Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
uchun faqat bir bahona axtargan bo‘lsak? Va nima boisdan u to xochga ko‘tarilgandan buyon aqllar 
hamon o‘ziga kelolmaydi, hamon garang? Axir, o‘shandan beri qancha zamonlar o‘tib, juda ko‘p 
mangulikka da’vogar bo‘lgan narsalar unutilib, xoki turobga aylanmadimi? Bunda odamlarning hayoti 
kunba-kun kamolot kasb etib boradi, degan aqoid doim esda turdimikin? Bugun yangi tuyulgan narsa 
ertasiga eskiradi, juda yaxshi deb topilgan narsalar ertaga undan ham go‘zalroqlari oldida o‘z tusini 
yo‘qotib, xiralashib qoladi. Shunday ekan, nega Isoning so‘zlari eskirmay, o‘z kuchini yo‘qotmay 
keladi? Uning tug‘ilishidan tortib, to xochga mixlanguncha bo‘lgan hodisalar va keyin undan nasllaru 
zamonlarga o‘tgan narsalar — nahot insoniyatga shun-chalar zarur edi? Nahot ulardan qochib qutulib 
bo‘lmasdi? Va nihoyat, inson tarixida bu o‘tilgan yo‘lning ma’nosi nimadan iborat? Odamlar nimaga 
erishdilar? Nima qarorga keldilar? Natija nima bo‘ldi? Agar bundan ko‘zda tutilgan yashirin maqsad 
insonparvarlik, allomalar aytmoqchi, gumanizm g‘oyasi bo‘lsa, ya’ni aql-idrok ato etilmish xilqat 
sifatida insonning o‘z-o‘ziga tomon tashlagan qadami, ruhning o‘z ichida o‘zi intihosiz va adoqsiz 
kamolotga intilishi bo‘lsa, axir, bu yo‘l avval-boshdan shunchalar mushkul, og‘ir va shafqatsiz qilib 
solinadimi? Kim bunday qildi, nega? Odamlar har birlari o‘zlaricha talqin va tafsir etadigan nasroniy 
gumanizmdan to umumjahoniygacha, ijtimoiy-maxdud gumanizmdan to sinfiy va mutlaqo mavhum 
gumanizmgacha — shularsiz hayot kechirishlari mumkinmidi, yo‘qmi? Bizning asrimizga kelib, o‘sha 
yo‘lda allaqachon eskirib qolgan dinning ma’nosi nima? 
Rostdan ham, nima keragi bor? Axir, hammaga va hat bolalarga bari allaqachon ma’lum. Axir, 
materialistik ilm-fan xristian va boshqa dinlarning aqidalari qabristoniga o‘z qozig‘ini qokib 
tashlamadimi, birdan-bir to‘g‘ri yo‘l — taraqqiyot va madaniyat yo‘lidan ularni qat’iyat va shahd-
shiddat bilan supurib tashlamadimi? Hozirgi odam uchun dinga rioya qilish ehtiyoji yo‘qqa o‘xshaydi, 
unga kuni bitgan aqidalar xususida tarixiy ma’lumot bo‘lsa, kifoya. Axir, bularni bari o‘z kuchini 
yo‘qotdi, eskirdi, o‘tdi. Lekin biz nimaga keldik? O’sha rahm-shafqatli, fidoyi, hayotiy dunyoqarashlar 
tomonidan allaqachonlar achchiq kulgi ostiga olingan va yo‘l chekkasiga uloqtirib yuborilgan g‘oya 
evaziga biz nima topdik? Nimamiz bor bizning? Shunga o‘xshash yoki undan o‘tkirroq va ortiqroq 
nimaga egamiz? Axir, yangilik eskilikdan albatta yaxshi bo‘lishi kerakmasmi? Bor bizda o‘sha 
yangilik, bor! Yangi qudratli aqida tobora kuchga kiryapti — bu ortiq darajadagi harbiy kuch-qudrat 
aqidasi. Inson bolasi kun-bakun, tug‘ilgandan to o‘lgungacha bu kuchlar urush chiqararmikin yoki 
o‘zini bosib turarmikin degan butkul vahima ichida yashaganmidi hech? Hozir shu qurol egalari xudo 
bo‘lmasa boshqa kim? Farki shundaki, hozir topinmoq uchun mehroblariga yadro snaryadlari surati 
naqshlangan cherkovlaru, ta’zim va qulluq bajo keltirmoqqa generallar yo‘q, xolos... Nimasi din emas 
buning? 
Avdiy Kallistratov gohida turmush-tutmush haqida ana shunday hayollarga berilib ketardi. Bu safar 
ham, tafakkurning o‘lchovsiz uzunligida u o‘tmish ichiga, o‘zidan necha zamonlar oldin bo‘lib o‘tgan 
voqealarga ular xuddi hozir ro‘y berayotganday, kirib bordi. Yangi suvlar ko‘hna qirg‘oqlardan 
shunday oqib o‘tadi. Shunda u o‘sha kunlarning ibtidosiga, hayit arafa — juma kuniga kaytdi. U 
Murabbiyni qidirib topmoqchi, o‘z tashvish-nadomatlarini bayon qilmoqchi, necha yuz yillar kechib, 
so‘ng keladigan zamonlarning tahlikalarini aytmoqchi, tarix sahnasida yangi Xudo — o‘zining mufsid 
va hammabop dini bilan yer yuzidagi jamiki odamlar ongini zaharlagan, hatto harbiy kuchlardan ham 
ustun chiqqan Xudo-Guliaf paydo bo‘lganligini ma’lum etmoqchi edi. Nima derdi bunga Murabbiy, ne 
dahshat, harosonlikka tushardi: harbiy ustunlik uchun quturib musobaqa o‘tkazayotgan insoniyat oxiri 
qaerga boradi, axir? Va mabodo, u ikkinchi marotaba bizning gunohlarimizni yelkasiga ortib, yana 
xoch uzra ko‘tarilsaydi, o‘shanda ham ta’qibkor va hujumkor ustun harbiy kuch dini tomonidan 
asoratga solingan odam bolalarining rahmini keltirolmasdi... 
Biroq taassufki, u Murabbiyni topolmadi. Iuda sotgan va uni ushlab olib ketgan edilar. Va Avdiy 
huvillab yotgan Hefsiman bog‘ida barcha bo‘lib o‘tgan va endi bo‘lajak narsalarni o‘ylab yig‘lar, 
dunyoda o‘zini yolg‘iz sezardi. U shunday orqaga tisarila-tisarila, hali o‘sha zamonlar shimoldagi 
chakalakzor qorong‘i o‘rmonlarda yashaydigan, yog‘ochdan chopib yasalgan sanamlarga topinadigan, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling