Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
122 Nihoyat, ko‘rinishdi. Ona-bolaning yonma-yon kelishi shu qadar g‘amgin, shu qadar hazin bir manzara kasb etgandiki... Bir-birlaridan tortinayotganday, uyalayotganday ay- ri-ayri yurib kelishar, botqoqlarga botib qolishayotganday jo‘rttaga sustkashlik qilishardi. Bu xotinga muhabbat, shafqat to‘la narsalar aytishga tayyorlangan edim. Lekin, negadir uchrashganimizdan keyin bir-birimizga aytadigan so‘z topolmay qoldik. Uzun bo‘yli, nozikdan kelgan bir juvon ekan. Orqasidan yamoq tushgan eski chodra, yuz pardasi o‘rnida binafsharang harir durra, oyoqlarida tovonlari tushgan, mayishgan, yirtiq-yamoq kavush. Birovdan qo‘rqayotganday qaltirayotganini sezib turibman. Iloji boricha vazmin, bosiq ko‘rinishga tirishib: — Yuzingizni ochsangiz, — dedim. Bir oz ikkilanib turgandan so‘ng yuz pardasin ko‘tardi. Nihoyatda tozaligi ochiq-oshkor ko‘rinib turardi. Juda borsa o‘ttiz-o‘ttiz besh yoshlarda. Lekin sarg‘imtir chehrasi shu qadar horg‘in, tolg‘in ko‘rinardiki... Bunday xotinlarni men juda bo‘yalib yurishadi, deb o‘ylar edim. Holbuki, yuzida bo‘yoqdan asar yo‘q. Menga qattiq ta’sir qilgan narsa uning Munisaga juda ham o‘xsha- shligi edi. Birdan Munisa o‘sgan, shu yoshga kelib qolganday tuyulib ketdi... Keyin, key- in... Bolani g‘ayriixtiyoriy bir harakat bilan yelkalaridan ushlab tizzalarimga tortdim. O‘pkam og‘ir nafaslar bilan to‘lib, ko‘zlarimga yosh chiqib borardi. Uddamga olgan vazi- fam katta, g‘oyat katta vazifa edi. Buni faqat men qilishim, Munisani yaxshi axloqli ayol etib tarbiyalashim kerak. Umrimning eng katta tasallisi shu bo‘ladi. Miyamdan o‘tayotgan fikrlarni u ham men bilan birga kechirayotganday: — Xonim afandim, bu kichkina qizchani o‘z qo‘lingizda voyaga yetkazish baxtini tole sizga nasib qilmagan ko‘rinadi, — dedim. — Nachora, dunyo shunaqa. Sizga aytadigan gapim shu: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Men Munisani bag‘rimga oldim. O‘z qizimday tarbiya qilman. Hech bir narsadan kamsitmayman. U birinchi marta so‘zlashga jur’at etdi: — Bilaman, kichik xonim. Munisa menga aytar edi. Gohida yo‘lim tushsa kelib ko‘rib ketib turardim. Xudo sizdan rozi bo‘lsin. — Bundan chiqdi, Munisani ko‘rib turgan ekansiz-da? Mitti qo‘lchalari bilan belimni quchoqlab turgan Munisaning yana titray boshlaganini sezdim. Yana bir qilmishi oshkor bo‘lgan edi. Demak, onasini yashiriqcha ko‘rib yurgan ekan. So‘ngra yana ham qayg‘uli tomoni shuki, mendan yashiriqcha ko‘rishayotganini onasiga aytib qo‘yishdan uyalgan. — Bu yerda qolganimizda-yu, bolani hammavaqt sizga ko‘rsatib turar edim, — dedim. — Afsuski, ertaga B...ga jo‘nayman. U yerdan qayoqqa ketishim hali ma’lum emas. Ko‘nglingizni to‘q tutavering, xonim afandi. Qizingizga ona bo‘laman deb, albatta, aytol- mayman. Chunki onaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosolmaydi. Faqat yaxshigina opa bo‘lishga harakat qilaman. Pastlikdagi qamishzorda birovning shitirlab yurganini ko‘rdik. U mening o‘quvchim Ja’- far og‘aning otasi edi. Botqoqlikda yovvoyi o‘rdak ovlab yurardi. Munisaning oyisi birdan bezovta bo‘ldi. — Keta qolay, aylanay xonim, meni siz bilan ko‘rishmasin, — dedi. Bu so‘zlar bechora xotinning qalbi naqadar nozik ekanligini ko‘rsatardi. Men buni ahvolidan, o‘zini tutishidan, yuzidagi ma’nolardan ham fahmlagan edim. Dastlabki tax- minim to‘g‘ri edi. Munisa qalbining ham yuzi kabi chiroyliligi va kiborligini baxtsiz onasi- dan olgan ekan. Boyoqish xotinning gap-so‘zga qolishimdan bezovta bo‘lishi menda chuqur taassurot qoldirdi. Unda yaxshi hislar qoldirmasdan ajralolmas edim. G‘iybatlarga parvo qilmasligimni ko‘rsatish uchun: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling