Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
doktor kitobini stolga qo‘yib, kerishdi, esnadi, keyin: 
— Hoy, kelinoyim, yotish kerak, yur, — deb o‘rnidan turdi. 
Qo‘llarimdan ignam, yamab o‘tirgan narsam tushib ketdi. O‘rnimdan turib stoldagi 
shamdonni oldim-da, darpardani yopish bahonasi bilan deraza yoniga bordim. Kecha 
zulmatiga uzoq tikilib turdim. Hozir sen chiq-u, qorong‘i yo‘llarga tushib qoch, degan o‘y 
keldi miyamga. Lekin doktor: 
— Kelinoyim, juda uzoq o‘ylanib qolding? Bo‘ldi, chiq tepaga. O‘nboshiga tayinlaydi-
gan ishlarim bor, men ham orqangdan chiqaman, — deb qoldi. 
Doktorning qari enagasi bilan bir qo‘shni xotin menga kelinlik libosini kiydirishdi. Key-
in qo‘limga yana shamdonni tutqazishib, meni kuyovimning hujrasiga olib kirishdi. Xay-
rullobey pastdan chiqmagan ekan. Men javon yoniga kelib to‘xtadim, ko‘kragimni so-
vuqdan saqlayotganday, qo‘llarimni qovushtirib oldim. Shu qadar titrardimki, qo‘limdagi 
shamdon tinmay tebranar, goho sochlarimning uchini kuydirardi. 
Nihoyat, zinada, keyin dahlizda oyoq tovushi eshitildi. Xayrullobey ashulani ming‘illab, 
yo‘l-yo‘lakay smokingini yechib kirdi. Kirdi-yu, meni ko‘rib hang-mang bo‘lib qoldi. 
— Hoy qiz, hali yotganing yo‘qmi? — dedi. 
Javob bergani og‘zimni ochgan edim, tishlarim takillab yo‘l qo‘ymadi. 
Doktor yonimga kelib, yuzimga ajablanib qaradi. 
— Hoy qiz, nima bo‘ldi? Hujramda nima qilib yuribsan? 
Birdan hujrani guldiros qahqaha larzaga keltirdi. 
— Voy sho‘rim, hali sen... 
Doktor qahqahadan bo‘g‘ilib, so‘zini tugatolmadi. Keyin shapaloqlarini tizzalariga sha-
pillatib urdi-yu, barmoqlari bilan og‘zini yopib turib: 
— Demak, sen bu yerga... Voy, sharmanda! Chindan ham eru xotin bo‘ldik, deb 
o‘ylabsan-da! Tuf, uyatsiz, beor!— dedi. — Xudo jazongni bersin!.. Otang tengi bir 
odamni... 
Qahqaha zo‘ridan devorlar qimirlab, shift boshimga ag‘darilgandek bo‘ldi. 
— Voy, qora yurakli hayosiz-e! Qiz boshing bilan mening hujramga tungi ko‘ylakda ki-
rishga uyalmadingmi? 
O‘sha paytdagi ahvolimni ko‘rishni istardim, kim bilsin, qanday rangga kirib, qanday 
rangdan chiqdim ekan. 
— Doktorbey, xudo haqi, bilganim yo‘q, o‘zlari shunday deyishdi-da... 
— Xo‘p, ular-ku shunday noma’qul o‘ylashibdi, sen-chi?! Dunyoda har narsa bo‘lishi 
mumkin, bunga aqlim yetadi, lekin shu yoshimda hurmatimga, iffatimga bir yuzsiz qiz-
ning hujum qilishi mumkinligini hech aqlimga keltirmagan edim. 
Voy xudo, bu qanday qiynoq azobi! Yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadim. Lablarim-
ni qonatar darajada tishlar edim. Qimirladim deguncha, u yolg‘ondan lo‘lilik qilar, dera-
zaning oldiga kelib ko‘ylagining yoqasidan bo‘ynini cho‘zib, qichqirardi: 
— Hoy, qiz, yaqin kelma, qo‘rqaman! Hozir derazani ochaman-u dod solaman! “Xa-
loyiq, qutqazinglar!” deyman! Shu yoshimda menga... 
Gapining oxirini eshitmay, hujradan qochib chiqib ketdim. Lekin bilmayman, menga 
nima bo‘ldi, yana qaytib kirdim. Qalbimning hamisha itoat qilishga majbur etuvchi amri 
bilan: 
— Ota! Otajon! — deb faryod qildim, yig‘lab turib o‘zimni quchog‘iga otdim. 
U ham quchog‘iga oldi, qalbdan chiqqan ayni faryod bilan: 
— Qizim! Bolam! — deb peshonamdan o‘pdi. 
Otalik bo‘sasining lazzatini, titrab turgan u lablarni o‘lgunimcha esimdan chiqarmay-
man! 
 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling