Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
yo‘l bilan yo‘qotishni ko‘zlar, u esa shu vazifani ilmiy jihatdan hal qilish ustida ishlardi. Uning o‘z 
ishiga berilganligini ko‘rib, zavqim kelardi. Vaholanki, uning ishi unchalik e’tiborni ham tortmas, 
obro‘, shon-shuhrat ham va’da qilmas, tez ko‘tarilish uchun pillapoya ham bo‘lolmasdi. Ochig‘ini 
aytganda, Inga yovvoyi holda o‘sadigan nashapoyani yo‘qotishdek ilmiy muammo ustida jiddiy 
tekshirish olib borayotgan birdan-bir kishi edi. Uning o‘zi shu yerdan, jambullik edi. Toshkentda 
o‘qigan edi. Ilmiy ishining xuddi mana shu sohasini tanlashida albatta, bularning bari ma’lum darajada 
o‘z ta’-sirini o‘tkazgandi. 
Inga hayotining o‘ziga yarasha ishkalliklari ham yo‘q emasdi. Oldingi eri — harbiy uchuvchi bilan 
uch yildan beri birga turishmasdi. Inga o‘g‘il ko‘rgach, ajralishgan edi. Hozir uchuvchi boshqaga 
uylanmoqchi bo‘lib yurardi. Shuning uchun Inga bilan oxirgi marta uchrashib, hammasini va ayniqsa, 
o‘g‘ilcha takdirini bir yo‘la hal qilishlari kerak edi. Kichkina Igor Jambulda bobosi hamda momosi 
qo‘lida, doktorlar xonadonida tarbiyalanar, lekin Inga o‘g‘li doimo o‘zi bilan birga turishini istardi. 
Inga xatlaridan birida o‘g‘limni kuzda Jalpoq-Sozga olib kelmoqchiman, temiryo‘lchilar 
bogg‘chasidan joy va’da qilishyapti, deb yozganida, men bundan chandon xursand bo‘ldim va unga 
mendan nima lozim esa, hammasini bajonidil ado etajagimni bildirib, javob yozib yubordim. 
Shundan keyin u kuzda dam olgani chiqaman, birga Jambulga borsak, o‘g‘ilchani va ota-onamni 
ko‘rib kelsak, deb xat yozdi. Birgalikda safar qilishimiz haqidagi gapdan nihoyatda to‘lqinlanib 
ketdim. Unga istagan paytda borishga tayyor ekanligim, undan jonimni ham ayamasligim, umuman 
olganda, doimo har ikkovimizning, va eng avvalo, uning manfaatlarini ko‘zlab ish tutmoqchiligimni 
yozib yubordim. Senga foydam tegsa va senga kerak bo‘lsam, mening baxtim shu, dedim. 
Kuzda turmushimizni hal qilishimiz kerak edi. O’y-hayolim faqat shu bilan band edi. Jambulga 
Inganing ota-onasi va kichkina Igorni ko‘rgani borishimizni o‘ylab, o‘zimni qo‘ygani joy 
topolmasdim. Ko‘p narsalar shunga bog‘liq edi. Safarning o‘zi bo‘lmaydi, mablag‘ kerak edi. 
Borishning o‘ziga qancha pul ketadi. Mo‘yinqum ocherklarining chiqishiga umid bog‘lagan edim. 
Lekin, afsuski, bu ham chippakka chikdi. Shundan so‘ng oblast bosmaxonasiga vaqtincha tungi 
korrektor bo‘lib ishga kirdim. Shu bilan bir kunim o‘tib turdi... 
Nihoyat, yana Ingadan xat oldim. U xatida Jalpoq-Sozga oktyabr oyining oxirlarida kela olasanmi, 
agar kela olsang, noyabr bayramiga birga Jambulga borar edik, deb yozardi... 
Men boshimdan hushim uchib, o‘sha zahoti telegramma jo‘natay deb shahar telegrafiga 
yugurdim... Kitoblarni tezroq sotib, yo‘lga tushish kerak edi. 

Ober-Kandalov Mo‘yinqumda kiyik qirg‘iniga odam qidirib vokzalni aylanib yurganida Avdiy 
Kallistratovga duch keldi. 
Bu yumushni Ober-Kandalovga topshirgan odam ishning ko‘zini bilarkan. Kandalov ko‘pni 
ko‘rgan kishi, temir yo‘l yong‘indan saqlash idorasida komendant bo‘lib joylashib olgan, ilgari 
harbiyda va buning ustiga jazo batalonida xizmat qilgani, (bir balosi bordir-ku, axir!) cho‘ldagi 
shoshilinch tadbirga juda mos tushardi. Bunda Kamdalovning o‘zi ham ba’zi bir narsalarni ko‘z ostiga 
olib qo‘ygan edi. Oblast boshqarmasiga go‘sht topshirish planini bajarishga yordamlashsam, o‘zimni 
ancha tiklab olaman va ayrim oblast idoralarining ko‘mak-ko‘shishi bilan partiya a’zoligiga 
tiklanaman, deb mo‘ljallardi. Axir uni qandaydir pul, mol o‘g‘irlaganligi yoki og‘ir su’iste’mollarga 
yo‘l qo‘yganligi uchun partiyadan o‘chirganlari yo‘q-ku. Davlatga ham zarracha ziyoni tekkan emas. 
Kamdan-kam uchraydigan qilg‘ilik bilan qo‘lga tushgan; jazo bataloni kazarmalarida bor-yo‘g‘i 
erkaklar bilan yotgan; xizmat mavqeidan foydalanib, ularni shunga majbur qilgan, xolos. Xo‘p, 
muddatdan tashqari xizmatga qolgan starshina ayb qilib qo‘yibdi, xo‘p, ba’zi mafkurasi shubhali 
shaxslar va ayniqsa, turli-tuman mazhabchilaru giyohvandlarni zo‘rlabdi, xo‘p, shunga shunchami
ularning nimasiga achinib o‘tirish kerak? Qachongacha shuni deb, uni oq kaltak-qora kaltak qilish 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling