Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
olgan edingiz. Faridani hali yosh, esidan chiqarib yuboradi, deb o‘ylagan edim. U kasal 
yotgan paytda ittifoqo qo‘limga daftari tushib qoldi, qarasam, eh-ha, qalbining yarasi tu-
zaladigan yaralardan emas. Daftarga butun hayotini yozibdi. Ana shundan keyin butun 
umidim uzildi, holbuki, uni o‘z bolamday davolamoqchi edim. Ammo bunga ham odam-
larning fisqu fasodlari, tuhmat va g‘iybatlari imkon bermadi. Ana shundan keyin menda 
yaxshiroq odam topib, Faridani o‘shanga berish fikri tug‘ildi. Lekin bu ham xavfli edi. Eri 
har qancha odamoxun bo‘lganda ham, Faridadan muhabbat talab qilishi turgan gap edi. 
Garchi qizginam muhabbat uchun tug‘ilgan, muhabbat yo‘lida sarg‘aygan bo‘lsa hamki, 
begona ishqi unga go‘r azobidan battar bo‘lishi aniq edi. Mana shu xavfdan qo‘rqib, 
chor-nochor o‘z nikohimga oldim. Shu tariqa uni o‘lgunimcha himoya qilishim mumkin 
edi. O‘lganimdan keyin esa besh-o‘n qurushlik davlatim, uch-to‘rt yerdagi mulkim uni 
muhtoj qilib qo‘ymas edi. Shubhali qiz bo‘lib yashashdan ko‘ra tul bo‘lib xotirjam 
yashash uning uchun ham o‘ng‘ay bo‘lardi. Shunisi ham borki, axir bir kun murodi hosil 
bo‘lishiga imonim ham komil edi. Hayotda nimalar ro‘y bermaydi! 
Nihoyat, xotiningizning vafoti menga yangi umid bag‘ishladi. Sizning to‘g‘ringizda 
hammavaqt Istambuldan xat-xabar olib turardim. Xotiningizning vafoti sizni qayg‘urtir-
gan bo‘lishi mumkin, biroq meni ham qayg‘urtirdi desam tilyog‘lamalik qilgan bo‘laman. 
Faridani bu xo‘jako‘rsinga qilingan yolg‘ondakam nikohdan bo‘shatib, siz bilan topishtirish 
uchun o‘ng‘ay payt poylab yurardim. Bilmayman, odamlar bu harakatimga qanday qarashar 
ekan? Lekin men odamlarning g‘iybatlariga, men to‘g‘rimda aytgan yo o‘ylagan narsalariga al-
laqachon tuflagan odamman. 
Qarorimni amalga oshiraman, deb turganimda birdan kasalim zo‘riqib ketdi. Ana shundan 
keyin masalaning uch-to‘rt oy ichida o‘z-o‘zidan hal bo‘lishiga aqlim yetdi. Qaydam, taf-
silotga hojat bormikan? Endi muddaoga o‘taylik, Faridani bir bahona bilan Istambulga 
yuboraman. Xatimni o‘z qo‘li bilan topshirishiga shubham yo‘q. Men uning tabiatini yax-
shi bilib oldim, alomat qiz. Ehtimol, injiqlik va yo e’tiroz qilar, lekin sen bo‘sh kelma, xa-
zon bo‘lmasin desang, javob berma! Zarur bo‘lsa, xotin-qizlarni olib qochadigan tog‘liklar 
singari yovvoyi va qo‘pol bo‘l. Quchog‘ingda jon bersa, bilginki, quvonchdan, baxtiyorli-
gidan jon beradi. 
Shuni ham eslatib o‘tayki, bu ishda seni zarracha ham o‘ylaganim yo‘q. Ko‘nglimnig 
roziligiga qarasam, senga nainki Farida kabi nodira qizni, hatto uyimdagi mushukni ham 
bermas edim. Nachora, bu telba qizlarga hech aql o‘rgatib bo‘lmas ekan. Senga o‘xshash 
quruq, qalbsiz odamlarning nimasini yaxshi ko‘risharkin, hayronman... 
 
Marhum Xay-rul-lo. 
Eslatma. Paketda Faridaning daftari bor. O‘tgan yil Olajaqoyaga ko‘chib borganimizda, 
ichiga shu daftar solingan sandiqchasini bekitib qo‘yib, izvoshchilar o‘g‘irlab ketishibdi, 
deb aytgan edim. Farida churq etmagan bo‘lsa ham, lekin juda qattiq ezilganini ko‘rdim. 
Bu daftarining axir bir kun kerak bo‘lib qolishi mumkinligini o‘ylab, juda to‘g‘ri ish qilgan 
ekanman!” 
 
IX 
 
Mujgon bilan Komron Choliqushining ko‘k muqovali qalin daftarini tushirishganda, de-
raza orqasi yorishib, daraxtlarda qushlar chirqillasha boshlagan edi.  
Komron horg‘inlik va iztirob og‘irlashtirgan boshini daftarning sarg‘aygan sahifasiga 
qo‘ydi-da, ko‘p yerlari ko‘z yoshlari bilan yuvilgan bu aziz satrlarni qayta-qayta o‘pdi. 
Daftarni yopib, bir yoqqa qo‘yishmoqchi bo‘lib turishganda, Mujgonning ko‘zlari daftar 
muqovasiga tushdi. U ko‘k muqovani chiroqqa yaqin keltirib qaradi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling