Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 qursog‘ida bir narsalar bo‘layotganday edi, buni o‘ylab uning chehrasi ochildi. Toshchaynar qulog‘ini dikkaytirib guvalakdek qiyshiq va cho‘ng kallasini ko‘tardi, shunda uning ichiga chuqur botgan qoramtir ko‘zlarining qorachuqlari sovuq yiltillab, ulardan qandaydir bir sharpa, allaqanday tatti bashorat o‘tganday bo‘ldi. U ohista tomog‘ini qirib, yo‘talganday irilladi. Shu bilan juftiga mehr- oqibatini, uni har qanday balo-qazolardan himoya qilishga tayyor ekanligini, ko‘k ko‘z qanjig‘iga g‘ing demay bo‘ysunishini izhor etdi va shundan so‘ng Akbaraning boshini, ayniqsa uning porlab turgan ko‘k ko‘zlari hamda tumshug‘ini katta, issiq so‘lakayi oqib turgan tili bilan erkalab yalab- yulqay ketdi. Akbara Toshchaynarning tilini yaxshi ko‘rardi. Arlonining qoni jo‘shib, betoqat hirsga to‘lib, nari sakrab-beri sakrab o‘ynoqlab, shunda ham tili ilonday eshilib-to‘lg‘anib, shiddatga kirishini yoqtirar, lekin o‘zini go‘yo hech narsani sezmaganday beparvo ko‘rsatar edi. U et-moyga ko‘p to‘yib, osuda rohatlanib yotgan chog‘larida ham arlonining so‘lakayi oqib turgan ipakdek yumshagan tilini xush ko‘rardi. Bu ikki jondorning boshchisi, aqli-esi Akbara edi. Ovni u boshlab berardi. Arlon esa uning qora quli — amru irodasini g‘ing demay bajo keltirar, binobarin, ishongan tog‘i edi. Arlon hech qachon charchash nimaligini bilmasdi. O’rtalaridagi shu muomala yo‘sini hech qachon buzilgan emas. Faqat bir kuni kutilmagan sinoat bo‘lib o‘tdi. Arlon kechasi bilan yo‘q bo‘lib ketdi-da, tong azonda butunlay boshqa qanjiqning badbo‘y isini ergashtirgancha qaytib keldi. Daydigan arlon bo‘rilarni o‘n chaqirimlab uzoq yerlardan maraz hidiga chaqiradigan o‘sha yebto‘ymas yuho bo‘rining isiga Akbara sira toqat qilolmadi. Yomon g‘ashi kelib, achchig‘i chiqdi, nafrati qo‘zidi, to‘sindan shartta erkagining yelkasiga tishlarini qattiq botirdi. So‘ng bir necha kungacha unga hech ro‘yxush bermay, orqasidan yalintirib yurdi. So‘ljaygan, obro‘sini to‘kkan ahmoqni o‘ziga yaqinlashtirmadi. U dod deb, qancha uv solmasin, o‘ziga go‘yo hech bir aloqasi yo‘qday, xuddi endi u o‘zi uchun o‘lganday, hatto yo‘liga bo‘lsin, bir marta qayrilib qaramadi. To‘xtamadi. Agar Toshchaynar shunda unga yaqinlashish va ko‘nglini ovlash uchun yana osilguday bo‘lsa, Akbara chindan u bilan tap tortmay olishardi. Zotan, bu ikki maxluqning boshi o‘zi, arloni esa — oyog‘i edi. Hozir esa Toshchaynarning keng bag‘rida yotib, picha hushi o‘ziga keldi. Qo‘rqinchli damlarda erkagining birga bo‘lganidan, unga dalda berganidan rozi edi. Shuning uchun arlonining erkalashlariga qarshilik qilmadi, hatto unga javoban o‘zi ham uning tumshug‘ini bir-ikki bor yalab qo‘ydi. Lekin, boyagi vahimaning asorati hali ketmagan, dam-badam vujudiga titroq kirar, shunda batniga quloq tutar, hali tug‘ilmagan bolalari nima sababdandir bezovta bo‘layotganliklarini tinglarkan, hammasiga: ini borligiga ham, tog‘larga katta qor tushganiga ham, sovuq tun shitob bilan bostirib kirib kelayotganiga ham shukurlar kilardi. Urg‘ochi bo‘rini qattiq qo‘rqitib yuborgan kun ana shunday o‘tib borardi. Onalik tabiatining barcha g‘ayrishuuriy sezimlariga tobe holda u o‘zi uchungina emas, bolalarim deb, mana shu qorong‘i o‘ngirda yaqinda tug‘iladigan bo‘richalarim deb qo‘rqdi. Axir, xuddi shularni deb, ikkovlashib qidira- qidira nihoyat, mana shu haybatli tik qoya ostidagi qalin changalzorlar va toshtepalar bilan to‘silgan xoli o‘ngirni boshpana qilgan edilar. Buning ustiga Akbara bilan Toshchaynar bu yerlarga kelgindi edilar. Razm solib qaralsa, ular u yerlik bo‘rilardan ajralib turardilar. Ularning yelka yollari ko‘krak junlariga quyunday buralib tushar, butun yelkalarini to kallaga dovur qalin jun qoplagan, xuddi dasht bo‘rilariniki kabi yollari oqish- ko‘kish tusda tovlanar edi. Shuning uchun bularni oqyol deb atashardi. Oqyollar Issiqko‘lning tog‘ atroflarini o‘ziga makon tutgan yerlik bo‘rilardan yirikroq, bo‘laliroq edilar. Agarda Akbaraga yaqinroqdan birovning ko‘zi tushsa, uning tip-tiniq ko‘k ko‘zlaridan tamomila hayratga tushgan, bunaqasini boshqa hech qachon uchratmagan bo‘lar edi. Shu yerlik cho‘ponlar bu qanjiq bo‘rini Oqdil deb yurishdi. Keyin-keyin borib Akbari dedilar, yana birmuncha vaqtlar o‘tib esa Akbara — Ulug‘ deb atadilar. Kim aytsa aytgandiru, lekin unga shunday nom berilishi bejiz emasdi. Bunda qazoning ham hukmi borga o‘xshab ko‘rinardi... Bultur bu yerlarda ko‘kyollar yo‘q edi. Ular kelishga keldilaru, lekin hech kimga qo‘shilmay |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling