Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
mumkin? Xotini tashlab ketganining o‘zi yetmaydimi? Xo‘p, ichsa ichibdi, lekin kim ichmaydi hozir? 
Holbuki, agar e’tibor bilan qarashsa, u juda ham kerakli odam-ku. Mana, jiddiy bir ishni topshirishdi. 
Ko‘z ochib-yumguncha odam to‘plab kelmadimi, axir. Yarim kechasi vokzalga bordi. Xaloyiqqa 
shundoq sarasof soldi. Uning ko‘zlari pishib ketgan. Darrov Mo‘yinqumga borishga tayyor, pulga 
muhtoj, mo‘may daromadga suyagi yo‘q odamlarni ajratib oldi. Avdiy Kallistratovni ham ana shunda 
uchratdi. 
Avdiy, Kandalovning taklifini muhtojlik tufayligina qabul qilgani yo‘q: u hech kutmagan, g‘oyatda 
tashvishli bir hol ro‘y berdi — Inga Fyodorovnaning xati bo‘yicha Jalpoq-Sozga kelib, uni bu yerda 
topmadi. Juda ma’yus tortib qoldi. Lekin bu shunchalik xafa bo‘lishga arzirmidi, noma’lum edi. 
Samolyotda keldi. Samolyotga chiqish uchun Moskvaga bordi. Kuni bo‘yi yugurib yurib bilet topdi. 
Olmaotadan bu yergacha poezdga o‘tirdi. Nihoyat, ikki kun deganda, kasalxonaga qo‘shni laboratoriya 
hovlisidagi mo‘‘jazgina uyga yetib kelsa, eshik berk. Kalit solinadigan teshikda Inga Fyodorovna ikki 
enlik xat qoldirgan ekan. Unda vokzal pochtasidan Avdiy nomiga yozilgan maktubni talab qilib olishni 
so‘ragan edi. Avdiy zudlik bilan pochtaga chopdi. Unga xatni darhol topshirishdi. U yuragi urishdan 
to‘xtab qolay deb, kichkina bog‘chaga kirib, skameykaga o‘tirdi-da, xatni ochdi: 
«Avdiy, mehribonim, meni kechir. Bunday anglashilmovchilikni bilganimda, senga hozircha 
kelmay tur deb, xabar qilgan bo‘lardim. Hoynahoy, jo‘natgan telegrammamni olmagandirsan, yo‘lga 
chiqqandirsan, bu paytda. Gap shundaki, Jambulga kutilmaganda Igorning otasi kelib, bola xususida 
sudga ariza beribdi. Tezlik bilan Jambulga jo‘nadim. Bunga unga yozgan xatim sababchi bo‘lsa kerak. 
Unga o‘zim g‘oyatda hurmat qiladigan odam bilan yangi hayot qurmoqchi bo‘layotganimni ochiq 
ma’lum qilgan edim. O’rtamizda bola borligi uchun buni unga aytishim kerak edi. 
Sevgilim, meni yana bir karra kechir. Shunday bo‘lib qoldi. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Ertami, kechmi, 
bari bir bu masalani hal qilish kerak edi. Boshidan bitadigan ishning bitgani ma’qul. 
Sen kelganingda eshik yopiq bo‘ladi. Kalitni laborant qizimiz Saula Alimboevaga qoldirib 
ketaman. Juda ham yaxshi qiz. Bizning laboratoriyamiz qaerdaligini bilasan-ku. Undan kalitni olib
bemalol menikida turaver. Hech narsadan qisinma va meni kut. Afsuski, Oliya Ismoilovna dam olishga 
chiqqan, bo‘lmasa u bilan gaplashib turishing mumkin edi, antiqa ayol. U seni juda hurmat qiladi. Bir 
haftada ishlarimni bitirsam kerak. Bundan bizga hech narsa to‘g‘anoq bo‘lmasligi uchun qo‘limdan 
kelgancha harakat qilaman. Kichkina Igorni ko‘rishingni istagan edim. Menimcha, u bilan inoq bo‘lib 
ketasizlar. Hammamiz birga tursak deyman. Ungacha oldin aytganimday, ota-onamni ko‘rib kelsak, 
sen Fedor Kuzmich va Veronika Andreevna bilan tanishib olishing kerak. Sevgilim Avdiy, ranjima va 
ko‘nglingni cho‘ktirma. Hammasi joyida bo‘ladi. 
Sening Ingang. 
Aytgancha. Agar ishdan tashqari paytda kelib qolsang, Alimboevaning adresi: Abay ko‘chasi, 41. 
Erining ismi sharifi Daurbek Iksanovich». 
Avdiy xatni hovliqqancha o‘qib chiqib, o‘yga toldi. U hang-mang bo‘lib qoldi: hech kutilmaganda 
ish butunlay boshqacha tus ola boshlagan edi. Avdiy kalit izlab bormadi. Kutish zalida yaxshilab 
o‘ylab olishga qaror berdi. Keyin jomadonini saqlash uchun topshirdi. Xiyobonga chiqib o‘tirdi. 
Tanish kasalxona atrofida aylanib yurdi. Keyin bekat bilan shaharcha orasida yolg‘izoyoq yo‘l 
borligini ko‘rib, undan nari borib, beri kela boshladi... 
Cho‘lga kech kuz kirgan edi. Ancha salqin tushgan. Momiq, ukpar bulutlar xuddi ummonlarning 
olis oq yollari kabi oktyabrning yoz o‘tib bo‘zrang tus olgan osmonini qoplagan edi. Daraxtlar 
yaproqlarini to‘kib qo‘yayozgan, oyoqlar ostida qip-qizil, qo‘ng‘ir yaproqlar shildirardi. Otizlar ham 
yig‘ishtirib olingan, yalang‘och bo‘lib qolgandi. Jalpoq-Sozning ko‘chalari huvillagan, zerikarli edi. 
Havoda mezonlar uchib yurar, kutilmaganda yuzga yopishardi. Bularning bari Avdiyni dilgir qilardi. 
O’z texnika qudrati bilan cho‘l kengliklyrini bosgan bekatda hammayoqni guldiragan, qaldiragan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling