Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
218 — Hechqisi yo‘q, pochcha, bir necha yildan keyin yana ruxsat olib kelaman. Xafa bo‘lmang, hali oldimizda ancha kun bor, halitdan o‘zimizni dili siyoh qilish juda ham za- rurmi? — deyardi. Choliqushi tamomila eski Choliqushiga aylangan edi. O‘tkinchi bo‘ronda sovrilgandan so‘ng yana quyoshga yetgan toza gul singari kun sayin ochilib borardi. Choliqushi yana uydagi bolalarga onaboshi bo‘lib oldi. Mujgonning uch yashar qizidan va undan xiyol katta Najdaddan boshlab to o‘n yetti yoshli Narmingacha katta-kichik bo- lalarning hammasi uning pinjiga kirib oldi. Bular ertadan-kechgacha Choliqushidan bir odim ham qolmay chorbog‘ni to‘s-to‘polonga, qiy-chuvga, o‘yin-kulgilarga to‘lg‘azishardi. Gohi mahallar ularning to‘poloni shu darajaga yetardiki, kattalar tanbeh qilishga majbur bo‘lardilar. Lekin kattalarni suyuntiradigan boshqa tomon ham bor edi. Komron bilan Fa- rida har nima bo‘lganda ham eski nishonlilar, unashilgan kishilar edi, shuning uchun so‘nggi besh yil ichida bitib ketganday ko‘ringan eski yaraning yana ochilishidan qo‘rqar- dilar. Faridaning yosh bolalarcha sho‘xligi, uni faqat uzoqdan tomosha qilishdan boshqasini xohlamaganday ko‘ringan Komronning halim, sokin baxtiyorligi uydagilarni tashvishdan qutqara boshlagan edi. Shunday bo‘lsa ham ular Komron bilan Faridada eski vaqtlardagi “aka” va “singil” hislarini yana ehtiyoti shartdan kuchaytirishga harakat qildi- lar. Uxlab qolgan kasalning uyida uni uyg‘otib qo‘yishdan qo‘rqib, qanchalik shivirlab ga- pirilsa, ular oldida ham ehtiyotsiz bir so‘z bilan u alamli o‘tmishni uyg‘otib yuborishdan shunday qo‘rqar edilar. Ba’zan Azizbey Faridadan: — Munchalik shoshilmay, ko‘proq tursang bo‘lmaydimi? — deb so‘rardi. Choliqushi esa ketish so‘zini eshitib, har doim mashqi tushar: — Iloji yo‘q-da, pochcha. Har nima bo‘lganda ham Choliqushi boshqa uyaning onasi, uning yo‘liga ko‘zlari to‘rt bo‘lib turganlar ham bor, — deyar edi. * * * Komronga qattiq tegayotgan bir narsa bo‘lsa, u ham Farida bilan Najdad o‘rtasidagi ahillik edi. Komron bolaning Choliqushi qo‘llarida uxlashini, ana shundan ke- yingina ularning ayrilishini kutishga majbur bo‘lardi. Komron bir kuni Faridaning bola bilan janjal qilayotganini eshitib qoldi. Choliqushi bo‘g‘ilib: — Qani, Najdad, ayt-chi, yana bir marta “amma” de-chi, amma, amma... — deyardi. Lekin Najdad unga bo‘ysunmas, o‘jarlik bilan sariq boshini silkitib: — Oyi, oyi, oyi, — deyardi. Komron hayiqibroq: — Qo‘y, Farida, oyi desa deyaversin, nima ziyoni bor? — dedi. — Kim biladi, balki shunday deyishga ehtiyoj sezayotgandir. Farida hech nima demadi. Faqat egilib, bolaning boshini silay boshladi. V Boshqa bir kuni ertalab Komron yopiq derazaga mayda toshlar kelib urilganini eshi- tib uyg‘ondi. Faqat Faridagina shu taxlit uyg‘otishini u bilardi. Choliqushi yana katta yong‘oq tagida nonushta qilishga chaqirib kelgan edi. Dasturxonda dastlabki kunlari va’- da qilgandek, juda ham yoqimli nok hidi anqib turgan ajoyib sut, buning yonida qish- loqlarda yopiladigan mayda kulchalar, murabboga o‘xshash pushtirang bir nima solingan likopcha bor edi. Farida kulchalarga murabbo surtib Komronga uzatdi-da: — Mana, totib ko‘r, keyin mening qanchalik pazanda ekanimni bilasan, — dedi. — Bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling