Qoldirilgan dars
Chingizxon va turkiy yozuvlar taqdiri
Download 60 Kb.
|
Uyg\'ur yozuvi va uning bitiktoshlari
Chingizxon va turkiy yozuvlar taqdiri.
Uyg`urlar milodiy III-IV asrlarda ko`zga ko`ringan qabila sifatida yashaganlar deb qayd etiladi. Uyg`ur so`zining ma`nosi uyushmoq, birlashmoq demakdir. Uyg`urlar hokimiyati 100 yil chamasi yashadi. Ular Somoniylar hukumatini yiqitib, Buxoroni oldilar. Uyg`ur xonlari ulamolarga juda katta ehtirom ko`rsatib, Buxoro xalqiga masjidlar, maktablar, xonaqolar barpo etib berdilar. Uyg`ur alifbosi ayni davrda shuhrat qozondi. U o`z zamonida butun madaniyat dunyosida – Xitoyda, Rum, islom mamlakatlarida qo`llandi. Turkiy yozuvlarning keyingi taqdiri Chingizxon davriga borib taqaladi va bevosita uning nomi bilan bog`liq. Mug`ullar uyg`ur yozuvuni va madaniyatini Qoraxoniylardan o`zlashtirib oldi. Chingizxonning buyrug`I bilan uyg`ur yozuvi aslzodalar va boshliqlarning bolalariga majburiy o`rgatildi. Bu yozuvda mug`ullarning qonunlari tartib berilgan “Buyuk yasa” va “Chingizxonning oltin kitobi” ko`chirildi. Mo`g`ullar davlatida uyg`ur yozuvi uzoq vaqtgacha “xonlik yozuvi ” bo`lib qoldi. U asosan diplomatic aloqalarda qo`llanildi, oddiy xalq, hatto olimlar ham bu yozuvni bilmaganlar. Bu davrda uyg`ur yozuvi va tiliga bunchalik ahamiyat berilishiga sabab, birinchidan, uyg`ur yozuvi keng hududda tarqalgan, undan aloqa maqsadlarida foydalanish nisbatan qulay bo`lgan, ikkinchidan, tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Chingizxonning o`zi mug`ul tilidan boshqa tilni bilmagan. Qolaversa ularda yozuv ham bo`lmagan, o`troq xalqni boshqarish uchun esa ma`lumotli kishilar kerakligini Chingizxon tushunib yetdi. Shuning uchun ham Chingizxon hokimiyati tugagunga qadar ayrim yuqori lavozimlar uyg`urlar, forslar, xitoylar qo`lida qolaverdi. Uyg`ur yozuvining saqlanib qolishiga ikkinchi sabab shuki, davlat boshqarish, idora ishlari risoladagidek yo`lga qo`yilgan edi. Qolaversa Chingizxon turkiylar madaniyatiga hurmat bilan qaragan. Chigizxon turkiylarning yozuvlari bilan birga, tillarini ham o`z davlatida rasmiy til sifatida joriy qildi. Chingiz buyruqlarini, yorliqlarini, esdaliklarini uyg`ur yozuvida bitdi. Uyg`ur yozuvida hujjat bituvchilar ‘baxshi’ yoki ‘bitikchi” deb yuritilgan. Mo`g`illarning xizmatlaridan biri yana shu bo`ldiki, ular Oltin O`rdaga uyg`ur yozuvini olib keldilar.Oqibatda XIV asr oxirlariga mansub bo`lgan uyg`ur yozuvidagi Oltin O`rda yorliqlari bizgacha yetib keldi. Bu davrga oid uyg`ur alifbosida To`xtamishxonning nomi yozilgan tangalar, yana uyg`ur yozuvida va Chig`atoy tilidagi To`xtamishxon hujjatlari bor. Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo va Markaziy Osiyoga turli dinlarning kirib kelishi va ularning o`zaro “kurashi” murakkab. Dinlar kirib kelgach, ularni olib kelgan misseonerlar emas, diniy oqimlarning o`zi kurashgan. Yozuvlarning vazifasi bu sohada alohida ahamiyatga ega. Yozuvlar u yoki bu dinni olib kirishda asosiy vazifani bajargan. Turk xoqonligi tugab, uyg`ur xoqonligi boshlangandan keyin ham urxun yozuvi Sibiriyo va Mo`g`ilistonda XIII asrgacha qo`llanaverdi. Ba`zan esa har ikkalasi baravar amal qildi. 784 yilda uyg`ur xonlaridan Moyun churning mozorida o`rnatilgan toshning bir tomonida urxun yozuvi, bir tomonida uyg`ur yozuvi bitilgani buning bir namunasidir. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling