Qoldirilgan dars
Download 60 Kb.
|
Uyg\'ur yozuvi va uning bitiktoshlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOLDIRILGAN DARS ISHLANMASI Uygur yozuvi va uning bitiktoshlari Reja
- I.Kirish. Uyg`ur yozuvining tarixi xususida
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBEK TILI YO`NALISHI UZB-DU-20-GURUHI TALABASI AXMEDOVA NARGIZANING O’ZBEK TILI TARIXI FANIDAN QOLDIRILGAN DARS ISHLANMASI Uyg'ur yozuvi va uning bitiktoshlari Reja Kirish: Uyg`ur yozuvining tarixi xususida Asosiy qism: Uyg`ur alifbosining yozuvi qo`llanilishi Uyg`ur yozuvida bitilgan yodgorliklar va kitobatchilik Chingizxon vd turkiy yozuvlar taqdiri Xulosa: Uyg`ur yozuvining hozirgi kundagi ahamiyati Manbalar 1 I.Kirish. Uyg`ur yozuvining tarixi xususida Mazkur turkiy yozuvga nisbatan biz qo`llaydigan hozirgi nomni uning shartli atamasi deyishimiz mumkin. Uni yozma manbalarda turlicha nom bilan tilga olinganini uchratamiz. Maxmud Qoshg`ariy o`zining «Devoni lug`ati turk» asarida “turkcha yozuv” deb ataydi. Yevropa ilmida uyg`ur yozuvi nomining kelib chiqishi XIX asrga kelib Sharqiy Turkistondan ana shu yozuv bilan bitilgan turkiy yodgorliklarning topilishi bilan bog`liq. Bu davrda sharqiy Turkiston hamda Hansu viloyatlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida budda, money ibodatxonalari va turar joy xarobalaridan qadimgi turklarning juda ko`p yozma yodgorliklari topildi. Ana shundan e`tiboran ushbu turkiy manbalarni “qadimgi uyg`ur yodgorliklari”, xatini esa “uyg`ur yozuvi” deb atash rasm bo`ldi. Uyg`ur yozuvini sug`d xatining taraqqiy etgan shakli sifatida qarash lozim. Ajdodlarimiz sug`d xatini turkiylashtirish jarayonida uni o`z tillari qonuniyatlariga bo`ysundira boshladilar. Shuning ta`sirida oldingisidan tamoman mustaqil yangi alifbo shakllandi. Sug`d yozuvi mustaqil xoldagi uyg`ur xati bilan to XI astning o`rtalariga qadar birga yashadi. Ana shu paralellik natijasida har ikkisining ham bir biriga ta`siri bo`lgan. Buni biz ma`lum bir yodgorlikda ikkinchi bir alifbo belgilarining ishlatilishida ham ko`ramiz. Ayrim sug`d yodgorliklarida yangi alifbo shakllaridan foydalanish, yoki aksincha uyg`ur xatidagi manbalarda sug`dcha shakllarni qo`llash hollari mavjud. Bularning hammasini uygur xati takomil bosqichining ma`lum davri sifatida qarash lozim. Turkiy xalqlar qadimgi davrda qo`llagan turk runiy yoki urxun-yenisey yozuvida harflar alohida alohida bir-biriga ulanmasdan yozilgan. Uyg`ur yozuvi amaliy jihatdan hamda kitobat uchun qulayligiga ko`ra ko`proq imkoniyatga ega bo`lib chiqdi. Turk hoqonligi davrida turk runiy yozuvi asosiy yozuv bo`lgan bo`lsa, keyinchalik uning o`rnini uyg`ur yozuvi egalladi. Mazkur yozuv turkiy xalqlar orasida keng qo`llaniladi. Mahmud Qoshg`riy uning qadimiyligini ta`kidlab yozadi : «Barcha hoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu davrgacha, Qashqardan Chingacha – hamma turk shaharlarida shu yozuv yuritilgan.» Qadimgi turklarning bu yozuvida bitilgan budda, money, xristian diniy-axloqiy asarlari, yuridik hujjatlar va boshqa turdagi bitiklaridan bizgacha saqlanib qolgan. X asrga kelib Qoraxoniylar davlatida islom rasmiy din sifatida qabul qilindi. Shu munosabat bilan arab yozuvi ham ommalashdi. Ana shu vaqtdan boshlab har ikki yozuvdan foydalanila boshlandi. Yug`ur yozuvi boshqa yozuvlarning shakllanishiga ham asos bo`ldi. XIII asrda undan mo`g`ul yozuvi, mo`g`ul xatidan esa manjur yozuvi ajralib chiqdi. Oltin o`rda davlatida uyg`ur xatiga e`tibor kuchli bo`lgan. XIV-XV asrga kelib Temuriylar o`zlarining davlat idora ishlarida ham mazkur yozuvni keng qo`lladilar. XI-XV asrlarga oid saqlanib qolgan yodgorliklar xam ana shundan dalolat beradi. Movaraunnahr va Xuroson madaniy muhitida bu yozuvning o`rni katta bo`lgan. Uning bu davrda salmoqli o`rin egallaganini ko`rsatuvchi bir qancha dalillar bor. XV asr tarixchisi Ibn Arabshoh o`zining “Ajoyibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” (Temur falokatlarida qismatning qiziqliklari) degan asarida ushbu yozuv haqida shunday yozadi “Ular (chig`atoyliklar) o`zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, kitob, bitim, solnoma, she`r, qissa, hikoyat, hisob xotira va devonga tegishli hamma ishlarini, chingizona tuzuklarini shu yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ular orasida xor bo`lmaydi, cgunki bu ularga rizq ochqichidir”. O`rta Osiyo xalqlari tomonidan yuyg`ur xatida bitilgan yodgorliklardan bizgacha saqlanib qolganlari u qadar ko`p emas. Buning asosiy sababi keyinchalik uning o`rnini arab yozuvi tamoman egallaganligi, shuningdek ajdodlarimiz turkiy yozuvni qo`llagan davr bilan bizning oramizni besh asrlik ulkan davr ajratib turishidadir. Tabiiyki o`tgan vaqt mobaynida ularning katta qismi turli sabablarga ko`ray yo`qolib ketganligi aniq. O`rta Osiyo turkiy xalqlari XV asr oxirlariga qadar uyg`ur va arab yozuvudan barobar foydalanib kelganlar. Islom ta`siri hali to`la yetib bormagan bir sharoitda Turondagi budda ibodatxonalarida XVII asrda ham uyg`ur yozuvidan foydalanganlar. Shunday qilib uyg`ur xati turkiy xalqlarning butunlay arab yozuviga o`tgunlariga qadar qo`llagan yozuvlari orasida runiy yozuvan keyin asosiysi bo`lib qolgan. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling