Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
va hali uning Avdiy degan ismini ham bilmaydigan bobokalonlari osha Hefsimanda hozir bo‘lgan edi. 
Avdiy ismi ancha keyinroq borib ma’lum bo‘ladi va uning o‘zi ham uzoq yigirmanchi asrda dunyoga 
keladi... 
Avdiy Murabbiy ushlab olib ketilgan o‘sha anjir daraxti ostida uzoq yig‘lab o‘tirdi. Koshkiydi 
shuncha o‘rtangani, bag‘rini tig‘laganiga yarasha olamning ma’yus taqdiri o‘zgarsa... 
Keyin o‘rnidan turdi. G’amboda bir holda shahar sari yo‘l oldi. Tungi Quddus devorlari ortida 
xaloyik hayit arafasi osuda uyquga cho‘mgandi. Yolg‘iz u yuragi tahlikaga to‘lib, sarsari shahar kezar 
va yakkash suroqlardi: qani, Murabbiy, unga ne bo‘ldi? Keyin uning hayoliga hali ham kech emas, hali 
Murabbiyni qutqarish mumkin, degan fikr keldi va yo‘lida uchragan barcha darchalarni taqillatishga 
tushdi: «Odamlar, turinglar, xatar kelyapti! Hali vaqt bor, Murabbiyni qutqaraylik! Men uni Rossiyaga 
olib ketaman. Oka degan daryoda bir xoli orol bor...» 
Avdiyning fikricha, daryo o‘rtasidagi o‘sha orolda Murabbiy har qanday xavf-xatardan emin 
bo‘ladi. Shu yerda u dunyoning buqalamunliklari haqida o‘y suradi. Ehtimol, shu yerda Unga yangi 
bashorat kelar va u olis-olis zamonlarga odamzod uchun yangi yo‘l topar va odamzodga yangi ilohiy 
barkamollik baxsh etar, toki shunda u o‘z zimmasiga ixtiyoriy tarzda ortgan mahdiulyolik burchi va 
maqsadi qonli yo‘llardan o‘tmagay, xorlik, xo‘rlik va azob-uqubatlarga giriftor bo‘lmagay. Holbuki, u 
devona odamlar va adolat deb, shu barcha azoblarni o‘z ustiga olishga, ta’qiblarga dosh berishga 
tayyor! Ta’qiblar esa ashaddiy va shiddatkor! Axir, kelajak nasllarning baxt-saodati uchun u o‘sha 
halokatli vazifani o‘z zimmasiga oldi. Insonni azal adolatsizliklarga daxldorlik zulmidan xalos etish 
yo‘li tanlanganda bundan qochib qutulmoqning iloji ham yo‘q. Zotan, tabiiy narsalarda adolatsizlik 
bo‘lmaydi. U faqat odamlar o‘rtasidagina mavjud va odamlardan boshlanadi. Biroq, maqsadga 
shunday g‘ayritarixiy yo‘l bilan yetib bo‘larmikin? Ammo Murabbiyning ushbu sabog‘i inson o‘z 
shaxsiy manfaatlarini qondirish uchun intilganda, diyonat va imon ovozini o‘chirganda, bosganda
o‘zini oqlash uchun son-sanoqsiz bahonalar to‘qiganda, men yomonlikka qarshi yomonlik bilan javob 
berishga majbur bo‘ldim deganda, har safar unutilmasmikin? Shu saboq unutilmasligi uchun bir oz 
bo‘lsa-da, ishonch bormikin? Xilqatlar gultoji insonni farovonlik va kulfatlarda, qashshoqlik va dov-
davlatmandlikda, hukm surganda va hukm surmaganda har doim unga hamroh halokatli. hirsu-
havaslardan qaytarib bo‘larmikin? Xilqatlar toji insonni boshqalar ustidan hukmronlik yuritish 
ishtiyoqi hamda jazavasidan qaytarish mumkinmi? Mudom ko‘ngli-hushiga nima kelsa, shuni 
qilishdan qaytarish mumkinmi? Axir, o‘ziga bino qo‘yish va takabburlik inson kuch-qudratda bo‘lgan 
chog‘da uni xukm yuritish va zo‘rlik ko‘rsatishga undaydi, kuch-qudratdan ayrilgan choqda ham, 
yaltoqilik, munofiqlik va dog‘ulilik bilan yana o‘sha maqsad sari intiladi. Shunday ekan, hayotning asl 
ma’nosi nimadan iborat, asl maqsad nima, nihoyat, bu savolga kim javob bera oladi. Sofligi va 
haqqoniyligi hech kimda shubha uyg‘otmaydigan shunday javob bormi o‘zi? 
Murabbiy, sen, inson yaxshilik va muruvvat yo‘liga kirsin deb og‘ir jazoni bo‘yningga olding. 
Axir, shu ikki narsa aslida oqilni ahmoqdan ajratadi. Inson yer yuzida qiynalib yashaydi, unda 
yomonlik tomirlari juda chuqur ildiz otgan. Hur fikr bilan qanotlangan aqlni, o‘zida yovuzlik sarqitini 
bamisoli yuqumli kasallikday butkul quritgan va qaqshatgan mumtoz zotni — bizning mutlaq 
idealimizni shu yo‘l bilan tarbiyalab bo‘larmidi? Ox, qaniydi shunga erisha olsak! Iloho, nega o‘z 
ustingga shunchalar og‘ir yuk olding, tuzatib bo‘lmas dunyoni tuzataman deb? Xaloskorim, andak 
to‘xta, axir, sen ularni deb, o‘lim azobini qabul qilyapsanu, ular esa, keyin ustingdan kuladilar. Ha, ha, 
xa-xolab kuladilar, boshqalari esa minglab yillar o‘tgach, moddiy ilm-fan Xudoga bo‘lgan ishonch 
tamallarini batamom yo‘qotgandan, Sen boshdan kechirgan barcha narsalarni cho‘pchak deb atagangan 
so‘ng ayrimlari Seni mazax va masxara qilajaklar: «Savdoyi! Tentak! Kim shunday qilsin dedi? Kimga 
kerak bu xochga mixlash tomoshasi? Kimni hayron qoldirmoqchi bu bilan? Nima berdi bu odamga? 
Uni qilcha bo‘lsin o‘zgartiroldimi, boshqacha qiloldimi?» Sening jasoratingni bema’ni deb topadigan 
nasllar ana shunday o‘ylayajaklar, Ular bu vaqtga kelib, modda qurilishining azal mohiyatini topajaklar 
va yerning tortish kuchini yengib, koinot qavatlari sari yo‘l olib, bir-birlari bilan ochko‘zlar kabi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling