Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 Munisa bilan shu qadar apoq-chapoq bo‘lib ketdikki!.. Bu kichkina qiz darslardan ort- gan hamma vaqtimni olardi. Nimaniki bilsam unga o‘rgatgim keladi. Har kuni ikki soat frantsuz tili o‘qitaman, qishloqdagilar bilib qolishsa bizni toshbo‘ron qilishmasin, deb eshiklarni, derazalarni mahkam bekitaman-da, o‘yinga tushishni ham o‘rgataman. Ba’zan o‘zimga kulgim qistaydi. — Choliqushi! Munisani hamma narsaga o‘rgataman, deb tag‘in Hoji xalfaning o‘g‘li Miratga o‘xshatib qo‘ymagin, — deyman. Bu kambag‘al qishloq qizi hademay aslzodaga o‘xshab qoldi. Har bir harakatidan, har bir so‘zidan malohat bo‘yi kelib turadi. Avvallari bunga hayron qolardim. Endi esa saba- biga tushuna boshladim. Munisaning onasi odamlar aytgandek to‘pori xotin emas ko‘ri- nadi. Qizaloq mendan nihoyatda minnatdor. Ba’zan hech nimadan-hech nima yo‘q yonimga keladi-da, qo‘llarimni ushlab betlariga, lablariga surta boshlaydi. Ana shunda men ham uning qo‘lchasini hovuchlarimga olib, mitti barmoqchalarini bitta-bitta o‘paman. Bechora qiz meni qanotiga olib yaxshilik qildi, deb o‘ylaydi. Holbuki, mening qanotim- ga kirish bilan chinakam yaxshilikni uning o‘zi qildi. Qizginamning qaqajonligi, odamning esiga kelmagan g‘alati gaplari kishini hayron qol- diradi!.. Birga tura boshlaganimizning ikkinchi kuni: — Munisa, xohlasang meni oyi deyaver, yaxshiroq bo‘ladi, — degan edim, shiringina kulimsirab betimga qaradi-da: — Voy, bo‘larmidi, opajon! — dedi. — Nega bo‘lmasin? — Hali kichkinasiz-ku, opajon, sizni oyi deb bo‘ladimi! Bu so‘zi nafsoniyatimga tegdi. Barmog‘im bilan po‘pisa qilib: — Ha, shayton, nimaga kichkina bo‘lar ekanman? Yigirma yoshga kirdim-a, kap-katta xotinman, — dedim. Munisa tilining uchini tishlari orasida siqib turib menga qarar, hech nima demay nuqul kular edi. — Yolg‘onmi? Kap-katta xotinman, — dedim yana. U katta odamlarday lablarini burdi. — Mendan uncha katta emassiz-ku, opajon! Juda borsa o‘n to‘rt-o‘n beshga kirgandir- siz. O‘zimni tutolmay kulib yubordim. Munisa uyalib, tortinib turib: — Siz kelinchak bo‘lganingizda-chi, opajon, sochimga zar iplar taqaman, — dedi. — Xuddi sizga o‘xshagan bir chiroyli... Qo‘lim bilan bolaning og‘zini yopdim. — Yana shunaqa gaplarni aytsang, tilingni uzib olaman! — dedim. * * * Kichkinam yasan-tusanni, noz-karashmani yaxshi ko‘radi. Men o‘ziga oro beradigan qizlarni hech yoqtirmas edim. Mana edi Munisaning oynak oldida o‘ziga oro berishiga, oynakdagi aksini yoqtirib, kulimsirashiga hushim ketib qarab qolaman. Hatto bir kuni ke- chasi qo‘lidan kuygan gugurt cho‘pini ham topib oldim. Qizi tushmagur yashirincha qosh- larini qoraytirib olmoqchi bo‘lgan ekan. Qiziq, kimdan o‘rgandi ekan? Bilmayman... Hozirgisi-ku go‘rga-ya, bir necha yildan keyin bo‘yga yetsa, bironta yigitni yaxshi ko‘rib, tegib ketsa nima bo‘ladi? Shu yog‘i esimga tushsa, hamma onalarday hayajonlanaman, ham quvonaman. Munisa kecha qizarib-bo‘zarib turib mendan bir narsani iltimos qildi. Sochimni o‘zin- gizning sochingizga o‘xshatib tarab qo‘ysangiz, deydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling