaflar bo‘lsin. Biz esa uning sodiq navkarlarimiz. 
— Baribir tarixda sen qolasan, Pontiy Pilat,— o‘jarlik bilan takrorladi Quddusdan chiqib, G’ulqof 
sari borar zot... 
Kimnidir intizor kutganday erta tongdan beri Irod saroyi uzra charx urib aylanayotgan qarchig‘ay, 
burgutmi, bir qush nihoyat davra o‘ramoqni bas qilib, xavfli jinoyatkor kabi kishanband etilgan, 
Yahudoning hukmdori Pontiy Pilatga bunchalar uzoq musohib bo‘lgan, hozir esa necha o‘nlab 
soqchilar qurshovida qatlgoh sari olib ketilayotgan zot ortidan ohista-sekin ergashdi. 
Hukmdor esa hamon Ark ayvonida G’ulqof tomon ketib borayotgan kimsa izidan uchgan 
mutag‘ayyir qushga hayrat va qo‘rquv ichra tikilgancha turardi... 
— Bu ne sinoatdir?— pichirladi hukmdor taajjubot va tashvish ichida... 
III 
Yog‘aman-yog‘aman deb, yoz yomg‘iri anchagacha yog‘may, kecha oqshomdan beri ufq betida 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling