Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi
Download 23 Kb.
|
Qadimgi yunonla
Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi. Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar. Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar. Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar. Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi. Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar, biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar. Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi. Gippokratning ta'limotiga ko'ra, vrach kasalni odamdan quvish kerak emas, balki kasalni yengishda odam organizmiga yordam berishi lozim, - deb hisoblagan. Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri ovqatlanish, dori-darmon va operasiyalar haqidagi asarlari zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissa bo'lib xizmat qildi. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qadimgi yunon mutafakkiri Arastu g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z zamonasida to'plangan barcha ilmiy bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib chiqdi va mustaqil fanlarga birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat yunonlar fanini rivojiga, balki jahon fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu bir qator fanlarga nomlar berdi: yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan botaniqa, “tabiat” so'zidan olingan fiziqa, “davlat” so'zidan olingan siyosat shular jumlasidandir. Eramizdan avvalgi IV asrning boshqa ilgor olimlari qatori Arastu ham, Yer –shar shaklida deb ta'kidlab, u butun olamning markazidir, Quyosh va yulduzlar esa Yerning atrofida aylanadi deb hisoblardi. “Gresiya – Eron urushlari tarixi” nomli asar yozgan Gerodot ham qadimgi yunon mutafakkiri edi. Gerodot miloddan avvalgi 490-480 yillar orasida tug'ilgan. Ellinlarning qudratli Eron shohlari ustidan erishgan g'alabalari to'g'risidagi xotirani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga haraqat qilgan. Gerodot o'z oldiga faqat harbiy harakatlar haqida hiqoya qilibgina qolmay, balki urushda qatnashgan halqlarning tarixini yoritishni ham maqsad qilib qo'ygan edi. U o'z kitobi uchun ma'lumotlar to'plar ekan, tabiiy holda ko'pgina mamlakatlarni sayohat qilgan. Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarini, o'sha mamlakatlarning odamlardan eshitganlarini, yaqin va o'zoq o'tmishda bo'lgan voqealarni yozib bordi. Gerodot miloddan avvalgi 455-477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning “Tarix” kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar bor. Gerodotning “Tarix” asari Gresiyaning qadimgi tarixi hamda Old Osiyo, Misr va hamdo'stligimiz janubida yashagan halqlar to'g'risida ma'lumot beruvchi eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu xizmatlari uchun Gerodotga o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb nom berganlar. Yana bir atoqli yunon faylasuf donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug'ilgan. Leqin u o'z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars ham bermagan, hech qayerda ma'ro'zalar o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarni haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas, deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina kuldorlik demokratiyasi namoyondalariga ёqmagan. Shuning uchun u demokratiya to'zumining dushmaniga aylanib sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399 yilda zahar ichib o'lgan. Qadimgi Yunonistonda yaratilgan ilmiy bilimlar asosida qadimgi yunon adabiyoti muhim o'rin tutadi. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling