Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
— Hoy, menga qara, o‘tir mashinaga. Biz Jalpoq-Sozga ketyapmiz. Bo‘lmasa cho‘lda bir o‘zing 
o‘lib qolasan, bechora. Bu yo‘ldan mashinalar ko‘p yurmaydi. 
Avdiyning tomog‘iga bir narsa hiqillab tiqildi, yig‘lab yuborishdan o‘zini bazo‘r tiydi, yosh 
boladay quvonib ketdi. 
— Rahmat, birodar,— dedi u qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib.— O’zim sizdan ola keting deb so‘ramoqchi 
edim. Yurolmayapman. Oyoq ishkal. Rahmat. 
Shofyor pastga tushdi. Avdiyga mashinaga chiqishga yordamlashdi. 
— Qani buyoqqa kel. Seni ko‘tarishib yuboray, bechora. E, qo‘rqma, chiqaver. Tepada jun bor. 
Sovxozniki. Topshirib kelaman. Kaytangga yumshoqqina o‘tirasan. Faqat chekmasang bo‘ldi. 
— Men umuman chekmayman. Tashvishlanmang,— jiddiyat bilan ishontirdi uni Avdiy.— Men 
kechasi yomg‘irda qolib ketdim. Toza bo‘kdim. Bu yer issiqqina ekan... 
— Mayli, mayli! Aytdim-qo‘ydim-da. Damingni ol, bechora. 
Ayol kabinadan boshini chiqarib qaradi. Shofyorga allanarsa dedi: 
— Xotinim so‘rayapti, qorning ochdir? — tushuntirdi shofyor jilmayib. 
— Juda och!— ochig‘ini aytib qo‘ya qoldi Avdiy.— Rahmat. Agar bir nima yegulik bo‘lsa, bering, 
o‘la-o‘lguncha unutmayman. 
Avdiyning nazarida bir shisha qo‘y suti va o‘choqda yopilgan, hidi gurkirab turgan oppoq non 
kechasi bilan chekkan azoblari uchun ko‘kning unga inoyati edi. 
Ovqatlanib bulib, Avdiy moy va ter hidi anqib turgan qo‘y juni tiqilgan qop-qanorlar ustida uxlab 
qoldi. Mashina kechasi jaladan so‘ng tarovat to‘lgan cho‘l bo‘ylab hamon ketib borardi. Tuzaladigan 
kasal tabibga duch kelganday bu yo‘l Avdiyga shifo bo‘ldi. U mashina to‘xtaganda ko‘zini ochdi. 
— Keldik. Sen qaerga borasan?— shofyor pastga tushib, orqadagi bort oldida yuqoriga qarab 
turardi.— Hoy, yigit! Tirikmisan? 
— Tirik, tirik! Rahmat,— javob qildi Avdiy.— Jalpoq-Sozga yetib keldikmi? 
— Ha, bekatga keldik. Biz endi xomashyo omboriga boramiz. 
— Meni qutqardingiz. Yana bir karra rahmat. Xotiningizga ham katta rahmat. Nima deb 
minnatdorchilik bildirishimni ham bilmayman. 
Avdiy tepadan shofyorning yordamida tusharkan, og‘riqdan ingrab yubordi. 
— Ahvoling juda chatoq, bechora. Sen kasalxonaga bor,— maslahat berdi shofyor.— Tayoq 
bo‘lsa, ancha ishing osonlashardi. 
Vokzalgacha Avdiy yarim soat cho‘loqlanib bordi. Yaxshiyam, yo‘lda yotgan taxta bo‘lagini 
ko‘tarib olgan ekan, undan qo‘ltiqtayoq o‘rnida foydalandi, yurishi ancha yengillashdi. 
Temir yo‘l izlari, ko‘tarma ko‘priklar, katta, kuchli chiroqlar, yuk kranlari, kelayotgan va 
jo‘nayotgan poezdlar, vokzal maydoni va umuman, butun bekat shaharchasi uzra ovoz 
kuchaytirgichdan buyruqlar, farmoyishlar, e’lonlar yangrar, cho‘l uzra taralar, lokomotivlar hushtak 
chalar, passajir poezdlarning kelgani va ketayotgani xabar qilinardi. Ovloqdan kelayotgan Avdiyga 
qaynagan hayot darrov bilindi. Atrofda odamlar o‘z ish-tashvishlari bilan yugurgilashib yurishar — 
Jalpoq-Sozni Turkistonning eng yirik bekatlaridan biri deb hisoblashlari bejiz emasdi. 
Cho‘ntakda bor-yo‘g‘i o‘ttiz besh so‘m bilan qanday qilish, qaysi poezdda ketishga Avdiyning 
boshi qotib qolgan edi. Endi nima bo‘ladi? Moskvagacha qattiq vagonning bileti o‘ttiz so‘m turar ekan, 
u ham bilet bo‘lsa hali. Tirikchilik-chi? Oyog‘i bu ahvolda, jarohatlari-chi? Kasalxonaga borsamikin 
yoki darhol jo‘nab ketaversinmi? Avdiy hayolga botgancha odam bilan gavjum, dim bekat binolari 
ichidan oqsoqlanib o‘tib borardi. Uning to‘zgan, yirtiq ust-boshi, ajiva qilib tashlangan aft-angori, 
tayanib borayotgan churik taxtasi odamlarning e’tiborini tortar — hamma unga alanglab qaramoqda 
edi. Avdiy poezdlar jadvali osilgan maydonga chiqqanida, o‘zini militsiya xodimi kuzatayotganini 
payqadi. 
— Qani, to‘xta-chi, hey yigit! — chaqirdi uni militsioner yaqinlashib kelarkan. Uning jahldor, 
qat’iy qarashlari yaxshilikdan darak bermasdi.— Bu yerda nima qilib yuribsan? Kim bo‘lasan? 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling