Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
VI Bu voqeadan to‘rt kun o‘tdi. Shu davr ichida Farida Komrondan o‘zini olib qochib yur- Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin www.ziyouz.com kutubxonasi 221 di. Komronning u bilan yolg‘iz qolish niyatidagi bahonalarini, turli hiylayu nayranglarini puchga chiqarib bordi. Boshqalar oldida gaplashish to‘g‘ri kelgan paytlarda esa yuziga qaramas, ko‘zlarini to‘qnashtirmas edi. To‘rtinchi kuni kechki payt uydagilarning hammasi mayda bolalarni olib mehmonga ketishdi. Endi ular xufton namozidagina qaytib kelishlari mumkin edi. Tashqarida qattiq shamol esib, to‘zu tuproqni osmonga sovurganiga qaramay, Kom- ron uydan chiqib aylangani ketdi. Uzoq tepalarda shamol guvillar, ko‘rinmas yomg‘ir savalayotgandek, daraxtlar silkinib shovillar, uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan yo‘llarda to‘z-tuproq quyunlari quturardi. Shamol Komronning yuziga changlarni keltirib urar, ko‘zlariga kirar, u har qadamda bir to‘xtab, shamolga orqasini o‘girib turishga majbur bo‘lardi. U yaydoq tepa labida so‘ppayib turgan kattakon qoyani ko‘rdi. Tosh yonida bitgan ingichka, jonsiz bir daraxt shamolda yalang‘och shoxlari bilan tinmay larzanglardi. Komron yo‘lini o‘sha yoqqa bur- di. Toshning bir burchiga, shamol panasiga kelib o‘tirdi. Shuncha guldurosga, to‘s-to‘polonga qaramay, hammayoq unga sahro kabi bo‘m- bo‘sh ko‘rindi... Komronga tabiat hech mahal shu bugungiday ruhsiz, uning butun husni- chiroyi hech vaqt luzumsiz, hayoti bunchalik umidsiz ko‘rinmagan edi! Birdan yo‘lning uzoq-uzoqlarida, uning dengizdan chiqib kelayotgandek tuyulgan suv- ga yaqin bir nuqtasida inson qorasi ko‘rindi. U kiyimlarining rangidan xotin kishi edi. Komron sababini o‘zi ham bilmay, pastga tushib qo‘raga qarab yurib ketdi. Bir oz bor- gandan so‘ng Narminning och pushti rangli chorshafini tanidi. Yosh qiz ham uni ko‘rgan bo‘lsa kerak, uzoqdan shamsiyasini silkita boshladi. Komron “Nega Narmin boshqalardan ayrildi, nega yolg‘iz kelyapti?” deb hayron bo‘ldi- yu, qadamini tezlashtirdi. Yosh qiz shamolga qarshi engashib, bir qo‘li bilan etaklarini, ikkinchi qo‘li bilan esa chorshafining yirtqich qush qanotlari singari lapanglab, yuqori ko‘tarilgan pelerinasini ushlab kelardi. Qiz yuzini ko‘rar ko‘rmas Komronning yuragi qinidan chiqib ketayozdi; Narminning chorshafini yopinib, Farida kelardi! Ikkalasi bir-biriga yaqinlashgan paytda birdan shamol Faridaning qo‘lidagi shamsiyani uchirib ketdi. Choliqushi voylab shamsiyasini ushlamoqchi bo‘lgan edi, shamol bir qutur- di-yu, etaklarini ko‘tarib, pelerinasini uchirdi, sochlarini to‘zg‘itib yubordi. Komron vaqti- da yetib keldi: shamsiyani bir buta tagida ushlab oldi. Ke- yin Faridaning yoniga chopib kelib, uni paltosining etagi bilan shamoldan to‘sdi, chorshafini yopinib olishiga yordam berdi. — Yaxshiyamki, vaqtida kelib qolding, Komron, — dedi Choliqushi. — Oz bo‘lmasa shamol meni chinakam choliqushilari singari uchirib ketardi! Farida yana bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, lekin shamol quturib, boshini egishga, ko‘zlari bilan og‘zini yumishga majbur qildi. Ular sekin-sekin yurib ketishdi. Komron uni yo‘l bo‘yi paltosining bag‘ri bilan shamol- dan to‘sib bordi. Farida endi so‘zlay oladigan ahvolga kelgan edi. Lekin u, nima uchundir, gapirishdan ko‘ra ko‘proq kular edi. Baayni kulgi shamoliga yo‘liqqanday o‘zini tutolmay nuqul xaxo- lardi. Kulgidan bo‘g‘ilib, nafasi tiqilib turib, kulgining sababini anglata boshladi: — Bilasanmi, nimaga kulyapman, Komron? Mehmondorchilikda o‘tiruvdik, birdan bo- zorga borishim zarurligi esimga tushib qoldi. Egnimda yildirim bor edi, bu ahvolda, al- batta, bozorga borolmasdim. Bechora Narmin bitta yaxshilik qilib yubordi. Bozorga uning chorshafini yopinib bordim. Betim yopiqlik, bozordan chiqib kelayotsam, bir ofitser orqamdan ergashib kelaverdi. Bir mahal yetib kelib: “Narmin xonim, sizmisiz? Naqadar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling