Chingiz Aytmatov ijodiy biografiyasi Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov
Download 8.49 Kb.
|
Chingiz Chingiz aytmatovning “qiyomat” romani tahlili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qiyomat” romani haqida
- Asarning asosiy g‘oyasi
Chingiz Chingiz aytmatovning “qiyomat” romani tahlili Chingiz Aytmatov ijodiy biografiyasiChingiz Toʻraqulovich Aytmatov (12-dekabr, 1928 – 10-iyun, 2008)Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan: „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957). „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan.Ch.Aytmatovning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi.„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qiyomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi.“Qiyomat” romani haqidaSo‘nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg‘iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” (“Kunda”) romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o‘tib, rus tilidan qirg‘izchaga tarjima qilingan. Roman avval o‘zbekchaga “Kunda” nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e’lon qilingan.Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi.Asarning asosiy g‘oyasiRomanning asosiy g‘oyasi ezgulik va yozuvlik o'rtasidagi kurash, insonlarning bir biriga nisbatan zo‘rovonligini qoralash va Sovet davridagi qora illatlarni mohirona tasvirlagan. Bundan tashqari ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi.Download 8.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling