Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
— Bizdanmas,— dedi mallabosh Kolya. 
Hammalari bir boshdan Avdiyni tanishni istamadilar. 
Qiziq, choparlarning bu qiliqlari Avdiyning hamiyatiga tegdi. Ularning hammalari bir og‘izdan, 
qat’iy, hech qanday shubxaga o‘rin qoldirmay undan voz kechishgani Avdiy Kallistratovga 
haqoratlagan va xo‘rlagandan badtar alam qildi. Avdiyning bir zumda isitmasi chiqib ketdi, boshiga 
yorilguday sirqiroq og‘riq kirdi. 
— Nima bo‘ldi, nega meni tanimayman deyapsizlar?— kalovlanib so‘rardi u.— Axir men... 
Gap bundoq, «Nyu-York tayms»ning muxbiri,— mayna qilib uni to‘xtatdi leytenant.— Ko‘p 
gapirdingiz, yetar. «Axir men», «axir sen». Bo‘ldi, bas. Boshimni aylantirma. Sensiz ham ish boshdan 
oshib-toshib yotibdi. Jo‘na, bu yerdan. Oyoq tagida o‘ralashaverma. Bular bilan ishing bo‘lmasin. 
Ularga qarshi qonun bor. Shafqatsiz qonun. Og‘u tayyorlagani, tarqatgani va sotgani uchun darhol 
jazoga tortiladi. Ular bilan gap qisqa. Sen, muxbir oshna, tezroq bu yerdan tuyog‘ingni shiqillat. Jo‘na. 
Boshqa ko‘zimga ko‘rinma. 
Jimlik cho‘kdi. Avdiy Kallistratov og‘irligini dam u oyog‘iga, dam bu oyog‘iga solib, ketishga 
shoshilmasdi. 
— Sen o‘rtoq leytenantning so‘zlarini eshitdingmi?— shu paytga-cha allaqanday kog‘ozlarni 
to‘ldirish bilan mashg‘ul militsioner o‘rtaga tushdi.— Esing borida jo‘na. Rahmat deginu chiqib 
ketaver. 
— Sizda manavi eshikning kaliti bormi?— deb so‘radi Avdiy temir eshikning osig‘lik qulfini 
ko‘rsatib. 
— Senga nima? Bor, albatta,— deb javob berdi leytenant Avdiyning nega shunday deb 
so‘raganligini tushunolmay. 
— Unda oching eshikni,— dedi Avdiy. 
— Yana nima xohlaydilar? E, kimsan o‘zing!— tutaqib ketdi leytenant.— Joningdan to‘ydingmi! 
Men seni! 
— Ana-ana! Meni darhol panjaraga tashlashingizni so‘rayman. Joyim o‘sha yerda!— Avdiyning 
chehrasi lovullab yonar, yana uning qattiq jazavasi tutgandi. Vagonda nashani tashqariga sochib 
tashlaganda xuddi mana shunday bo‘lgan edi.— Meni qamoqqa olishlari va sud qilishlarini talab 
etaman!— deb qichqirardi Avdiy.— Men ham mana shu adashgan badbaxtlarning biriman! Dunyo 
razolat va yaramasliklarga to‘lib ketdi! Xuddi ular kabi men ham javobgarman. Men ham nasha 
yiqqanman. Eshikni oching. Men ular bilan birga o‘tiray. Sudda ular tasdiqlashadi aybim borligini! 
Gunohlarimizga tavba qilamiz, dilimiz pok bo‘ladi... 
Militsioner shunda qog‘ozlarini bir chekkaga yig‘ishtirdi-da, o‘rnidan dik etib turdi. 
— E, bu g‘irt jinni-ku, o‘rtoq leytenant. Qarang basharasiga. Jinniligi shundoq ko‘rinib turibdi. 
— Aql-hushim joyida,— deb e’tiroz bildirdi Avdiy.— Men ular bilan teng jazo tortishim kerak! 
Jinni bo‘lib nima qilibman? 
— Shoshma, shoshma,— ikkilandi leytenant.
Transport militsiyasiday og‘ir ishda shuncha yillar xizmat qilib bunaqa tentaklikni endi ko‘rishi 
edi: aytsang, birov ishonmaydi sira. 
Oraga sukut cho‘kdi. Shu payt kimdir hiqillab, so‘ng ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Boshini devorga 
o‘girib olgan Lyonka yig‘lamoqda edi. Petruxa uning og‘zini yumishga urinar, qulog‘iga bir narsalar 
deb po‘pisa qilardi. 
Gap bunday, o‘rtoq,— dedi leytenant kutilmaganda yumshoqlik bilan Avdiyga.— Yur, 
tashqariga chiqaylik, menga hammasini bir boshdan gapirib berasan. Qani, chiqaylik. Yur, yur, rost 
aytyapman. 
Ular yana yo‘lovchilar tiqilib ketgan kutish zaliga chiqdilar. Leytenant Avdiyni bo‘sh skameykaga 
boshlab keldi, o‘tirishga taklif etdi, keyin o‘zi ham yoniga o‘tirdi. 
— Sendan juda ham iltimos qilaman, o‘rtoq,— dedi u birdan do‘stona bir samimiyat bilan,— 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling