Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
226 tishga majbur bo‘ldim. Men tulman, erim uch oy avval rak kasalidan vafot etdi”. Farida shu so‘zlarni aytib turib, boshini yelkamga qo‘ydi, ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Ko‘z yoshlarini to‘xtata olmay, hiqillab, nafasi tiqilib turib gapirdi: “Doktorim jon beradigan kuni meni oldiga chaqirib: “Farida, endi muhtojlik chekmaysan, bunisidan qo‘rqmayman, chunki hamma narsam senga qoladi. Senday sodda, og‘ir bir xotinning umriga bahuzur yetib ortadi. Lekin meni boshqa narsa tashvishga soladi, Farida. Har qancha boy-badav- lat bo‘lganda ham, kimsasiz xotinning yolg‘iz yashashi qi- yin bo‘ladi. Innaykeyin, pul boshqa-yu, shafqat boshqa. Farida, meni go‘rimda tinch yotsin desang, va’da ber: o‘lga- nimdan keyin Istambulga, qarindosh-urug‘laring oldiga borasan. Basharti, ular oldida butunlay qolging kelmaganda ham, harholda, ikki-uch oy borib tur. Dunyo bevafo. Balki bir kun emas-bir kun yana o‘shalarga ishing tushar. Balki borib-borib qalbingda oila shafqatiga ehtiyoj tug‘ilar. Qisqasi, Faridaginam, oilang bilan yarashishingdan ko‘nglim to‘q bo‘lsa, o‘lganimda ko‘zim ochiq ketmaydi, go‘rimda ham tinch yotaman”, — dedi. Men uning bu so‘nggi orzusini yeriga yetkazish to‘g‘risida yig‘lab turib va’da berdim. Lekin doktorimning bu bilan ko‘ngli to‘lmadi. U eski nishonlim bilan ham yarashishimni istadi, axir bir kun Komron akang bo‘lib qolar-ku, dedi. O‘z qo‘ling bilan Komronga top- shirgin, deb menga muhrlangan, bitta paket ham berdi. “Buning ichida bitta eski ko‘ngil kitobi bor, meni bir mahallar juda qayg‘uga solgan kitob. Eski nishonling ham buni albat- ta o‘qishini xohlayman. Buni qanday holda bo‘lsa, shunday topshirishga qasamyod qil”, — dedi. Haqiqat shunday, Mujgon. Endi hamma gapni bilding. Boyoqish doktorim juda pok, halol odam edi. U oilam bilan yarashishimni hayotimdagi yolg‘izlikdan, yetimlikdan qutu- lishimning birdan-bir yo‘li deb bilardi. Bechora, bu narsa men uchun naqadar alamli, naqadar og‘ir bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan. Shunday qilib, doktorimni Munisaning yoniga qo‘ydim-u, Istambulga qarab jo‘nadim. U yerda eshitgan narsalarim doktorim- ning vasiyatini yeriga yetkazishim mushkul bo‘lishini ko‘rsatdi. Komronning xotini vafot qilganini faqat o‘sha yerda eshitdim. Keyin men to‘g‘rimda har xil bo‘lmag‘ur gaplar tarqalganini bildim. Komronning xotini tirik bo‘lganda ham boshqa gap edi. Menga eri yaqinda o‘lgan tul xotin, deb qarashar, oilasida bir necha kun turib ketishga kelgan, deb o‘ylashardi. Mana endi hammangiz, Komron ham, sen ham — meni hammadan ko‘proq tushunding. Sen men to‘g‘rimda qanday yomon narsalar o‘ylashing mumkin edi. “Yillar- cha yolg‘iz, sarson bo‘lib yurdi, somondek sarg‘aydi, boshidan ne-ne savdolarni kechirdi, mana endi, kim biladi, qanday tuban niyat bilan o‘zini bir qari cholga sotdi... Eski ni- shonlisining boshi ochiqligini eshitib, yana o‘sha tuban niyat bilan darrov oramizdagi, besh yil ilgari o‘zi nohaq haqoratlar, la’natlar bilan tashlab ketgan oilasiga, nishonlisi ol- diga qaytib keldi”, deyishlaringiz mumkin edi. Oralaringizda shunday deb o‘ylamaydigan darajada marhamatli, rahm-shafqatli kishilar bo‘lsa, ular oldida ham ichimdan ezilib o‘lardim. Mujgon hamon kuchayib borgan hayajon va alam bilan so‘zlardi. — Oh, Komron! Farida bu so‘zlarini qanday alam bilan o‘zini urib, ko‘z yoshlarini to‘kib turib aytganini ko‘rsayding! Mana, shu oxirgi so‘zlarini o‘la-o‘lguncha esimdan chiqar- mayman: “Oila o‘chog‘imdan qanday dog‘u hasratda ketganimni, hayotimning qanchalik alam va ko‘z yoshlari bilan to‘liq bo‘lganini, qaysi bag‘ritosh sabablar meni er qilishga majbur etganini so‘z bilan aytib berishning imkoni yo‘q. Yoshi yigirma beshga yetgan, umrining besh yilidan bir qismini mojarolar ichida, bir qismini erining uyida kechirgan xotinning yuziga, badaniga erkak labi tegmagan bokira qiz ekani aytilsa, albatta, hamma kuladi, hamma uni hayosiz, yolg‘onchi deydi, shunday emasmi, Mujgon? Buning aksini isbot qilib bo‘lmaydi, iloji yo‘q. Boshqa aytadigan gapim yo‘q. Doktor Komronga tayinla- gan paketda nima bor ekan, bilmayman. Ehtimol, ichida kutilmagan biron narsa bordir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling