Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
O’sha ilk damlarda esa u xuddi jinni bo‘lib qolgandek edi. Rost, Inga Fyodorovna buni uning issig‘i 
chiqayotganiga yo‘ygan bo‘lishi mumkin. Axir, faqat tentak odamgina dabdurustdan: «Doim sizni 
o‘ylaganimni qaerdan bildingiz?»— deb so‘raydi-da.
Qiz javob o‘rniga qoshlarini hayron bo‘lib chimirdi. Shunda u yanada go‘zalroq ko‘rindi va sirli 
jilmayib qo‘ydi. Agar qiz shu bema’ni, maza-matrasi yo‘q so‘zlarni bachkanalik va yoki suyuqlik deb 
qabul qilsa bormi, Avdiy unda hech qachon o‘zini kechirmas, umr bo‘yi qiynalib o‘tardi. Lekin 
Xudoning marhamatchiligi, qiz uning so‘ziga alohida ahamiyat bermadi. Bunga odob-ikromi yo‘l 
qo‘ymadi. Shundan so‘ng ular qizning Uchquduqqa mototsiklda borgani, birinchi marta qanday 
ko‘rishganlarini kula-kula eslashdi. Avdiy shu unutilmas uchrashuvdan bir kun keyin cho‘lda Petruxa 
va Lyonka degan chopar bolalar bilan vertolyotdan qochib o‘tlar ichiga berkinganlarini gapirib berdi. 
Inga Fyodorovna qotib-qotib kuldi. Ma’lum bo‘lishicha, Inga Fyodorovna vertolyotga Toshkentdan 
kelgan maxsus ilmiy ekspeditsiya bilan birga uchgan ekan. Toshkentdagi ilmiy-tekshirish 
institutlaridan biri yovvoyi nashani u o‘sadigan yerlarda kimyoviy-biologik quritish ustyda 
shug‘ullanayotgan ekan. Shunda Avdiyga bang bilan kurash ikki tomonlama olib borilayotganligi ayon 
bo‘ldi: ham giyohvandlik yo‘qotilmoqchi, ham og‘uli giyohlar quritilmoqchi. Lekin buni hal qilish 
dunyoning hamma joylarida ham oson emasga o‘xshaydi. Inga Fyodorovnaning tushuntirishicha
nashaning o‘sishi va ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydigan kimyoviy dorilarni topish qiyin emas. Ammo bu 
usul nashadan ham battaroq falokatga sababchi bo‘ladi, u yerni xarob qiladi. Va u kamida ikki yuz 
yilga ishdan chiqadi. Giyohvandlik bilan kurash yo‘lida tabiatni xonavayron qilish — bu ham aqldan 
emas: tayoqning ikki uchi bor. Inga Fyodorovna olib borayotgan ilmiy-tekshirish doirasiga shu 
murakkab tabiat muammolarini yechishning eng oqil yo‘llari va usullarini axtarish ham kirardi. O, 
Xudoyim-ey, deb o‘ylardi Avdiy, agar tabiat fikr qilish qobiliyatiga ega bo‘lganda, o‘z holicha o‘sib 
yotgan giyohlar bilan insonning ma’naviy buzilishi o‘rtasidagi dahshatli o‘zaro bog‘liqlik uning 
yelkasiga qanchalar og‘ir yuk bo‘lib tushardi. O, dahmaza!.. 
* * * 
Avdiy Kallistratov Inga Fyodorovna bilan o‘rtalarida tug‘ilgan munosabatlarni «taqdirimda yangi 
davr» deb atar va bunda rostdan ham, hech qanday mubolag‘a yo‘q edi. Ona shahriga qaytib 
kelganining naq ertasigayoq qizga uzundan-uzoq xat yozdi. Bu-ku, mayli. Lekin yo‘lda poezd besh 
daqiqadan ko‘p to‘xtagan har bir bekatdan otkritkalar yozib jo‘natganligini aytmaysizmi. Bu oddiy 
oshiq-ma’shuqlikka o‘xshamasdi. Avdiy o‘z hayot yo‘lida Inga Fyodorovnani uchratgandan beri 
shunchalar hayajon hamda iztiroblar ichida yashar ediki, bularni aslo aqlga sig‘dirib bo‘lmasdi. 
U qizga yozardi: «Menga nima bo‘lyapti — hech aqlim yetmaydi! O’zimni vazmin, bosiq odam
deb hisoblardim. Aqlim ham, tuyg‘ularim ham, bir-birlariga ravon, uyg‘un edi. Endi esa, hatto nima 
qilayotganimni o‘zim bilmayman. Darvoqe, hech narsani bilishni, tahlil etishni istamayman. Nega 
shunday, hayronman. Boshimga xuddi tog‘ ko‘chkisiday baxt yog‘ildi. Men shu ko‘chkining tagida 
qoldim. Bir hujjatli filmda ko‘rgan edim — oppoq qor tog‘ ko‘chkisi yo‘lida uchragan jamiyki 
narsalarni sovurib, ergashtirib ketadi. Shunday ko‘chki mening ustimga ham yog‘ildi. Dunyoda boshqa 
bunday baxtiyor odam yo‘q, bo‘lmagan ham; omadim bor ekan, men xuddi nog‘orasini chertib o‘yinga 
tushayotgan yovvoyi odamga o‘xshayman. Shu yoz boshimga yog‘dirgan barcha nag‘malari uchun 
taqdirimdan roziman: axir, u meni tirik qoldirdi, hayot qiynovlariyu girdoblarini ko‘rish imkonini 
berdi; boshqa yana qayda ko‘rish mumkin bularning barini. Bir shaxs doirasidagi muhabbat — bu 
chinakam ruhiy inqilob, derdim! Shunday ekan, unda yashasin ruhiy inqilob! Sovurguvchi va qayta 
yaratguvchi! 
Bosholmon so‘zlarim uchun kechir, Inga. Lekin men seni sevaman! Men uchun qanchalar aziz 
ekanligingni ifodalay olmayman, bunga so‘zim ham, kuchim ham yetmaydi... 
Ijozat et, nafasimni rostlab olay. Redaktsiyaga bordim. Hammasini muxtasar gapirib berdim. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling