Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
232 Farida bir qator quruq, ma’nosiz so‘zlar bilan Mujgonga javob berayotganda, bolalik chog‘larining sevgili do‘sti bilan birga ko‘nglida abadiy o‘lganini, endi hech mahal u bilan yarashmasligini his etardi. Tushki ovqatga endi o‘tirishganda, qo‘shni bog‘larning biridan mehmondorchilikka chaqirib kelishdi. Baladiya idorasining raisi shahardagi qishloq uylariga, bola-chaqasini ko‘chirib ketish oldidan bog‘ qo‘shnilariga, shuningdek, Farida bilan xayrlashish sharafiga ziyofat bermoqchi bo‘libdi. — Ie, qanday bo‘ladi? Hozir meni olib ketgani odam keladi-ku? — dedi Farida. Xolalari: — Uyat bo‘ladi, Farida, borish kerak, orasi besh minutlik yo‘l. Alohida tayyorlanib o‘ti- rishning keragi yo‘q, chorshafingni yopinasan-u, boraverasan, — deyishdi. Boya unga kasal mushukchalik ham qarashmagan xolalarining hozir onalarcha g‘amxo‘rlik qilishayotganiga ajablanib, Farida yuzini yerga qaratib oldi. — Xo‘p, boraman, — dedi. * * * Soat uchga yaqinlashib borardi. Farida ayvonda yaproqlari sarg‘aygan chirmov orasi- dan yo‘lga qarab turardi. Birdan: — Mujgon, bitta izvosh kelyapti! Menga bo‘lsa kerak, — deb yubordi. Xuddi shu payt uzoqdan, dengiz bo‘yidagi daraxtlar orasidan kema ham ko‘rinib qoldi. Farida o‘pkasi tomog‘iga tiqilib: — Kelyapti! — deb qichqirib yubordi. Bog‘da g‘ovur boshlandi. Xizmatkor xotinlar chorshaflarini keltirgani yugurishdi. Farida xolalariga: — Men oldin ketaveray, sizlar orqadan borarsizlar,— dedi. Mujgon ikkalasi bog‘ orasidagi so‘qmoq bilan chopib ketdi. Goh chetanlardan oshib, goh polizlardan yurib borishdi. Bog‘ eshigiga yetishganda, qari oshpaz xotin ro‘paralari- dan chiqib qoldi. Kampir: — Sizlarga ketayotuvdim, kichik xonimlar, — dedi.— Beylar izvosh olib kelishdi, sizni kutib turishibdi. Azizbey bilan Komron ularni ikkinchi qavat dahlizida kutib olishdi. Azizbey qo‘li bilan uyga ishora qilib: — Ikkita bemavrid mehmon keldi, shovqin qilmanglar, — dedi. Keyin Faridani boshi- dan-oyog‘igacha suzib chiqdi. — Bu nimasi, kichik xonim, qora terga tushib ketibsan?! Azizbey kulimsirab, Faridaga yaqin keldi, iyagidan ushlab ko‘zlariga tikildi. — Kema kelishga keldi-yu, lekin senga foydasi yo‘q. Ering javob bermayapti, — dedi. Farida bir qadam orqaga tashlandi, hayratidan ko‘zlari olaydi. — Pochcha, nima deyapsiz! Azizbey barmog‘i bilan Komronga ishora qildi. — Mana ering, qizim, mening daxlim yo‘q, — dedi. Farida voylab yuzini to‘sdi. Yiqilib ketishi mumkin edi, biroq allakimning qo‘li bilagidan ushlab qoldi. Farida ko‘zlarini ochib qaradi: oldida Komron turardi. Azizbey shodiyona bir qahqaha bilan: — Ey, xayriyat, axiri qafasga tushdingmi, Choliqushi? Qani, tipirchilab boq-chi, bir ko‘ray, qani, tipirchilab boq-chi! Qani, ko‘raylik-chi, foydasi bormikan?— dedi. Farida yuzini to‘sishga harakat qilsa ham, bilagini Komrondan qutqazolmas, boshini berkitishga urinsa ham, Komronning ko‘ksi va yelkasidan boshqa yerni topolmas edi. Azizbey yana boyagi qahqaha bilan: — Atrofingdagilar senga tuzoq qurishdi, Choliqushi, — dedi. — Siringni mana shu xoin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling