Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
U shu so‘zi bilan meni mot qilmoqchi bo‘lgan edi. Men esam uning yuziga g‘olib tanta-
nasi bilan qarab kulimsiradim. 
— Tuzuk, lekin faqat kirib-chiqish kifoya emas, odam o‘sha muhitda o‘zining tabiiy 
hayoti bilan yashamog‘i lozim, — dedim. 
Tarbiyasi u qadar emasligiga ishorat qiluvchi bu hujumdan so‘ng boyoqish sob bo‘ldi. 
Kichkina poshozodalardan birining dars soati kelganini bahona qilib, chiqib ketdi. 
Xonimlar qo‘ylarday muloyim bo‘lib qolishdi. Ular kibru havo va g‘ururlarining iflos 
niqoblari yirtib tashlangandan keyingina o‘z asllariga qaytadilar. Rostini aytganda, 
yomon odamlar emasdi. Ana shundan ke-   yin men ham o‘z ahvolini biladigan, ahami-
yatsizligini tushunadigan mazlum, sodda maktab o‘qituvchisi mavqeiga tusha bordim. 
Xonim afandi va kichik xonimlar tez-tez kelib turishimni samimiyat bilan iltimos qildi-
lar. 
— Gohi-gohida kelib turaman, lekin hadeb kelaversam qanday bo‘ladi, odamlar nima 
deyishadi? Tez-tez kelganimni ko‘rishsa, meni sizlardan bir nima tama qilib yuribdi, deb 
o‘ylashadi, — dedim. 
Xonim afandi men qanday odamning qizi ekanligimni surishtirdi. U har nima qilib 
bo‘lsa ham meni gapga solishni istardi. 
— Badavlat bir oilaning faqirlikka tushib qolgan qiziman, — dedim. 
— Xonim qizim, siz shu husningiz, shu fazilatlaringiz bilan juda yaxshi joyga tushi-
shingiz mumkin.. 
— Balki, xonim afandi, meni ham o‘ziga munosib ko‘radigan biron zararsiz odam bor-
dir. Faqat men o‘zimni peshona terim bilan boqsam deyman, shunday qilsam yaxshiroq 
bo‘ladi. Mehnat qilish ayb emas-ku, — dedim. 
— Bordi-yu, sizni yaxshi bir oilaning yaxshigina bolasiga munosib ko‘rishsa, nima de-
yar edingiz? 
— Albatta, menga ko‘rsatgan bu sharaflari uchun tashakkur bildirardim, lekin, fikrim-
cha, qabul qilmasdim. 
Bularning asl maqsadlarini keyinroq payqadim. Ular sarvatlarini ko‘z-ko‘zlash, shu bilan 
ko‘zlarimni qamashtirish uchungina mehmondorchilikka chaqirishmagan ekan. 
Poshoning katta qizi birdan menga bog‘larini ko‘rsatgisi kelib qoldi. Bog‘lari ham xuddi 
rang-barang gulllar bilan bezalgan zallariga o‘xshardi. Bu yerda qanaqa gullar, daraxtlar, 
ko‘katlar, butalar yo‘q edi! Har qadamda gul tuvaklari! Ana shunday qilib, kichkina, 
yasama o‘rmonchada, past bo‘yli yosh qarag‘aylar ichida... 
Lekin buni tushuntirish uchun o‘n ikki kun avval bo‘lib o‘tgan bir voqeani aytib o‘tish-
ga majburman: 
Maktabimizning tanaffus bog‘chasiga tutash kattakon uzumzori bor. Bolalar chetan 
to‘siqni buzib yuborganliklari uchun bog‘cha bilan uzumzor bir-biriga qo‘shilib ketgan. 
Boshlarini qizil lattalar bilan bog‘lab olgan uch-to‘rtta kambag‘al ishchi bir necha kundan 
beri yer chopish bilan ovora edi. Tanaffus mahallarida yonlariga borar, bechorlarning 
do‘lday ter to‘kib ishlaganlarini tomosha qilardim. Men aytmoqchi bo‘lgan o‘sha kuni bu-
lar orasida bitta yosh ishchi payo bo‘lganini ko‘rdim. U ham bularga o‘xshash kiyingan, 
lekin basharasi, o‘zini tutishi boshqacha edi. Masalan, quyoshda kuygan yuzining tagida 
oqish tiniqlik, ko‘zlarida boshqacha o‘t bor edi. Qo‘llari ham xotinlarniki singari nozik
kichkina. Narigi ishchilar singari keksa bo‘lmagani uchun yoniga bormadim. Uning o‘zi 
keldi. Issiqdan cho‘llaganini aytib: “Qizlardan birontasiga suv keltirtirib bersangiz”, — 
dedi. 
Dunyoda yomon ko‘rganim — xo‘rozdan ham qochadigan xotinlardir. Shuning uchun 
qochmadim. Maktab o‘qituvchisi ekanligimni o‘ylab: 
— Xo‘p, o‘g‘lim, bir ozgina kut, aytaman, — dedim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling