Muallif: Lady Gipsofila
Download 498.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Qalb isyoni 3-fasl
Qalb isyoni 3-fasl Muallif: Lady Gipsofila AQSH, California Dengiz bo'yidagi Karmel shaharchasi! Ko'plab insonlarning ta'kidlashicha Karmel kabi jozibador va betakror shaharchaning o'zi yo'q. Asosan eng go'zal gullar ushbu shaharchada yetishtiriladi. Unchalik katta bo'lmagan bu ko'klamzorning aholisi ozmuncha bo'lib, hamma bir birini taniydi. Ko'chalari, do'konlarini ta'riflashga esa til ojiz. Ushbu shaharchaning markazida "Sohibjamol gullari" nomli kichik do'koncha bor. Deyarli Karmelda istiqomat qiluvchi har bir aholi u yerdan bir dona bo'lsa ham Gul sotib olgan. Ko'pchilik gulning emas, u yerdagi sotuvchining haridori bo'lib, uni ko'rish ilinjida ushbu kamtarona do'konchaga tashrif buyurishadi. Hammaga Sohibjamol deb tanilgan bu hurliqo ayol asta do'konning gullar bilan bezatilgan deraza tirqichidan tashqariga mo'ralar ekan, undan bir mahsus milliy kastyum va boshiga o'zidan ham katta turuvchi Bosh kiyim kiyib olgan yosh yigit ko'zini uzolmay qoldi. Qizning Yelkasidan ozgina uzunroq va jingalak qilingan malla sochlariga, porlab turgan och rangdagi ko'zlariga, hatto oy ham Hijolat qiluvchi chehrasiga qaragancha, og'zini yopolmay qoldi. Qizning bo'lsa behos unga ko'zi tushdi va labining chetida jozibali tabassum aks etdi. Yigit avvalgidan ham kalovlanib qoldi. Ammo uning yoniga undan salgina ajralib turuvchi uslubda kiyingan yigit kelib, yelkasidan qo'lini o'tkazdi, shundagina o'zini asta tutdi, --- Hey ajnabiy nega bizni Sohibjamolga unday qarayabsan? - deya yigit qoshlarini chimirib qaradi, --- Nima? Men shunchaki, haligi, --- Qani bu yerdan tez tuyog'ingni shiqirlatchi, - deya kalovlanib turgan yigitni do'kon ro'parasidan haydab yubordi. O'zi bo'lsa do'konga yaqinlashar ekan. Do'konning maxsus qo'lbola gullar va barglardan yasalgan bejirimgina aylana shakldagi allambalo ilib qo'yilgan eshik ochildi. Egniga oq rangdagi yengil va keng uslubdagi tizzadan past turuvchi ko'ylak, uning ustidan bo'lsa yashil rangli va gullar ham tikilgan matodan pirpirakli fartuk taqib olgan ayol yigitga jilmayish hadiya qilgancha qaradi, --- Ohh yuragim, sizni tabassumingiz meni bir Kun o'ldiradi opajon, - deya hazil aralash kuldi yigit, --- Milliam qaysi shamol uchirdi seni bu yerga? --- Opa Irodaning onasi Maryam honimni ahvollari yaxshilanmapti. Afsusdaman, bir necha soat avval dunyodan ko'z yumdilar, - deya Milliam boshini quyi egdi, Maryam asli O'zbekistonlik bo'lib, necha yildirki, yolg'iz qizi bilan Karmelda istiqomat qilar edi. --- Bo'lishi mumkin emas. Mening Mariyam.. Nimalar deyabsan? - deya Sohibjamol o'zini tutolmay eshikni ushlab oldi, --- Ehtiyot bo'ling Sohibjamol. Siz Orzuga dalda bo'lishingiz kerak, - dedi Milliam. Ular ikkisi do'konning o'ng tarafidagi ko'chaning yo'lidan asta tushib keta boshlashdi. Sohibjamolning ko'zidan asta yosh dumaladi. Ikki qavatdan iborat bo'lgan, atrofini izgirit qoplagan va zinaning tutqichlari shuningdek deraza gullar bilan chirmab yasatilgan, bir so'zbilan aytganday butun go'zallik aks etgan uyga yetib kelishdi. Sohibjamol asta ichkariga qadam qo'ydi. Uyning mehmonxonasidagi o'rindiqlarda eng yaqin qo'shnilari mahzun qiyofada o'tirishardi. Qiz ularga bir nigoh tashladida, odim qadamlar bilan zinadan yuqoriga ko'tarilib chiqib ketdi. Xonalardan birining eshigini asta ochar ekan, avva ko'zi bir kishilik o'rindiqqa, so'ng derazaga tortilgan yengil pardaga, deraza yonidagi yotoqqa tushdi. Yotoqning bir tarafida oppoq farishtalardek ayol jonsiz, ko'zlari yumilgan holatda yotardi. Labining rangi o'chgan, sochlariga esa endiga oq oralashni boshlagan bu ayolning chap tarafida bir qiz yuzlarini berkitgancha, tinmay ko'z yosh to'kardi. --- Iroda, go'zalim. Yaxshimisan, - deya Sohibjamol asta yaqinlashdi. Iroda bo'lsa uni quchgancha, ho'ngrab yig'lardi, --- Opajon, oyim.... Oyijonim. Ular endi yo'q, --- Sen kuchlisan, tushkunlikka tushmasliging kerak. Betakror singiljonim, ahir bardoshlisanku, - deya yelkasidan tushib turuvchi sochlarini asta siladi, -- Ishonolmayapman. Kechagina dorilarini bergandim, men bilan tabassum qilib suxbatlashgandilar. Bugun esa....., - deya gapira olmay qoldi. --- Tinchlan, hammasi yaxshi bo'ladi, --- Qanaqasiga? Endi yolg'iz qoldim. Bu shaharchaga kelganimdan buyon meni yagonam, mehribonim faqat onam edilar. Yolg'iz o'zga yurtlarda, qanday yashayman? --- Yoningda men bormanku ahir. Hech qanaqasiga yolg'iz emassan. Menga seni, Maryam xolamni yetarlicha yordamlari tekkan ahir. Sen meni borlig'im singlimsan, seni hech qachon yolg'iz qoldirmayman, --- Sizni yaxshi ko'raman Opajon, - deya Iroda Sohibjamolni qattiq quchib oldi. Iroda endigina o'n to'qqizni qarshilaganda onasining o'limi u uchun juda katta yo'qotish bo'ldi. Ancha o'zini oldirib qo'ydi. Ammo tutingan opasi uni yonidan bir Zumga ham jilmadi, yolg'iz qoldirmadi. Unga taskin va suyanchiq bo'ldi. Oradan shu zaylda ikki Kun o'tdi. Sohibjamol do'konidagi xilma xil va jozibador gullarning kerak bo'lmagan shoxlaridan tozalab kesar ekan, eshik ochilib Iroda qo'lida beg'ubor bir oppoq go'dakni ko'targancha kirib keldi, --- Iroda bu yerga nega kelasizlaraa? - deya Sohibjamol egilib gullarni parvarish qilayotgan joyida, asta baland bo'yini va qaddini tik tutdi. Qo'llarini fartukiga ohistalik bilan arttida, Irodaning qo'lidagi go'dakga jilmaygancha, qo'llarini o'ynata bolani chalg'ita boshladi, --- Opa, yig'lab tinmadi. Shunga sekingina aylanib kelaverdik. Shundaymi Zeyneb, Asalim, - deya Iroda ko'm ko'k ko'zlarini tikib turgan go'dakka qarata gapirdi. Zeynab bo'lsa qiqirlab kulardi, --- Zeynabim meni, sog'indingmi beg'uborim, - deya Sohibjamol qiz uni qo'liga asta oldi. Momiq yuzlaridan o'pib quchdi, --- Opa, men New Yorkdagi mashhur universitetga hujjat topshirdim. Ertaga javoblari chiqadi, --- Qanday New York Yana? O'qisang faqat shu yerda o'qiysan, hech qanday New York yo'q, --- Nima? Men bu yerda o'qishni hohlamayman, --- Menga Nima? Iroda Ortiqcha qaysarliklaringni yig'ishtir. Yosh Nola emassan endi, --- Ha men ham shuni aytamanda, yosh bola emasman. O'z tanlovim o'zimning qo'limda. Emin erkin shaxsman, --- Yo tangrim, Iroda, Maryam xolam seni menga omonat topshirganlar, --- Bu degani orzularidan voz kechishi kerak deganimi? - deya Iroda ovozini ko'targancha jahl qildi, --- Mayli, avval javoblaring chiqdim. Keyin o'ylashib Ko'ramiz, - Sohibjamol jiddiy tortgancha, suxbat janjalga aylanishini oldini oldi. Shu alfozda Sohibjamol qo'lidagi chaqaloqni shiqildoqni shiqillatgancha o'ynatib o'tirardi, qo'lidan telefoni tushmayapkan Irodaga hafsala bilan qarab qo'ydi. Endi biror so'z demoqchi bo'ldiyu, eshik ochilib fikri bo'lindi, --- Hey gullar malikasi shaharchamizga Yana bir Ajnabiy keldi, --- Menga Nima William? --- Gap shundaki, u seni uyingda, seni kutyabti? --- Menimi? - deya o'yladi Sohibjamol, --- Ha shundaymi, seni, --- Yaxshi, Mana bolani ushla. Men tezda qaytaman, - deya go'dakni William va Irodaga topshirib, yashil fartukini yechgancha, tashqariga yo'l oldi. Egniga Tim qora, yengil ko'ylagidan mushaklari shundoqqina bilinib turgan Sarfaroz ko'p qavatli uyining, shahar shundoqqina ko'rinuvchi balkonida qo'lida qadah ko'targancha, bir nuqtaga qarab turardi. Ortidan unga doim sodiqlik bilan xizmat qiluvchi Stefan kirib keldi va asta tomoq qirdi. Sarfaroz uni payqagadi ammo na ort o'girib qarab qo'ydi, na og'zidan bir so'z chiqdi. Stefan bo'lsa, unga asta yaqinlashdi, --- Hayrli kech Janob, --- Xo'sh yangilik bormi? --- Afsuski yo'q. Ammo bir yildirki harakat qilyabmiz, foydasi bo'lmayapti. Ehtimol taqdirga tan berganimiz ma'quldir. Hech qanday o'zgarish bo'lmayapti, --- Sen kimsan o'zi? Stefan qachondan beri menga aql o'rgatadigan bo'lib qolding. Yoki kimsanki, meni istagimga, buyrug'imga qarshi borasan. To'xtamaydi. Hech Kim harakatdan to'xtamaydi. Yangilik bo'lmaguncha, hech kimga na tinchlik va na halovat bo'lgay. Uqdingmi? --- Tushundim Janob. Kechiring meni, --- Tushungan bo'lsang, unda ishga kirish, ko'zimdan yo'qol, - deya Sarfaroz g'azab to'la Nigohi bilan Stefanga qaradi. Stefan chiqib ketishi bilan Sarfaroz asablarini tinchlantirolmay xonani betartib ahvolga keltirdi. •••• -- Janob iltimos, meni qurbim yetmaydi. Sizga soliq to'lashga yetarlicha mablag'im yo'q. Oilam, bolalarim bor ahir. Tushuning iltimos, - deya bir katta yoshli kishi oppoq fudbolka va shim kiyib olgancha, qo'lini cho'ntagiga tiqib, beparvo turgan kimsaga tiz cho'kkancha yalinardi. Qaddini tik tutib turgan yigit, ohista jilmaydi va asta u qatori egildi, --- Menga qara. Ahmoqqa o'xshaymanmi? Kattagina yering va fabrikangdagi hamyoninga tushayotgan mablag'larni Nima qilyabsan? Mana shu homsemiz qorningami? Bilasan bu yerlar endi menga tegishli. Sen bo'lsa menga har oy soliq to'lashing kerak. Bahonalaring o'tmaydi. Itdek oilang bilan o'lishni istamasang, to'laysan, --- Ammo Volkanbey iltimos. Meni ham tushuning. Ijaralarim ham bor, --- Bular meni qiziqtirmaydi. Senga ikki Kun muhlat. Agarda shu Kun ichida men aytgan miqdordagi pullar tayyor bo'lmasa, rafiqang va endigina to'rt yosh bo'lgan o'g'lingni uvoliga qolasan. Ha Yana endigina o'n sakkizga kirgan, guldek qizing bor ekan. Jannatdek hayoti, Jahannamga aylansa, qanday Bosh ko'tarib yurasan. Shularni o'yla, vaqting ketdi. Tik tak, tik Tak, - deya Volkan soatga ishora qilgancha, istehzoli jilmayib qaddini tik tutdi va xonani tark etdi. Ortidan odamlari ham ergashgancha, chiqib ketdi. ••••• Sohibjamol ohista qadamlar bilan zinalardan ko'tarilib, asta uyining eshigini ochib, chuqur ho'rsingancha ichkariga kirdi. Ikkala qo'lini belidan kengayib ketgan oppoq ko'ylagining cho'ntaklariga solib, mehmonxonani ko'zdan kechirdi. Ammo uydan hech kimni topolmadi, hafsalasiz boshini quyi chayqab endigina ort o'girgan edi, eshikdan eng yaqin qo'shnisi kirib keldi, --- Iyaa mehmon ketib qoldimi? --- Opa, kimdir kelganmidi? - deya Sohibjamol savol Nigohi bilan qo'shni ayolga qaradi, --- Ha go'zalim kelgandi, o'tirib turishini tayinlab, chiqib ketgandim. Bilasan O'g'lim Hali kichkina va juda sho'x. Uni yolg'iz qoldirib bo'larmidi, --- Ha sizni tushunaman Opajon. Qandaydir yordam kerak bo'lsa menga, Irodaga tortinmay aytavering. Haligi kelgan kimsaning ko'rinishi qanday edi? Ehtimol tanirman, - deya Sohibjamol asta sekin savolga tuta boshladi, --- Yoshi ellikka yetib qolgan bir salobatli kishi ekan, - Sohibjamol bu gaplarni eshitar ekan, o'ychan nigoh bilan bir joyga termulib qoldi, --- Nimadir bo'ldimi Sohibjamol? --- Yo'q hammasi joyida, kelgan mehmon, kerak bo'lsa Yana keladi. Mayli men do'konga boray, do'konni Iroda va Williamga topshirib kelgandim. Yana kichkintoy Zeyneb ham bor bilasizku, - deya Sohibjamol eshikka yo'naldi, --- Ha, ha hech Hijolat tortma. Boraver. Kechroq uyinga chiqarman. O'shanda miriqib suxbatlashamiz, - jingalak va Tim qora sochlari yuqoriga turmaklangan, oppoq va to'lachadan kelgan, ko'rinishidan mehribon va samimiyligi yaqqol sezilib turuvchi bu ayol, jilmaygancha Sohibjamolga qaradi. Sohibjamol esa sochlarini epaqayiga keltirgancha, endi ko'chaga yo'nalgan edi, ammo to'satdan u tomon chaqaloqlar aravachasini itarib kelayotgan Irodaga, so'ng bo'lsa uni yonida qo'l telefonidan ko'z uzmayotgan Williamga ko'zi tushdi. Ularni darvozasi oldida sabr bilan qo'llarini qovushtirgancha kuta boshladi, --- Nima bo'ldi? Do'konni berkitdingizmi? William yeg'ishtirsangchi Qo'lingdagi matohni, - deya Sohibjamol asabiy telefon qo'lidan tushmayotgan Williamga hafsala bilan tanbeh berdi, --- Eyy opa qo'ysangizchi u ahmoqni. Telefoniga yopishib qolgan. Bizni kichkintoyni qorni och, qarang, - deya Iroda bolalar aravachasidagi ko'zlarini mo'ltillatib atrofga qarayotgan go'dakka ishora qildi, --- Qani menga kelchi, Zeynebim. Malikam meni. Beg'ubor Qizalog'im. Och qoldingmi? Hozir o'zim seni ovqatlantiraman. Kelaqol onajoninga, - deya Sohibjamol Zeynebni erkalagancha qo'liga oldi. Go'dak ham shuni kutib turgandek, onasiga talpindi. Sohibjamol Zeynebni ko'targancha, oshxonaga kirib ketdi. ••••• Hammaga tanish va mashhur bo'lgan "Chamomile Daisy" kompaniyasini boshqaruvi Halika Parkerga o'tgandi. Kay Parkerning o'limidan so'ng asosiy boshqaruv ishlariga aksiyadorlar bo'lgan Dilhumor Va Sarfaroz Yusuf va shuningdek Volkan Demir ham aloqador edi. Bu katta kompaniyada bir yildan buyon ziddiyat, tortishuvlar va raqobatbardoshlik kuchaygandi. Hammaning dardi bir eng yirik aksiyador hisoblangan Gipsofila Karterning aksiyalarini qo'lga kiritish edi. Ammo bu ishga Volkan va Sarfaroz butkul qarshilik qilishlari sababli, bu ish hech kimning qo'lidan kelmadi. Faqatgina Stiles Karter vaqtinchalik aksiyalar tushib ketmasligi uchun, Gipsofilaning boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Magnus va Diana bo'lsa Gipsofila Karterning yuksak cho'qqilarni zabt Etgan Kompaniyasi bo'lgan "Malaria"ni boshqaruvini davom ettirishar edi. ••••• "Chamomile Daisy" kompaniyasining katta yo'lagida havorang yengil ko'fta va shunga monand oppoq shim kiyib olgan Halikaning oppoq haddan tashqari baland tuflisini poshnasini tovushlari butun yerga aks sado bo'lib yangrardi. Halika jiddiy, mag'rur va shahdam qadamlar bilan odimlab borar ekan. Ortidan shaxsiy kotibasi qandaydir hujjatlar ko'targancha, nimalarnidir sayrab, halloslab zo'rg'a Halika tengi yurib ketar edi. Shu alfozda ketayotgan Halikani, ortidan kelgan tovush to'xtashiga sabab bo'ldi. Asta jilmaygancha, ortiga o'girildi, --- Hayrli Kun Dilhumor honim. Kompaniyada kamnamo bo'lib qoldingiz, ahvollaringiz yaxshimi? - deya Halika u tarafga yaqinlashib kelgan to'q siyohrang, yelkasi keng bo'lib turuvchi tor ko'ylak kiyib olgan Dilhumorga mamnuniyat bilan gap boshladi, --- Ha Halika, senga ham hayrli bo'lsin. Bilasan Sarfarozning bir nechta kichik kompaniyalari I nazarda tutmaganda, yana boshqa ishlar ham bor. Doimo bu yerga kelolmayman, --- Ha tushundim sizni, --- Iltifot qilib qahva taklif qilarsan balki, suxbatlashar edikmi? --- Ha albatta, - deya Halika kotibasiga imo qildi. Ular birgalikda Halikaning xonasiga kirib, och moviy rangdagi o'rindiqlarga o'tirishar ekan, kotiba bir zumda stolga qahva va shirinliklar qo'yib, Bosh siltab chiqib ketdi, --- Halika Sarfaroz bilan munosabatlaringiz qanday? --- Rasvo, - deya Halika ko'ylagini yoqasini to'g'irlagan chog'i ko'zlarini olaytirib Dilhumorga qaradi, ---Nega endi? Bir yildan oshdi. Atrofida hech qanday ayol zoti yo'qligida, makrlaringni ishga solib, uni o'zinga jalb et. Nega buncha lallayasan, - deya Dilhumor qahvadan ho'plar ekan, Halikaga tanbeh berardi, --- Qancha harakat qildim. U Gipsofiladan kechmaydi. Tun-u kun hayoli unda. Men ham charchadim, kurashaverib, --- Men senga ko'p Bora takrorladim. Unga shunday qilishing kerakki, e'tiborini qozon. Seni yoningda o'zini hotirjam seza olishini tushunsin. --- Bilmayman, juda ko'p Bora urundim. Qarang hatto kompaniyadan ham Gipsofilani siqib chiqarib tashlolmadik. Bu qiz shunchalar chuqur ildiz otganki, na uni Sarfaroz va na Volkan unuta oladi. --- Hmm, - deya Dilhumor uzoq o'ylanib qo'ldi. Halika bo'lsa asabiy oyog'ini harakatdan to'xtatay demasdi. ••••• -- Xo'sh, Diana nimani o'ylayabsan? - kompaniya tashqarisida joylashgan bog'dagi o'rindiqlardan birida o'ychan o'tirgan Dianaga Magnus savol nazari bilan qiyo boqdi va yoniga asta joylashdi, --- Gipsofilani, Yana inqilobga uchrayotgan Mana bu kompaniya haqida, --- O'ylama hammasi yaxshi bo'ladi, --- Qanaqasiga yaxshi bo'lsin Magnus. Gipsofilaning necha yillik mehnatini bir pul qilganimni bilsa, aksiyalarini yarimidan ko'pini tortib olishganini bilsa qanday ahvolga tushadi. Menchi? Keyin uning ko'zlariga qanday qarayman. Nimadir qilish kerak. Bu alfozda o'tirish bo'lmaydi, --- Havotir olma. Biror yo'lini topamiz. Stiles haligacha Gipsofila masalasida yuribti. Yaqinda yangilik bo'lishiga ishonchim komil, --- Bir yildirki yangilik bo'lmadi. Endi bo'lishiga aminmisan. Gipsofila istamaguncha hech narsa qila olmaymiz. Qo'limizdan hech narsa kelmaydi bilasanku. Kimsan u Gipsofila Karter bo'lsa, --- Mayli ko'p kuyunma. Hali hammasi o'z iziga tushadi. Ertaga bizga raqobatdoshlik qilayotgan "Richmond" Kompaniyasi rahbarlari Yaygin Karahanli va Yasimin Karahanli katta namoyishda ishtirok etish uchun kelishadi. Ularni o'z ko'zimiz bilan ko'rar ekanmiz. Ko'ramiz Kim ekan, o'sha kuchli raqobatdoshlarimiz, --- Ha bir tarafda ular ham bor. Yo Tangrim, shuncha muammoya, shuncha musibatlar, - deya Diana shamolda tebranayotgan sochini ohista quloqlari ortiga o'tkazdi va chuqur uh tortdi. ••••• Sohibjamolning uyida unchalik shoxona bo'lmasa ham juda ajoyib dasturxon bezatildi. Xonaning derazasiga oppoq yupqa va uning ustidan ikki chetga bog'lab qo'yilgan siyohrang pardalar did bilan osilgan. Shuningdek xonadan Ikkita tokchada bir biridan chiroyli gullar, devorda ajib sur'atlar va javonda xilma xil qalin, ingichka kitoblar joy egallagandi. --- Iroda, oshxonadan likopchalarga solib qo'yilgan salatlarni olib chiqib dasturxonga qo'y, - deya Sohibjamol o'rindiqda shiringina bo'lib yotgan go'dakka butilkada sut berar ekan, telefoni qo'lidan tushmayotgan Irodaga qarata gapirdi. --- Yaxshi, - deya Iroda ham so'zsiz oshxonaga kirib ketdi. Shu payt eshik ochilib eng yaqin qo'shni bo'lgan Marianna ustiga to'q qizil yopinchiq tashlagancha, kirib keldi, --- Hayrli kech go'zalim, vuyy meni shirintoyim ovqatlanyaptimi? - deya kulgancha go'dakka qo'llarini o'ynata qaradi, --- Ha opa hayrli kech. Negadir bezovtasiz, tinchlikmi? --- Eyy nimasini aytasan, halovatim yo'qoldi, - deya Marianna dasturxon atrofidagi o'rindiqlardan biriga o'tirar ekan, gapira ketdi. Oshxonadan ikkala qo'lida likoplarda salatlarni ko'targancha Iroda chiqib keldi, --- Hayrli kech Marianna hola, Nima bo'ldi tinchlikmi? - deya Mariannaning qarshisiga o'tirdi, --- Eyy yo'q. Tinchlik emas, - Sohibjamol va Iroda bir varakayiga Mariannaga jiddiy qarashdi. Marianna bo'lsa asabiy Yana gapida davom etdi, --- Turmush o'rtog'im Oliverga tahdid qilishyabti. Karmelda katta maydonli yeri va shuningdek fabrikasi ham bor. Bu yerlarni shu hafta ichida qandaydir katta odam, mafiami? Anig'ini bilmayman, xullas o'sha kimsa egallab olgan. Aytishlaricha bu yerlar endi unga tegishli emish. Bu yerdagi har bir tadbirkor unga soliq to'kashi shart emish. U Oliverga tahdid qilyabti. Bugun oxirgi muhlatni beribti. Ammo turmush o'rtog'imda keraklicha pul yo'q. Nima qilishni bilmayapti? --- Qancha ekan? Ehtimol men berib turarman, - deya Sohibjamol yig'layotgan qizalog'ini ohista qo'liga olib ovutar chog'i Mariannaga qarab gapirdi, --- Qayerda, hatto do'koningni sotsang ham chiqara olmaysan u pulni, --- Ahir bu jinoyat, o'sha kimsani politsiyaga topshirish kerak, - deya Iroda aqilli gap aytgandek g'ururlandi, --- Nimalar deyabsan? Politsiyamush, hatto prezidentva raislarning ham unga qarshi chiqishga haddi sig'maydi, --- Kim ekan u? Ismi Nima? - deya Iroda jiddiy tortib, savol nazari bilan Mariannaga qaradi, --- Ismi, haligi. Volkan Demir edi adashmasam. Ha, ha adashmadim, aniq shunday edi. G'alati ism shunday emasmi? O'zi seniki ham g'alati Iroda, --- Volkan Demir.... Ahir turkcha ismku, nega endi g'alati bo'lsin. Meniki o'zbekcha ism hech ham g'alati emas, - deya kuldi Iroda, --- Ha oti o'chsin. Men o'laman desam sen kulasan, -- Nima qilay, o'zingizni gapingizni qarang, --- Mayli qo'yinglar. Ovqat so'viyapti, oling opa o'ylamang, - deya Sohibjamol Zeynebni uxlatib ohista yotoqqa qo'ydi va qolganlar davrasiga qo'shildi. Oradan ozmuncha vaqt o'tmay ko'chada qattiq shovqin ko'tarildi. Sohibjamol, Marianna va Iroda bir biriga ma'noli nigoh tashlashdi. Tashqaridan qandaydir qizning va erkak kishining ovozlari eshitildi, --- Yo tangrim, qizim, ahir qizim Kordeliyaning ovoziku, - deya Marianna o'rnidan sapchib turdi. Qolganlar ham u bilan bir varakayiga o'rnidan turdi. Marianna ko'chaga otilib chiqib ketdi, --- Iroda sen Zeynebimga qarab tur, men hozir kelaman, - deya Sohibjamol ham Mariannaning ortidan chiqib ketdi. Tashqarida nozik, sochlari, qoshlari Tim qora, uzun to'qrangli ko'ylak kiyib olgan qizni qo'lidan sudragudek olib ketishardi. Bu hodisa Sohibjamolning uyida bir necha qadam narida yuz berayotgandi. --- Qizim, Qizalog'im. Qo'yib yuboring uni, - deya Marianna qizini olib ketayotgan shaxslarning baqquvvat qo'llariga yopishgancha, dod solardi. Kordeliyaning Otasini bo'lsa harakat qilmasligi uchun, Yana boshqa ikkita gavdali yigitlar ushlab turardi, --- Qo'yib yuboringlar qizimni, Hali o'n gulidan bir guli ham ochilmagan beg'ubor qizimni qo'yib yuboring, - deya Marianna halloslagancha ko'z Yoshi tinmay yerga o'tirib qoldi. Buni kuzatib turgan Sohibjamol bir Mariannaga, bir tinmay odamlar qo'lidan chiqishga urinayotgan Kordeliyaga qaradi. --- Qo'yib yuboring uni, - deya Sohibjamol uzun yenglarini yuqoriga shimargancha Kordeliyani mashina tomon olib ketayotgan yigitlarning qarshisiga ikkala qo'lini keng yozib, jiddiy turib oldi. Uni mashina yonida Volkanning eng sodiq odamlaridan biri Jacob kuzatib turardi, --- Yo'limizdan qoch, --- Men senga qizni qo'yib yubor dedim, u Hali go'dak, - deya Sohibjamol qarshisidagi mahluq sifat nusxaning vajohatidan bir tukiham qilt etmadi. Ammo Sohibjamolni turtib, uzun besonaqay ko'ylakda turganida yerga irg'itib yiqitib ketishdi. --- Sohibjamol, iltimos qizimni qutqar. Ular Nimalar qilishini tasavvur qilyabsanmi? - deya Marianna tinmay yig'lab ko'zyosh to'kardi. Bunga chidolmagan Sohibjamol mashina eshigini ochib endigina qizni irg'itmoqchi bo'lgan yigitni,oldiga borib qo'lidan ushlab to'xtatdi, --- Uni qo'yib yuboring. Uning o'rniga men ketaman sizlar bilan, --- Nima? Aslida sendek xurliqoni xo'jayinimiz ko'rsa, hursand bo'lishi aniq. Ammo sen Oliverni qizi emassan. Yo'ldan qoch, --- Shoshma, - deya Volkanning sodiq odami Jacob qo'li bilan Jim ishorasini qildi. Sohibjamol unga asta qaradi. Jacobning nigohidan Sohibjamol yuzini boshiga tashlab olgan ro'moli bilan asta berkitdi, --- Haqiqatdan ham Volkanbey hursand bo'lishi aniq. Anavi qizni qo'ying, ho'rakka undan ham yaxshiroq baliq ilindi, - Jacob ishora qilishi bilan Kordeliyani qo'yib yuborishdi, --- Sohibjamol, nimalar qilyabsan? - deya Marianna uni oldiga keldi, --- Havotir olmang. Menku ulardan qutilib ketaman. Siz qizimga va Irodaga ko'z quloq bo'ling, hopmi? Qizalog'im Hali go'dak, unga yaxshi qarang, - deya Sohibjamol endigina yoshlanay Deb turgan ko'zini asta artdi va odamlar ishora qilgan mashinaga hech qanday qo'rquv va hissiz g'urur bilan boshini tik tutgancha o'tirdi. ••••• Kech tushishi bilan airaportdan qop qora plyash va qora ko'zoynak taqib, sochini ortiga bir tekis qilib turmaklab olgan ayol, uning yonida qora smoking kiyib olgan sarg'ishdan kelgan bir yigit, yigitning oldida bo'lsa bo'yniga quloqchin va qo'liga katta ekranli Mobilniy aloqa ushlab olgan Yana bir yosh yigit chiqib keldi. Ularning qarshisiga kelib katta Tim qora mashina to'xtadi va haydovchi tushib eshikni ochib bergancha, iltifot ko'rsatdi, --- Marhamat Yayginbey va Yasimin honim, kichik xo'jayin, - deya ularga hurmat ko'rsatdi. Richmond Kompaniyasi boshlig'i Yaygin va Yasimin Karahanli New Yorkka yetib kelishgandi. Ularni Malaria kompaniyasiga va Gipsofila Karterga qanday ziddiyati borligini hech Kim bilmaydi. Ammo ular tinmay raqobatdoshlik qilishni Kanda qilmadi. Yaygin Karahanlining yakkayu yagona ukasi Alihan Karahanli bo'lib, juda ham kelishgan va o'ziga bino qo'ygan yigit mashinada planshetidan ko'zini uzmay ketardi, qulog'idan bo'lsa katta quloqchin tushmasdi. ••••• Sohibjamolni qandaydir ulkan qasrdan farq qilmaydigan binoga olib kelishdi. Sohibjamol bir zum binoning naqshinkor devorlariga, katta darvozaning ikki chetiga o'rnatilgan arslon haykallariga nigoh tashlar ekan, ortidan qo'pollik bilan qop qora kiyinib olgan, gavdali yigit uni darvoza tarafga turtkilagancha, olib kirib ketdi. Sohibjamol Qorong'u bo'lishiga qaramay, juda ham shoxona yo'lak bo'ylab yurib borar ekan, na vahima va na qorquvni his qilar edi. Buning sababi hammaga Qorong'u, u kabi qiz kamida qo'llari qaltirab, vahimadan yuragi winidan chiqa yozishi kerak edi. Ammo u o'z uyida yurgandek hotirjam edi. Volkanga ro'baro keluvchi hech bir kimsada bu kabi jasorat yo'q edi. Volkanning dushmani u yoqda tursin, hatto yaqin hamkorlariyu, qo'lidagi hodimlari undan hayqib turardi. Hech Kimni unga qarshi bir tukini ham qimirlatishga jur'ati yetmasdi. Bunga shu kungacha faqat Gipsofilaning jur'ati yetgan. Hech Kim u kabi Volkan bilan yerga urgudek suxbatlar qurmasdi. Faqatgina u hech qanday hissiyotsiz, hech qanday qo'rquvsiz Volkanga boqa olar edi. Sohibjamol yo'lak oxiridagi qop qora eshik oldiga yetib keldi. Eshik qarshisida sabr va sukut bilan turar ekan, uni olib kelgan yigit eshikni ochib, birinchi o'zi kirdi. Bir necha daqiqadan so'ng chiqib, Sohibjamolga kirish ishorasini qildi. Sohibjamol yigitga ensasini qotirgancha bir nigoh tashladida, ichkariga qadam bosdi. Kirib borar ekan ochiq turgan keng balkondan salqin havo kirardi. Ilib qo'yilgan oppoq yengil pardalar shamol ta'siridan tebranib, honaga o'zgacha zeb berib turardi. Unchalik yorug'likda bo'lmagan bu xonaga tushib turgan oy shulasi o'z nurini sochib, kechani juda jozibador ko'rsatar edi. Balkonning mahsus tutqichini ushlagancha ort o'girib Volkan Demir hayolan oyga termulib turardi. Sohibjamol avval Volkanga sinchklab qaradi, ammo yuzini aniq ko'ra olmadi, so'ng xonani asta ko'zdan kechira boshladi. Xonaning markazida katta yotoq joylashgan bo'lib, ustiga qorq va kulrang choyshab yopib qo'yilgandi. Yotoq yuqorisidagi karnizga bo'lsa mahsus yopinchiqlar va pardalar ham ilingandi. Jirkanch va hafsalasiz nigoh bilan Volkanga Yana qayta qaradi, --- Xo'sh, sen kimsan? O'z hohishing bilan meni yonimga kelganingga qaraganda g'irt ahmoqsan, - vanihoyat Volkandan sado chiqdi. Ammo umuman ort o'girib ham qaramadi, --- Adashding, - deya Sohibjamol qisqa va bee'tibor Javob berdi. Volkanning bu ovozni eshitib yuragida nimadir sodir bo'ldi, ammo hech narsani sezdirmay, ortiga o'girildi, --- Unda, ahmoq bo'lmasang kimsan? Bu yerda qanday ahvolga tushishingni juda yaxshi bilgan bo'lishing kerak. Shunchalar Jon kuyarmisan, o'z hayotingni havfga qo'yadigan darajada, - deya Volkan ort o'girib qaradi. Qarshisida boshiga yopinchiq tashlab olgan va besonaqay uzun ko'ylak kiyib olgan qizga ko'zi tushdi. Uzoqdan va qorong'udan yuzi unchalik ko'rinmasa ham, qanday qizligini tasavvur qilgancha, istehzoli jilmaydi --- Yana Adashding, sen menga hech narsa qila olmaysan Volkan, - deya Sohibjamol asta yaqinlashdi. Oppoq chehrasiga oy shulasi o'z nurini tushirdi. Shundagina Volkan uni ko'rishga muvofiq bo'ldi. Ko'zlarini uzmay unga termulib qoldi, --- Men Gipsofila Karterman. Qachondir kimdirdan qo'rqqanimni eslay olmayman. Istaganimda kallakesarlaringni o'sha yerdayoq gumdon qilardim. Ammo seni bu jirkanch qilmishlaringa ko'z yumolmayman, - deya Gipsofila ohista qadamlar bilan Volkanga yaqinlashdi. Volkan bo'lsa undan ko'zlarini haligacha uzolmadi, bir yarim yildan oshdiki, u sog'ingan chehra unga boqib turganiga ishonolmasdi. Tun-u kun uni alamida qo'l urmagan ishlari qolmagandi. Gipsofila esa bir zumda g'oyib bo'ldi, necha yildirki, hech kimni qidirmagan yeri qolmadi, ammo Gipsofila Yana bir zumda osmondan tushgandek hammani hayratga solib paydo bo'ldi. Doim shunday, u sir-u sinoatlarga boy ayol. Gipsofila ancha o'zgargan va avvalgidek dimog'dor va takabbur, mag'rur qizning o'rnini o'zgacha ma'suliyatli ayol egallagandi, --- Gipsofila, - deya Volkan keskin u tarafga yaqinlashdi. Necha yillik sog'inchiga barham berish uchun uni mahkam bag'riga bosdi. Gipsofilaning boshidagi yopinchig'i yerga ohista tushib ketdi. Sochlari keng yozildi, Volkan uning bo'yni va sochlari aralash iforiga mas bo'lgancha chuqur nafas olar edi. Gipsofila Volkanning nafasini bo'ynida his qildi. Gipsofila uni biqinidan kuch bilan itarardi, --- Endi seni qo'yib yubormayman. Eshityabsanmi? Senga aytgandim seni Sarfaroz bahtli qila olmaydi degandim. Nega? Nima uchun g'oyib bo'lding? --- Bas Volkan. Volkan qo'yib yubor, yetar, - deya Gipsofila uni o'zidan uzoqlashtirishga urundi va bunga erishdi ham, --- Demak o'z oyoqlaring bilan kelding shundaymi? - Volkan asta undan uzoqlashib gapirdi, --- Seni ahmoqona qiliqlaring sabr kosamni to'ldirdi. Seni meni necha yildirki sog'ingan, ko'rinib turibti. Har kuni har xil qizlarni ko'z yoshiga qaramay qay ahvolga solishing. Menku sendan o'zimni himoya qila olaman. Menku Gipsofilaman. Ammo meni o'rnimda boshqasi bo'lganda uning ahvolini tasavvur qilyabman. Bunchalik jirkanchlikka borasan deb o'ylamagandim, --- Meni aytganimni qilmaganlarni Holi shu. Sen bularni qo'y, - deya Volkan Gipsofilaning yuzidan ushlagancha yanog'iga labini bosdi. Gipsofila bo'lsa undan keskin yuzni burgancha uzoqlashdi, --- Senga so'ngi gapim. Bu razilona ishlaringni yeg'ishtir. Men ketaman, - deya Gipsofila eshikka yaqinlashdi. Ulkan eshikning tutqichidan itarar ekan, ocholmasdi, --- Jin ursin, La'nati. Bu nimasi? - deya Gipsofila ortiga o'girilgancha Volkanga nigoh tashladi, --- Ma'zur tutasan, bu yerga o'z hohishing bilan kelding. Ammo bu yerdan men istaganimdagina chiqasan, --- Chiqolmaydi deb o'ylayabsanmi? --- Shunday, Marhamat urunib ko'r. Ammo endi osonlikcha seni qo'yib yuboradigan ahmoq yo'q, - deya Volkan istehzoli jilmaygancha, o'rindiqlardan biriga oyog'ini chalishtirgancha o'tirdi va Gipsofilaga oyog'idan to boshigacha nigoh tashlab, qo'lini iyagiga qo'ygancha, qoshlarini uchirib, labini ohista tishlab, kulib qaradi. -- Ablax, eshikni och. Men ketishim kerak, - deya Gipsofila eshikka qattiq tepdi. Natijada o'zining oyog'ining to'pig'i qayrildi. Yuzi achchiq narsa yeb qo'ygandek burishdi. Volkan o'rnidan turib, eshik yaqinda turgan Gipsofilaning qarshisiga yaqin keldi va o'zgacha nigohlar bilan qaradi, --- Nega? Menga barchasini aytmaguningcha hech qayerga ketmaysan? --- Nimani aytishim kerak? Xo'sh, gapir, - deya Gipsofila bir og'riyotgan oyog'iga bir Volkanga qaradi, --- Nega g'oyib bo'lganingni. Gipsofila aqlga sig'dirib bo'lmaydi, eshityabsanmi? Bir yarim yildan oshdi, sen yo'q eding. Hech yo'q ikki Kun, bir hafta yoki uzog'i bir oy emas. Naqt yil. Seni deb qanday ahvolga tushganimni bilasanmi? Sen yo'qligingdan beri, meni halovatim yo'q. Sog' salomatmi? Tirikmi? Nega g'oyib bo'ladi? Hozir qay ahvolda ekan? Degan savollar meni tinmay qiynadi, - deya Volkan Gipsofilaning qo'lidan tortib ushladi. Kaftini ko'ksiga qo'ygancha, porlab turgan moviy ko'zlari bilan mahzun qaradi, --- Barchasi sen o'ylagandek emas. Barchasi boshqacha, eshityabsanmi? Meni qay ahvolda bo'lganim, qanday voqealar yuz bergani barchasi senga, umuman olganda hammangizga Qorong'u, - deya Gipsofila Volkandan qo'lini tortib olar ekan, behosdan oyog'i og'rib, o'zini tutolmay qoldi va Volkanning qo'llaridan ushlab qoldi, --- Eshikni och Volkan, meni kutishyabti, ketishim kerak, - deya Gipsofila uning qo'lini ushlab muvozanatni saqlab asta nigoh tashladi. Volkan bo'lsa ma'noli tabassum qildida, Gipsofilani ko'tarib oldi. Gipsofila bo'lsa hafsalasiz ko'zlarini yuqoriga qaratgancha uni ura ketdi, --- Tushur meni Volkan. Sen bilan sichqon mushuk o'ynaydigan, ahmoqona qiliqlar qiladigan paytlar o'tib ketdi. Qo'yib yubor meni, --- Yo'q, men o'z istagimga erishmagunimcha bu eshikdan tashqariga chiqolmaysan, - deya Gipsofilani ohista yotoqqa qo'ydi va oyog'idagi uzun charm etigini yechdi, --- Nima qilyabsan, - deya Gipsofila yotoqda suyanib asta o'tirar ekan Volkanga savol Nigohi bilan qaradi, --- Sen o'ylagan ishni emas, - Volkan ayyorona kulgancha Gipsofilaning o'ng oyog'ini to'pig'iga ko'z yugurtirdi. Gipsofila bo'lsa buni Jim kuzatardi, --- Havotir oladigan hech narsa qilmapti. Menimcha zarb ta'siridan suyaklaring og'rigan, - deya Volkan Gipsofilaning ikki chetidan qo'lini o'tkazgancha masofani yaqinlatib, qaradi, --- Tushunarli, - deya uni o'zidan uzoqlashtirib, yotoqdan turdida Volkanga qarama qarshi tarafga o'tib oldi, --- Yaxshi. Endi maqsadga o'tsak. O'tirib ol, - deya Volkan o'rindiqdan Gipsofilaga joy ko'rsatdi. Gipsofila bir oz o'ylanib turdida, so'ng hafsalasiz o'tirdi. Volkan ham ohista kelib yoniga joylashdi, --- O'sha kuni, Nima bo'ldi? --- Qaysi Kun? --- Sarfaroz bilan rasmiy nikohdan o'tdingiz, shundan so'ng, - deya asabiylashdi Volkan, --- Hech narsa, barchasi ko'ngildagidek edi, --- O'rgildim, ko'ngildagidek emish. Shuning uchun uni tashlab g'oyib bo'ldingmi? - deya ensasini qotirdi Volkan, --- Gipsofila men senga aytgandim Sarfaroz bilan bahtli bo'lolmaysan degandim. Avvaldan sizlarni munosabatingizga qarshilik qilishim kerak edi. Ammo Menga faqatgina seni bahting bo'lsa bo'ldi edi, Kim bilan bo'lasan buni ahamiyati yo'q edi. Ammo Sarfaroz seni bahtli qilmadi, shunday emasmi? --- Sen hech narsani bilmaysan Volkan, barchasi shunchalar chalkash ediki, hech narsani aytishni istamayman ham, --- Sarfaroz senga Nima qildi? U nomard Nima qildiki, sen bu ahvoldasan, izsiz g'oyib bo'lding, --- Senga bularni aytishga majbur emasman, --- Men sendan iltimos qilayotganim yo'q. Agar shu yerdan chiqishni istasang, menga barchasini aytishga majbursan, - deya Volkan o'rnidan turib yotoqqa cho'zildi. Ikki qo'lini boshi va bo'yni ortiga o'tkazgancha Gipsofilaga nigoh tashladi, --- O'yla, Sohibjamol O'yla. Ungacha men bir oz mizg'ib olaman, - deya Volkan ko'zlarini yumgancha, kuldi. Gipsofila bo'lsa unga nafrat va g'azab bilan nigoh tashladi. Oradan bir necha daqiqa o'tgandan so'ng, qo'llarini qovushtirib o'tirgan Gipsofila ohista o'rnidan turdi. Yotoqqa yaqinlashib ehtiyotkorlik bilan Volkanga nazar tashlar ekan, Volkan uxlayotgani uchun buni payqamadi. Gipsofila ohista qadamlar bilan eshik yoniga bordi. Ulkan va og'ir eshikni qancha ochishga urunmasin, foydasi bo'lmadi. Javonlar, tokchalar, hamma yerni ko'zdan kechirdi. Titmagan, qidirmagan yeri qolmadi. Na biror arzigulik qurol va na eshik qulfini ochish uchun kalit topa oldi. Ho'rsinib, uff tortgancha ayvonchaga chiqdi. Yuqoridan pastga nazar tashladi, shu qadar balandlikda ediki, bu yerdan hech qanaqasiga tushib bo'lmasdi. Honaga qayta kirib o'rindiqqa hafsalasiz o'tirdi, bir zum o'tmay Gipsofilaning ko'zlari yumilib, uyqu bosa boshladi va zum o'tmay dunyodan uzuldi. •••••• Keng mehmonxonaning to'q Alvon rangdagi o'rindiqlardan birida Yasimin stolidagi qahvani ohista qo'liga olib o'tirar ekan, qarshisidagi Alihanga ma'noli qaradi, --- Hayrli Kech Alihan. Xo'sh, yangi muhitga ko'nikib qoldingmi? --- Chidasa bo'ladi. O'zingizchi kelinoyi? - deya Alihan oyog'ini o'ynatib o'tirar ekan, nigohini yerdan uzib Yasiminga qaratdi, --- Ajoyib, - o'zgacha joziba bilan qahvasidan bir qultim ho'plar ekan mamnun jilmaydi Yasimin, --- Siz uchun hursandman, unda men boray, --- Shoshma Alihan. Senga Hali asosiy yangilikni aytmadim. Akang seni New Yorkdagi eng nufuzli "Fordham" universitetiga ariza topshirib, joylashtirdi, - endigina chiqib ketayotgan Alihan ort o'girib Yasiminga qaradi, --- Sizlardan so'raganmidim. Yana qanday universitet? Men bu yerda o'qiyman demadimku, --- Men bilmayman. Barchasi akangning qarori, -- Ishonish qiyin, siz hech narsa demaysizmi? Sinchiklab qaralsa akamning barcha qilgan harakatlari, fikrlari ortida sizning g'oyalaringiz turadi. Kim bilsin bu yerga ham qanday jirkanch g'oyalar bilan kelgansiz. Shunchaki kelishingizga esa ishonish qiyin - deya Alihan ensasini qotirgancha zinalardan yuqorilab ketdi. Bu gaplardan Yasimin asabiylashgancha lablarini tishlab o'tirar ekan, qo'lidagi finjonni devorga qarata uloqtirdi. **** Endigina tong yorishayotgan pallada Volkan asta qo'zg'algancha ko'zini ochdi. Moviy ko'zlarini ishqagancha, atrofga alanglab Gipsofilani izlay boshladi. Gipsofila Katta o'rindiqning suyanchig'iga yonboshlagancha farishta misoli uxlab yotardi. Volkanning uni ko'rib yuzi yorishdi. O'rnidan asta turib yoniga borib o'tirdi, --- Endi hech qachon ketishinga yo'l qo'ymayman Gipsofila, - deya asta pichirladi va yuzidan ohista qo'lini yurg'azar ekan, Gipsofila bundan seskanib boshini qimirlatib qo'ydi. Ammo Hali ham Shirin uyquda edi. Volkan bo'lsa ohista Gipsofilaning bo'ynidan chap qo'lini o'tkazdida, dast ko'targancha yotoqqa avaylabgina yotqazdi. Yuzlariga tushgan sochlarini asta qo'llari bilan paypaslagancha, yuzlaridan oldi. So'ng ustidan qora choyshabni yoptiyu, javonda turgan mahsus seyfni ochib, ichidan qurolini, so'ng eshik qulfini ochuvchi kalitini oldi. **** Sarfaroz ko'ylagining old tugmalarini taqar ekan eshik ochilgancha, mamnun qiyofada yordamchisi Stefan kirib keldi. Sarfaroz bo'lsa unga qarshisidagi ko'zgudan e'tiborsiz nigoh tashlab qo'ydi, --- Qandaydir yangilik bormi? --- Ha Janob shunday, --- Kalovlanmay tezroq gapir, --- Haligi Gipsofila honimning yashash manzilini aniqladik, - bu so'zlardan Sarfaroz jonlangandek bo'ldi. Tezda ilgichdan pidjakini oldiyu, eshikka yo'naldi, --- Manzilni ayt, - chiqib ketar ekan, Stefanga jiddiy ammo keskin gapirdi, --- haligi, Karmelda. Ya'ni Karmel shaharchasida, --- Juda soz Gipsofila xonim. Vanihoyat izingni topdim. Qasam ichaman, endi hatto o'lib ham mendan qutula olmaysan, - deya jiddiy pichirlagancha ko'chada turgan mashina tomon odimlab ketdi. •••••• Erta tongdan sarg'ish va klassik uslubda kiyinib olgan Halika unchalik baland bo'lmagan poshnasini yerga asta urgancha katta darvoza qarshisiga keldi. Bir qo'lida sumka, bir qo'lida bo'lsa Shimining remenini paypastlab to'g'irlar ekan, darvozadan sado chiqib, asta ochildi. Halika nigohini darvozaga qaratdi, --- Hush kelibsiz Halika honim, - o'ylanib turgan qo'riqchiga Halika g'alati nigoh tashladi, --- Ehtimol yo'ldan qocharsan. Ichkariga kirmoqchiman, --- Kechirasiz honim, ammo Sarfarozbey uyda emaslar, --- Erta tongdan qayerga ketadi. Ahir doim shu paytda nonushta qilar edi, --- Ma'zur tutasiz bilmayman, --- Kim biladi unda? - deya asabiy o'shqirdi Halika. Shu payt ichkaridan Stefan chiqib keldi, --- Hayrli tong honim. Bu yerda Nimalar bo'lyabti, --- Haligi, - deya qo'riqchi nimadir demoqchi bo'ldi. Ammo uni gapini Halika bo'ldi, --- Sarfaroz qayerda Stefan? --- Kechirasiz honim. Zarur ishingiz bormidi? --- Nima senga hisob berishim kerakmi? --- Yo'q, albatta. Ammo men ham Sizga hisob berishga majbur emasman. Aloqangiz bo'lmagan ishlarga aralashmaganingiz ma'qul. Sarfarozbey qaytsalar kelganingini albatta yetkazamiz, --- Sen, - deya Halika unga asabiy ko'rsatkich barmog'ini qadadi. Stefan bo'lsa haligacha unga mamnun qiyofada qarab turardi. Halika bu asabbuzarlik va behurmatsizlikka chiday olmay, ko'ziga qora Ko'zoynagini taqdiyu, --- Hali bu gaplaringa afsuslanasan Stefan, - deya shahdam qadamlar bilan alvon rangli mashinasiga o'tirib, tezlikni oshirgancha g'oyib bo'ldi. ••••• Gipsofila ohista uzun kipriklarini pirpiratgancha ko'zlarini ochib atrofga ko'z yugurtirdi. Katta katta va yashil ko'zlarini asta quyosh nuridan o'ng qo'li bilan to'sdi. O'zini yotoqda ko'rib Avvaliga o'rnidan sapchib turdi, yon atrofga qoshlarini chimirgancha nazar tashladi. Xona kechagidan ancha yorug' va ko'rkamroq edi. Ustidan choyshabni olgancha, yotoqdan turib eshikka yo'naldi, --- Jin ursin seni Volkan, - deya haligacha qulf bo'lib turgan eshikka ort o'girib suyangancha asabiy to'ng'illadi, --- Qizimni ahvoli qanday ekan? Unga Iroda yaxshi qarayotganmikin? Uni juda sog'indim, - deya o'ziga o'zi eshitilar darajada homush so'zladi. Egnidagi kiymi juda uzun va noqulay bo'lgani uchun javonni ochib o'ziga munosib libos izlay boshladi. Volkanning qora ko'ylagini va oppoq shimini shuningdek Yana ikkita sochiq olgancha yuvinish honasiga kirib ketdi. Yuvinib bo'lib kiyimlarini alishtirib ko'zgu qarshisiga kelib o'z qiyofasidan mamnun bo'ldi. Egnidagi Volkanning kiyimlariga Gipsofiladan Yana ikkitasi sig'ardi. Shularni o'ylab asta kulib qo'ydi. Yenglarini shimargancha, qora ko'ylagini epaqayiga keltirar ekan, yuqoridagi deraza tirqichiga ko'zi tushdi. U yerni ham ehtiyotkorlik bilan ko'zdan kechira boshladi. Gipsofilaning bo'yi boshqa Qizlardan farqli o'laroq baland bo'lmasin ammo deraza ham juda balanda edi. Ikkala qo'lini yuqoriga tiragancha osilib, asta ko'tarilib tashqariga mo'ralab ko'zdan kechira boshladi, shu payt yuvinish honasini eshigi ohista ochilib Volkan asta e'tiborsiz nigoh tashlar ekan, Gipsofilani bu holatda ko'rishini hatto tasavvur ham qilmagandi. O'ng qo'li bilan og'zini yopgancha kulib eshikka suyangancha uni hatti harakatlarini kuzata boshladi. Uni doim faqat jiddiy va ma'suliyatli ayol qiyofasida ko'rgan Volkan, hozir Gipsofilani yosh bolalarga hos bu Hatti harakatini miriqib tomosha qilardi. Ammo uni Gipsofila payqagani ham yo'q. Bir necha soniya shu zaylda davom etdi. So'ng Volkan oyog'i yerdan uzulib, yuqoriga bo'yin cho'zgancha deraza tirqishidan mo'ralayotgan Gipsofilaning belidan qo'lini o'tkazdi. Uning nam sochlari yuziga urildi, Gipsofila bo'lsa qattiq seskingancha, ko'zlari moshdek ochildi. Volkan bo'lsa uni hech qanday qiyinchiliksiz, hatto oyog'ini yerga tekkizmay yotoqxonaga olib chiqdi, --- Sen haddingdan oshyabsan Volkan. O'zingni Kim deb o'ylayabsan? - deya Gipsofila tinmay tipirchilab, uni tepardi. Volkan bo'lsa uni yotoq ustida avaylabgina qo'ydi va yoniga o'tirdi, --- Juda yarashibti, - deya Volkan Gipsofilaga boshdan oyoq qarab kuldi, --- Qaytib menga qo'lingni tekkazma. Tushundingmi Volkan? Bunga haqqing yo'q? --- Kim? Kim haqli bunga Sarfarozmi? - deya Volkan g'azab bilan Gipsofilani bilagidan qattiq tortdi. Gipsofila avval qo'liga, so'ng Volkanga nafrat bilan qarab, chap qo'li bilan Volkanning qo'lidan kuch bilan tortib, ozod bo'ldi, --- Hech Kim. Hech qaysing bunga haqli emassan. Uqdingmi? Meni tinch qo'yasan, men bu yurdan ketaman, --- Bo'lmasachi? --- Bo'lmasa, o'lasan, - deya Gipsofila Volkan uni yuvinish xonasidan olib chiqayotganida yonidan tortib olgan qurolini ortidan olgancha, unga o'qtaldi. Volkan bir qurolga, so'ng Gipsofilaga qarab istehzoli kuldi. Gipsofila bo'lsa o'rnidan turgancha qurolni unga o'qtalib turardi. Volkan ham ohista u qatori qarshisiga turdi. Ammo unda na qo'rquv va na hadiksirash bor edi, --- Menga kalitlarni ber, --- Yaxshi beraman. Avval qurolni Tushur, --- Ooo, Yana nimalarni istaydilar? --- Gipsofila Tushur uni, - deya Volkan jiddiy gapirdi, --- Yo'q, avval kalitlar, - Gipsofila ham jiddiy turib oldi. Peshonasidan va sochlaridan ohista suv oqib tushdi, --- Mana, Marhamat, - deya Volkan Gipsofilaga qarata kalitlarni otdi. Gipsofila bo'lsa bir qo'li bilan kalitlarni endi ilib olar ekan, Volkan uning chalg'iganidan foydalanib qo'lidagi qurolini keskin tortib olib, ishga soldi va Gipsofilaga qaratdi. Uning qo'lidagi kalitlari yerga tushib ketdi. Volkan bo'lsa g'olibona kuldi, --- Bu kulguli emas, --- Ilk Bora men g'olibman. Volkan Demir Jeeykeyni yengdi, - deya Volkan haligacha unga qurol o'qtalib turardi. --- Bu harakatlaring hech narsani o'zgartirmaydi Volkan. Bu bilan Nimaga erishmoqchisan? --- O'zing ham juda yaxshi bilasan. Menga faqat sen yetishmaysan --- Chidab bo'lmaydi, seni telbadan farqing yo'q. Meni bu yerda majburlab olib o'tirib hech narsaga erishmaysan, --- Bu yerga o'z oyog'ing bilan kelding. Hali suxbatlashishga uzoq vaqtimiz bo'ladi moviy ko'zim, hozir bo'lsa O'tir, - deya yotoqdan joy ko'rsatdi, --- Jin ursin seni, - deya Gipsofila unga va qo'lidagi qurolga asta qaradi va borib yotoq ustiga o'tirgancha, Volkanga nafrat bilan qaradi. Volkan bo'lsa javondan Yana bir sochiq olib, Gipsofilaning yoniga o'tirdi, --- O'giril, --- Nima? - dedi Gipsofila tushunqiramay. Volkan bo'lsa uni ikki yelkasidan ohista o'girdi va sochiq bilan sochlarini qurita boshladi. Gipsofila bo'lsa Yana sukut saqlagancha, bir nuqtadan ko'zini uzmay o'tirardi. Volkan uni bu yerdan osonlikcha ketkazmasligi, u doimo o'z so'zini barchaga o'tkaza olishi va Nima qilsagina bu yerdan qutula olishini o'ylardi. Shu payt sochlarida Volkanning nafasini his qildi, joyidan qilt ham etmadi. Uning nafasi bu safar bo'yniga ufurib turardi, --- Gipsofila, - deya to'ng'illagancha biqinini qo'li bilan ushlab o'rnidan turdi, --- Bu ketishda, seni o'ldirib qo'ysam mendan o'pkalama Volkan Demir, - deya ismiga o'zgacha urg'u berib g'olibona nigoh bilan qaradi. Volkan bo'lsa unga hafsalasiz nigoh tashladida, qo'lidagi sochiqni Gipsofilaning yuziga otgancha tashqariga chiqib ketdi, --- Mensiz zerikmaysan degan umiddaman, - dedi eshikni tashqaridan yopar ekan. Gipsofila bo'lsa jahl bilan yuzidan sochiqni olib uloqtirib yubordi. ••••• Sarfaroz mashinada tezlikni oshirgancha Ming hayajon va asabiy katta yo'lda ketar ekan. Shaharlar ham tugab, ko'rinmay qoldi. Faqatgina so'qmoqlar, jarliklar, tog'lar va daraxtlardan bo'lak hech narsa yo'q edi. Sarfaroz bir qo'lida rulni boshqarar, boshqa qo'lini esa asabiy iyagiga tiragancha ketardi, --- Gipsofila. Gipsofilam tez orada senga yetishaman. Buni ko'nglim sezyabti. Seni sog'indim. Iforingni sog'indim, - deya Sarfaroz o'ziga o'zi pichirladi va o'tmish ko'z o'ngidan kino tasmasidek o'ta boshladi. Gipsofilani so'ngi bor ko'rgani, uni ifori barchasi kechagidek yodida edi. Bir yarim yil avval New York! Bahorning iliq kechgi havosida katta, ko'p qavatli uyning darvozasi yonida qop qora mashina keskin to'xtadi. Mashina signal chalishi bilan katta va naqshinkor darvoza ikki yonga ochildi, shuni kutib turgandek mashina ham joyidan qo'zg'algancha o'rta tezlikda ichkariga kirib ketdi. Uyning oppoq eshigi oldida keskin to'xtar ekan, ichidan qora vetrofka kiyib olgan Sarfaroz tushib keldi. Qo'riqchi ham uning yoniga yugurib kelib, qo'lidan mashina kalitini olgancha mulozamat ko'rsatdi. Sarfaroz bo'lsa be'etibor uyga kirib ketdi. Yuqoriga ko'tarilgancha, yo'lakning o'ng tarafidagi xonaga kirar ekan, yuzida mamnun qiyofa aks etdi. Ichkarida ayvonchadan oy shulasi tushib turgan yotoqda, egniga yengil alvon rangli tungi ko'ylak kiyib olgan Gipsofila ort o'girgancha uxlab yotardi. Unga tushib turgan oy nuri o'zgacha joziba bag'ishlar edi, mayin esib turgan shamol bo'lsa auvonchadagi yengil oppoq pardalarga qo'shib, Gipsofilaning ham sochlarini ohista o'ynatardi. Sarfaroz uning yoniga ohista qadamlar bilan borib, asta egilib o'tirdi va bir zum mehr bilan termulib qoldi va yanog'iga ohista labini bosdi. So'ng Egnidagi vetrofkasini yechgancha, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oradan bir necha daqiqalar o'tgandan so'ng Sarfaroz yuvinish xonasidan qora fudbolkada bo'yniga sochiq ilgancha chiqar ekan, yotoqda Gipsofila yo'q ekaniga hayron bo'ldi. Atrofga ko'z yugurtirar ekan, ortidan nozik qo'llar quchganini sezib, asta jilmaydi, --- Meni sog'indingmi Sarfaroz? Sarfaroz Atrofga ko'z yugurtirar ekan, ortidan nozik qo'llar quchganini sezib, asta jilmaydi, --- Meni sog'indingmi Sarfaroz? - Sarfaroz uni quchib turgan qo'llardan ushlagancha ortiga o'girilib, u uchun sevimli bo'lgan Gipsofilaning muhabbatdan porlab turgan moviy ko'zlariga o'zgacha mehr bilan boqdi, --- Har lahza yuragim seni sog'inib urdi Gipsofilam, - deya Sarfaroz uni yuzlaridan ohista siladi, --- Ishonish qiyin, - deya Gipsofila jumboqli nigoh bilan qaradi, --- Sen meni sog'inmagan ko'rinasan, --- Zing'ircha ham, - deya uni ko'zlariga o'tkir nigohlar bilan qaradi. --- Chunki sendan nafratlanaman Sarfaroz Yusuf, - deya Yana gapida davom etdi va ayyorona tabassum qildi. Sarfaroz ko'zlarini yuqoriga o'ynatgancha ohista tabassum qildi --- Xo'sh, Ishdan tashqari Yana Nima qilding? Qayerlarga bording? Kim bilan ko'rishding? --- Gipsofilam endi tergovchilik bilan shug'ullanyabtimi? Meni serqirra rafiqam borda, - deya Sarfaroz hazilomus kuldi, --- Hazillashayotganim yo'q Sarfaroz. Senga savol berdim --- Nega so'rayabsan? -- bu safar Sarfaroz jiddiy tortdi --- Mumkin emasmi? --- Gipsofila nega menga bu ohangda gapiryabsan. Senga hisob berishga majbur emasman, --- Nega asabiylashyabsan, Sarfaroz. Shunchaki sendan kuning qanday o'tganini so'rayabman. Bunga haqqim bor deb o'ylayman. Esingda bo'lsa rafiqangman. Necha kundirki, befarqsan, go'yo unutib qo'ygandek, --- Farishtam, ahmoqona hayollaringdan muammo yasamasangchi. Senga befarq bo'lishim mumkinmi? Ahir meni hayotim mazmuni, borlig'im faqat o'zingsanku, - deya Sarfaroz uni shubxalarini bartaraf etish uchun bag'riga bosdi. Gipsofila bo'lsa asta uni bag'ridan chiqar ekan, --- Uxlamoqchiman, - deya jilmaydi va Sarfarozdan uzoqlashgancha yotoqqa ohista yon boshlagancha yotdi. Bir zum hayolga berilganida bo'lsa, ortidan quchgan qo'llardan seskanib hayollari tarqadi. --- Hayrli tun yagonam, - deya Sarfaroz Gipsofilaning qulog'iga asta shivirladi, --- Senga ham, - dedi Gipsofila quruqqina. Mayin esgan shamolda bo'lsa dimog'iga Sarfarozning ifori uruldi. Sochlari va bo'ynida uning nafasini yaqqol sezib turardi va hotirjam jilmaygancha uyquga ketdi. Tongda tushgan quyosh nuridan Sarfaroz ko'zlarini zo'rg'a ochar ekan. Soat endigina tongi oltini ko'rsatib turganiga ko'zi tushdi. Ammo uning quchog'ida Gipsofila emas, par yostiq turardi. Avvaliga Gipsofilaning yonida yo'qligiga unchalik e'tibor bermadi. Hali erta bo'lgani uchun Yana ko'zlari yumilib uyquga ketdi. Oradan bir necha soat o'tib, Sarfaroz yuvinish xonasidan chiqar ekan, Gipsofila qayerda ekanini o'ylay boshladi. Javonni ochib o'zining qora ko'ylagini olish jarayonida, Gipsofilaning buyumlari yo'q ekaniga ko'zi tushdi. Umuman olganda faqatgina bo'sh ilgichlarni ko'rdi holos. Ko'ylagining old tugmalarini taqar ekan o'ylangancha, asabiy ayvonchadan tashqariga ko'z yugurtirdi. Pastda ishchilar va hizmatkorlardan bo'lak hech kimni ko'rmadi. Yotoqxonaga qaytib kirdi va behosdan yotoqning o'ng tarafida turgan tokcha ustida oppoq qog'ozga ko'zi tushdi. Avvaliga e'tiborsiz qog'ozni ochidi, ichida bir necha misralar yozilganiga ko'zi tushib o'qiy boshladi, --- "Hayrli tong sevgilim. Umuman olganda hayr. Barcha barchasi tugadi. Doim o'z o'yiningda meni istagancha o'ynatding. Endi meni navbatim. Buni Nomi qasos deb ataladi. Avvaliga seni o'ldirishni o'ylagandim. Ammo o'lim bu sen uchun yengil jazo edi. Faqat senga mumkinmi qalblarni o'yinchoq qilish? Faqat meni qalbimda isyon ko'tarilishi kerakmi? Xo'sh uddalay oldimmi? Meni telbalarcha sevishingni bilaman. Shuning uchun ham hayotingdan butkul g'oyib bo'laman. Meni izlashni hayolinga ham keltirma. Meni topish endi amrimahol. Bilaman bularni o'qiyotib qanchalar g'azab o'tida yonayotganingni, qo'llaring musht tugilayotganini. Ammo endi sen meni oldimda ojizsan. Menga bir necha Kun avval aytgan so'zlaring Hali ham qulog'imda jaranglayabti. Nima deganding, men doim istagimga erishganman. Sen ham endi faqat menikisan deganmiding. Endichi, endi nimalarni o'ylayabsan. Juda kulgili. Endi hech qanaqasiga seniki emasman. Hech qachon seniki bo'lmaganman ham. Shuncha qilmishlarimga ko'z yumadi deb o'ylaganmiding. Meni yaxshi bilmas ekansan. Alvido shafqatsiz, bemehr va qotil sevgim. Endi qalblarda isyon ko'tarish meni navbatim. Endi sen ham buni his qilasan har lahza, har yuraging urganida. Kechagi gaplarimni e'tiborga loyiq ko'rmaganding. Ammo ular haqiqat edi. Sendan nafratlanaman Sarfaroz Yusuf!" Sarfaroz bularni o'qir ekan telbanamo kuldi. Necha oydirki, muhabbatdan yettinchi osmonda uchib yurgan Sarfaroz bugun yerga Zarb bilan qulagandek edi go'yo. Gipsofilaning mo'jizakor so'zlari, mehrga to'la ko'zlari, beg'ubor tabassumi ko'z oldidan kino tasmasidek o'tar ekan. Bularni barchasi qasos uchunmidi degan hayol unga tinchlik bermasdi. Sarfaroz shu qadar g'azab o'tida yonar ediki, Gipsofilaning bu Hatti harakati uchun butun dunyosi ostun ustun bo'lgandi. Haqiqatdan ham uning qalbida nimadir o'zgargandi. Ehtimol bu isyondir. U hech narsani anglamasdi. G'azabdan butun xonani ostun ustun qildi. --- Stefan, Stefan, - deya o'shqirgancha, - g'azabdan yonib turgan ko'zlari bilan kirib kelgan Stefanga qaradi. Stefan uning bu ahvolidan kalovlanib qoldi, --- Menga tezda Gipsofilani top. Yerni tagidan bo'lsa ham top. Menga o'yin qilishni unga ko'rsatib qo'yaman, - deya nafrat bilan baqirdi. Hozirgi Kun Sarfaroz o'tmish hayotini ko'z o'ngidan o'tkazib qo'llari musht tuguldi, --- Hech qachon topa olmaysan deganding a. Endi Nima qilar ekansan Ko'ramiz, - deya nafrat bilan tishlari orasidan shivirladi. •••••••• --- Sevgilim, hayrli tong. Yaxsh dam oldingizmi? - deya Yasimin yuqori zinalardan ko'ylagining yengini tugmasini taqqancha tushib kelayotgan Yaygin Karahanliga tabassum bilan boqdi, --- Yomon emas. Senga ham hayrli bo'lsin hayotim. Alihan ko'rinmaydi, - deya Yaygina atrofga ko'z yugurtirdi, --- Erta saharlab chiqib ketgan. Ehtimol yugurishga chiqqandir. Mayli keling nonushta qilamiz. U ham kelib qolar, --- Yaxshi. Bugun Richmondga kechroq o'taman, --- Nega endi? Kompaniya ishlari muhimku. Ayniqsa hozirgi kunda, --- Meni boshqa ishlarim ham bor Sevgilim. O'zing Boraver, men keyin, --- Mayli o'zingiz bilasiz. Yaqinda Malariani butunlay kasodga uchratamiz. Gipsofila Karter bir zumda kasodga uchraydi, --- Ammo o'zi yo'qku. Hali qorasini ham ko'rsatgani yo'q, --- Shunisi ma'qul. U yo'qligida tezroq kompaniyasini tag tugi bilan quritishimiz kerak, --- Ammo bir tarafda uning yangi aksiyadorlari ham turibti. Kim ekanini aniqladingmi? --- Yo'q, aksiyador borligi ma'lum, ammo kimligi nomalum. Uni ham tez orada bilib olamiz. Oldimizda ikkita katta to'siq ham bor, --- Sarfaroz Yusuf va Volkan Demir. Ularga qarshi chiqish olov bilan o'ynashish bilan barobar, --- Hmm, - deya Yasimin uzoq o'ylanib qoldi. So'ng oldidagi likopchadagi yegulikni bir bo'ligini asta og'ziga soldi. ••••••• Gipsofila o'ylanib asabiy oyog'ini o'ynatgancha o'rindiqda o'tirar ekan. Eshikning ochilayotganini payqadi. Va zudlik bilan o'rnidan turib, jiddiy nigohlar bilan qarab turardi. Shu payt eshikdan gavdali yigit qo'lida padnos bilan kirib keldi, --- Honim, Volkanbey ovqatlanib olishingizni tayinladilar. O'zlari kechroq kelar ekanlar, --- Volkan uyda emasmi? --- Yo'q honim, - deya padnosni ohista stol ustiga qo'yar ekan Javob berdi. Gipsofila ohista ayyorona tabassum qildi va endigina chiqib ketayotgan yigitga ortidan oyog'iga qattiq zarba berdi. Ikki bukilib qolganidan foydalanib, uning qo'lini ortiga qayirgancha barmoqlarini sindirdi. Avvaliga qo'lidan yoqimsiz tovush chiqdi, so'ng yigit Jon holatda baqirib, yerga dumaladi. Gipsofila yerda ingrab yotgan yigitning cho'ntagidagi qurolni olib, qiya ochiq turgan eshikdan tashqariga chiqdi. Zinadan tezlik bilan tushib borar ekan oldidan chiqqan ikkita yigitni o'q uzib qulatdi. So'ng katta hovlidan chiqib borar ekan tamballangan ulkan darvoza oldida turgan bir nechta yigitlarga ko'zi tushdi. Uzoqdan birini oyog'ini birini bo'lsa yelkasini mo'ljalga olgancha o'q uzdi. Qolgan ikkitasiga kelganda qurolidagi o'qlar tugab qoldi. Tezlik bilan hujumga o'tar ekan, birini oyog'ining suyagiga qattiq tepdi, tizzalab qolganidan foydalanib bo'ynini kuch bilan qayirdi va bir zumda u yigitning jonsiz tanasi yerga quladi. Boshqa biri endi yaqinlashib kelayotganda qorniga zarba berib qulatdi va eshikni tezlikda ochgancha tashqariga nigoh tashladi. Mashinalardan biriga o'tirmoqchi bo'ldi ammo hech biri ochilmadi. So'ng katta yo'ldan yugurgancha o'zi uyi tomon yo'l oldi. ••••••• Sarfaroz yo'lida davom etar ekan. Chorrahaning chetida "Carmel by the sea" degan yozuvga ko'zi tushdi. --- Vanihoyat. Qayerdan topa qolding bu yerlarni, - deya Sarfaroz o'ziga o'zi to'ng'illagancha, shaharchaga kirib bordi, --- Ajoyib, huddi o'zing kabi betakror va mo'jizakor Gipsofila, - deya shaharni ko'zdan Kechirar ekan, asta pichirladi. Bir biridan ajoyib har bir uylarning bog'ida turli xil gullarga asta ko'z oynagini yechgancha qaradi. Mashinani kerakli manzilda ohista to'xtatdi. Ortidan bo'lsa uning yana ikkita sodiq yigitlari ham mashinasini to'xtatgancha, Sarfaroz qatori tushishar ekan, Sarfaroz ularga qarab ishora qilgani uchun joyidan jilmay turardi. O'zi bo'lsa ikki qavatdan iborat bo'lgan uyga yaqinlasha boshladi va obdon ko'zdan kechirdi. Eshikni qoqar ekan, ichkaridan bir ayolning ovozi yangradi. Bir necha soniya o'tib eshik ohista ochilib, eshikdan jingalak va Tim qora sochlari yuqoriga turmaklangan, oppoq va to'lachadan kelgan ayolning qorasi ko'rindi. --- Gipsofila qayerda, qani u? - deya Sarfaroz unga bepisand nigoh tashlab keskin gapirdi, --- Kechirasiz, kimsiz? - dedi Marianna savol Nigohi bilan qarab. Shu payt ortidan Iroda ham yetib kelib, qiziqsinab mo'raladi, --- Menga Gipsofila kerak, - deya Sarfaroz iloji boricha o'zini bosishga harakat qildi, --- Kechirasiz Janob, bu yerda Gipsofila ismli hech Kim yashamaydi, --- Ahmoq qilishga urunma, - deya Sarfaroz eshikni Kuch bilan ochgancha ichkariga bostirib kirdi, --- Nima qilyabsiz? Bu qanday behurmatsizlik, - deya Marianna o'shqirdi. Sarfaroz bo'lsa unga e'tibor ham bermay uyni ko'zdan kechira boshladi, --- Qayerda u? Yoki Yana qochib kettimi? - deya asabiy vishiillar ekan, bolalar belanchagida kulib yotgan ko'm ko'k ko'zli go'dakka e'tiborsiz ko'z tashlab qo'ydi. Markazidagi gulli devorga osib qo'yilgan sur'atga ko'zi tushdi. Uni juda yaxshi tanidi. Qanchalar sog'ingan malagini sur'atda ko'rib, bir oz termulib qoldi. Gipsofilaning sochiga gipsofila gullarida yasalgan gulchambar va oppoq libosi ustidan yopinchiq tashlab, doimgidek beg'ubor tabassum qilib turgan suratiga o'zgacha ruh va hayrat bilan qaradi. Sarfarozning buyrug'i bilan odamlari uyni ostun ustun qilib tashladi. Iroda bo'lsa belanchakda endi yig'lay boshlagan go'dakni qo'liga olgancha ovuta boshladi, Marianna ham miq etmay barchasini kuzatib turardi. Uy ostun ustun bo'lgani uchun Marianna va Iroda go'dakni Chang to'zon bo'lgan uydan toza havoga olib chiqishdi. Sarfaroz bo'lsa asabiy mashinasiga suyanib turardi. Ayyorona nigoh bilan Iroda va Marianna turgan yerga yaqinlashdi. Iroda unga qovoq uyib qarab turar ekan, qo'lidagi go'dakni mahkamroq ushladi. Sarfaroz bo'lsa yonidagi qurolini olib o'qladi va Mariannaga qurolni keskin o'qtladi. Mariannaning ko'zlari moshdek ochildi, --- Senlardan so'ngi Marta so'rayman. Gipsofila qayerda? U shu yerda yashaganini bilaman. Aytasan yoki o'lasan, --- Men, men rost aytyabman, bilmayman, - deya ovozi titrab chiqdi Mariannaning, --- Afsusdaman, - deya endi Sarfaroz tepkini bosmoqchi edi, --- Qo'yib yuboring ularni. Nimalar qilyabsizlar, - deya William uzoqdan yugurib kela boshladi. Sarfaroz unga ohista nigoh tashladi, --- Sen kimsan? --- William, - deya Iroda Williamga nigoh tashladi. --- Ularga tega ko'rma, - deya William Sarfarozning quroliga bor kuchi bilan tashlandi. Sarfaroz bo'lsa bir zarbada uni yerga qulatdi va yoqasidan siltab devorga tiragancha qurolini peshonasiga tiradi, --- Bolakay, bu ishlarga aralashishga yoshlik qilasan. Ammo aralashib bo'lding. Hozir ko'zingni ochib yumguningcha peshonanga o'qni joylab qo'yaman. Agarda menga Gipsofilani qayerda ekanini aytmasang. O'ylashga vaqting yo'q --- Men tanimayman, bilmayman, --- Bu yerda hammaning gapi shu. U shu yerda yashaganini juda yaxshi bilaman, qayerda u? - deya Sarfaroz qattiq o'shqirdi, --- Men, men faqat Sohibjamol yashashini Bilaman. Boshqasini bilmayman, --- Unda hayr, - deya endigina tepkiga barmog'ini qo'ydi, --- Sarfaroz, Sarfaroz, - deya Gipsofila Katta yo'ldan nafrat va hayrat bilan kelar ekan o'shqirdi. Sarfaroz bo'lsa unga tanish bo'lgan ovozni eshitib asta ayyorona jilmaydi va nigohini shaxdam qadamlar bilan mag'rur kelayotgan Gipsofilaga qaratdi. Williamni siltab yerga uloqtirib, Gipsofilaga g'olibona boqib kutib turardi. --- Ooo, Gipsofila Yusufni o'zginasku. Vanihoyat diydor ko'rishdik, xotinjon, - deya Gipsofilaga Ta'nali ohangda gapirdi. Ammo ko'zlaridan qanchalar sog'ingani, muhabbati yaqqol sezilib turardi. Gipsofila bo'lsa Alam bilan unga boqdi, --- O'chir. O'chir meni xotinim deyishga haqqing yo'q, - ularning bir biriga qilayotgan yov qarashlariga Marianna va Iroda hayrat bilan qarab turardi. Sohibjamol Qanaqasiga Gipsofila ekanini, Mana bu havfli yigit bo'lsa Qanaqasiga uni rafiqasi ekanini aqliga sig'dira olishmasdi. --- Tomosha tugadi Sohibjamol, endi koshonamizga jo'naymiz, - deya Sarfaroz Gipsofilaga kesatuv ohangida gapirdi. Gipsofila bir unga, so'ng Irodaga va uning qo'lidagi tinmay yig'layotgan go'dakka qo'rquv bilan bilan boqardi, --- Men sen bilan ketmayman, --- Bu iltimos emas. Buyruq, - deya Sarfaroz unga jiddiy qaradi. Gipsofila bo'lsa nigohini Zeynebdan uzmasdi. Sarfaroz buni bilmasligi kerak Deb ichida bod bod takrorlardi. Zeyneb bo'lsa tinmay g'inshib yig'lardi. Iroda bo'lsa uni ovutolmay halak edi. Sarfaroz bir Gipsofilaga bir go'dakni ovuta olmayotgan qizga nigoh tashladi. Gipsofila Sarfarozning Zeynebga qarashini ko'rib esi chiqib ketdi, --- Sarfaroz, - deya uni ismini keskin aytib o'ziga qarashiga majbur qildi, --- Sen bilan o'rtamizda hech qanday bog'liqlik qolmagan, - deya Gipsofila Sarfarozdan nigohini uzmay gapirdi, --- Menga buni Qizig'i yo'q. Meni ahmoq qilib, tuyg'ularim bilan o'yin qilib ketganingni tovonini to'laysan, jonginam. Seni bir Kun topishim aniq edi. O'ylaymanki, sen ham buni juda yaxshi bilgansan va bu Kun uchun tayyorgarlik ko'rganing aniq. Hoziroq men bilan birga ketasan, Ortiqcha gap so'zsiz, Ortiqcha harakatsiz. Seni bitta qilgan qaltis harakating faqatgina o'zinga zarar, --- Qo'lingdan kelganini qil. Sen bilan hech qayerga ketmayman. Bir yarim yil, oradan shuncha vaqt o'tdi. Allaqachon o'zinga ovunchoq topib olgandirsan. Borib o'shalarga gapingni o'tkazasan menga emas, --- Opa, Zeyneb, - Gipsofila Irodaning keskin aytgan gapiga ko'zlarini katta katta ochgancha unga qaradi. Iroda bo'lsa qo'lidagi hech ovutolmayotgan go'dak bilan ohista Gipsofilaga yaqinlashdi. --- Sohibjamol, seni Zeyneb juda sog'indi. Qara tinmay yig'layabti, - deya qo'shimcha qildi Marianna ham. Sarfaroz avval ularga savol Nigohi bilan qaradi. Gipsofila bo'lsa Sarfarozga daxshat nigohlari bilan qaradi, so'ng Iroda uzatayotgan go'dakni qo'llari qaltiragancha bag'riga oldi. --- Zeyneb, - deya asta pichirladi Sarfaroz. O'tmish --- Men ota bo'lgim kelyabti, - deya Sarfaroz yotoqda kitob o'qib o'tirgan Gipsofilaning tizzasiga Bosh qo'yib yotar ekan shivirladi, --- Aqldan ozdingmi Sarfaroz? Hali farzand ko'rishga erta, --- Nahotki tezroq ona bo'lging kelmasa. Beg'ubor farzandingni kichkina qo'llaridan tutishni istamasang, --- Istayman albatta. Ammo men Hali homilador emasman. Ahir endigina bir oila bo'lganimizga bir oy bo'ldi. Sen menga katta to'y ham qilib bermading, --- Ahir, yaqinlarimizga ziyofat uyushtirdikku, Yana qanday to'y kerak senga? --- Men Gipsofila Karterman. O'zimga yarasha hurmatim bor. To'yim butun New Yorkda ovoza bo'lishi kerak edi, --- Adashding Sevgilim sen Gipsofila Karter emas. Gipsofila Yusufsan. Yodingdan chiqarma. Keyin bizni to'yimiz unchalik katta bo'lmagan bo'lsa ham, butun jurnallaru, ijtimoiy tarmoqni portlatdiku, --- Hmm, - deya Gipsofila ensasini qotirdi --- Hey sen nega Gapni buryabsan? --- Qaysi Gapni? --- Farzand masalasini, --- Nima qilish kerak Farzand masalasini, --- Agar ilk Farzandimiz o'g'il bo'lsa ismini Nima qo'yamiz, --- Zayd qo'yamiz, --- Yaxshi ammo nega endi Zayd? --- Chunki men shuni hohladim. Agar ilk Farzandimiz qiz bo'lsa uni ismi Zeyneb bo'ladi, --- Zeyneb? - dedi Sarfaroz Gipsofilaga mehr bilan qarar ekan, --- Ha Zeyneb, --- Nega endi Zeyneb? Sen adolatsizlik qilyabsan. Men ham farzandimizga ism qo'yishga haqliman --- Albatta haqlisan. Ammo men istagan ismni qo'yasan, --- Bu men tanlagan ism bo'lmaydiku ahir, --- Ahir fsrzandni men dunyoga keltiraman. Shunday ekan qizimizni ismi Zeyneb o'g'limizniki esa Zayd bo'ladi. Hozirgi Kun! --- Zeyneb u .. u meni qizimmi? - deya go'dakni bag'riga bosib turgan Gipsofilani qo'lidan ushlagancha o'ziga qaratdi. Sarfaroz bunday bo'lishini hatto hayolining bir chetiga ham keltirmagandi, --- Aljirama. Zeyneb .. U faqat meni qizim, - Gipsofila mag'rur Javob berdi. Sarfaroz bo'lsa uning bu gaplaridan asabiylashib, --- Gipsofila jahlimni chiqarma. Zeyneb u meni qizim. Shundaymi? Agar menga hiyonat qilgan bo'lsang, - Sarfaroz gapini davom ettira olmadi yuziga qattiq tarsaki tushdi, --- Yetar. Endi bunisi oshiqcha. Yo'qol ko'zimdan, --- Bekorlarni aytibsan. Hoziroq aytganimni qilib mashinaga chiqasan, --- Hech qachon, --- Shunday de. Yaxshi, - deya qo'lidagi qurolini keskin uni yaqinda turgan Williamni bo'ynidan changallagancha peshonasiga tiradi, --- Ho'sh, Sohibjamol honim. Hoziroq mashinaga o'tirasan. Yoki Nima bo'lishini o'zing juda yaxshi bilasan, --- Uni qo'yib yubor Sarfaroz, --- Uzoq kutishni yomon ko'raman. Bilasan qo'limdan keladi. Uni o'limini istamasang, men bilan ketasan. Sen ham Qo'lingdagi ham. Javobningni kutayabman, --- Qo'lingdagi? Qo'limda bir matoh emas. Meni borlig'im Qizalog'im turibti Sarfaroz. Og'zinga erk berib yubording, --- Vaqt tugadi, --- Yooq. Shoshma, ketaman. La'nati. Sen bilan ketaman, --- Ajoyib, mashinaga chiq, --- Men ular bilan gaplashib olishim kerak, - deya Gipsofila Iroda va Mariannaga yaqinlashdi. Sarfaroz bo'lsa Williamni burchakka siltagancha uloqtirib yubordi, --- Opa endi Nima qilasiz? Ketasizmi? U sizni eringizmi? --- Sohibjamol seni isming Gipsofilami? Zeyneb o'sha yigitni bolasimi? --- Hozir sizlarga hech narsa aytib o'tirishga vaqtim yo'q. Iroda sen shu yerda bo'lib tur. Hozir seni birga olib ketolmayman. Sarfaroz sen bilan ham tahdid qilishi mumkin. Seni yoningda do'stlarimni jo'nataman. Hopmi? --- Yaxshi opa Ehtiyot bo'ling. Opajonim sizni yaxshi ko'raman, - deya Iroda uni qattiq bag'riga bosdi. Sarfaroz mashinaning ort eshigini ochib Gipsofilaga mamnun qaradi. Gipsofila bo'lsa nafrat bilan qaragancha, mashinaga joylashdi. Qo'lidagi Qizalog'i onasining bag'rida uxlab qolishga ulgurgandi. •••••••••• Katta va mashhur restaurantning o'rindiqlardan birida oq ko'fta va qora yubka kiyib olgan, sochini yuqoriga turmaklatgan, oldida bo'lsa bir qismi jingalak holatda qoldirilgan Dilhumor qahvasidan ho'plar ekan. Qarshisida sochini jingalak qilib yoyib olgan Halika asabiy finjondagi qahvani qoshiqda tinmay kovlab o'tirardi, --- Bas qilsangchi, - deya Dilhumor koyib berdi, --- Sarfaroz qayerda ekanini bilmaysizmi? --- Bu to'rtinchi bor so'rashing Halika. Yo Tangrim, sabr ber menga. Men qayerdan bilaman, --- Tongdan beri qayerda ekan? --- Sarfaroz yosh bola emas Halika. Ishi bordirki yurgandir. Bunchalik zuluk kabi yopishib olma, --- Undan havotir olyabman, --- Nima? Sarfarozdanmi? Uni yonida bo'lgan odamdan havotir ol. Sarfarozga Jin ham urmaydi, uni yonida Kim bo'lsa ham u bundan mustasno. •••••• Sarfaroz mashinani darvozadan olib kirar ekan. Gipsofilaning ko'z o'ngidan xotiralari birma bir o'ta boshladi. Uyga mashina oynasidan ohista boqar ekan, chuqur ho'rsindi. Mashina darvoza oldida to'xtadi Sarfaroz mashinadan tushib, ort eshikni ochib, Gipsofila va Zeynebni tushishiga ko'maklashdi, --- Yoqimli hotiralaring o'tgan uyga hush kelibsan Gipsofila Yusuf, - Gipsofila Zeynebni ko'targancha hech bir so'z demay ichkariga kirib zinalardan ko'tarilib ketdi. Hech bir so'zsiz o'zining eski xonasiga kirib ketdi, --- Hali barchasi uchun Javob berasan Gipsofila, - deya ortida qolgan Sarfaroz asta shivirladi. Gipsofila Zeynebni ohista yotoqga joylashtirar ekan Sarfaroz kirib keldi, --- Xo'sh endichi? Endigi rejang qanday Sarfaroz Yusuf? --- O'zing vaqt o'tishi bilan ko'rib Amin bo'lasan, --- Nimaga Amin bo'laman Nimani ko'raman? Ho'sh, --- Shoshilma hayotim, - deya Gipsofilaga yaqin kelib ohista yuzidan siladi, --- Meni tuyg'ularim rost edi Gipsofila. Seni haqiqatdan sevardim. Tuyg'ularim to'g'risida senga hech qachon Yolg'on gapirmagandim. Sen o'sha kuni qoldirgan maktubing hayotimni ostun ustun qilib yubordi. Sen bunga erishding. Qoyilmaqom qasos olding, --- Bilaman. Sen bundan battariga ham loyiqaan aslida. Seni qilmishlarini Kechirib bo'lmaydi, - deya Gipsofila undan uzoqlashdi. Sarfaroz bo'lsa uxlab yotgan go'dakni yoniga o'tirib, kichkina va beg'ubor qo'llaridan tutdi, --- Zeyneb. Nahotki sen meni qizim bo'lsang, - deya ohista bag'riga oldi. To'yib hidladi. Gipsofila bo'lsa buni tomosha qilib tura oldi holos. U o'zini shu qadar shafqatsiz onadek his qildi. Farzandini ota mehridan mahrum qilgani uchun. Ammo Zeyneb endigina besh oylik bo'ldi. Sarfaroz hech qachon endi uni yolg'iz qo'ymasligi aniq. Unga juda mehribon ota bo'ladi. Gipsofila ohista tabassum qildi. Shu hayollar bilan turganda eshikdan Sochi tepaga turmaklangan, qora ko'fta kiyib olgan ayol kirib keldi. Sarfaroz bo'lsa Gipsofilaga qarab qo'ydi-da, u ayolni yoniga bordi. Gipsofila hech nimani tushunmay, Jim kuzatardi, --- Janob, --- Mana, - deya Sarfaroz qo'lidagi go'dakni ayolning qo'liga topshirdi. Gipsofilaning ko'zlari katta katta bo'lib ketdi, --- Qizimni menga Bering, - deya ularga keskin yaqinlashdi. Ammo Sarfaroz uni belidan tutib qolgancha quchog'iga oldi. Ayol Gipsofilaga qo'rquv bilan qarab qo'ydi-da, Zeynebni ko'targancha chiqib ketdi. Gipsofila bo'lsa qancha urunmasin, Sarfarozning changalidan Chiqolmadi, --- Yana Nima qilyabsan Sarfaroz? Zeynebim. Qo'yib yubor meni. Nima istaysan o'zi? - deya nafrat bilan o'shqirib pitirchiladi, --- Tishsh, - deya Sarfaroz unga asta qaradi, --- atayin qilyabsan? Shundaymi? Meni azoblash uchun atayin shunday qilyabsan? --- Sen meni farzandimdan bir yilga ayirding, - deya Gipsofilaning ko'z yoshlarini artar ekan, asta qulog'iga shivirladi. --- Sen meni farzandimdan bir yilga ayirding, - deya Gipsofilaning ko'z yoshlarini artar ekan, asta qulog'iga shivirladi. --- Hatto farzandim borligini ham bilmadim. Oradan uzoq muddat o'tdi. Sen qorangni ham ko'rsatmading. Sen kabi hudbin emasman Gipsofila. Sen juda katta hatoga yo'l qo'yding. Endi buni tovonini ortig'i bilan to'laysan. Farzandni otadan ayirganing uchun, pushaymon bo'lasan, - deya Sarfaroz Gipsofilaning sochlaridan ohista silar ekan, qulog'iga pichirladi, --- Menga bunday qilishinga yo'l qo'ymayman.U meni qizim. Sen esa hech Kim emassan. Zeynebni mendan olib qo'yolmaysan, - deya Gipsofila o'shqirgancha eshikka otildi. Ammo Sarfaroz bu safar ham uni tutib, qo'llarini ortga qayirib g'azab bilan qaradi, --- Menga qara. Seni ko'nglinga ozor bermaslik uchun juda ko'p urundim. Endi unaqasi ketmaydi. Zeyneb kerak bo'lsa, meni chizgan chizig'imdan chiqmaysan go'zalim, - deya yuzidan changallagancha g'azab bilan gapirdi va uni yotoqqa uloqtirgancha xonani tark etdi. Gipsofila bo'lsa alamdan tilini tishlagancha qoldi, --- Zeyneb, uni qayerga olib ketdi? Sarfaroz Zeynebga ziyon yetkazadigan Hatti harakat qilmaydi. Bu aniq, ammo nega men havotirlanyabman. Albatta ahir farzandimni bag'rimdan yulib oldi, - deya Gipsofila ohista nafrat bilan shivirladi. Oradan bir necha daqiqa o'tib tashqarida shovqin suron eshitildi. Gipsofila o'zini eshikka urdi, ammo uning qulf ekanini bilgach, ichida Sarfarozga lanatlar yog'dirgancha, ayvonchaga chiqib atrofni zumdan kuzatdi. Unga tanish bo'lgan chehralarni ko'rib yuzi yorishdi. Bog'dagi yo'lning boshida ancha o'zgargan, sariq sochlari yelkasiga tushib, atrofga jiddiy boqib turgan Dianaga, uni yonida uni qo'lidan ushlagancha tinchlantirayotgan Magnusga, asabiy tinmay telefonidan ko'z uzmayotgan Stilesga va uni yonida atrofni ehtiyotkorlik bilan kuzatayotgan Saraga ko'zi tushdi. Eshikdan qop qora ko'ylak kiyib olgan Sarfaroz jiddiy va mag'rur chiqib keldi. Ular Sarfarozni ko'rishi bilan u tomonga oshiqishdi, --- Gipsofila qani? Qani u Sarfaroz? --- Uni hoziroq bu yerdan olib ketamiz, --- Uni bu yerga olib kelishga qanday hadding sig'di? --- O'zingni Bos Diana. Gipsofilani hoziroq o'zimiz bilan olib ketamiz, --- Gipsofila hech qayerga ketmaydi, u meni qonuniy rafiqam. Bu yerga kelib, uyimni boshingizga ko'tarishni bas qiling, - deya Sarfaroz jiddiy a nafrat ko'zlari bilan so'zladi, --- Uni endi senga umuman aloqasi yo'q. Oradan bir yildan oshiq vaqt o'tdi. Shunday ekan rafiqam deb da'vo qilishga haqqing yo'q, - deya Sara jiddiy huddi sud zalida nuqt so'zlayotgandek gapirdi. Bularni barchasini Gipsofila sabr bilan tinglab, kuzatib turardi. Ayvonchaning mahsus tutqichidan ushlar ekan, beihtiyor qattiq qo'llari bilan qattiq siqdi, --- Kechirib qo'yasiz Advokat honim. Gipsofila Hali ham meni rafiqam shuningdek endi farzandimni onasi ham. Zeynebni tekshiruvdan o'tkazdim. Uning otasi menman. Shuningdek Gipsofila bir yil menga bolamni ko'rsatmay, berkitgani uchun aybdor. Nafaqat mening oldimda, hatto qonun oldida ham. Buni bo'lsa Advokat honim siz juda yaxshi bilsangiz kerak. Shunday emasmi? - deya Sarfaroz g'olibona jilmayib o'ziga ishonch bilan gapirdi. Gipsofila bo'lsa bu gaplarni eshitar ekan, ko'z oldi qorong'ulashib, go'yo havo yetishmayotgandek ichkariga qaytib kirdi va qo'llarini sochlari orasidan asabiy o'tkazar ekan, --- Sen odam emassan Sarfaroz, - deya nafrat bilan shivirladi. Tashqarida bo'lsa qolganlar bir biriga hayrat Nigohi bilan qarab, hech narsaga tushunmay turishardi, --- Gipsofilaning farzandi? - sukutni Diananing ohista tushunmay aytgan gapi bo'ldi, --- Uni farzandi bormi? - Stiles ham g'alati nigoh bilan Sarfarozga qaradi, --- Biz Gipsofilani ko'rmoqchimiz. Bunga albatta haqqimiz bor, - deya Sara jiddiy qaradi. Sarfaroz bo'lsa indamay, shunchaki harakat bilan, uyga kirishni imladi. Gipsofila yotoqda asabiy o'tirar ekan, eshik ochilayotganini payqadi, ammo e'tiborsiz qo'lini iyagiga tiragancha o'ylanib o'tiraverdi. Eshikdan tezlikda kirib o'zini Gipsofilaning quchog'iga urgan Diana, uning ohista qo'zg'alishiga sabab bo'ldi. Ular bir birini shu qadar uzoq bag'riga bosdiki, Diananing ko'zlaridan yosh dumaladi, --- Seni kechirmayman Gipsofila. Doim o'zingni o'ylaysan, bizni emas. Meni emas, seni o'ylab tuzuk yashamadim ham. Sen haqiqiy hudbinsan, - deya yig'lab unga nigoh tashladi. Gipsofila bo'lsa kulgancha uning ko'z yoshlarini artdi, --- Bo'ldida Diana bizga ham qolsin Gipsofila, - deya Sara hazil aralash kuldi. Gipsofila qolganlarni ham bag'riga bosib, bor sog'inchini chiqarishga, dardlarini unutishga harakat qildi. Ular bir oz muddat suxbatlashishar ekan, --- Diana Karmelga borishing kerak. Mana shu manzilga borasan, Irodani oldida bo'lolmayapman, - deya qog'ozga qandaydir manzilni yozib berdi --- Kim u? --- Meni singlim. Uning onasiga qizingizga ko'z quloq bo'laman deb va'da berganman. Ammo hozir u yolg'iz. Undan har narsa kutish mumkin. Juda qaysar va bilganidan qolmaydi. Shuning uchun undan havotir olyabman. Iloji bo'lsa ertagayoq uni yoniga boring hopmi? --- Hop, avval sen bizga farzanding haqida gapir. Nahotki endi o'zboshimcha va qaysar malikamiz ona bo'lsa, - deya Diana mamnun so'zladi, --- Shunday, ammo u hozir Nima qilyabti? Kim bilan bilmayman? Sarfaroz bo'lsa g'azab otiga mingan. U haq men adolatsizlik qildim. Uni farzandidan ayirdim, --- Hafa bo'lma barchasi o'z iziga tushadi hali, --- Sizlar borib, aytganimni qiling. Kampaniyada ishlar qanday? - Diana va Magnus bir biriga ma'noli qaradi. Buni payqagan Gipsofila, --- Nima muammo gapirsangizchi? --- Haligi hammasi joyida, - dedi Diana tortinib, --- Ishonchliroq Yolg'on to'qi Diana. Kompaniya bilan o'zim shug'ullanishim kerakka o'xshaydi. Yo'qsa necha yillik mehnatim, - deya Gipsofila ko'zlarini yuqoriga qaratdi, --- Havotir olma. Hali seni Chamomile Daisy kompaniyasida yigirma besh foizlik aksiyang turibti, - deya Stiles mamnun gapirdi --- Nahotki. Halika tortib olmagan bo'lsa, --- Bunga Sarfaroz va Volkan yo'l qo'ymadi, --- Tushunarli, - deya Gipsofila kayfiyatsiz gapirdi. ••••••••• kech tushganda Katta oppoq naqshlariga tilla quyilgan eshik ochilib, qorong'uda oq oyoqkiyimi shundoq ko'rinib turgan Alihan uyga kirib keldi. Shu on chiroqlar yalt etib yonib, butun go'yo qasr kabi uyni yoritdi, --- Ertalabdan beri qayerda eding? - o'rindiqda ikkala qo'lini iyagiga qo'yib, jiddiy o'ylanib o'tirgan Yaygin ukasiga nazar tashlar chog'i savol berdi. O'rindiqning tutqichida tungi qora ko'ylak kiyib olgan Yasimin ham Alihanga savol nigohi bilan qaradi, --- Yaqinda o'n to'qqizga kiraman. Qachongacha har qadamimni poylab yurmoqchisizlar, --- Behurmatsizlik qilma Alihan. Sen qanday ekaning yaxshi bilganimiz uchun ham doim shubha ostida yurasan, - deya Yaygin qoshlarini chimirgancha Alihanni koyidi, --- Bo'ldi, asabiylashmang. Alihan endi yosh bola emas. Istaganini qilsin, qo'yib Bering, --- Ohoo, kelinoyi qachondan beri. Ahir akamni menga qarshi qayraydigan o'zingiz emasmidingiz? --- Bas qil Alihan. Honanga bor. Kech bo'ldi, - deya Yaygin shu yerda suxbatni tamomlab o'rnidan turgancha, zinalardan ohista yuqorilab ketdi. Yasimin bo'lsa Alihanga yo'v qarash qildi, --- Nima? - dedi Alihan, --- Hech, shunchaki biram aqillisanki qaynijon. Ammo meni ham juda yaxshi bilasan. Shu kunlarda haddingdan oshib ketding. Ehtiyot bo'l, tag'in qilgan qaltis harakatlaring o'zinga qarshi bo'lmasin, - deya Yasimin ayyorona tabassum qilgancha u ham zinadan yuqorilab ketdi, --- Jodugar, - deya nafrat bilan Alihan Yasiminning ortidan shivirladi. •••••••••• --- Bu qanaqasi qayerdan topib kelding uni? Yana kimdandir orttirgan bolasini ham qo'shib olib kelibsan. Aqldan ozmaganmisan? - deya Dilhumor xonada asabiy u yerdan bu yerga yurar ekan, yotoqda shiringina bo'lib uxlab yotgan go'dakka nazar tashlab qo'ydi, --- Opa, og'zingizga erk berib yubormang. Zeyneb meni farzandim, --- Ishonching komilmi? Shunga aminmisan? --- Shubha bo'lishi mumkin emas. U shubhasiz meni farzandim. Uni biroz avval shifokor chaqirib, ko'rikdan o'tkaztirdim. Otalikni aniqlash bo'yicha DNK ekspertizasini ham o'tkazdim. --- Tushunarli. Endi Nima qilmoqchisan? --- Hech narsa? Gipsofila Qizimni mendan tortib olishiga endi yo'l qo'ymayman. Zeyneb kerak bo'lsa shu yerda qolishga majbur, --- Jin ursin chidab bo'lmaydi. Gipsofilani Kechirasanmi? Undan Zeynebni tortib olib, o'zini ko'chaga uloqtirishing kerak. Bir tarafda Halika ham bor Sarfaroz. Yaxshilab O'yla, --- Zeynebni onasidan judo qilish. O'ylab gapiryabsizmi opa? Hech zamonda onadan bolani ajratish mumkinmi? --- Halika. Halika unga onalik qiladi. U sendan umid qilib yuribti ahir. Sen uchun farzandingni ham o'z farzandidek ko'radi. Uning ustiga Gipsofila bolani otadan ayirdi. Bu mumkinmidi? Sen qayta Gipsofilaga imkon berolmaysan, aqlingni yeg', --- Siz kalta o'ylayabsiz. Gipsofilani bu kabi jazolay olmayman. Uni oldida faqatgina bitta tanlov bor. Zeynebni doim yonida bo'lishini istasa, men bilan yashashga majbur, gap tamom. Ahmoqona hayollaringizni yeg'ishtiring, - deya Sarfaroz yotoqda yotgan Zeynebni jilmaygancha ohista qo'liga oldi, --- Kelaqol dadasini erkatoyi, - deya uni erkalata eshikdan chiqib ketdi. Uni bu holatda ko'rgan Dilhumorning beihtiyor yuziga tabassum yugurdi. ••••••••• Volkan mashinasini rulini burgancha katta ochiq turgan darvozadan kirar ekan, yerda behush yotgan odamlariga ko'zi tushib, oz muncha bo'lsa ham Nimalar sodir bo'lganini payqab, hafsalasiz mashinadan tushdi. Ortidan Jacob ham yugurgancha yetib keldi, --- Sen qayerda eding Jacob? --- Kechiring janob, ish bilan ketgandim, --- Albatta Gipsofilani bular bilan yolg'iz qoldirish, oqibati qanday bo'lishi aniq edi. U qayerga ketgan, aniqla, --- Hop bo'ladi Volkanbey, - deya Jacob chiqib ketdi. Volkan bo'lsa Gipsofila tunagan xonaga kirib, bir zum atrofni ko'zdan kechirdi. Ko'z oldida uning bolalardek beg'ubor Hatti harakati tasvirlandi. Beihtiyor yuziga kulgu yugurdi. •••••••••• Gipsofila ayvonchada o'ychan turar ekan. Eshik ochilib qo'lida go'dak bilan kirib kelgan Sarfarozga ko'zi tushishi bilan, u tomonga o'zini urdi. Mehr bilan Zeynebga qarar ekan, --- Menga ber iltimos. Zeynebimni sog'indim, --- Dadasini Qizalog'i oyisiga boradimi, - deya Sarfaroz asta Zeynebni Gipsofilaga tutqizar ekan, ikkisining ko'zi bir biriga tushdi. Gipsofila unga nafrat bilan qaradi. Sarfaroz bo'lsa ma'noli kulib qo'ydi, --- Nega? - deya Gipsofila savol nazari bilan Sarfarozga qaradi,. Sarfaroz bo'lsa uning gapini davom etishini kutib, boqib turdi, --- Shubhalandingmi? Zeyneb seni qizing bo'lmay chiqishidan. Meni ham o'zinga o'xshatdingmi? Senga hiyonat qilgan bo'lishim haqida miyyangdan qanday hayollar o'tganini sezib turibman, --- Bas qil Gipsofila. Menga hiyonat qilgansan deb og'zingni to'ldirib gapirishni bas qil. Zeyneb meni qizim, men bunga ishonch hosil qilish uchun ekspertiza o'tkazdim holos. Buni vahima qilarli yeri yo'q. Bundan tashqari Zeynebni sog'lig'i ham muhim, qishloq sharoitida yashagandan so'ng, undan tekshiruvlar o'tkazish zarur edi, --- Agar, agar Zeyneb seni farzanding bo'lmaganda Nima qilarding? Bizni Ko'chaga quvib solarmiding, --- Yo'q, seni o'ldirardim, - deya Sarfaroz nafrat bilan qaradi, --- Bilasanmi Nima? --- Xo'sh.... --- O'sha mudhish kecha, yodingdami? O'sha kecha seni o'ldirmaganimdan Afsusdaman, - deya Gipsofila ohista pichirladi Sarfaroz bo'lsa mahzun jilmaydi, --- O'rtamizda Nima bor o'zi hech Tushunmayapman. Muhabbat bunday bo'lmaydi. Nafratmi bu? --- Yo'q. Nafratlanish uchun sevmoq kerak. Men bo'lsa seni ortiq sevmayman, --- Shu gapinga ishonaymi? Ko'zlaring aldamaydi to'g'rimi? - deya Sarfaroz bir Gipsofilaga bir qo'llarini yuqoriga ko'tarib o'ynatayotgan Zeynebga nigoh tashladi. Gipsofila indamadi, --- Zeynebni menga ber, - deya Sarfaroz qo'lini Zeynebga qo'lini Cho'zar ekan, Gipsofila undan bolani olib qochdi, --- Nega? Yana Nima istaysan? --- Sen dam olishing kerak. Bolani yaxshilikcha qarshiliksiz menga ber, --- Nega meni Zeynebdan ayiryabsan? --- Gipsofila sendan hech Kim hech kimni ayirayotgani yo'q. Shunchaki uni menga ber. U bu kecha sen bilan qolmaydi, --- Bekorlarni aytibsan, --- Har bir qilgan qarshiliging nimalarga olib kelishini juda yaxshi bilasan Sevgilim, - deya uni qo'lidan bolani olgancha, tashqariga chiqib ketdi. Gipsofila eshik oldiga borib Sarfaroz kimdir bilan gaplashib turganini eshitdi, --- Bolaga yaxshilab ko'z quloq bo'l. Unga shifokor yozib bergan dorilarini berish yodingdan ko'tarilmasin, -- dedi Sarfaroz. Bu gaplarni eshitgan Gipsofila qo'rquv bilan turar ekan, yoniga Sarfaroz qaytib kirdi, --- Qanday Dori? Zeynebga qanday Dori bermoqchisan? U soppa sog', eshityabsanmi? Bolamni Nimalar qilyabsizlar o'zi Jin ursin, --- Unga o'zgacha parvarish kerak Gipsofila. Zeynebda kasallik intoksiksikatsiyalari mavjud, turmush va ovqatlanish sharoitining kamko'stligi bilan bog'liq. Uni sendan hech Kim tortib olayotgani yo'q, - deya Sarfaroz yuvinish honasiga kirib ketdi. Gipsofila bo'lsa o'ylangancha ko'zguga qarab turar ekan. O'zini huddi ojizadek his qila boshladi. Avvalgi Gipsofiladan hatto ko'rinishida ham asar qolmagandi. Uzun qora sochlari kaltalatilgan va malla rangda edi. Avvalgidan ozmuncha to'lishgan ham. Ko'ylagining belini asta tortib ko'rar ekan, haqiqatdan avvalgi nozik hilqat sohibidan hech vaqo qolmagandek edi go'yo. Ammo ona bo'lib go'zalligiga go'zallik qo'shilgandi. Avvalgidan betakrorlashgandi. Shularni o'ylar ekan ohista yuziga tabassum yugurdi. Ko'zini uyqu bosar ekan, ohista yotoqqa joylashib yon boshlab yotdi. Ko'zlarini yumib endi uyquga ketayotgan chog'i, ortidan quchgan qo'llarni his qildi. Bu shubhasiz Sarfaroz edi. Uni o'zidan uzoqlashtirmoqchi bo'ldi ammo eski hotiralari ko'z o'ngida kino tasmasidek aylana boshladi, --- Haqiqatdan ham seni tirik qoldirganimga afsusdamanmi? - deya Gipsofila o'ziga o'zi pichirladi va o'sha kechani eslay boshladi. O'tmish! Qorong'u keng xonani ayvonchadan tushayotgan oy shulasi hiyol bo'lsada yoritib turardi. Tashqaridan kirayotgan salqin shamol Ayvonchaning ikki chetidagi yengil pardalarni shuningdek nigohidan nafrat aks etib turgan Gipsofilanining sochlarini ham to'zg'irdi. Gipsofila qo'li titragancha qurolni qarshisida hech bir qo'rquvsiz va hissiz turgan Sarfarozga qarata o'qladi. Shundoqqina nafrat ufurib turgan ko'zidan bir tomchi yosh qalqib chiqdi, --- Nega yig'layabsan? Meni otmaysanmi? O'ldir meni. Shundagina ko'ngling hotirjam bo'lsa o'limga tik boqaman Gipsofilam, --- Menda qanday qasding borki, birma bir yaqinlarimdan judo qilyabsan Sarfaroz? O'yiningda istagancha o'ynatding. Yetar, shunchasi. Sen bilarding, Jeremy menga qanchalar yaqin ekanini juda yaxshi bilarding. Shunga qaramay uni o'ldirding. Avvaliga oilam, endi do'stlarimmi? Ayt meni shuncha azoblash senga huzr baxsh etadimi? --- Hammasi sen o'ylagandek emas Gipsofila. Men majbur edim. Jeremyga kelsak, uni o'limida faqatgina sen aybdorsan. Men senga avvaldan bu ishlarga aralashmasligingni aytgandim. Sen bo'lsa Aksincha, shunday emasmi? Hali seni bu qilgan ishlaring, qanday vaziyatlarga olib kelishini yaxshi bilmaysan, --- Menga farqi yo'q. Menga endi bularni Qizig'i yo'q. Jeremy o'ldi, Lidia ham o'ldi. Sen ham o'lasan Sarfaroz, - deya Gipsofila qurolni endigina tepkisini ohista bosishga harakat qilar ekan. Sarfaroz istehzoli jilmaydi, --- Shu ish Qo'lingdan keladi deb o'ylayabsanmi? --- Shubhang bormi? --- Shunday. Sen meni o'ldira olmaysan. Buni o'zing ham bilasan. Istaysanmi senga barchasini aytib beraman. Haqiqatlar bugun oshkor bo'ladi, --- Yo'q. Meni ortiq bardoshim yetmaydi. Aybingni hech Qanaqasiga oqlay olmaysan. Buni o'zing ham juda yaxshi bilasan, --- Men o'zimni oqlash niyatim yo'q. Shunchaki haqiqatni bilishga haqlisan Gipsofila. Barchasi shu qadar chigalki, sen o'ylamagan ishlarni guvohi bo'lasan, --- Shuning uchun ham kerak emas. Hozir menga eng ma'qul yo'li seni o'liming, - deya Gipsofila bir qo'lida ko'zidan oqib tushayotgan yoshlarini artar ekan, Sarfarozga behol ko'zlar bilan qaradi. Haqiqatdan ham Sarfarozni o'tishga o'zida kuch topa olarmikin, qanday qilib uning qotili bo'lishni hayolidan o'tkaza boshladi. Qarshisida Sarfarozning mahzun jilmayib turgan nigohiga qaradi, undan ko'zini olib qochar ekan, agar hozir yana bir muddat unga boqsa, o'ldirolmasligi aniq ekanini o'yladi. Qasos Qasos Qasos Besh yildirki shu so'z tinmay miyyasida aylandi. Hayolida gavdalandi. Ammo endi o'sha Kun kelganda, bunchalik qiyin kechishini hayoliga ham keltirmagandi. Undan bir nafasda shafqatsizlarcha, huddi Sarfaroz uni o'ldirayotganda, u chuqur ildiz otgan qalbiga o'q uzganda, oilasini shafqatsizlarcha azoblayotganda bir tuki ham qilt etmagandek, Gipsofila ham bunga jur'atim yetadi deb o'yladi. Ammo barchasi u o'ylagandan ancha murakkab ekanligini bilmagandi. Chunki Gipsofila Sarfaroz kabi yuraksiz odam qiyofasidagi mahluq emas. Gipsofila ko'zini chirt yumdi va yuqorida turgan ulkan qandilga bir necha bor o'q uzdi. O'yladiki, ehtimol shu yo'l bilan ko'ngli taskin topar. Chunki u uddalay olmadi. Qotil suyuklisini o'ldirishga jur'ati yetmadi. Qo'li titragancha qurolini yerga tushirib yubordi. Sochlarini asta paypasladi, ko'zlaridan tinmay yosh oqardi. Sarfaroz uning bu ahvoliga Ming afsus va achinish bilan qaradi, endigina unga yaqinlashmoqchi bo'ldi, --- Yo'q. Yaqinlashma menga, nari ket, - deya Gipsofila qo'li bilan ishora qilgancha unga nafrat bilan qaradi. Ortiga ohista tisarilar ekan, devorga borib suyanib qoldi. Qo'llari bilan yuzini changallagancha yerga cho'kdi, oyoqlarini paypaslagancha hissiz bir nuqtaga boqib o'tirardi. Sarfaroz uning oldiga ohista yaqinlashdi, ammo Gipsofila uni ko'rmagandek shu ko'yi o'tiraverardi. Sarfaroz bo'lsa u qatori ohista egildi. Qoshlarini maxzun chimirgancha, mehr bilan qaradi. Ohista Gipsofilaning yuzini berkitib turgan sochlarini quloqlari ortiga o'tkazdi. Gipsofila unga Bosh ko'tarib nigoh tashlar ekan. O'zini Sarfarozning quchog'iga otishni istadi. Uni quchgancha, tinmay yig'lashni, Sarfaroz bo'lsa uni ovutishini istadi. Ammo Gipsofilada tog'dek g'urur bor ekan, hech qachon bunga yo'l qo'ymasdi, --- Seni hech qachon azoblashni istamaganman. Nima bo'lgan bo'lsa barchasiga taqdir aybdor, - dedi Sarfaroz. Bu so'zlarni Gipsofila eshitar ekan, achchiq kuldi. Sarfaroz bir tukini ham qilt etmay barcha qilgan qilmishlarini taqdirga yo'yishidan Gipsofilaning hunobi to'g'ri bo'ldi, --- Bizga, Muhabbatimizga Nima bo'lgan bo'lsa hammasida sening barmoq izlaring bor. Osongina hatolaringda taqdirni ayblama, - dedi Gipsofila nafrat bilan. Sarfaroz uning yonida joy egallar ekan, bir qo'lini tiragancha yerga, boshini devorga suyadi va ko'zlarini yumib bir muddat o'ylanib qoldi, --- Men besh yosh edim, - bir necha daqiqalik sukutdan so'ng Sarfarozdan sado chiqdi. Gipsofila unga bir nigoh tashladi. Sarfaroz Yana davom etdi --- Ilk Bora qo'limga qurol tutgandim. Ko'zimdan tinmay yosh oqardi. Qulog'im tagida dadamning tinmay o'shqirishi hanuz yodimda. Men beg'ubor bolalikni ko'rmaganman, hech qachon bahtli yashamaganman. Hayotim jahannam kabi edi go'yo. Dadamni bo'lsa iblis edi. Doim, har doim opam va mening ko'z o'ngimda oyimni tinmay kaltaklardi. Har tun uyga har xil ayollar bilan kelar, onamning yotog'ida unga hiyonat qilardi. Bu qanchalar daxshatli ekanini bilasanmi? Onamni hech ham sog' holatda ko'rganimni eslay olmayman. Do hayoti azob uqubatda o'tardi, - Sarfarozning ko'zidan chiqishni istamaygina bir tomchi yosh qalqib chiqdi. Gipsofila bo'lsa unga hayrat bilan qarab turardi, --- Shunga qaramay, oyim men va opamga doim jilmayib qarashga urunardilar. Bizni dadam kabi bo'lmasligimiz uchun bor mehrlarini berardilar. Men dadamdan nafratlanardim. Chunki doim kechasi o'z xonamda onamning dodlashiyu ingrashini eshitmaslik uchun quloqlarimni berkitgancha o'tirar edim. Oyim homilador bo'ldilar. Bir kuni yuqori qavatdan pastga asta mo'raladim, oyimni eshik yonida qo'rquv bilan turganiga, so'ng yerda bir ayol yuzi qonga belangan holatda ikki bukchayib o'tirganiga va uni tepasida dadam iblisona tabassum qilgancha turganiga ko'zim tushdi, dadam meni payqab qoldi va razilona kulgancha yoniga chaqirdi. Men Avvaliga qo'rqdim, ammo chaqirganlarida bormasam Nimalar bo'lishini juda yaxshi bilardim. Agar men yoki opam dadamga bo'ysunmasak, bizni jazo sifatida qo'limizga qizib turgan tamakisini bosar yoki qorong'u kalamushlaru turli xil hashorotlarga to'la xonaga qamab qo'yardilar. Ularning gaplarini ikki qilmay titragancha zinalardan Tushar ekanman, dadam menga razil niyat bilan boqdilar. Men tushundim, hozir biror bir ko'ngilsizlik bo'lishini juda yaxshi tushundim. Oyim ham indamay meni kuzatgancha turardi. Shu payt dadam menga qurol tutqazdi va qarshimdagi ojiza bir ayolni o'ldirishimni buyurdi. Besh yoshli bola uchun bu qanchalar daxshatli ekanini bilasanmi? Men hatto bir qush yoki jonivorni ham o'ldirib ko'rmagan bir go'l bola bo'lganman, qanday qilib bir insonning umriga zomin bo'lishim mumkin edi. Men qo'rqaman dedim. Dadam nafrat bilan qaradi, menga o'shqirdi. Unga yalinib yolvordim. Bu ish qo'limdan kelmasligini aytdim. Ammo u menga quloq solarmidi? O'rtaga oyim aralashdi. Shunda haqiqiy fojia boshlandi. Dadam menga qattiq tarsaki tushirdi. So'ng onamni o'lasi qilib do'pposlay ketdi. Tinmay uning qorniga zarba berdi. Shafqatsizlarcha tepardi. Men bo'lsa ularga Bas qilishlarini yolvorib so'rardim. Seni deb onang azoblanyabti deya menga ma'noli qaradi otam. Men yerda yotgan qurolni olib holsiz yotgan ayolga bir necha bor o'q uzdim. Ilk bor qotillikka qo'l urdim. Dadam g'olibona menga qaradi, sen meni o'g'limsan deya fahr bilan tilga olib, zinalardan mastligi uchun gandraklab ko'tarilib ketdi. Afsus o'sha kecha onamning ahvoli og'irlashdi, ko'p qon yo'qotdi natijada farzandidan ayrildi, - deya Sarfaroz qo'llari bilan yuzini berkitgancha ko'z yosh to'kardi. Ilk Bora, ilk Bora Sarfarozdek yigit kimningdir yonida ko'z yosh to'kishi edi. Gipsofila ham bundan bir hayratga Tushar, bir qattiq achinardi. Gipsofila kutdi. Uni Yana nimadir deyishini kutardi, --- Oradan kunlar shu zaylda o'ta boshladi. Endi onam ham dadam ham o'zgarib qolgandi. Men va opam bo'lsak ikki o'rtada sarson, bir birimizga taskin berib yurar edik. Dadam kerak bo'lsa ikki oylab uyga kelmasdi. Onam bo'lsa endi biz bilan qiziqmasdi ham, doim tunda g'oyib bo'lardi, ba'zi kunu tun uyda bo'lmasdi. U menga nafrat bilan boqqan kunni eslayman. Sen ham otang kabi iblissan degandi. Men bo'lsa unga mahzun va hayrat bilan qaragandim. Meni faqatgina yaqin insonim opam bo'lib qolgandi. Biz go'yo ota onasi bor yetimlardek edik. Boshqalar o'ylashi mumkin ularda ayanchli o'tmish yo'q, istaganiga istagan paytda erisha oladi Deb, - Sarfaroz qizargan ko'zlari bilan Gipsofilaga qaradi. Gipsofila bo'lsa hech narsa demadi, hech qanday Hatti harakat ham bildirmadi, --- kechasi uxlab yotgandim, ammo shovqindan uyg'onib kettim. Tashqariga chiqib, atrofga alanglar ekanman, oyim dadamni o'ldirayotganiga ko'zim tushdi. Bu manzaradan karaht ahvolga tushdim. O'shanda to'qqiz yosh edim, opam bo'lsa o'n besh. Oyimni Nigohi menga tushdi, ular menga hissiz ayyorona jilmaydilar. So'ng oldimga asta yurib keldilar. Baland poshnalarining tovushi haligacha qulog'imda daxshatli tarzda yangraydi. Sarfaroz ko'rdingmi? Men vaxshiy shaytondan ham battar bo'lgan otangni o'ldirdim. Men yig'lay boshladim. Sen va Dilhumorga qarasam Mana shu maxluq otang yodimga tushadi. Aslida tug'ilajak farzandim ham seni Deb nobud bo'lgandi. Sizlar tavqi La'natsizlar. Nafratlanaman, barchangizdan. Otangdan ham, opangdan ham, hatto sendan ham. Bu tun. Bu tun faqat otang emas. Sen va Dilhumor ham narigi dunyoga ravona bo'lasizlar. Iblisning zurriyotlari yashashga noloyiq deya telbanamo kulgandi. U aniq aqldan ozgandi. Yaxshi hamki Dilhumor bu gaplarni eshitmadi. U onamni juda yaxshi korardi. Onam bizni Nima qilganini bilasanmi, tiriklayin olovda yondirib, kul qilmoqchi bo'ldi. Uyga o't qo'ygancha eshiklarni tamg'alab bizni tark etdi. Men unga juda ko'p yalindim, oyoqlariga yopishdim. Ammo u haqiqatdan ham aqldan ozgandek harakat qilardi. Yonib kulga aylanay degan uyda yugurgancha opamning honasiga kirdim. U uxlab yotardi. Uni uyg'otib, uydan bir amallab chiqib oldim. Uyimiz butkul yondi undan faqatgina kul qoldi holos. Buni dadamning odamlari dushmanlardan ko'rishdi. Chunki men onam haqida hech kimga og'iz ochmadim. Uni ham uyda dadam bilan birga yonib kul bo'ldi deb o'ylashdi. Opam qattiq kuyundi. Onamni unutolmay juda qiynaldi, - Sarfaroz o'tmishini yodiga olar ekan, nigohidan alamzada ekani ko'rinib turardi. Gipsofilaning Nigohi o'zgardi, endi uni hissizlik va nafratdan tashqari g'am va maxzunlik egallagandi. Bir tarafdan Sarfarozga ilk Bora qattiq achindi. Sarfaroz ko'zlarini chirt yumgancha barmoqlari bilan ishqar ekan, Yana hohlamaygina gapida davom etdi, --- Oradan yillar o'tdi. Men hech kimga ishonmay qo'shdim. Hatto onam iblis degan dadamdan ham o'tib tushgandim. Odamlarning yalinishi, azobiyu dardi bilan ishim bo'lmasdi. Menga qarshi chiqqanlarni shafqatsizlarcha jazolar edim. Hatto onamni ham tinch qo'ymadim. U ona deb atalishga ham noloyiq edi. Dadam tirikligidayoq unga hiyonat qilib kelgan. Shunday bir biridan shafqatsiz ota onani farzandiman Gipsofila, - deya Sarfaroz achchiq jilmaydi, --- Men onamni erini va farzandini hech bir o'ylanishsiz yo'q qildim. O'ldirdim, menga onam o'sha kuni sen odam emassan dedi. Men bo'lsa unga huddi o'zi bolaligimda menga qanday boqqan bo'lsa, shunday nigohda qaradim. Qolganini o'zing bilasan u aqldan ozgandi va men unga shu taqdirni ravo ko'rdim. Hayotim shu zaylda o'tardi, toki seni uchratmagunimcha. Sen go'yo Zulmat hayotimga nur kabi kirib kelding. Avvaliga sendan foydalanardim. Seni shu qadar qalbingni o'yinchoq qilar edimki, sen bo'lsa bulardan go'yo yettinchi osmonda uchib yurganingni, beg'ubor qalbingdan allaqachon joy egallaganimni bilardim. Bulardan albatta razil niyatim uchun juda quvongandim. Seni osongina nog'oramga o'ynata olaman deb o'ylagandim. Ammo ahmoq bo'lgan ekanman. Sen meni o'zinga ipsiz bog'lab olding. Bu o'yinda o'zing bilmagan holatda g'olib bo'lganding. Ya'ni meni qalbimni butkul egallagan yagona ayol eding. Bular shu qadar tez yuz berdiki, men hatto bu munosabatlarimiz shunchaki razilona rejamning bir qismi ekanini unutayozgandim. Barchasiga chek qo'ymoqchi bo'ldim. Menga hech narsa kerak emasdi, sendan bo'lak. Rejalarimni barchasidan voz kechdim, toki..... Toki o'sha kungacha... - Rejalarimni barchasidan voz kechdim, toki..... Toki o'sha kungacha. Men ortiq reja bo'yicha ish tutmoqchi emas edim. Shuningdek oilang bor ekan sen bilan bo'lishim ham imkonsiz edi. Ammo shunga qaramay rejalarimni o'zgartirgandim. Men faqatgina senga ozor bermaslikni istagandim. Menga hech kim qarshi chiqolmaydi. Bunga hech kimda jur'at yo'q deb tizginni bo'sh qo'ygan ekanman. O'sha kuni esa Ahmedning asl yuzini ko'rdim. U Nima qildi bilasanmi Bir tomonga seni va Yana bir tomonga esa Dilhumor va Onamni qo'ydi. U ko'rsatgan manzaradan shu qadar g'azab otiga mingandimki, ammo Ortiqcha Hatti harakat qilishim o'zimga zarar edi. Yoki sen yoki menga qadrli bo'lgan ayollar edi. Biror ilojini qilishim mumkin edi. Ammo o'sha lahzada onamni snayperda mo'ljalga olib turishar edi. Yana bir tomonda bo'lsa bu haqiqatlarni opamdan necha yillab sir tutganim edi. Men juda yaxshi bilardim, onam opam uchun qanchalar qadrli bo'lganini. Hatto uning nomiga atab ko'plab rastalar yaratgan. Uni tirik ekanini va barchasida meni qo'lim bor ekanini bilsa mendan butkul yuz o'girishi aniq edi. Yana biri bo'lsa, Nima bo'lganda ham o'sha ayol meni onam edi, oz muncha bo'lsa ham mehr bergan. Uni o'limiga Jim qarab tura olmasdim, --- Meni aybim Nima edi? Meni bunda aybim Nima edi? Oilamnichi? - deya Gipsofila uni yoqasiga yopishgancha yig'lab o'shqirdi, --- Sen esa bularni barchasini chigal vaziyatga solding. Nega? Nega aralashding? O'sha binoga borib, men haqimdagi ma'lumotlarni barchasini ko'rding, bilding. Seni aybing "Halver"ga borganing edi. Bundan foydalanib Ahmed va Katerina ishga kirishdi. Men seni uyda emasligingni bilgan zahotim, ortingdan tushdim. Katrina bo'lsa allaqachon barchasini barbod qilgandi. Seni zumdan kuzatdim, o'sha kuni men haqimda haqiqatni bilganingdan so'ng qarshinga chiqishga jur'at topa olmadim. Eng ma'qul yo'li o'liming edi. Seni va oilangni. O'lim sizlar uchun himoya vositasi edi Gipsofila. Sen meni va atrofimdagi insonlarni nimalarga qodir ekanini bilmasding. Menga bular qanchalar og'ir bo'lganini bilasanmi? Seva turib azob berishim o'zimga yoqadi Deb o'ylaysanmi? So'ng Yana bir ahmoqlikka yo'l qo'yding Gipsofila. Sen kasalxonadan qochishga urunding. Hatto o'sha lahzada ham hayotingni saqlab qolish yo'llarini izlayotgan edim, sen bo'lsa qochding. Sen o'yladingki, bahtinga qarshi kasalxonaga men va Katerina borib qoldi Deb, agar men o'sha yerga vaqtida yetib bormaganimda kasalxona tomidagi Ahmedning snayper odami seni allaqachon narigi dunyoga jo'natgan bo'lardi. Men bo'lsa seni u yerdan majburlab bo'lsada olib ketdim. Yonimda Katerina borligi muammo emasdi. Seni saqlab qolishim mumkin edi. Ammo seni hayotingga o'lim changal solishni to'xtatgan ondan, meni dunyoga keltirgan ayolning joni uzilishini va menga qadrli bo'lgan yagona yaqinim opamdan ayrilishim muqarrar ekanini juda yaxshi bilar edim. Xo'sh oldingda shunday tanlov turganda qay birini tanlarding? Oilangnimi yoki sevgingni? Kechir. Men oilamni deb seni qurbon qilganim uchun. Seni ko'ksinga o'q uzgan kunimdan boshlab har kuni o'lib tirildim. O'zimni seni hayotingni saqlab qolishning yo'llarini topishim mumkin edi degan hayollar bilan tunu kun ich etimni kemirdim. Har lahzada o'sha o'q meni ko'ksimni teshib o'tgandek bo'ldi. Meni bu gaplarim aybmni yuvmaydi yoki aybsiz ham bo'lib qolmayman. Men hudbinman Gipsofila. Sen shunday vaxshiy bir inson qiyofasidagi maxluqqa ko'ngil qo'yganding. Beg'ubor qalbing qotiliga bor vujuding bilan ishonganding. Hayolimga ham keltirmagandim bir Kun shunday qiyofada qaytishingni. Endigina iziga tushayotgan hayotim,seni oradan yillar o'tib uchratganimda butkul o'zgardi. Bilmasdim. Qaytganingdan xursand bo'laymi yoki nafrat to'la nigohingdan azob chekaymi? Bilasanmi Nima? Charchadim! Shu qadar qiynalib ketdimki, buni hech Kim payqamadi. Meni taslim va mahzun bo'lishga haqqim yo'q. Nima uchun? Chunki men yengilmasman.... Chunki men vaxshiyman. Chunki men qotilman... Hammaning o'y hayolida bir xil fikrlar men kabilar faqat ozor berishni biladi va hech ham ozor chekmaydi. Seningcha menda yurak yo'qmi? Men o'zim hohladimmi shu taqdirni? Telba ota onani farzandi bo'lish menga yoqarmidi? Hayotim faqatgina zulmatda o'tdi. Zulmatdan iborat edi. Bu zulmatga borgan sari cho'kib ketyabman Gipsofila. Sen bo'lsa yagona yorug'liksan. Ammo mendan juda olis, - deya Sarfaroz boshini changalladi. Ayni damda Gipsofila Sarfarozga qattiq achindi, qattiq kuyundi. Huddi yosh bolalardek boshini changallab ko'z yoshini yashirayotgan Sarfarozga taskin bo'lishni istadi. Shu lahzada asl maqsadini unutdi, qasosni chetga surdi. Gipsofila Boshini quyi qilib berkitib o'tirgan Sarfarozning qarshisiga tizzalagancha o'tirar ekan, uning yuzidan asta ushlagancha o'ziga qaratdi. Alamga va qonga to'lib qizargan ko'zlarni ko'rdi. Gipsofila uni bag'riga bosgancha yoniga joylashdi. Sarfaroz uning ko'ksiga boshini qo'yib, ko'zlarini yumdi. O'zi bo'lsa devorga suyangancha o'ylana boshladi. Sarfaroz uni ko'p ranjitdi, qalbini parchaladi, uni deb tushmagan ko'yi qolmadi. Ammo haligacha yuragi uni deya urardi. Necha yil rejalashtirib kelgan qasos olish istagi so'ngandi go'yo. Ich ichida bir narsani o'ylardi. Endi Nima bo'ladi? Qolgani qanday kechadi? Erta tongdan Sarfaroz qo'ng'iroq ovozidan uyg'onib ketdi. Uni yonida uyquda yotgan Gipsofilaga nigoh tashlar ekan, o'rnidan turgancha qo'ng'iroqqa javob berdi, --- Eshitaman, --- Janob High Mountaindan qo'ng'iroq qilyabman, --- Xo'sh.... --- Honimni, onangizni joniga qasd qilishdi, --- Jin ursin. Alahsirayabsanmi? Senlarni ko'zing qayerda edi? --- Kechiring janob, bu keskin sodir bo'ldi, --- Kim? Kimni ishi? - deya Sarfaroz ayvonchaga chiqar ekan o'shqirdi, --- U... U bossni odami ekan, --- Kim u? Qanaqa Boss Yana? --- U haqida yetarlicha ma'lumot yo'q. Faqat ismigina tanish holos. Har bir ishi uning odamlari tomonidan yuritiladi, --- Tushunarli. Demak Yana yangi o'yin boshlanar ekanda, - deya Sarfaroz o'ylangancha qo'ng'iroqni yakunladi. Xonaga qaytib kirar ekan, Gipsofilaga nigoh tashladi va uni ohista ko'targancha yotoqqa yotqizar ekan, sochlarini tartibga keltirib, ustiga choyshab yopib qo'ydi. Sarfaroz Gipsofilaga hayolan tikilar ekan, --- Senga aytgandim. Bu ishlaring nimalarga olib kelishini bilsang edi Gipsofila. Seni hatoying tufayli u o'ldi, - deya ohista shivirladi. So'ng Sarfaroz ust boshini alishtirgancha chiqib ketdi. U chiqib ketgandan so'ng Gipsofila ko'zlarini asta ochar ekan, o'ylangancha Sarfarozning suxbati va so'zlarini o'ylay boshladi. Hozirgi Kun! Gipsofilaning ko'zlariga tushib turgan quyosh nuri uyg'onishiga sabab bo'ldi. Uning belidan o'tib turgan Sarfarozning qo'llaridan o'zini halos qilar ekan, o'rnidan ohista turdi va Sarfarozga bir nigoh tashladida yuvinish xonasiga kirib ketdi. Ko'zgi qarshisida turar ekan, ohista yuziga tabassum yugurdi. Hayolida bo'lsa kunini rejalashtira boshladi. Yuvinib bo'lib, liboslarini saralay boshladi. Ular orasidan avvalgi uslubiga hos bo'lgan qora tizzadan yuqori ko'ylak, qora kapron va shunga monand kastyum kiydi. To'lqinsimon sochlarini yengil yoyib, labiga alvon rangdagi lab bo'yog'ini suritdi va eshikni tutqichini asta tushirar ekan, ochiq ekanidan mamnun holatda tashqariga chiqdi. Xonalar bo'ylab Zeynebni izlay boshladi. Vanihoyat o'z xonasining ro'parasidagi xonada maxsus bolalar yotog'ida uxlab yotgan Zeynebni ko'rib ko'ngli taskin topdi, -- Qizalog'im meni. Huddi farishtaning o'zginasisan, - deya Gipsofila Zeynebni quchog'iga olgancha sog'inchini bartaraf etish uchun to'yib iforidan bahramand bo'ldi. Ayni shu paytda eshikdan bolaning maxsus sut butulkasini ko'targancha sochlari yuqoriga yeg'ilgan ayol kirib keldi, --- Honim, siz bu yerda Nima qilyabsiz? --- Tushunmadim Nima deding? Shu savol bergan tilingni uzib olmasimdan Qo'lingdagini menga berginda, qorangni O'chir bu yerdan, - deya Gipsofila bor alamini o'sha ayoldan olgancha zahrini sochdi. Go'yo u ayol farzandini bag'ridan yulib olgandek, --- Marhamat honim, - deya ayol titragudek qo'lidagi sut idishni Gipsofilaga tutqizdi va miq etmay xonani tark etdi. Gipsofila bo'lsa mamnun kayfiyatda Zeynebni qornini to'yg'azdi. Zeynebning bir Nimalar deyishga urunishini Gipsofila miriqib tomosha qildi va ust boshini alishtirgancha xonadan tashqariga olib chiqdi. Ilk qavatga tushib, eshikga yaqinlashar ekan, eshik oldida turgan maxsus qo'riqchilar qo'li bilan Gipsofilaning yo'lini to'sdi. Gipsofila bo'lsa o'tli nigohlarini ularga tikdi, --- Kechirasiz honim. Kichik honimni tashqariga olib chiqish ta'qiqlangan, --- Zeynebni o'z onasi tashqariga olib chiqyapti. Begona emas. Yo'limdan qoch, - dedi Gipsofila qat'iy, --- Ma'zur tutasiz bu Sarfarozbeyning qat'iy buyrug'i, --- La'nati, - deya Gipsofila Zeynebni ko'targancha atrofga alanglar ekan. Hali koyib bergan ayolga ko'zi tushdi, --- Hey, isming Nima? - deya unga ishora qildi, --- Mira honim, --- Bolaga qaray olasanmi? Malakang bormi? --- Albatta honim. Maxsus enaga va hamshiraman. Buni eblayman, --- Zeynebni ol. Unga boshing bilan Javob berasan. Umuman yolg'iz qoldirma tushundingmi? Biror muammo chiqargudek bo'lsang, ayab o'tirmayman. Chizgan chizig'imdan chiqmaysan, - deya Gipsofila unga Zeyneb haqida barcha ikir chikirigacha gapirdi. Mira bo'lsa so'zsiz itoat qildi. --- Ooo kimlarni ko'ryabman? - deya Dilhumor eshikdan kirib keldi, --- O'zi sen yetmay turganding, - deya Gipsofila ko'zlarini yuqoriga qaratdi. Dilhumor bo'lsa istehzoli kulgancha, --- Kelishim Kayfiyatingni buzganidan juda xursandman, -- Men bo'lsa halovatingizni. Yo'qligimda ko'p xursand bo'lgansiz, bunga aminman, --- o'zinga juda katta baho berib yuborma. Bu yerda turganinga sabab faqatgina jiyanim. Agar u bo'lmasa bir chaqaga qimmatsan, --- Jiyanim? Qoyil jiyaningiz ekanini tan olishingizga rosti hayratda qoldim, --- Qayergadir ketayotganding, - deya Dilhumor ortiq gapirishni o'ziga ep ko'rmadi. Gipsofila bo'lsa Miraning qo'lida turgan Zeynebni yuzidan o'pdida, eshik tagida turgan qo'riqchilarga o'tkir nigoh tashlab, chiqib ketdi. Katta hovlidan pastga tushib borar ekan, Stefanga ko'zi tushdi, --- Honim, - deya Stefan Gipsofilaning oldiga iltifot bilan keldi, --- Stefan menga mashina kerak, --- Qayerga bormoqchisiz o'zim olib boraman, --- Stefan menga mashina kerak dedim, - deya Gipsofila ma'noli qaragandan so'ng, --- Tushundim, - deya Stefan shoshilgancha yurib ketdi. Bir zum o'tmay oppoq mashinada yetib kelib, tushgancha kalitlarni Gipsofilaga topshirdi, --- Honim, qayerga ketayotganingizni aytib ketarsiz ehtimol, - Gipsofila shuni payqadiki, Sarfaroz Stefandan izoh talab qilishi aniq. Uning fe'l atvorini bilgan ko'yi Gipsofila gap boshladi, --- Malariaga. Kompaniyaga ketyabman Stefan, - deya Dona dona so'zladi. Avvallari hech kimga hisob bermaydigan qizdan hozirda barcha hisob so'raydigan bo'lganligi borgan sari asablarini taranglashtirar edi. Gipsofila mashinaga o'tirgancha, tezlikni oshirib g'oyib bo'ldi **** --- Gipsofila qayerda, - Sarfaroz Zeynebni Miraning qo'lidan mehr bilan olar ekan. Uni yoniga kelgan Stefanga jiddiy qaradi, --- Honim erta tongdan Malaria kompaniyasiga ketdilar, --- Kim ruxsat beribti unga? - deya Sarfaroz asabiy qaradi, --- Ammo o'zingiz bilasiz ularni to'xtatish ilojsiz, --- Tushunarli, sen Boraver, - deya Zeynebni ko'tarib erkalagancha zinalardan pastlar ekan, ko'zi eshikdan kirib atrofni kuzatayotgan sariq ko'fta va havorang shim kiyib olgan, sochlari kalta qizga ko'zi tushdi. Uni avval ham ko'rganini esladi va Zeynebni ko'targancha yaqinlashdi, --- Sen bu yerda Nima qilyabsan? - deya g'alati nigoh tashladi, --- Bu Savolni aslida men Sizga berishim kerak, - deya hech ham tilini tiya olmaydigan Iroda jiddiy qaradi, --- Aqldan ozganmisan. Nahotki kimni uyida turganingni bilmasang? - deya Sarfaroz unga qarab istehzoli kuldi, --- Juda yaxshi bilaman. Sohibjamol opamni va kichik Sohibjamolni shu yerda majburan ushlab turgan bir Sarfaroz ismli maxluqni uyi, - deya kesatiq ohangda gapirdi. Sarfaroz bo'lsa gapirish bobida Gipsofiladan ham o'tib tushgan bu qizga hayron va mamnun qaradi, --- Sohibjamol o'z uyida. Eri va farzandi bilan Qizaloq, - deya nigohini yaqinlashtirib gapirdida, Zeynebni ovqatlantirishi uchun Miraga tutqazib, o'zi tashqariga chiqib ketdi. Eshikdan chiqar ekan, qarama- qarshi tomonidan yov qarash qilgancha Diana kirib keldi, --- Kelib ovora bo'libsizlar, Gipsofila uyda emas, - deya Sarfaroz qora Ko'zoynagini taqar ekan, nigohini Dianaga qaratib gapirdi, --- Ma'lumot uchun rahmat. Buni bildim, - deya Diana ensasini qotirgancha ichkariga kirdi va atrofga alanglagancha Gipsofilani izlayotgan Irodaga gapirdi, --- Iroda Nima qilyabsan? Yur ketdik, Gipsofila bu yerda emas. Kompaniyaga boramiz, jonginam, - deya ko'zini qisib qo'ydi va uyni tark etdi. Ortidan Iroda ham hech bir so'zsiz ergashdi. •••••••••••••••••••• Volkan katta va chiroyli restaurantda qahva ichib o'tirar ekan, qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Egnidagi kamzulini to'g'irlagancha hayolga berilgan alfozda Javob berdi, --- Xo'sh, Jacob yangilik bormi? --- Janob nohush habar bor. Gipsofila honim hozirda Sarfarozbey bilan. Karmeldan allaqachon chiqib ketganlar. Ayni damda bo'lsa Malariaga yetib keldilar. Ularni kuzatishda davom etaymi? --- Shart emas. Boshqa ishlaringni qilaver, --- Hop bo'ladi, - Volkan qo'ng'iroqni yakunlagancha endi o'rindiqdan turar ekan. Keskin bir qizga to'qnashib, ust boshiga uning qo'lidagi qaynoq qahva to'kildi. --- Jin ursin, bu nimasi? - deya Volkan egnini qoqar ekan, qarshisidagi ko'm- ko'k ko'z sohibasiga jahl asnosida qaradi --- Kechirasiz, Ming bor uzur. Shoshmang, - deya qiz qo'lidan keskin tutdi, --- Siz Volkan Demirsiz shundaymi? Ha aniq shunday. Men Lunaman, - dedi qiz mamnun qiyofada --- Xo'sh, shunga Nima qilibti? - Volkan bu g'alati fe'l atvorli qizga hayron qaradi, --- Sizni yaxshi taniyman. Ahir mashhur tadbirkorsiz, --- Xo'sh, buni menga Nima Qizig'i bor. Ust boshimni qanday ahvolga solganinga bir qara - dedi Volkan asabiy qiyofada, --- Sizga qiziq bo'lmasa menga qiziq qiziqqon janoblari, --- Nima? - asabiy kuldi Volkan, --- Mana buni ko'ryabsizmi? - qiz sumkasidan maxsus bejikni olib Volkanga ko'rsatdi, --- Luna Brown maxsus ijtimoiy tarmoq turi Jurnalisti. Xo'sh endi Nima? --- Men jurnalistman. Hozirgina bejikimda o'qidingizku. Xalqaro axborot Jurnalisti. Siz haqingizda dolzarb axborotlar to'plashni shu qadar hohlardimki, bahtimga o'zingiz qarshimdan chiqdingiz. Qanday ajoyib. Buni ketidan Kompaniyada ancha mavqeim oshadi, - deya Luna O'zicha mamnun nimalarnidir o'ylay boshladi. Volkan bo'lsa hafsalasiz ko'zlarini yuqoriga qilgancha, qo'lini asabiy yuzidan yurg'izdi --- Yo Tangrim. Menga buni umuman Qizig'i yo'q. Ortiq qarshimdan chiqmasang hursand bo'lar edim, - deya uni turtkilagancha o'tib ketdi. Luna bo'lsa suvga tushgan mushukdek qolib ketdi. ••••••••••••••••••• Dilhumor mehmonxonaga kirar ekan, tinmay chinqirayotgan go'dakning ovozidan quloqlari qomatga keldi, --- Mira, qanday enagasan o'zi bitta bolaga eblab qaray olmasang, --- Honim Kechiring. Ammo Zeyneb hech ham tinchimayapti. Nima istayabti bilmadim, --- Sen kimsan o'zi. Zeyneb Sarfarozning farzandi, zurriyoti bo'ladi. Senchi? Sen kimsanki uni Zeyneb deysan? So'zlaringa hushyor bo'l Mira. Boshing kerak bo'lsa albatta. Zeyneb bo'lsa sen uchun Zeyneb honim. Tushunarlimi? --- Kechiring honim. Hato qildim? --- Menga ber Zeynebni, - deya Dilhumor tinmay yig'layotgan go'dakni ohista qo'liga oldi. Avvaliga o'ng'aysizlandi, ammo so'ng unga mehr bilan boqdi, --- Huddi Sarfarozning o'zginasisan. Senga Nima bo'ldi Qizalog'im. O'zimni malikam. Nega yig'layabsan, Nima yoqmayapti senga? - deya Zeynebni quchgancha unga qarab gapirdi. Avvaliga Zeyneb bir necha soniya yig'lardi, so'ng Dilhumorning yuziga qaragancha tin oldi. Dilhumor Zeynebning Jim bo'lib, katta katta moviy ko'zlari bilan boqib turganiga mamnun qaradi. --- Opa, shu yerdamidingiz? - deya Halika asabiy eshikdan baland poshnasini taqillatgancha kirib keldi, --- Kel Halika. Salom yo'q, alik yo'q. Bu qanday ohang bo'ldi? Huddi men bilan yotib turgandek, - deya Dilhumor kesatiq ohangda gapirdi, --- Hayrli Kun Dilhumor honim, - deya Halika asabiylashmaslikka harakat qilib gapirdi, --- Senga ham, --- Hayrlisi qolibtimi? Gipsofila qaytibtimi? Shu gap rostmi? --- Albatta. Shuningdek yolg'iz emas, --- Tushunmadim, - deya Halika savol nazari bilan qaradi, --- Qizalog'i Zeyneb bilan, - deya Dilhumor qo'lidagi go'dakka ishora qildi, --- Hazillashyabsizmi? --- Hazillashayotganga o'xshaymanmi? - deya jiddiy qaradi. Halikaning yuzini g'azab egalladi. Achchiq yutingancha, qo'li bilan bo'yniga bog'lab olgan qora sharfni g'azab bilan bo'shatar ekan, jahldan tilini tishlagancha bir nuqtaga qarab qoldi --- Bu, bu bola Sarfarozning farzandimi? Haqiqatdan ham shundaymi? - deya Halika labi titragancha zo'rg'a ovoz chiqardi. Dilhumor hozir uni inkor etishini chin dildan hohladi, --- Shubhasiz Zeyneb Sarfarozning qizi. Ishonaver, - bu gaplarni Halika Dilhumordan eshitdiyu, ko'z oldi qorong'ulashib ketdi go'yo. Uning Sarfarozga bo'lgan sevgisi, otasining o'limidan so'ng ham eng ko'p taskin bo'lgan bu Sarfaroz edi. Halika Eshikni tutqichidan ushlagancha chuqur nafas oldi, --- Tinchlikmi? Tuzukmisan Halika? - ayni damda Dilhumorning gaplari uning qulog'iga kirmadi. Tashqariga otilgancha chiqib ketdi. •••••••••••••••••••••• Gipsofila ohista qadamlar bilan Malarianing liftidan chiqib kelar ekan, uni ko'rgan hodimlar hayrat to'la nigoh bilan qarardi. Oradan qancha vaqt o'tdi. O'zini bir Bora ham ko'rsatmagan bu kompaniya asoschisi, bugun hech narsa bo'lmagandek, sokin qiyofada kirib kelishini hech Kim tasavvur qilmagandi. Gipsofila shaxdam qadamlar bilan o'z kabinetining qarshisiga kelar ekan, undan nigoh uzmay turgan kotibaga e'tiborsiz nigoh tashladi, --- Haligi, honim. Gipsofila honim, biror narsa kerakmi? - kotiba Gipsofilaning nigohidan kalovlangancha savol berdi, --- Ha, iloji bo'lsa qahva, --- Hop bo'ladi, --- Aytganday, sutli bo'lsin. Qanday qahva ichishim esingdadir? --- Albatta honim. Hoziroq keltiraman, - deya kotiba bir zumda g'oyib bo'ldi. Gipsofila bo'lsa istehzoli jilmaygancha xonasiga kirib ketdi. Oq rangdagi devorga Gipsofila uchun Misrdan jo'natilgan qimmatbaho sur'atlarni, javonning bir qismida tahlanib turgan jozibali muqovadagi kitoblarga, boshqa qismidagi ishga aloqodar bo'lgan fayllarga, stolda turgan qanotli oppoq otning ihchamgina haykalchasiga zumdan nigoh tashlab chiqdi. O'z o'rnini egallar ekan stolda Diana va o'zi tasvirlangan sur'atga ko'zi tushdi. Ikki yil avval tushgan bu sur'atga qarar ekan, o'tmish ko'z oldida gavdalandi. O'tmish! --- Olyabman, - deya suratkash jilmayib turgan ikki ayolga qaradi va fotoaparatida maxsus chiroqlar yonib o'chdi, --- Ana bo'ldi, --- Qani bir ko'raychi. Kel Gipsofila qara senga ma'qulmi? --- O'zinga qaysi ma'qul bo'lsa, o'shani tanlayver. Men hozir, - deya Gipsofila qo'l telefoniga kelgan habarga qarar ekan ekranda "Boss" degan yozuvga ko'zi tushdi. Habarda ma'lum bir o'rmondagi manzil tasvirlangandi. Gipsofila avval e'tibor bermadi ammo qiziqishi ustunlik qilib, mashinasiga o'tirgancha tezlikni oshirib kerakli manzilga yo'l oldi. Gipsofila yarim soat deganda o'rmon yo'liga yetib keldi. Bu yerga yolg'iz kelish o'zining hayotini havfga qo'yish va o'lim yoqasiga borish bilan barobar edi. Ammo Gipsofilaga hatto Sarfarozning va Volkanning ham ishlarini ortga surgan, ularning harakatlariga qarshi Bora olgan. Bir gap bilan aytganda ancha kuchli raqobatchi bo'la olgan "Boss" Nomi ostida Kim turgani qiziq edi. U qalin o'rmon ichiga ohistalik va ehtiyotkorlik bilan kirib borar ekan. O'rmon borgan sari quyuqlashib, atrofni tuman qoplagandi. Qandaydir barglarning shitirlashi Gipsofilani xushyor tortishiga sabab bo'ldi. Endigina ortga bir qadam tisarilar ekan, ortidan kimdir boshiga qurol tiradi. Gipsofila joyida taqqa to'xtadi va asta ortiga o'girildi, --- Jin ursin. O'takamni yording Sarfaroz. Tentakmisan,. Sen bu yerda Nima qilyabsan? - Sarfaroz uning ustidan istehzoli kulgancha qurolini yoniga solib qo'ydi, --- Nigohingni ko'rsang edi, - deya tinmay kuldi, --- Bas qil. Buni kulgili yeri yo'q. Meni kuzatib keldingmi? --- Yo'q albatta. Menga shu manzilni jo'natishdi. Shuning uchun keldim. Bilsam yolg'iz meni emas, seni ham kutishayotgan ko'rinadi, - deya Sarfaroz jiddiy tortdi, --- Shuningdek meni ham, - deya ularning ortidan tovush eshitildi. Ikkisi bir varakayiga ortiga o'girildi, --- Volkan, - deya savol nazari bilan qarashdi, --- Hayron qolarli yeri yo'q. Bizni bu yerga yeg'ilishimizni shubxasiz o'sha kallakesar istagan, --- Bu bilan bugun u bizga o'zini ko'rsatadimi? - deya Gipsofila savol Nigohi bilan qaradi, --- O'zing Nima Deb o'ylaysan? --- U o'ladi yoki o'ldiradi? - dedi Sarfaroz keskin, --- Men ham shu fikrdaman. Ko'p bora suyiqasd qilganini hisobga olsak haqiqatga eng yaqin tahmin shu, - dedi Volkan. --- Xo'sh, endi Nima qilamiz? Bu yerda hech kimni ko'rmayapman. Endigi rejangiz qanday? - sabrsizlarcha savolga tutdi Gipsofila, --- Bu sokinlik yaxshilik alomati emas, - dedi Sarfaroz Atrofga xushyorlik bilan boqar ekan, --- Kettik. Mana bu yo'ldan yuramiz. Ko'ryabsiz, Ana u yerda qandaydir tom ko'rinyabti, - deya Gipsofila qo'li bilan ishora qilgancha oldinlab ketdi. Ortidan bo'lsa Sarfaroz va Volkan hohlamaygina ergashdi. Bir necha daqiqadan so'ng ulkan qizil tomli qandaydir bino oldida to'xtashdi, --- Aytgandimku, adashmaganimga ishonchim komil edi, - deya Gipsofila bino tarafga qadam bosar ekan. Ularni atrofini bir nechta qurollangan odamlar o'rab oldi. Gipsofila ko'zlarini katta katta ochgancha joyida to'xtadi, --- Mana Gipsofila Karter bizni qayerga boshlab kelding, - deya Volkan atrofidagi qurol tirab turgan yigitlarga nigoh tashlagancha gapirdi, --- Qo'rqsang umuman qadam bosmagin edi, - deya Gipsofila endigina qo'lini ko'ylagiga qistrib olgan qurolga ohista Cho'zar ekan gapirdi, --- Xo'sh, sardorlaring qayerda? Bu yerga chaqirishdan maqsadi Nima? - deya Sarfaroz jiddiy tortgancha savol berdi, --- Ikkoving ham o'lasan, shunday ekan qiziqmaganing ma'qul, - deya gapirdi ulardan salgina ajralib turgan yigit, --- Shu ish Qo'lingdan keladi Deb o'ylaysanmi? - deya Sarfaroz istehzoli jilmaydi, --- Tushunmadim. Ikkoving dedimi? Oramizdan Kimning omadi kelib tirik qolar ekan? - Gipsofila Sarfarozning ortida turar ekanz ohista boshini quyi qilgancha savolga tutdi --- Sizlar bilan pachakilashishga hushimiz yo'q. Ularni o'ldirding, qiz bo'lsa bizga tiriklikcha kerak, - deya yigit qolganlarga buyruq berdi. Sarfaroz unga qurol tirab turgan yigitning oyog'iga qattiq zarba berib, qurolini uzoqroqqa irg'itib yubordi va o'ziniki bilan bir nechtasiga o'q uzishga sazovor bo'ldi. Daraxt ortiga Pana bo'lib turgancha, o'qdan o'zini himoya qilib uzoqdan ularni poylay boshladi. Gipsofila bo'lsa uning qarshisida turgan yigitning qurolini tepgancha uloqtirib yubordi va yigitning qorniga tizzasi bilan zarba berdi va boshiga iyagi bilan zarba berdi. Qurolini olgancha Volkanga tashlanayotgan ikkitasini yerga qulatdi. O'sha qisqa vaqt ichida barchasini o'ldirisha muvofiq bo'lishdi, --- Pastkash, o'zini qorasini ham ko'rsatgani yo'q. Borgan sari sabrimni tugatib bormoqda, - deya Volkan asabiy shivirladi. Gipsofila bo'lsa jarohat olgan tizzasini ko'zdan Kechirar ekan, qonayotganini ko'rdi va be'etibor turgan Volkan va Sarfarozga nigoh tashlab qo'ydi-da, tizzasini ko'ylagining etagi bilan yopgancha o'rnidan turdi, --- Bo'lar ish bo'ldi. U hammaning tinchini buzgani rost gap, ammo bu yerga o'z hohishimiz bilan keldik, - deya Gipsofila kelgan yo'lidan qaytib ketdi. Hozirgi Kun! Gipsofila o'tmishni yodiga olar ekan. Uning hayollarini tarqashiga eshik ochilib Diana va Irodaning kirib kelishi sabab bo'ldi, --- Hayrli Kun go'zalim, - deya Diana tabassum bilan o'rindiqlardan biriga o'tirdi, --- Voy opa, yaxshimisiz? Qanday muammolarga o'ralashib yuribsiz, -d eya Iroda Gipsofilaga havotir aralash qaradi. Gipsofila bo'lsa uni ko'rib yuzi yorishdi va turgancha bag'riga bosdi. Ular uzoq vaqt bir birini bag'riga bosgan ko'yi turishdi, --- Yaxshiman, Irodaginam. O'zingchi? Yolg'iz qoldirganim uchun kechir, seni juda sog'indim singiljonim, - deya mehr bilan qaradi, --- Yolg'iz qolganim yo'q. Ahir o'zim yashagan shaharchaku. Faqatgina sizdan juda havotir oldim. Zeynebdan ham, - deya o'rindiqlardan biriga o'tirar ekan gapira ketdi, --- Mendan havotir olishga hojat yo'q. Hammasi joyida, ahir opangga Kim Nima ham qila olardi, - deya mamnun qaradi, --- Ha eringizni vajohatini ko'rdimku. Yana qanday hayolga borishim mumkin edi? - deya Iroda ma'noli qaradi, --- Havotir olma Sarfarozning vajohati menikini oldida hech Nima emas, - deya kuldi Gipsofila, --- Gipsofila endi Nima qilasan? Sarfaroz bilan yashaysanmi? --- Bilmadim. Boshim qotdi. Hatto Zeyneb bilan uydan tashqari chiqishni ham ta'qiqlagan. Nima qilishim mumkin, --- Ehtimol sudga berarsan. Ahir seni farzanding bilan majburlab olib o'tira olmaydi, --- Bu haqida ko'proq Sara biladi. Men biror narsa deyolmayman, --- Unda mayli. Sen yaxshilab O'yla. Men hozir Magnus bilan ko'rishishim kerak. Sizlarni yolg'iz qoldirishga majburman, - deya Diana xonani tark etdi, --- Xo'sh opa endi men Nima qilaman? - Iroda Gipsofilaga savol nazari bilan qaradi, --- O'ylashimcha, Diananing uyiga joylashgansan shundaymi? - deya Gipsofila qo'llarini birlashtirgancha Irodaga qaradi, --- Shunday. O'ylaymanki endi o'qishim mumkin to'g'rimi? Ya'ni New Yorkda o'qishimga qarshilik qilar edingiz. Bu qarshilik endi yo'qmi? - deya Iroda umid bilan qaradi. Gipsofila bir zum o'ylandida, --- Shunday, - deya Javob berdi, --- Yo, tangrim o'zinga shukur. Rahmat opajonim, - deya Irodaning boshi osmonga yetdi. Gipsofila planshetdagi ba'zi yangiliklarni o'qir ekan, kompaniyasiga havf solayotgan "Richmond" asoschilarining shaxsiy sahifasini titkilay boshladi. Oraga cho'kkan sukunatni Irodaning gaplari buzdi, --- Opa, Nahotki menga hech qanday gapingiz bo'lmasa, - deya Iroda Sinchiklab qaradi, --- Maqsadga o't, - deya Gipsofila boshini ko'targancha jiddiy qaradi, --- Ya'ni kimligingizni. Shu kungacha samimiy va beg'ubor Sohibjamol niqobi ostida yashadingiz. Asli o'tmishingiz qanday? Kimsiz o'zi? Menga faqat ismingiz ma'lum --- O'tmish... Kimmanmi? Shunchalar o'tmishimga qiziqyabsanmi? --- Juda ham, - deya Iroda qo'lini iyagiga tirab, ko'zlarini pirpiratgancha Gipsofilaga qaradi. Gipsofila bo'lsa bir oz sukut saqlagudek o'tirdi --- Siniq qalblarning hikoyasi juda qisqa bo'ladi singiljonim. G'amgin hikoyalarda so'zlar Kam bo'ladi, ammo yurakni titratadi. Meni o'tmishim ham shunday. Ahmoqliklarim tufayli doim yaqinlarim azob chekkan. Na bsridan qochib qutula oldim, na qolib bahtli bo'la oldim, --- Opajonim, Bilaman siz kuchlisiz. Anig'i boshingizdan nimalarni kechirgansiz bilmayman. Ammo mening opam bardoshli va sabrli ekanini bilaman, --- Sen juda ham beg'uborsan Iroda. Sen tengi ekanimda men ham huddi shunday bo'lganman va huddi shu yoshimda ham beg'ubor qalbdan asar qolmagan edi. O'n sakkiz yosh menga juda og'ir kelgan, --- Opajonim o'zimni, - deya Iroda o'rnidan turib Gipsofilani bag'riga bosdi, --- Mayli men tashqarida bo'laman opa, --- Yaxshi nimadir kerak bo'lsa qo'ng'iroq qil, --- Hop, - deya Iroda xonani tark etdi. ••••••••••••••••••• --- Alo Eshitaman, Tushunarli. Farzandi degin Juda soz, bu bizga qo'l keladi, - deya mashinaning ortida o'tirgan kimsa qo'ng'iroqni yakunladi va miyig'ida kulib qo'ydi, --- Malaria kompaniyasiga hayda. Gipsofila Karter bilan tanishish vaqti keldi, --- Hop bo'ladi honim, --- Hali men bilan tanishgan kuningga la'natlar aytishingacha olib kelaman seni Gipsofila, - dedi ayol ijtimoiy tarmoqda Gipsofilaning suratiga qarar ekan. •••••••••••••••••••• --- Hayrli kun, - Gipsofila xonasidagi ulkan oynadan shaharni tomosha qilar ekan ortidan tanish ovoz yangradi. Hotirjam jilmaygancha ortiga o'girildi, --- Seni qaysi shamol uchirdi Volkan Demir. Yoki odamlaringni o'ldirganim yoki koshonangdagi darvozangni buzganim javobini olishga keldingmi? - dedi Gipsofila huddi o'z xonasida o'tirgandek oyog'ini chalishtirib o'tirgan Volkanga yuzlanib, --- Ikki bor adashding. Maqsadga o'tsam nega Sarfarozning uyidasan? - deya nafratli nigoh bilan qaradi, --- Barchasini aniqlashtirganinga qaraganda, Nima uchun ekanini ham bilsang kerak, --- O'zingdan eshitmoqchiman, --- O'ylashimcha senga hisob berishga majbur emasman, --- Demak, gapirmaysan, - deya Volkan o'rnidan ohista turib, Gipsofilaning qarshisiga u tengi turdi, --- Seni..... Seni farzanding bormi? - dedi Volkan moviy ko'zlarini Gipsofiladan uzmay, --- Shunday, - Gipsofila ham uni ko'zlariga qaradi va hech qanday hissiz Javob berdi, --- Va Sarfarozniki, - deya qo'shimcha qildi Volkan, --- Adashmading, --- Nima qilmoqchisan? Ya'ni u bilan davom ettirasanmi? --- Davom ettirsam ettirmasam, bu seni qiziqtirmasin Volkan. Yaan shunday ahmoqona savollar bilan boshimni qotirmasidan bo'lsang, yaxshisi xonamni bo'shatib qo'yganing ma'qul, --- Ishchi? --- Qanday ish? --- Chamomile Daisy kompaniyasida yetarlicha ulushing bor. Agar bu ketishda bo'lsa, ayrilib qolishing aniq, --- Men hech qachon o'z ulushimni birovga berib qo'ymayman, bundan ko'ngling to'q bo'lsin. Albatta u yerga qaytaman. Ahir Halikani ham kimdir jig'iga tegish kerakku, - deya Gipsofila ohista jilmaydi, --- Endi meni ishlarim bor. Vaqtimni olyabsan, - deya Gipsofila uning yonidan o'tib ketdi. ••••••••••••••••••••• --- Diana Magnus tadadam, Mana bu hujjatlarni ko'ring va shunday singlingiz borligidan fahrlaning, - deya Iroda Diana va Magnus bilan qahvaxonada o'tirar ekan, mamnun qaradi. --- Qani bir ko'raychi? - deya Magnus qahvasidan ho'plar ekan, hujjatlarga ko'z yugurtirdi, --- Nima ekan Magnus, - Deya Diana ham qiziqsinab so'radi, --- buyog'i bayram ekanda. Iroda universitetga ko'rganini maqtanyabti, - deya kuldi Magnus, --- Maqtanayotganim yo'q. Buyoqqa Bering hujjatlarimni. Men hozir kelaman yuvinish honasiga borib kelay, - deya Iroda hujjatlarini sumkasiga joylar ekan ularga qarab gapirdida o'rnidan turgancha ketdi. Yuvinish xonasiga endigina kiraman deganda uning qarshisidagi erkaklar xonasidan qandaydir tovushlarni eshitdi. Qiziqishi ustun kelib ohista mo'raladi. Ikkita yigit tinmay kimnidir suquvga olayotganiga ko'zi tushdi. Iroda sekingina eshikdan, mo'ralab vaziyatni kuzata boshladi, --- Menga qara senga Kim qo'yibti meni mashinamga taqiqlangan Dori solib qo'yishni. Nima bilmaydi Deb o'ylaganmiding? - dedi ko'zgu oldida tiralib turgan yigit, --- qo'yaver do'stim. Bizni nimalarga qodir ekanimizni bilmaydigan ko'rinadi, - deya ort o'girib turgani labi yorilib qonayotgan yigitning qorniga musht tushirdi. Iroda bo'lsa qiziqsinab huddi film tomosha qilayotgandek eshikka suyangancha ularni kuzatardi, --- Menga qara, ahmoqliging bilan jig'ibiyron qilding. Maqsading Nima edi bundan? - dedi jiddiy yigit, --- Osongina gapirmasang, gapirtirish yo'llarini juda yaxshi bilamiz Shunday emasmi Alihan, - deya kuldi do'sti, --- shoshmachi, sen Kim bo'lding? - deya eshik yonida turgan Irodadan nigohini uzmay yaqinlashib kela boshladi. Iroda bo'lsa qo'llarini qovushtirgancha jiddiy qaradi, --- Kimligim bilan Nima ishing bor? - dedi hech qanday harakatsiz --- Nega kuzatyabsan, yoki Mana bu lattani sherigimisan? --- E'tiboring uchun Meni lattalar bilan ishim yo'q, sen ham bundan mustasno emassan, - deya Iroda boshqa bu yerda qolishni o'ziga ep bilmay, chiqib ketdi. Alihan bo'lsa ortidan yuzini burishtirgancha qarab qoldi, --- Alish, sezgan bo'lsang u qiz seni hozir yedirib ketdi. Qizig'i bo'lsa sen indamading - deya yonidagi do'sti qo'li bilan yuzini berkitgancha kuldi. •••••••••••••••••••• --- Diana keldingmi? Bu yerga Kel, muhim masalalar bor, - deya Gipsofila yo'lak bo'ylab kelayotgan Dianani yoniga chorladi. Qo'lida bo'lsa qandaydir hujjatlarni ochgancha ko'zdan Kechirar ekan, Diana yetib keldi, --- Xo'sh, qanday masala ekan? --- Mana bu hujjatlarni ko'r. O'zi sen hech bularni Sinchiklab tekshirarmiding? --- Haligi, unchalik emas, - deya Diana tilini tishlagancha gapirdi, --- Mana men kimga Kompaniyani ishonib topshiryabman. Qandaydir bir ma'suliyatsiz qizgami? --- Oshirib yubormasangchi Gipsofila, --- Shunga arziydi Diana. Endi tushunyabman nega borgan sari kompaniyaning reytingi tushib, aksiyalar kamayib borayotganini. Bundan buyog'iga barchasini o'z qo'limga olaman. Har bir hujjatlar mening qo'limdan o'tishi shart. Avval o'zim tekshirib, ko'rib chiqaman, tushunarlimi? --- Ey Tangrim, bu qattiq qo'l boshliqqa o'zing insof ber. Tushundim Gipsofila, --- Aksiyaning yigirma besh foizini Kimning tortib olishga jur'ati yetdi? Xo'sh..., --- Qayerdan bilaman Gipsofila. Hali o'zini bizga namoyish qilmadi, --- Ma'lumotlari, ismi degandek? --- Haligi, eslolmayapman, --- Yasimin, Yasimin Karahanli, - Gipsofilaning ortidan qandaydir ayol kishining ovozi yangradi. Ortiga o'girilar ekan qarshisida qora, yenglari va yelkalari to'rdan iborat ko'ylak kiygan ayolga ko'zi tushdi, --- Kechirasiz? - Gipsofila savol nazari bilan qaradi, --- Ya'ni Kompaniyaning yangi aksiyadori Yasimin Karahanli bo'laman, --- Tushunarli. Bir varakayiga ham raqobatchi ham hamkorman Deng, --- Unchalik emas. Barchasini asta sekinlik bilan bilib olasiz. Hozir bo'lsa siz bilan tanishishni juda istar edim, --- Gipsofila Karter. Mana shu siz turgan Malaria kompaniyasining asoschisi. Siz bo'lsa Richmond Kompaniyasi asoschilaridan birisiz adashmadimmi? --- ko'rinib turibti men haqimda obdon surishtirgansiz, --- Yo'q, adashdingiz. Hujjatlar orasida ko'zim tushgan. Meni sizdan muhimroq ishlarim bor. Diana sizni kompaniya bilan tanishtiradi. Ma'zur tutasiz, - deya Gipsofila uning yonidan bir nigoh tashlagancha o'tib ketdi. --- Qayerda? Qayerda? Jin ursin qayerda eshitganman bu ismni? - deya Gipsofila o'ziga o'zi shivirlab o'ylangancha yurib ketdi. ••••••••••••••••••••••• --- Salom Sarfaroz, - Halika o'z kabinetida ish bilan band o'tirgan Sarfarozning yoniga kirar ekan, gapirdi, --- Kel Halika. Yaxshimisan? - deya Sarfaroz hujjatlardan boshini ko'targancha unga qaradi, --- Yaxshi emas, - deya Halika labini tishlagancha mahzun o'rindiqlardan biriga joylashdi. Sarfaroz bo'lsa e'tiborsizlarcha hujjatlarni titishni davom ettirar ekan, uning hatto gaplari ham qulog'iga kirmadi, --- Nimalar bilan bandsan? --- A haligi, yangi loyiha bilan. Biror gaping bo'lsa aytaver, --- Albatta bor. Gipsofila qaytibdi. Yana yolg'iz emas, farzandi bilan, -- To'g'ri, - deya Sarfaroz jiddiy qaradi Halikaga, --- endi Nima qilmoqchisan? Menchi? Mening tuyg'ularimchi Sarfaroz? --- Halika, seni hafa qilishni istamayman. Juda ham aqilli va ma'suliyatli qizsan. Ammo men sevgan ayol boshqa. Senga mendan umid qil demaganman. O'zing yonimda bo'lishni ma'qul bilding, --- Ammo o'rtamizda bo'lgan munosabatchi? Uni qanday izohlaysan? --- Oddiy, sen ham men ham bilamiz. Men u paytda o'zimda bo'lmaganman, - deya Sarfaroz jiddiy gapirdi, ko'zlaridan bo'lsa nafrat porlab turardi, --- Aytib qo'yay Halika. Gipsofilaga biror narsa degudek bo'lsang, o'ldim deyaver, - deya qo'shimcha qildi Sarfaroz, --- Yaxshi, seni tushundim, - deya Halika nafrat bilan qaradi va eshikni Zarb bilan yopgancha xonani tark etdi. ••••••••••••••••••••• --- Xo'sh sevgilim Gipsofila Karter bilan ko'rishdingmi? - telefon ortidan erkak kishining ovozi yangradi, --- Ha Yaygin. U shu qadar betkachopar va osmonki, bo'g'ib o'ldirib qo'yishdan o'zimni zo'rg'a tiydim, --- Asabingni asra jonginam, - Yayginning jarangdor ovozda kulgani eshitildi, --- Sizga kulish bo'lsa bo'ldi. Shundaymi? Meni ajoyib rejam bor. Gipsofila uzoqqa bormaydi, Mana ko'rasiz, - deya Yasimin ayyorona jilmaydi. •••••••••••••••••••••• Gipsofila uyga yetib kelib, xonasiga kirar ekan shiringina uyquda yotgan Zeynebni yuzidan ohista o'pdi va bir zum unga termulib turdi, --- Hali dadajoninga ko'rsatib qo'yamiz Qizalog'im. Shu qadar jonidan to'ydiramizki, asabiylashib jimgina barmog'ini tishlab o'tiradi. Agarda Qizalog'i va rafiqasi kerak bo'lsa, - deya Gipsofila nimalarnidir o'yladi va ayyorona jilmaydi. So'ng ust boshini alishtirgancha oshxonaga yo'l oldi. U yerni bir zum ko'zdan Kechirar ekan, hamma yer saranjom va juda ulkan edi. Har bir buyum tartib bilan joylashtirilgani uning e'tiborini tortmay qo'ymadi, --- Honim nimadir kerakmi? --- Yo'q, sen chiqib ketaver. Nima kerak bo'lsa o'zim uddalayman, - deya Gipsofila tabassum bilan oshpazni oshxonadan chiqarib yubordi. O'zi bo'lsa muzlatkichni ochgancha tuxumlarni va qandaydir karomlarni olib, o'zi bilgancha to'g'rashga tushdi, --- Bu juda foydali taom bo'ladida, - deya ohista kulib qo'ydi. Oradan bir necha daqiqalar o'tgach oshxonaga Dilhumor yuzini burishtirgancha kirib keldi, --- Bu qanday badbo'y hid bo'lmasa. Hamma uydan shu hid ko'ngilni behuzur qilgancha taralyabti. Sen Nimalar qilyabsan o'zi? --- Foydali taom. Nima edi? - Desi Gipsofila e'tiborsiz, --- Aqldan ozganmisan tuxum bilan Mana shu turdagi karomni ham birga qovuradimi? Hamma yerni badbo'y hidga tutatib, is qilib yubording, - deya Dilhumor yuzini burishtirgancha, ro'molchasida burnini yashirdi, --- Menga qara Gipsofila. Senga Mana shunday ahmoqona taomlar yoqar. Ammo bu uyda pishirishinga ruxsat degani emas. Tushunarlimi? - deya ortiq bir daqiqa ham tura olmay, tezda tark etdi. Gipsofila unga asabiy qaradida ishini davom etdi. •••••••••••••••••• --- Eshitaman Yasimin honim, - bir ayol eshik tagida berkingancha ehtiyotkorlik bilan telefonda gaplashar ekan, atrofga havotir bilan qarab qo'yardi, --- Menga qara hushyor bo'l, uqdingmi? Agar biror hatoga yo'l qo'ygudek bo'lsang, mendan bir chaqa ham ololmaysan. Gipsofilani tavbasiga tayantirish vaqti keldi, --- Hop bo'ladi honim. Barchasi siz aytgandek bo'ladi, --- Yaxshi, hech narsani sezdirib qo'yma, - dedi telefon ortidan Yasimin va qo'ng'iroq yakunlandi. ••••••••••••••••••••• Kech kirishni boshlagan pallada Sarfaroz qo'l soatiga qaragancha darvozadan kirar ekan, bir zumda jiddiy qiyofasining o'rnini norozilik egalladi. Yuzi burishgancha qo'lining yeng sohasi bilan yuziga tutar ekan, atrofga qarab yerda uloqtirib yuborilgan bolalar ko'ylagi, Zina pillapoyalarida bo'lsa o'yinchoqlar, tutqichida qandaydir sochiqlar osilgan holatga ko'zi tushdi. Yuzini hayratva norozilik ifodasi tark etmagan ko'yi, yuqoriga ko'tarilib, xonasi tarafga yo'l oldi. Eshikdan kirar ekan Avvaliga Zeynebni yotoqda qo'llarini qimirlatgancha o'ynab yotganiga so'ng o'rindiqda film tomosha qilib likopchada nimadirlar kovshanib o'tirgan Gipsofilaga ko'zi tushdi, --- Tushunmadim, bu Yana nimasi? - deya Sarfaroz qoshlarini chimirgancha nigoh tashladi. Gipsofila bo'lsa e'tiborsiz filmdan nigohini uzib Sarfarozga qaradi, --- Nima bo'libti Sarfaroz? - deya Gipsofila savol Nigohi bilan qaradi, --- Bilasan, tartibsizlikni o'lgudek yomon ko'raman, ammo hozir birorta joyda tartib ko'rmayapman. Bu Yana qanday tomosha bo'ldi, --- Menga Nima? Tushunmadim, shu holimda uyingni tozalashim kerakmi? Betartiblikni yomon ko'rsang, o'zing tartibga keltir Ana, - deya Gipsofila Yana qayta katta ekranli televizorga qarab oldi, --- Men buni nazarda tutmaganimni juda yaxshi bilasan. Hop, mayli hozir sen bilan baxslashishga toqatim yo'q, - dedi Sarfaroz Gipsofila unga g'alati nigoh tashlab qo'ydi, --- Hizmatchilar qayerda? Senku mayli, ular qayerga qarayabti? - qo'shimcha qildi Sarfaroz qo'lini qovushtirgancha qarab, --- Ularni jo'natib yubordim. Yo'q Hizmatchilar, oshpazlar ham - deya Gipsofila unga mazah qilgandek qaradi, --- Tushunarli, nimani o'ylayotganing ochiq oydin ko'rinib turibti. Ammo bu yo'l bilan Zeynebni bu yerdan olib ketolmaysan. Hoziroq Hizmatchilarni qanday ketkazgan bo'lsang, huddi shunday iziga qaytar. Tushuntiroldimmi? --- Nega seni aytganingni qilishim kerak? Hizmatchilaring senga kerak menga emas. O'zing qaytar ularni, - deya Gipsofila yov qarash qildi va likopchada turgan qovurilgan kartoshkani sanchiqida olgancha jahl bilan og'ziga soldi. Sarfaroz bo'lsa bir zum jinniga qaragandek qarab turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oradan daqiqalar o'tgandan so'ng chiqar ekan, Hali ham vaziyat va manzara chizib qo'ygandek o'sha holatda edi, --- Gipsofila ko'p yeb yubormadingmi? - Sarfaroz unga savol nazari bilan qoshlarini ko'targancha qaradi, --- Nima mumkin emasmi? Yeyishimga ham ho'jayinchilik qilyabsanmi Sarfaroz? - Gipsofila qovoq uygancha qaradi, --- Aslo, - deya yonidan joy oldi. Gipsofila televizordan, Sarfaroz bo'lsa qo'lini o'rindiqning suyanchig'iga tiragancha Gipsofiladan ko'zini uzmay o'tirardi. --- Nima? - Gipsofila qoshlarini chimirgancha u tarafga qaradi, --- Nega avvalgidek nozik emasligingni tushungandek bo'ldim. Bir yarim yilni faqat yegulik bilan o'tkazgansan shekilli? - Deya Sarfaroz kulgancha Gipsofilaga qaradi, --- Bilsang men Farzand dunyoga keltirganman. Keyin umuman to'lishmaganman. Tushunarlimi? - deya Gipsofila qizishib gapirdi, --- Seni to'lishding deganim yo'q. Shunchaki avval haddan ziyod nozik bo'lgan ekansanda, - deya Sarfaroz hazil aralash kuldi. Gipsofila bo'lsa o'ng tarafida turgan kichik hajmdagi yostiqni olib, Sarfarozning boshiga zarba berdi, --- Menga qara. Qara, qara, semizmanmi? - deya Gipsofila asabiy o'rnidan turib Sarfarozga o'tkir nigoh bilan qaradi, --- Yo'q, Aslo, - deya Sarfaroz qo'li bilan og'zini berkitgancha kuldi, --- Seni yonimda majburlab olib o'tiribmanmi? Yo'qol, o'zinga yoqadigan qomatlilarni yoniga. Ehtimol Halikaniki yoqar, - dedi Gipsofila. Sarfaroz o'rnidan turar ekan, Gipsofilaga yaqinlashdi, uni sochlaridan silab qulog'ining ortiga o'tkazdi, --- Sen mukammalsan Gipsofila. Sen yagonasan. Agar shunday bo'lmaganda, men seni sevmagan bo'lar edim. Sen betakrorsan, bu rost, - deya Sarfaroz mehr bilan qaradi, --- Unda nega menga azob beraverasan? nega ko'p narsalarni mendan yashirgansan? Agar sen ba'zi qaltis harakatlaringa erk bermaganingda ehtimol farzandimiz o'z ko'z oldingda katta bo'lgan bo'lar edi. Hatoni sen qilding, - deya Gipsofila belida turgan Sarfarozning qo'llarini siltab, chiqib ketdi. Sarfaroz bo'lsa Zeynebning yoniga o'tirgancha, uni o'ynata boshladi, --- Zeyneb, qizalog'im oying seni zeriktirib yubordimi? - deya Sarfaroz Zeynebning kichkina qo'lchalaridan tutgancha o'pib qo'ydi, --- Sen hech ham oyinga o'xshagan jizzaki bo'lma. Hopmi? --- Nima dadasiga o'xshagan xudbin bo'lsinmi? - eshik oldidan Gipsofilaning ovozi yangradi, --- Qara, chiqib ketganiga besh daqiqa ham bo'lmay, kelib zahrini sochyabti. Quvonchimiz uzoqqa cho'zilmadi Zeynebim, - deya Sarfaroz Zeynebga mehr bilan qarab gapirdi, --- Biz uxlaymiz, shundaymi qizalog'im, - deya Gipsofila Zeynebga yaqinlashib ohista qo'liga oldi, --- Sen bo'lsa chiqib ket, - deya Sarfaroz qarab qo'shimcha qildi, --- Hayriyatki o'z uyimda, o'z xonamdaman, --- Endi bu seni emas. Men bilan Zeynebni xonasi. Sen bilan bir xonada qolmayman, - deya Gipsofila Zeynebni o'zining maxsus belanchagiga yotqizar ekan Sarfarozga qarata gapirdi, --- Majbursan. Men bilan shu honada qolishga majbursan. Unutma, Hali ham eringman, - deya Sarfaroz Gipsofilaga o'tkir nigohlar bilan qaradi, --- Men aytadiganimni aytib bo'ldim. Sen bilan bir xonada qolmayman, - deya Gipsofila takrorladi. Sarfaroz endigina Gipsofila tomonga bir qadam tashlar ekan, qo'l telefoni jiringlab qoldi. Gipsofiladan nigohini uzmagan ko'yi qo'ng'iroqqa javob berdi, --- Eshitaman, --- Janob, chegaradagi qurollar o'g'irlanibti, --- Qanaqasiga? Barchasi ko'ngildagidek ediku, --- Yigitlar qurollarni chegaradan olib o'tayotganda, hujumga uchrashibti. Qurollar o'g'irlangan Janob, --- Tushunarli hozir yetib boraman, --- Tushunmadim, Yana qanaqa chegara, qanaqa qurollar? Xo'sh Sarfaroz ehtimol izoh berarsan? - Gipsofila go'shakdagi yigitning ovozini uzul yuluq eshitgan ko'yi, savol nazari bilan Sarfarozga qaradi, --- Hayrli tun, Sevgilim. Mayli bu xona senga, - deya Sarfaroz qo'lining Gipsofilaning boshi ortiga o'tkazib o'ziga tortgancha, peshonasidan o'pib chiqib ketdi. Zeyneb uyquga ketgandan so'ng, Gipsofila ham o'ychan holatda yotoqqa yon boshladi va bir necha daqiqada ko'zini uyqu bosib, butunlay uyquga ketdi. Ayvonchadan kirgan salqin shamoldan Gipsofila sovuq qotganligi tufayli uyqusi buzuldi. Ohista o'rnidan turar ekan, Zeynebni joyida yo'qligini payqadi. Atrofni havotir bilan kuzatdi, --- Tushunmadim, Zeyneb qayerda? - deya sochini changallagancha tashqariga otildi. Uxlashdan avval qulflagan eshigi, ayni damda ochiq ekanini payqadi. Yo'lak bo'ylab, har bir xonalarni ko'zdan Kechirar ekan, hech qayerdan Zeynebni topa olmasdi. --- Zeyneb, Zeyneb. Zeynebim qani? Zeynebni Kim oldi? Qani u? - deya uyni boshiga ko'targancha baqirardi, --- Nimalar bo'lyabti? Yarim kechasi nega tomosha ko'rsatyabsan? - deya Dilhumor xonasidan chiqib kelar ekan, savol Nigohi bilan Gipsofilaga qaradi, --- Zeyneb yo'q. Zeynebni topolmayapman. Qayerda u? --- Nega topolmaysan? Ehtimol Sarfaroz bilandir, --- Yo'q. Sarfaroz uyda emas, - deya Gipsofilaning ko'zidan yosh dumalab Tushar ekan ovozini balandlatgancha o'shqirdi, --- Agar Zeynebga nimadir bo'lsa. Uyingizga o't qo'yaman. Hammangizni o'ldiraman. Sizlarni deb agar unga biror narsa bo'lsa, - deya Gipsofila tahdid aralash nafrat bilan Dilhumorga qaradi va so'ng katta ayvonchaga chiqqancha atrofni ko'zdan kechira boshladi. Gipsofila ayvonchadagi tutqichni alamdan qattiq siqar ekan, go'yo o'zini havo yetishmayotgandek his qilardi. Atrofga alanglar ekan, ko'zidan nafrat aralash yosh qalqib chiqdi. Ayni paytda ayvonchadan katta hovlining uzun yo'lagida kimgadir ko'zi tushdi. Bir zum o'tkir nigohlarini tikib turdi, so'ng o'zini eshikka urgancha zinalardan tezlikda tushib ketdi. Katta darvozadan orqa oldiga qaramay bor kuchi bilan yugurib chiqdi va eshik ostonasida behush yotgan qo'riqchilarga bir zum tikilib qoldi. Yo'lak boshiga nigoh tashlar ekan enaga Miraning Zeynebni qo'lida ko'tarib olgan holatda ko'rdi. Nigohidan shu qadar nafrat ufurib turardiki, butun dunyoga o't qo'yishga tayyor edi go'yo. Bor kuchi bilan uning ortidan yugurib borardi. Shuningdek yerga gilam kabi to'zalgan kichkina va o'tkir toshlar yalang oyoqlariga tig'dek sanchilardi ammo bularga ham parvo qilmay Miraning ortidan yetib keldi. Gipsofilaning uddaburonligi ustunlik qilib Mirani bir zumda qo'lga oldi. Sochidan changallar ekan, qo'lidan Zeynebni tortib oldi va Miraning yuziga qattiq zarba berdi. Bu Zarb kuchidan enaga yerga yuz tuban yiqildi. Dilhumor uning ortidan chiqar ekan, Miraga nafrat bilan qaradi va Gipsofilaning bergan zarbasidan yuzini hayrat va mamnuniyat egalladi. Gipsofila tinmay Zeynebni quchib, yuzlaridan ko'p bora o'pdi. Yerda labi yorilib qonashga ulgurgan Miraga nafrat va g'azab bilan qarar ekan, qo'lidagi Zeynebni hech ikkilanmay keskin Dilhumorning qo'liga tutqazib qo'ydi. O'zi bo'lsa Miraning sochidan qayta changallagancha o'ziga qaratdi, --- Kimsan o'zi? Iflos, ikki yuzlamachi. Kimsan deyabman senga? - deya o'shqirdi Gipsofila, --- Aytmayman. Hech narsani Aytmayman, --- menga qara. Men bilan o'ynashyabsanmi? Sen hali bu qilmishing uchun Javob berasan? Nima uchun bunday qilganingni ham aytasan. Zeynebni osonlikcha olib ketolaman deb o'yladingmi? Hali barchasini tovonini to'laysan, - deya Gipsofila uni sochidan changallagancha qo'pol tarzda o'rnidan turg'azdi, --- Bu yerda Nimalar bo'lyabti o'zi? Ehtimol tushuntirib berarsizlar - dedi Tim qora uslubda kiyinib olgan Sarfaroz darvozadan kirar ekan qoshlarini chimirgancha Gipsofilaga so'ng Zeynebni ko'tarib turgan Dilhumorga nigoh tashlab, --- Sen mendan Zeynebni tortib olib, ishonib topshirgan Mana bu hamshirami, enagami, Jin ursin kimligi ham noma'lum Zeynebni o'g'irlab ketmoqchi bo'ldi? - deya Gipsofila Mirani Sarfarozning oyog'i ostiga uloqtirib yubordi, --- Bo'lishi mumkin emas, --- Ha Janob uyingizni havfsizligi shu yergacha ekan. Agar men ulgurmaganimda, Kim bilsin bu tasqara Nima qilardi, - deya Gipsofila Miraga ishora qildi. Sarfaroz bo'lsa asabiy yuzini ishqar ekan, boshini ohista chayqadi. Enagaga bo'lsa bir Bora qiyo ham boqishni o'ziga ep ko'rmadi, --- Stefan, - deya Sarfaroz ovozini ko'targancha jahl bilan ko'zlarini yumib, o'zini bosishga harakat qilgan ko'yi chaqirdi, --- Stefan, Stefan qayerdasan o'zi, - Gipsofila Sarfarozdanda baland ovozda o'shqirdi. Sarfaroz devorga tirab turgan qo'lini qovushtirgancha, ko'zlarini ochib Gipsofilaga ma'noli qaradi. Gipsofila bo'lsa unga nigoh tashlab shunday degan ishoradek boshini quyi qildi. Bog'ning orqa tarafidan shoshilgancha Stefan yetib keldi, --- Mana buni yerto'laga olib borib, qamab qo'y. U bilan shaxsan o'zim shug'ullanaman, tushunarlimi? - Gipsofila nigohini Sarfarozdan uzmay gapirdi, --- Hop bo'ladi, honim, - deya Stefan so'zsiz buyruqni bajargancha g'oyib bo'ldi. --- Shuncha tomosha yetar, balki uyga kirarsizlar. Opa Zeynebni olib kiring, havo salqin, - deya Sarfaroz Dilhumorga jiddiy nigoh tashladi, --- Keyingi safar uyga yangi hizmatchi yoki enaga olsang, ehtiyotkorroq bo'lasan degan umiddaman ukajon, - deya Dilhumor Sarfarozga ma'noli qaradi va Zeynebni ko'targancha darvoza tomonga qarab ketdi, --- Sen ham sezdingmi? Opang ilk bora haq Gapni gapirdi, - deya Gipsofila mazah aralash kuldi, --- Bas qil, Jim bo'l, seningcha shu kulgulimi? --- Ovozimni o'chirishga urunma Sarfaroz. O'zi doim qilgan hatolaringizni jabrini men tortaman, shunday emasmi? --- Buni barchasida meni aybdor qilib qo'yolmaysan. Huddi o'zingni oppoq, dushmani yo'qdek ko'rsatma. Zeynebni o'g'irlanishiga seni dushmanlaring sababchi ekani aniq. Chunki menga dushmanlik qilishga hech kimni yuragi dov bermaydi, --- Ibrohimni unutgan ko'rinasan. Istasang eslataman. O'zinga bunchalik ko'p baho berma, zero manman degan yigitni, yov bosganda ko'r degan naqil bor, --- Yaxshi Ibrohim haqida so'z ochilgan ekan. Hozir u qayerda? Qayerga g'oyib bo'ldi? Taxminlarimga ko'ra bularda aniq sening qo'ling bor, --- O'ylaganimdanda aqillisan, tasanno. Taxminlaringni oldida taslimman der edim, ammo bunga arzimaysan. Ibrohim haqida bilishing shart emas, zero barchasini o'z vaqti bor, - deya Gipsofila ort o'girib endigina qadam tashlar ekan, oyog'ining og'rig'ini payqadi. Zeynebga bo'lgan havotiri tufayli Avvaliga sezmagandi, ammo hozir zirqirab og'rishidan yuzi burishdi, --- Sarfaroz borgan sari uyingdan ko'nglim ozib boryabti. Qaysi kallang bilan yerga bunday seramika terdirgansan? Bu ketishda oyog'imdan ayrilishim hech gap emas, - deya Gipsofila o'ng qo'li bilan oyog'ini ohista ushlagancha, to'pig'ini ko'zdan Kechirar ekan, unchalik havfli bo'lmasa ham jarohatlanganiga ko'zi tushdi. Sarfaroz bo'lsa uni ortidan bir zum kuzatib turdi va ohistalik bilan uni ko'tarib oldi, --- Sendan boshqa hech qaysi ahmoq bu yo'ldan oyoqkiyimsiz yurmaydi. Shunday ekan bunda seramikani emas, o'zingni aybla jonginam, - deya Sarfaroz miyig'ida kulib qaradi, --- Doim aybni menga to'nkab qo'yish Yoqimli bo'lsa kerak, shunday emasmi? --- Aslida unchalik emas. Hozir nimani o'ylayabman aytaymi? --- Xo'sh, --- Nozik oyoqlaringni o'rniga tiling jarohat olganda edi, --- Tasavvur ham qilolmaysan, - Sarfaroz xonasining eshigini o'ng yelkasi bilan ohista itargancha ochdi va Gipsofilani yotoqqa qo'ygancha, boshqa xonaga kirib, bir zumdan so'ng qo'lida oppoq quti ko'tarib chiqdi, --- Bu nima? - Gipsofila qutiga nigoh tashlar ekan Sarfarozni savolga tutdi, --- Nimaga o'xshayabti? - Sarfaroz yotoqning chetiga ohista o'tirib Gipsofilaga qaradi, --- Savolga savol bilan Javob berish bu sen uchun odatiy tusmi yoki sevimli mashg'uloting? --- Yo'q. Seni asab tolalaringni birma bir uzish meni sevimli mashg'ulotim. Bir necha daqiqa og'zinga dam bersang boshim osmonga yetardi, - deya Sarfaroz qutini ochib ichidan yashil rangli malham va bint oldi. Gipsofilaning oyog'i ostini ko'zdan Kechirar ekan chuqur jarohat olgan va qonagan yerlarini ko'rib yuzi burishdi. Hayolidan ertagayoq bog'ning yo'lidagi toshli yevro uslubdagi seramikani sillig'iga alishtirishni o'tkazdi, --- Menga ber. O'zim eblayman. Yordaminga esa muhtoj emasman, - Gipsofila Sarfarozning qo'lidagi malhamga qo'l uzatar ekan, Sarfaroz tortib oldi, --- Hozir Qaysarlik qiladigan payt deb o'ylayabsanmi? Aqilli rafiqa bo'lib menga quloq Sol, go'zalim, tushunarlimi? --- Yo'q. Umuman Tushunarli emas, - deya Gipsofila yuzini burib oldi. Sarfaroz bo'lsa istehzoli jilmayib qarab qo'ydi-da so'ng oyog'ining yaralarini tozalab, malham suritib bog'lab qo'ydi. Sarfaroz yotoqda suyanib o'tirgan Gipsofilaga ohista yaqinlashdi, --- Bo'ldi, - deya yaqiniga kelgancha shivirladi, --- Nima bo'ldi? - Gipsofila ko'zlarini Sarfarozdan uzmay so'radi, --- Jarohatinga malham suritdim. Og'riyabtimi? - Sarfaroz mehr bilan boqar ekan, Gipsofila yo'q ishorasini qilgancha boshini chayqadi, --- Seni deb chekmagan ozorlarim qolmagan. Oddiy jarohat Nima bo'libti, - bir necha soniyalik sukutdan so'ng Gipsofiladan sado chiqdi, --- bilaman. Bu ozorlar sababchisi sening qaysarliging ekanini ham bilaman, - Sarfaroz Gipsofilaning sochidan ohista barmoqlarini yurg'azdi, --- Yetar, tugatgan bo'lsang bo'ldi, - deya Gipsofila endigina undan uzoqlashmoq istab harakat qilgandi hamki, Sarfaroz bir qo'lida Gipsofilaning qo'lidan ushlab to'xtatdi, boshqa qo'lini bo'lsa uning bo'ynidan o'tkazgancha o'ziga keskin tortdi va bo'sa oldi. Gipsofilaning ko'zlari katta katta ochildi, bir qo'li bilan yotoq ustidagi choyshabni g'ijimlar ekan, boshqa qo'lida bo'lsa Sarfarozning ko'ksidan itarishga urinardi. Oradan bir necha soniya o'tib Gipsofila harakatdan to'xtadi. Ko'zlarini yumdi va boshini ohista par yostiqqa qo'ydi. •••••••••••••••••••••••• Erta sahardan Iroda barvaqt uyg'onib olgancha, o'qishning ilk kuniga tayyorlana boshladi. Javondan ikki Kun avval mahsus Diananing dizayneriga tiktirgan bejirim havorang belida oq tasmasi bor etagi pirpirakli ko'ylagini olib kiydi. Yelkasiga ozgina tushib turuvchi sochlarini tekislagancha yoyib oldi. Yuziga ozgina pardoz qilib, kompyuter uchun mo'lajallangan Ko'zoynagini ohista taqdi. Qo'liga bo'lsa ko'ylagiga mos Gipsofila sovg'a qilgan marvarid ko'zli bilakuzugini taqdi va ko'zguda o'zining betakror aksini ko'rib mamnun jilmaydi. Tayyor bo'lishi bilan nonushtaga Tushar ekan, dasturxon atrofida Dianani va Magnusni ko'rib jilmaydi, --- Hayrli tong, - dedi Iroda hush kayfiyatda, --- Ohoo bizning kichkintoy bugun o'zgachaku, - dedi Magnus unga nigoh tashlar ekan to'lqinlanib, --- Rahmat Magnus. Meni o'qishga siz olib borasizmi? --- Yo'q albatta. Seni shaxsiy haydovching emasman ahir, --- Ammo opam, --- Opang gapiraveradi, --- Shu gapingizni o'zi eshitsa, teringizga somon tiqishi aniq, --- Havotir olma o'zing ketmaysan. Haydovchi olib ketadi, --- Unday bo'lsa yaxshi. Diana siz Nima qilyabsiz? - Iroda planshetdan ko'zini uzmayotgan Dianaga savol nazari bilan qaradi, --- Ah, haligi, yaqinda katta ochilish marosimi bo'ladi. Marosimda eng qimmatbaho "kumush ko'z ilon" nomli tumor namoyishga qo'yiladi. Eng qizig'i mashhur zargar uni o'sha kuni Gipsofilaning bo'ynida bo'lishini istayabti. Bu tumorni taqish qanchadan qancha inson uchun orzu. Ammo zargar Gipsofiladan uni taqishni iltimos qilyabti. Mana tumorning o'zginasi, ko'ringlar, - deya Diana planshetni ekranini ularga qaratgancha qalin, tilla rang tumorni ko'rsatdi, --- Haqiqatdan ham juda ajoyib. Bunga albatta opajonim arziydilar. O'sha zargar opamdan boshqa munosib zotni topa olmasdi. Juda to'g'ri qaror qilibti, - dedi Iroda to'lqinlanib, --- U nega endi Gipsofilani tanlagan. Ahir Gipsofila hech qanday model ham emas, - deya Magnus savol berdi, --- Faqatgina menda bir taxmin bor. Sababi Gipsofila kerakli darajada taniqli. Ham aqli, ziyrakligi va go'zalligi bilan. Menimcha hech qaysi model Gipsofila kabi bo'la olmaydi. Mana ko'rasan Gipsofila u tumorni taqqanida ko'rkiga ko'rk qo'shadi va shunda Amin bo'lasanki, hech qaysi model tumorni bu kabi ochib bera olmasligiga, --- Tushunarli. Hali barchasini vaqt ko'rsatadi, - deya Magnus unga norozi ohangda qarab turgan Irodaga ko'zini qisib qo'ydi, --- Mayli men o'qishga ketdim. Yaxshi qolinglar, - Iroda o'rnidan turar ekan, dasturxonda turgan kichkinagina yashil zaytundan olib og'ziga soldi va qolganlarga kulib qarab qo'ydi, --- Mayli, ishkal qilib yurma Yana, --- Qanday ishkal. Men unday narsalardan yiroqman bilasizlarku, --- Bilganimiz uchun ham aytyabmiz. Sen hatto Gipsofiladan ham o'tib tushgansan. Shuning uchun ehtiyotkorlik zarar qilmaydi. Zero Gipsofila seni menga ishonib topshirgan, --- Yaxshi, onam ham Shunchalik tergovchi emas edi, - deya Iroda norozi to'ng'illagancha eshikdan chiqib ketdi. --- Honim u Topshirig'ingizni bajarayotib qo'lga tushibti. Gipsofila honim barchasini payqab qolibti. Endi Nima qilmoqchisiz? --- Shunday bo'lishi aniq edi. U hizmatchining og'zida gap turmasligi aniq. Meni gullab qo'yishi esa kundek ravshan. Menga esa shu kerak. Toki Gipsofila bilib qo'ysin, keyingi zarbamda ayab o'tirmasligim aniq. Hali akamning o'limi uchun o'z Joni bilan tovon to'laydi, --- Sen Alihanni kuzat. U ham biror ahmoqlik qilib yurmasin, --- Hop bo'ladi, --- Har bir qadamidan meni habardor qilib turishing shart tushunarlimi? ••••••••••••••••••••• Sarfaroz kulrang ko'zlarini uyqudan zo'rg'a ochar ekan, yonida farishtalardek uyquda yotgan Gipsofilaga qaradi. Sochlarini ohista paypaslagancha yuziga labini bosdi. So'ng o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oradan chamasi o'n besh daqiqalar o'tib chiqib keldi va kompaniyaga ketishga tayyorlana boshladi. Gipsofila kipriklarini pirpiratgancha ko'zlarini ochar ekan, atrofga zumdan nigoh tashladi. Xonada o'zidan bo'lak hech Kim yo'qligini payqagach, o'rnidan turib yuvinib chiqdi. So'ngra javondan oppoq tizzasidan pastlab turuvchi ko'ylagini kiydi. Beliga jigarrang remenini taqib, oyog'iga shu rangdagi uzun polsapok kiydi. Sochini jingalak qilib yuqoriga turmakladi. Haddan tashqari uzun bo'lgan kipriklarining ustidan ozgina rush suritdi va labini apelsin rangdagi lab bo'yog'i bilan bo'yadi. Ayvonchadan bog'ga nigoh tashlar ekan, Sarfarozning mashinasini tayyorlashayotganiga ko'zi tushdi. Egniga jigarrang ko'jali pidjakini ilib shoshilib darvozadan chiqdi. Uni ko'rgan Sarfaroz qop qora Ko'zoynagini yechgancha boshdan oyoq nazar tashladi, --- Sen qayerga? --- Senchi? --- Savolga savol bilan Javob berma, - dedi Sarfaroz qoshlari chimirilib, --- Tushunarli, kompaniyaga ketyabman. Xo'sh senchi? --- Men ham sen bilan kompaniyaga ketyabman, - Deya Gipsofila mashina tomonga harakatlandi, --- Zeynebchi? --- Unga mehribon ammajonisi qarayabti, --- Hech o'ylamagandim, Zeynebni opamga ishonib topshirishingni, --- Opang maxluq emasdirki, o'z jiyaniga biror narsa qiladigan, --- Yaxshi, O'tir, - deya Sarfaroz old eshikni ochib Gipsofilaga ishora qildi. Gipsofila endigina o'tirishga harakat qilayotgan edi hamki, Stefan yetib keldi, --- Hayrli tong Honim, haligi siz aytgandek enagani yer to'laga qamab qo'ydik, - deya Gipsofilaga nigoh tashladi, --- Uni Nima qilib bo'lsa ham gapirtiring, - deya Gipsofilaning o'rniga Sarfaroz Javob berdi. Gipsofila Sarfarozga ma'noli qarab qo'ydi, --- Yo'q. Uni shunchaki ushlab turinglar. Nima qilishni o'zim bilaman va o'zim shug'ullanaman, - deya Sarfarozga nigoh tashladi. Stefan bo'lsa avval Gipsofilaga so'ng Sarfarozga savol nazari bilan qaradi, --- Gipsofila honim Nima desa shuni bajar, - deya Sarfaroz istehzo bilan so'zladi, --- Ehtimol tezroq o'tirarsan, - qo'shimcha qildi so'ng. Gipsofila unga miyig'ida tabassum bilan qaradi va mashinaga joylashdi. •••••••••••••••••••• Iroda baland bo'lib qad rostlagan universitet binosiga bir boshdan ko'z yugurtirdi. O'zini erkin va mag'rur tutgancha katta darvozadan ichkari kirib borar ekan, turli tuman o'quvchilarga zumdan nigoh tashladi. Nufuzli universitet talabalarining deyarli barchasi taniqli tadbirkor va advokatlarning farzandlari bo'lib, barchasi o'ziga bino qo'ygan olifta edi. Iroda ham ulardan qolishmagan tarzda, kimsan Gipsofila Karterning singlisi sifatida ularga past nazarda qaradi. Irodaga oliftalik va tannoslik qilish borasida hech Kim yeta olmasligi shundoqqina ma'lum edi. Avvaldan o'zining aqli va go'zalligi bilan boshqalardan o'zini baland tutishni afzal ko'rar, nihoyatda o'zini sevuvchi qizligini hisobga olgan holatda hozir ham o'zini shunday tutayotgandi. O'z guruhini va darsliklarini jadvaldan bilib olgan ko'yi, yuqori qavatga zinalardan ko'tarilar ekan, yettinchi qavat bo'lgani uchun liftni kutib o'tirmay o'zboshimchalik qilganiga Ming pushaymon aytdi. Bir necha daqiqada adashmay kerakli xonani topib kelganidan, mamnun holatda deraza yaqinidagi to'rtinchi partaga borib o'tirdi. O'zini erkin tutgancha faqatgina derazadan tashqarini tomosha qilishni o'ziga ep ko'rdi. Na birov bilan salom alik qildi va na yangi do'st ortirdi. Oradan bir necha daqiqa o'tgandan so'ng eshikni Zarb bilan ochilganidan hayollari tarqab o'sha tarafga nigoh tashladi. Kuni kecha erkaklar xonasida uchratgan ikkita bezori yigitga ko'zi tushdi. Avvaliga lol qoldi va nigohini hayrat egalladi. Shuningdek sinfdagi barchaning Nigohi ham ularga qaratilgandi. Ayniqsa qizlarning ko'zlari uzilmasdi. Ammo Alihanning Nigohi Irodaga tushgandan so'ng Avvaliga u ham hayron qoldi va so'ng do'sti bilan nimalarnidir shivirlashib miyig'ida kulib qo'ydi. Alihan do'stiga ko'zini qisib qo'ydi va to'g'ri borib yuzini qo'li bilan to'sib o'tirgan Irodaning oldiga yengil tin olgancha o'tirib oldi. Qo'lini bo'lsa bezbetlarcha o'rindiqning suyanchig'iga tirab oldi. Iroda bo'lsa boshini ko'tarib, porlab turgan jigarrang ko'zlarini jiddiy tikib Alihanga qaradi, --- Nima boshqa joy qurib qolganmi? Aynan shu yerga o'tirmasang, - deya Irodaga norozi to'ng'illadi, --- Aslida bu Gapni senga men aytishim kerak. Bu joy menga tegishli to'rtko'z honim, - deya Ko'zoynagini nazarda tutgancha mazah qildi Alihan, --- O'chir, men turmayman, endi shu yerda o'tiraman, tushunarlimi, -deya Iroda Ko'zoynagini yechib stol ustiga qo'yib qo'ydi, --- Qarshiligim yo'q, - deya Alihan Irodaning Ko'zoynagini stoldan olgancha qiziqsinab kuzatdi va ko'ziga taqib ko'rdi. Iroda unga jinniga qaragandek qaradi, --- Xo'sh, qalay yarashdimi? --- Aqldan ozganmisan sen yigit? Tushunmadim, qanday qilib sen bilan bir universitetda o'qishim mumkin. Sen kimu men Kim? O'rgildim, - deya ensasini qotirdi Iroda, --- Xo'sh kimsan? Kel tanishamiz, --- Nima menmi? Sen bilanmi? Bekorlarni aytibsan, --- O'zing bilasan, - deya Alihan Ko'zoynakni yechgancha stolga ohista qo'ydi va dars boshlangandan so'ng ikkisidan ham sas sado chiqmadi. .•••••••••••••••••••• Sarfaroz Chamomile Daisy kompaniyasi qarshisida mashinani to'xtatdi va qop qora Ko'zoynagini yechgancha mashinadan tushdi. Gipsofila ham u qatori Tushar ekan, uzoqroqdan Halikaga ko'zi tushdi va Sarfarozga qarab ohista labining chetida tabassum qildi. Halika ularni ko'rib sirtida isyon ko'tarilgan bo'lsada, ustida tinch okean kabi edi. Sarfaroz Gipsofilani kutib ham o'tirmay be'etiborlarcha ichkariga kirib ketdi. Bundan Gipsofila o'zini Halikaning yonida yerga urilgandek his qilsa, bir tarafda Halika Sarfaroz unga bir qiyo ham boqib qo'ymaganidan g'azabi qaynardi. Gipsofila ohista va mag'rur qadamlar bilan unga yaqinlashdi, --- Qaytibsanda, --- Qaytishim seni havotirga solgani yuz ifodangdan ma'lum, --- Menga buni farqi yo'q. Eng muhimi Sarfaroz seni avvalgidek sevmasligi. Oradan ancha vaqt o'tdi ahir, --- Seni bu hech ham havotirga solmasin. O'rtamizda muhabbat yetarli. Shuningdek endi farzandimiz ham bor. Aslida shuncha yil o'tib korishamizu, ahmoqona mavzu ustida tortishamiz Deb o'ylamagandim, --- Nimani kutyabsan? Seni quchoq ochib kutib olishimnimi? Bu yerga kelganingni o'zi hato bo'lgan Gipsofila, --- Menga xona tayyorla jonginam. Qarshingda kompaniyaning yarim aksiyadori turibti shuningdek kompaniya ortga tortib ketishiyu, muvaffaqqiyatlarga erishishi ham menga bog'liq. Shunday ekan har bir gapingni o'ylab gapirganing ma'qul. Endi esa yo'limni bo'shatib qo'y, - deya Gipsofila Halikaning yelkasidan turtgancha ichkariga kirib ketdi. Kirib borar ekan kimnidir ismini aytib chaqirgani e'tiborini tortdi va ort o'girib ovoz kelgan tomonga qaradi, --- Hayrli Kun Gipsofila Karter, shundaymi? - deya sochlari va ko'zlari Tim qora qiz to'lqinlanib tabassum bilan gapirdi. --- Ha shunday, siz esa...., - deya Gipsofila javoban tabassum bilan qaradi, --- Luna Brown, Ijtimoiy tarmoq Bosh Jurnalisti, - deya Gipsofilaning gapini davom ettirib qo'l cho'zdi. Gipsofila ham mamnuniyat bilan uning qo'lini siqib qo'ydi, --- Xo'sh, menda qanday ishingiz bor? --- Jurnalistning hohishiyu niyati Nima bo'lardi, albatta intervyu, --- Tushunarli, Nima qilishim kerak? --- Intervyuga rozilik berishingiz kerak. Menga bu juda zarur. Kompaniya boshlig'ining buyrug'i bu. Shu bir oy ichida ishni eblolmasam, ishdan haydalaman, --- Sizni tushundim. Biror ma'qul kun belgilansa albatta roziman, --- Yana bir yordamingiz ham kerak. Sheriklaringizni ham intervyuda bo'lishi shart. Ya'ni Volkan Demir, Sarfaroz Yusuf va Halika Parker. Volkanbey bilan gaplashgandim, ammo ko'nmadi, Ana o'zi ortingizdan kelyabti, - deya ishora qildi Luna. Gipsofila ortiga o'girilar ekan ko'zlariga monand moviy rangdagi kastyum shim kiyib olgan Volkanga ko'zi tushdi, --- Mana buni surpriz desa bo'ladi. Kelishingni hayolimga ham keltirmagandim, - deya so'z boshladi Volkan. Gipsofila endi nimadir demoqchi edi, ammo Volkan uning gapini bo'lgancha Lunaga nigoh tashladi, --- Shoshma sen. Sen o'sha qahvaxonadagi tentak jurnalistsan, shundaymi? Albatta adashishim mumkin emas? --- Ha Jurnalistman, ammo tentak emas, - deya Luna asabiy qaradi Volkanga, --- Bu yerga kelib, Yana kimni boshini qotiryabsan? --- Sizga hech Kim gapirmadi. Suxbatimizga aralashmang hurmatli hurmatsiz Janob, - deya Luna ensasini qotirgancha Volkanga qaradi. Gipsofila bu gaplarni eshitib miyig'ida kulib qo'ydi, --- Shunchalik ham surbet qiz bo'lasanmi? Kompaniyaga ko'chadan kelgan har kimni ham kirgizaveradimi? Qo'riqchilar qayerga qarayabti o'zi? --- Bas qil Volkan. Luna bilan aynan men gaplashyabman. Sen Jim bo'l, - deya Gipsofila Volkanning gapini bo'ldi, --- Luna honim, ertaga style holdingda katta ochilish marosimi bo'ladi. Sizni shaxsan taklif qilaman. O'sha kechada barchasini gaplashib olamiz. Mayli meni ishlarim bor yaxshi qoling, - deya Gipsofila tabassum qilgancha ort o'girib ketdi. Luna bo'lsa uddalaganidan mamnun ortidan qarab qoldi, --- U yerga borishni hayolinga ham keltirma, --- Senga Nima? Men istagan joyimga boraman, --- Birinchidan meni sensirama. Ikkinchidan u yer sendek to'pori va shumshuk qizlarga to'g'ri kelmaydi, --- Yo'q. Birinchidan o'zing meni sensirashni boshlading. Ikkinchidan Kim to'pori va shumshuk ekanini Hali Ko'ramiz, - deya Luna unga qarab labini burgancha ort o'girib ketdi. •••••••••••••••••••• Ertasiga Gipsofila mahsus liboslar olib keltirib tanlar ekan, yoniga Iroda kirib keldi. Egniga pushti etagi uzun pirpirakli va yelkasi to'rdan iborat bo'lgan libos kiyib olgancha, aylandi, --- Xo'sh qalay, yarashibtimi opa? - deya Iroda qo'shimcha qildi, --- Ajoyib, gap bo'lishi mumkin emas, - dedi Gipsofila pardoz xonasida ko'ylaklar tanlash bilan ovvora bo'lib, --- Opa tezroq ko'ylak tanlab kiying. Ochilish boshlanishiga yarim soat qoldi, --- Yaxshi, sen Dianaga ayt bugungi kechaning ko'rgazmasiga qo'yilgan tumor bilan uzukni olib kelsin. Men kiyinish xonasida bo'laman, - deya qizil yengsiz uzun toshlar bilan bezatilgan ko'ylakni olgancha kirib ketdi. Iroda ham Dianani izlab xonadan chiqib ketdi. Oradan bir necha soniyalar o'tib, pardoz xonasiga Halika kirib keldi. Atrofga ohista alanglar ekan, hech Kim yo'qligini payqagach ko'ylagi etagiga yashirib olgan, qandaydir dorini chiqarib, Gipsofilaning uchrayotgan sharbatiga qo'shib qo'ydi --- Hali Ko'ramiz Gipsofila. Endi Nima qilar ekansan? - deya Halika ayyorona jilmaydi va tezlikda xonani tark etdi. Oradan daqiqalar o'tib Gipsofila kiyinish xonasidan chiqdi va pardosini qayta yangilab, ko'zgu oldida turgan sharbatni qo'liga olgan ham ediki, Diana kirib keldi. Gipsofila Diananing qo'lidagi qutiga qiziqib ichmoqchi bo'lgan sharbatini joyiga qo'ydi va qutini ko'zgu oldiga qo'yib, ohista ochdi. Tinmay charaqlab turgan oppoq va qalin ilon shaklidagi aylana tumorga bir zum tikilib qoldi. Haqiqatdan ham insonni hayratga soladigan darajada Mohit zargar tomonidan yasalgandi. Uzugi bo'lsa huddi shu ko'rinishda, ammo hajmi kichik edi. Gipsofila tumorni olib ohista bo'yniga taqdi. Yaxshigina og'irligi va badaniga teyganida muzdekligidan eti jimirlab ketdi. Uzukni ham barmog'i orasidan o'tkazgancha taqdi. Diana aytgandek tumor Gipsofilaning bo'ynida ko'rkiga ko'rk qo'shilgandi, --- Bo'ldi yuraqol Gipsofila. Mehmonlsr kutib qoldi, --- Yaxshi hozir, - deya Gipsofila Diananing ortidan endi eshikdan chiqmoqchi edi, chanqagani yodiga tushib, qaytgancha sharbatini bir qultumini ham qoldirmay ichib qo'ydi. Gipsofila yo'lakdan yurib borar ekan, peshonasidan ter chiqayotganini payqadi. Qo'li bilan ohista artgancha mehmonlar davrasiga chiqdi. Sarfaroz unga nigoh tashlar ekan, bir zum nigohini uzolmay qoldi. Ammo uning bezovta ekanidan hayrat to'la nigohlari bilan qarab turardi. Uning yonida bo'lsa Gipsofilaga ensasini qotirgancha qarab turgan Dilhumor Zeynebni ko'tarib turardi. Gipsofila kechaning asoschisi bo'lgan mashhur zargarning oldiga bordi, --- Hayrli Kun Gipsofila honim. Bugun juda betakrorsiz, - deya Gipsofilaning qo'lidan ohista o'pib qo'ydi. Unga o'zgacha hirs bilan qaradi. Gipsofila buni payqadi ammo indamadi. Ularning qarshisida turgan Sarfaroz bo'lsa Simonga yeb qo'ygudek qaradi. Gipsofila uni qo'lidan ushlab tinchlantirdi va imo ishoralardan so'ng zinalardan ohistalik bilan sahnaga chiqdi. Suratkashlarning sur'atga olishini sabr bilan kutar ekan. Borgan sari o'zini yomon his qilardi. O'zini mag'rur qo'lini beliga qo'ygancha tutishga harakat qilar ekan, peshonasi terlab ketgandan yaltirashni boshlagandi. Buni faqatgina uni kuzatib turgan Volkan va Sarfaroz payqayotgandi. Endi bo'lsa ortig'iga Gipsofilaning ko'ziga qandaydir narsalar ko'rina boshladi. Qo'lini bo'ynidan yurg'izar ekan, ko'zi tinib bo'ynidagi kumush ilon tumori huddi tirilib harakat qilayotgandek ko'rinib uni bo'g'ardi. Gipsofila bu hodisadan keskin aqldan ozgandek bo'ynidagi ilonni tushirib tashlashga harakat qildi. Uni kuzatayotganlarning nigohini hayrat egalladi. Faqatgina bu hodisani qolganlar orasida ohista ayyorlik bilan kulgancha Halika kuzatardi. Gipsofila go'yo bo'ynida ilon o'rmalab yurgandek his qildi o'zini va keskin Hatti harakatlari bilan barchani e'tiborini tortdi. Oradan bir necha soniya o'tgandan so'ng hayollarini o'ziga keldi. Ammo shu qadar terlab ketgandiki hatto sochlaridan ham suv oqar edi. Gipsofila atrofga alanglagancha bo'ynidan ushlab chuqur nafas olib sahnadan pastga Tushar ekan, Diana va Sara uning yoniga havotir bilan kelishdi, --- Tuzukmisan, Gipsofila. Senga Nima bo'lyabti? - Diana havotir bilan so'radi, --- Yo'q negadir o'zimni ozgina yomon his qildim. Hozir hammasi yaxshi, - deya Gipsofila ular yordamida sahnadan tushdi, --- Qo'yaveringlar, o'zim. Endi ancha yaxshiman, - dedi qo'shimcha qilib yordamni rad etdi. Ahvoli unchalik yaxshi bo'lmasa ham, buni sezdirmadi. Volkan va Sarfaroz turgan joyga borib turar ekan. Ularning ikkisi havotir bilan Gipsofilaga qaradi, --- Gipsofila bu Nima tomosha? Senga Nimalar bo'lyabti o'zi? Ahvoling joyida emas, --- Hammasi joyida Sarfaroz. Vahima qilishga hojat yo'q, --- Ishonching komilmi Gipsofila? - Volkan oyog'i chalishib yiqilay degan Gipsofilani tutib qolar ekan, savol nazari bilan qaradi, --- Ha Volkan havotirga o'rin yo'q, --- Undan qo'lingni tort Volkan, - Sarfarozni Gipsofilaning ahvoli qiziqtirmadi. Faqatgina uni tutib turgan begona qo'llarga nafrat bilan qaradi, --- Kimsan menga buyruq berasan? Uni ahvolini ko'rmayapsanmi? Yoki Hozir rashk qilishga o'rinli vaqt deb o'ylayabsanmi? --- Unga yordam beradigan o'z eri bor. Sen bo'lsa borib o'z yumushlaring bilan shug'ullan, - deya boshi aylangancha zo'rg'a turgan Gipsofilani qo'lidan tortgancha Volkandan uzoqlashtirdi, --- Seni ahmoqona Hatti harakatingni deb qiz bechora qiynalyabti, shuni bilyabsanmi? Sezyabsanmi o'zi? Yoki ko'zingni rashk ko'r qildimi? --- Savolinga Javob berishga majbur emasman. Nima qilsam ham Men o'zimga tegishli bo'lgan ayolga qilyabman. Senga aloqasi bo'lmaganlarning hayotiga burningni suqishni Bas qil, - Qo'yib yubor meni, - deya Gipsofila ko'zlarini qisqartirgancha Sarfarozga nafrat bilan qaradi va ularni orasini tark etmoq istab, yo'lak tomonga harakatlandi, - Ortimdan bora ko'rmang. Ikkingiz ham, - Gipsofilaning ortidan havotir bilan endigina joyidan siljigan Volkan va Sarfaroz joyida taqqa to'xtadi. Ikkisi bir biriga yov qarash qildi va Sarfaroz Zeynebni ko'tarib Gipsofilaning ortidan qarab turgan Dilhumorni yoniga keldi, - Gipsofilaga Nima bo'ldi? - Bilmayman, - Ko'rmadingmi? Sahnada qanday telbadek harakat qilganini, - Oshirib yubormasangizchi, - Dilhumorning gaplariga qo'shilaman. Gipsofila juda g'alati bo'lib qolgan, to'g'risi buni avvaldan payqagandim, - Halika ularning davrasiga qo'shilar ekan, qo'lidagi qadahni yengil tin olgancha ohista ko'tardi. Chehrasini esa mamnuniyat haligacha tark etmagandi. Ulardan salgina narida hech narsani tushunmay Yasimin, uning yonida nigohidan tabassum arimayotgan turmush o'rtog'i Yaygin va kimdir bilan jilmayib gaplashib turgan Irodaga jiddiy qarab Alihan turardi, --- Nima deb o'ylaysizlar Gipsofila o'zini nega bunday tutdi? - Yasimin vanihoyat portladi, --- Ehtimol sarhush bo'lgandir. Biz qayerdan bilaylik, - dedi Yaygin bee'tiborlarcha, --- Ammo sarhushga o'xshamad. Yana Kim bilsin, --- Qoyil. Ilk bor adashdim, - deya Alihan ham gapga aralashdi, --- Xo'sh, - Yasimin ma'noli qaradi, --- Gipsofila Karterni bu ahvolga tushishiga ham siz sababchisiz degan gumonda edim, ammo adashgan ko'rinaman, chog'i, - dedi Alihan mamnun jilmayib. Yasimin bo'lsa unga ensasini qotirgancha qaradi. Alihan nigohini Irodadan uzmagan holatda turar ekan, Irodaning ham unga ko'zi tushdi. Irodaning Yuzi tundlashdi va keskin nigohini boshqa yerga oldi, - Ana u qiz Kim? Sizlar taniysizlarmi? - Alihan oila a'zolariga qaragancha savol berdi, - Men qayerdan bilaman. Ikki chetimda turib olib, bemani savollaringiz bilan boshimni qotirmasangizchi? Bashoratchimanmi sizlarga? - dedi Yaygin asabiy ohangda --- U qiz Gipsofila Karterning singlisi, - Yasimin Irodaga e'tiborsiz nigoh tashlar ekan, Javob berdi, --- Rostanmi? --- Ha shunday. Seni u qiz bilan Nima ishing bor? --- Bir Universitetda o'qiysizlarmi? - Yasimin savol nigoh bilan qaradi, --- Ha, Nima qilibti? --- Qachondan beri? --- Menimcha bugundan, - dedi Alihan Yasiminga g'alati nigoh tashladida so'ng Iroda turgan tarafga yo'l oldi. Gipsofila uzun yo'lak bo'ylab yurib borar ekan, ko'z oldi qorong'ulasha boshladi. Ohistalik bilan devorni paypaslagancha pardoz xonasiga yetib keldi. Ko'zguda o'z aksini ko'rar ekan, rangi bo'zdek oqargan, o'zini mast odamdek tutardi. Bir necha soniyadan so'ng kuchli Bosh og'rig'ini his qildi va hushini yo'qotgancha, yerga holsiz yeqildi. O'ziga kelib uzun kipriklarini pirpiratgancha ko'tarar ekan, moviy ko'zlarini atrofga tikdi. Oppoq keng xona, ikkita tokcha va o'rindiqlar joylashgan. Tepa qismida qandaydir dorilar tomiriga ulab qo'yilgan. Bilagining ikki qismiga oq bint bog'langan va igna ulab qo'yilgandi. Ko'zi atrofni uzuq yuluq ko'rar ekan, katta derazaning yonida devorga suyanib, qo'lini qovushtirgancha jiddiy turgan Sarfarozga ko'zi tushdi. Ko'zini ochib ko'rgani Sarfaroz bo'lgani uchun, Gipsofilaning yuzi burishdi va nigohini unga qarshi tarafga burib oldi. Sarfaroz bo'lsa qoshlarini chimirgancha uning qarshisiga qo'llarini cho'ntagiga solgancha savol Nigohi bilan qaradi, --- Nima bo'ldi o'zi? - Gipsofila unga qaragisi kelmay nigoh tashlar ekan, so'z boshladi, --- Aslida buni sendan so'rash kerak Gipsofila honim, --- Tushunmadim, --- O'zingni go'ylikka solma. Nega Bu ahvolga tushganingni juda yaxshi bilasan, --- Sen Nimalar deyabsan o'zi? Hech narsaga Tushunmayapman, - Gipsofila qoshlarini chimirgancha hayron qaradi, --- Qachondan beri, Qachondan beri narkotik va psixotrop moddalari qo'shilgan dorilar qabul qilasan? - deya o'shqirdi Sarfaroz. Gipsofila bo'lsa unga mazahomus nigoh tashladi, --- Sen hazillashyapsanmi? Yo'q bu kulgili emas, - deya istehzoli kuldi Gipsofila, --- Sabrimni sinama meni, - deya Sarfaroz qo'lini boshiga qo'ygancha jiddiy gapirdi. Gipsofila bu safar jiddiy qaradi, --- Yana qanday narkotik? Qanday Dori haqida gapiryabsan? --- O'zingni go'ylikka solma, Gipsofila, --- Buni aniq kimdir uyushtirgan. Sen shunga ishondingmi? Dori emish, aqlingni yeg' Sarfaroz, --- Kimdir uyushtirgan emish. Yaxshi shunday Deb ham olaylik. Sen o'zing bilmagan holatda uni qabul qilgansan. Ammo shifokor Nima dedi bilasanmi? --- Nima? --- Seni qoningda narkotik va psixotrop moddalari qo'shilgan dori borligi aniqlandi va shuningdek bu uzoq vaqt mobaynida qabul qilib kelingan. Umuman olganda necha oydan beri. Bu shifokorning gaplari. Xo'sh jonginam endi o'zingni qanday oqlaysan? - Gipsofila Jim bo'lib qoldi. To'g'rirog'i barchasini miyyasida tahlil qila boshladi. Sarfaroz bo'lsa uning jimligini gaplarining tastig'i deb tushundi va gapida davom etdi, --- Bu ishda kimni ayblamoqchi eding. Agar uyushtirilgan bo'lganda ham bunchalikka bormasdi Gipsofila. Sen qabul qilgan dorilar qanday ekanini bilasanmi? Ular seni aqldan ozdiradi. Qaysi kallang bilan bunday qilding? --- Men bunday qilmaganman. Bu bo'lmag'ur gaplarni miyyangdan chiqarib tashla. Yana qaytaraman, men hech qanday narkotik balo battar dorilardan foydalanmaganman. Meni yaxshi Tushungan va bilgan inson bu gaplarga hech qachon ishonmasdi. Chunki u meni juda yaxshi bilardi, --- Faylasufona gaplaringni yig'ishtir. Bu qilmishingni oqlamaydi, --- Jin ursin. Seni ishontirishga majbur emasman. Daf bo'l. Ortiq seni ko'rishni istamayman, --- Tayyor tur. Bir soatda qaytaman, keyin ketamiz. Tushunarlimi? - Sarfaroz jiddiy qaradi va xonani tark etdi. Gipsofila Uning o'zgarib qolganligi va sovuqqon fe'l atvorini tushunmay ortidan qarab qoldi. •••••••••••••••••••• Oppoq libosdagi sochlari jingalak qoramag'iz bo'lgan shifokor, o'z xonasiga kirar ekan. Atrofga ohista va Ehtiyotkorlik bilan ko'z yugurtirdi. So'ng qo'l telefonini cho'ntagidan olgancha, qandaydir raqamlarni terdi. Bir zum o'tmay go'shakning narigi tarafidan ayol kishining ovozi yangradi, --- Halika honim. Aytganingiz bajarildi. Sarfarozbey u ayol haqidagi gaplarimga ishondi. Barchasi ko'ngildagidek bajarildi, --- Ajoyib. Meni xursand qilding Mariya. Albatta bu Javobsiz qolmaydi. Ana endi Pulning yarimini hisobinga o'tkaziladi. Vazifani a'lo darajada bajarding. Qara barchasiga hushyor bo'l, Gipsofila ahmoq emas. Tushunarlimi? --- Ha honim. Havotirga o'rin yo'q, --- Tushunarli. Endi bo'lsa hayr. Sen meni men esa seni tanimayman, - qo'ng'iroq yakunlanar ekan, shifokor ayol ayyorona kuldi va o'rindiqlardan biriga joylashdi. Sohtalashtirgan barcha tekshiruv natijalarini ohistalik bilan ko'zdan kechirdi va miyig'ida tabassum qildi. ••••••••••••••••••• --- Salom Volkanbey, - deya Luna aybdorona tabassum qilgancha, endigina korxonaga kirib kelgan Volkanning qarshisidan chiqdi, --- Yana senmi? Nima kerak senga o'zi? --- Men niyatimga erishmagunimcha qutila olmaysiz. Gipsofila honim bilan gaplashmoqchi edim, ammo shifoxonaga tushib qolibtilar. Shuning uchun Yana Sizga murojaat qilyabman, --- Gipsofila shifoxonadami? Bu Gapni qayerdan olding? --- Kotiba aytdi. Aniq Nima bo'lganini bilmayman, ammo menga shunday deyishdi, --- Yaxshi, mendan Nima istaysan? Nega zulukdek yopishib olding, --- Menga ham bu yoqayotgani yo'q. Ammo shunday qilmasam ishdan ayrilaman. Iltimooos biror kuningizni men uchun ajratinglar. Ya'ni intervyu uchun, - deya Luna yalinish ohangida gapirdi. Volkan bo'lsa bir zum unga tikilib turdi, --- Yaxshi, isming Nima edi? --- Luna Brown Caller. Caller dadamning ismlari, --- Butun oilangni ismini so'ramadim. Shunchaki senikini so'radim, - deya Volkan unga g'alati qaradi, --- Nima? --- Hech Nima. Mana bu tashrif qog'ozini ol. Ertaga kelib kotiba bilan ko'rishib, barchasini gaplashib olishing mumkin, - dedi Volkan va javobini ham kutib o'tirmay ketib qoldi. ••••••••••••••••••• Sarfaroz qandaydir havorang devor bilan o'ralgan o'rmonning yonidagi yerga yetib keldi. Uni Jigarrang katta eshikni yonida ikkita gavdali qora uslubda kiyinib olgan yigitlar kutib oldi. Eshik oldiga yetib kelgandan so'ng, jiddiy nigohda ularga qaradi va qop qora Ko'zoynagini yechdi, --- Hush kelibsiz Janob. Topshirig'ingiz bajarildi, --- U ichkaridami? - Sarfaroz e'tiborsiz va keskin so'radi, --- Ha Janob, --- Juda soz, - deya Sarfaroz eshikni ochgancha, zinalardan pastladi. Katta va keng Qorong'u xonada odimlab borar ekan, xonaning so'ngida stulga bog'lab qo'yilgan, bir kimsa behush o'tirardi. Sarfaroz bir zum unga tikilib turdi, so'ngra, --- Hushiga keltiring uni? - deya buyrug' berdi. O'ng tarafda turgan yigit qora chuqur idishda turgan suvni olgancha, yuziga keskin sepdi. Behush yotgan kimsa ohista boshini ko'tarar ekan, suv yuzidagi qonlarni yuvib tushirardi, --- Nima qilyabsizlar? Kimsizlar o'zi? - yigit o'ziga kelgandan so'ng, vahimaga tushib pitirchilay boshladi. Sarfaroz bo'lsa ohista istehzo bilan kuldi, --- Sen.... Mendan Nima istaysan? - qo'l oyog'i bog'liq yigit hayrat va savol to'la Nigohi bilan Sarfarozga qaradi, --- Demak, butun dunyoga mashhur zargar Saymonman degin, - deya Sarfaroz ohista u qatori egildi, --- Sen, sen, Nima kerak senga? - Saymonning ovozi titrab chiqdi, --- Menga sendan Nima ham kerak bo'lar edi Saymon. Senda hech qanday adovatim ham yo'q edi. Toki shu kungacha, --- Nimalar deyabsan? --- Nima sezmadi deb o'yladingmi? Sen haqingda juda ko'p narsalardan habardorman. Ayollarga suyagi yo'q maymundan farqi yo'q ekaningni ham --- Nimalar deyabsan? Nima istaysan mendan o'zi? Qo'yib yuboringlar meni, - deya Saymon pitirchilay boshladi, --- Seni aybing. Gipsofilaga suqlanib qaraganing. Avvaldan maqsading menga ma'lum bo'lgan. Nega aynan ahmoqona tumoringni ham Gipsofilaga taqdirganingni ham bilaman. Sen juda katta hatoga yo'l qo'yding, ya'ni meni rafiqamga ko'z olaytirib, hayotingga nuqta qo'yding Saymon, - deya g'olibona qaradi Sarfaroz, --- Qo'yib yubor meni iltimos sendan. Meni yomon niyatim yo'q edi. O'tinaman qo'yib yubor meni, --- Ahmoqqa o'xshaymanmi? Bu yerdan osongina ketolmaysan endi. Gipsofilaga suqlanib qaragan Mana shu ko'zlaringni o'yib olaymi? - deya Sarfaroz o'tkir uchli qurolni Saymonning ko'z qirrasiga yaqinlashtirdi, --- Yo'q, o'tinaman. Unday qilma. Iltimos, - deya Saymon o'zini ortga tashlay boshladi. Sarfaroz bo'lsa kulgancha undan uzoqlashdi va uzun turgan stolga qo'lidagi tig'ni qayta qo'ydi. Uni o'rniga boshqa qurolni qo'liga olar ekan, ohista jilmaydi va Saymonga yaqinlashdi. So'ng u qatori ohista engashdi. --- Hozir Nima bo'ladi bilasanmi? Endi seni ortiq hech Kim mashhur zargar demaydi. Chunki bundan buyog'iga qimmatbaho buyumlar yasay olmaysan. Kumush ilon bo'lsa seni so'ngi muvaffaqiyatli bajargan vazifang bo'ladi, - deya Sarfaroz keskin qo'lidagi qurol bilan Saymonning barmoqlarini qattiq siqa boshladi. Uning qo'lini suyaklarini mayda mayda qildi. Butun xonada Saymonning qichqirig'i aks sado bo'lib yangradi. Ammo hech Kim uni Sarfarozning changalidan qutqara olmadi. Sarfaroz bo'lsa shafqatsizlarcha uning qo'lini qonga belanganiga ham parvo qilmadi. Sarfaroz g'azabi bosilgandan so'ng u yerni zudlikda tark etdi. Mashinada ketar ekan, Gipsofila bilan bo'lgan suxbatini o'ylay boshladi. Unga juda qattiq gapirib yuborganidan, qattiq pushaymon bo'ldi. ••••••••••••••••••• Gipsofila qo'lidagi ignalarniyu, dorilarini sug'irib olib tashladi. Qorni ochganini payqadi ammo hech Kim unga yegulik olib kelmadi. Hatto habar ham olishmadi. Gipsofila libosini almashtirgancha, derazadan tashqariga qarab turar ekan, ortidan eshik ochilganini sezdi. Sarfaroz deb o'ylab qovoq uyib nigoh tashlar ekan, ammo adashgani uchun yengil tin oldi, --- Volkan sen.... Umuman olganda kelasan deb o'ylamagandim, - deya Gipsofila ohista jilmaydi, --- Tuzukmisan? Agar avvalroq bilganimda allaqachon shu yerda bo'lar edim. Ammo kech habar topdim. To'g'risi juda havotir oldim. Ahvoling yaxshimi? --- Ha chidasa bo'ladi? Ammo miyyamda juda ham ko'p savollar bong uryabti? --- Xo'sh, senga Nima bo'ldi o'zi. Ochilish marosimida ham O'zingda emasding. Seni hech qachon bunday ahvolda ko'rmagandim, --- O'zim ham bilmayman. Bilganim shuki, narkotik va qandaydir psix moddalari bor Dori qabul qilgan degan tashhis qo'yishibti? --- Aqldan ozdingmi? Ahir bu kabi dorilar juda havfli. Sen neamga bunaqalarga o'ralashib yuribsan? - Volkan qizishib ketdi, --- Men bilmayman. Sen va Sarfarozga o'xshab bunday jirkanch ishlarga aralashmaganman. Umrimda bunday narsalarga ishim tushmagan. Ammo qonimda shu kabi dorilarni aniqlashibti. Uzoq muddatdan beri istemol qilishda ayblandim. Shunday? --- Demak qabul qilgansan? Shundaymi? --- Ha shunday. Men giyohvandman. Boshqa ishim yo'q meni, --- Qizishmasangchi shunchaki so'radim, --- Qo'yaver. Borgan sari o'zim ham bu gaplarga ishonib qolyabman. Ehtimol bu ham o'sha dorilarning ta'siridir, - deya Gipsofila istehzoli jilmaydi. Volkan bo'lsa bir zum unga mehrdan ko'zlari porlab qarab turdi va ohista bag'riga bosdi. Gipsofila bo'lsa undan buni kutmagani uchun ko'zlari katta ochilgancha joyida qotdi. Shu paytda bo'lsa eshik ochildi. Gipsofila Volkanni o'zidan ajratishga urunar ekan, eshik tarafga qaradi. Eshikdan Sarfaroz qo'lida buketga o'ralgan siyohrang Gipsofila gullarini ko'targancha, kirib keldi. Ammo ko'rgan manzarasidan qoshlari chimirilib qo'li musht tuguldi. Sarfarozning g'azabdan qoshlari chimirildi. Qo'lidagi gullari bo'lsa yerga tushib ketdi. Gipsofila o'zini Volkandan uzoqlashtirishga urunar ekan, Sarfarozga nigoh tashladi. Sarfarozning qoshlari chimirilib, nafratdan asablari taranglashgandi, --- Meni rafiqamdan uzoq tur, - deya Sarfaroz Volkanga keskin yaqinlashgancha yuziga musht tushirdi. Gipsofila asabiy yuzini berkitar ekan. Ayamay mushtlashayotgan Volkan va Sarfarozga hafsalasiz nigoh tashladi. Oradan qancha vaqt o'tmasin, ularning yosh boladan farqi yo'q edi. Gipsofila yonidagi tokchaga ko'zi tushdi. U yerga bir zum nigoh tashlab turar ekan, so'ng tokcha ustida turgan grafinni olgancha kuch bilan yerga uloqtirdi. Rejasi ish bergandek Volkan va Sarfaroz mushtlashishdan to'xtab, u tarafga havotir bilan qaradi, --- Bo'ldimi? Yoki yo'q. Ehtimol yetar. Avvalgidek ahmoqona qiluvchi harakatlaringizni yeg'ishtiring, - deya Gipsofila ularga jiddiy qarab gapirdi, --- Sen Hali barchasiga hisob berasan Gipsofila. Aslida bularni barchasi seni deb bo'lyabti, - deya nafrat bilan qaradi Sarfaroz, --- Meni deb. Ha aslida aybni birovga osongina to'nkab qo'yish bu sizlar uchun odatiy tusga aylangan, --- Tortishuvni Bas qiling. Borgan sari ko'nglimni ozdiryabsiz, - Volkan og'riqdan qizargan ko'zini o'ng qo'li bilan ishqar ekan, norozi to'ng'illadi, --- Ahmoq, - deya Volkanga Gipsofila g'alati nigoh tashladi, --- Gipsofila asabimni o'ynab Gapni ko'paytirmay tezroq narsalaringni yeg'. Ortiq bu yerda bir daqiqa ham qolishni istamayman. Yo'qsa bu yerdan faqatgina men yoki Volkan tirik chiqishi mumkin - deya Sarfaroz Gipsofilaga Hali ham g'azabdan tushmagan ko'yi qat'iy gapirdi, --- Yo'q demas edim. Seni yo'q qilsam, bu dunyoda mendan hotirjam va bahtiyor insonning o'zi bo'lmaydi, - deya Volkan istehzo bilan Sarfarozga nigoh tashladi, --- Ahmoqona. Bu Qo'lingdan kelmasligini ikkimiz ham bilamiz, - Sarfaroz shunday degancha labining chetida e'tiborsiz kuldi. Yana nimadir demoqchi edi ammo gapini Gipsofila bo'ldi, --- Ehtimol ketarmiz. Men tezroq Zeynebning yoniga borishim kerak. Mana bu yuklarni mashinaga joyla azizim, - deya Gipsofila Sarfarozga miyig'ida kulib qaradi. Sarfaroz bo'lsa ko'zlarini yuqoriga qilib bir qarasa jiddiy, bir qarasa jahldor va Yana bir qara yoqimtoy bo'lib oluvchi Gipsofilaga hafsalasiz qaradi. So'ng g'azabdan tilini tishlab nafrat bilan qarab turgan Volkanga nigoh tashlar ekan, yuzida g'olibona yorishish paydo bo'ldi, --- Mayli, ko'rishguncha Volkan. Habar olganing uchun minnatdorman, - deya Gipsofila Volkanga mamnun nigoh tashladi, --- o'zingni Ehtiyot qil. Yordam kerak bo'lsa tortinmay aytaver, - deya Volkan ohista jilmayar ekan, ensasini qotirib turgan Sarfarozga miyig'ida kulib qo'ydi. Birinchi Gipsofila honani tark etdi, --- O'rgildim, sendagi mehribonchilikdan. Gipsofilaning Yordamingni pishirib ye deyish yodidan ko'tarildi shekilli. Hech qisi yo'q, o'rniga o'zim yetkazdim, - deya Sarfaroz e'tiborsiz nigoh bilan gapirdi va u ham xonani tark etdi. Sarfaroz kasalxonadan chiqar ekan. Haydovchi olib kelgan mashinaning kalitlarini oldi va jiddiy qop qora Ko'zoynagin taqib olib turgan Gipsofila uchun old eshikni ochib berdi. O'zi ham avval atrofga ko'z yugurtirar ekan, kasalxonaning yuqori qavatdagi derazasidan kuzatib turgan Volkanga ko'zi tushdi. Ensasi qo'tgancha qop qora Ko'zoynagini taqib mashinaga o'tirdi va tezlikni oshirgancha kasalxonadan uzoqlashdi. --- Nima yo'l bo'yi Jim ketaman Deb qasam ichganmiding? - uzoq sukunatni Gipsofila buzdi, --- Seni ahmoqona qiliqlaringga lolman. Nima deyishimni kutyabsan? Senga gap ham ta'sir qilmaydi, --- Nima qildim o'zi? Aybim Nima? --- Gipsofila bila turib o'zingni go'ylikka solishni bas qil. Avvaliga qandaydir dorilar, keyin Volkan. Shuncha muammolar yetar balki? Zeynebni ham sen tufayli hayoti havf ostida qolyabti? --- Zeynebimni hayoti havf ostida qolayotgani yo'q. Uni himoya qila olaman. Yasimin degan yalmog'izni bo'lsa menda Nima qasdi bor bilmayman? --- Ularni ham arpasini hom urgandirsanda. Senda dushmandan kami bor ekanmi? --- Ha juda kulgili, --- Hali ularni tag tugi bilan yo'q qilaman. Meni ko'zmunchog'im Zeynebga hatto nigoh tashlashga ham jur'at eta olmaydi, - dedi Sarfaroz nafrat bilan. Gipsofila bo'lsa unga hotirjam ko'z tashlab qo'ydi. Ich ichidan Zeynebni tog'dek himoya qiluvchi otasi borligidan quvondi. Gipsofila ishonardi Zeyneb otasining soyasida bo'lsa, unga hech Kim zarar yetkaza olmasligini. Agar bunga jur'at qilgudek bo'lsa ham avval Sarfaroz va Gipsofila bilan to'qnash kelishi aniq. Ularning changalidan bo'lsa omon qolish bu amrimahol. •••••••••••••••••• --- Tushunmadim, Alihan Nima menga ergashib yurishdan boshqa ishing yo'qmi? - katta ko'chada ketayotgan Iroda ortidan kelayotgan Alihanga nigoh tashladi, --- Sen bilan yaqindan tanishmoqchiman. Shunday ekan, tinch qo'yishimni istasang avval sen haqingda o'zingdan bilishim kerak, --- Men bilan tanishish juda qimmatga tushadi. Xo'sh, dosh bera olasanmi? --- Menga farqi yo'q. Istadimmi qanday bo'lmasin niyatimga yetaman, --- Bravo, gap so'z bo'lishi mumkin emas. Unda Ko'ramiz sabring qayergacha ekan? --- Ko'rsak ko'ramizda, --- Xo'sh. Salom meni Ismim Iroda, --- Buni sendan ham yaxshi bilaman, --- O'zing tanishishni istading, --- Tentak, - deya Alihan istehzoli kuldi. Iroda bo'lsa bir zum unga qarab turdi va bu nigoh bekorga emas ekani shundoqqina bilinib turardi, --- Demak, men bilan vaqt o'tkazishni istar ekansan. Bularning barchasiga chidaysan, - deya Iroda ma'noli qaradi --- Aynan Nimaga chidayman? - Alihan hech narsaga tushunmay qaradi. Iroda bo'lsa undan sal nariroqda turgan qahvaxona oldiga borib, yerdan uchta katta katta toshlarni oldi. Alihan bo'lsa unga tushunmay qarab turar ekan, Iroda uning qo'liga toshlardan birini tutqazdi, --- Buni Nima qilaman? --- Sen hech narsa qilmaysan, shunchaki tomosha qilasan va, - deya to'xtab qoldi Iroda, --- Mayli qolganiga o'zing Amin bo'lasan, - deya qo'shimcha qildi va qo'lidagi toshlarni birini olgancha keskin qahvaxona qarshisida turgan politsiya hodimining ko'm ko'k mashinasining oynasiga qarata zarba berdi. Bundan Alihanning ko'zlari moshdek ochildi. Iroda bo'lsa unga ayyorona kulib qo'ydi-da so'ng ikkinchi toshni ham mashinaga Zarb bilan otdi. Uning maxsus favqulotda signali ishlab ketganidan so'ng, qahvaxonadan jahl va hayrat bilan maxsus libos kiyib olgan ikkita poltisiya hodimlari chiqib keldi. Ular jahldan qizarib ketgan ko'zlari bilan mashinaning chil chil sinib yotgan derazalariga qarab qotib qolishdi, --- Bu nimasi? Kimning ishi bu? --- Biz ikkimizning, - Irodaning bu hodisadan bir tuki ham qilt etmay so'zladi. Uning yonida turgan Alihan bo'lsa Irodaga g'alati qaradi, --- Nima, - dedi so'ng tushunqiramay, --- Ha Alihan. Bir ko'ngilhushlik Qilaylik dedingku ahir, - deya ayyorona qaradi Iroda --- Sizlarga ko'ngilxushlikni ko'rsatib qo'yamiz. Ikkovingiz ham hibsga olindingiz. Ko'ngilxushlikni panjara ortida davom ettirasiz, - deya qaradi poltisiya hodimlaridan biri. Alihan bo'lsa Irodaga ahmoqqa qaragandek qaradi va ularning ikkisini ham qo'liga kishan taqqancha, mahkamaga olib ketishdi. Gipsofila uyga yetib kelib xonasiga kirar ekan, o'zini Zeyneb tomonga urdi. Uni yotoqdan ko'targancha, bag'riga bosib, erkaladi, --- Qizalog'im meni sog'indingmi? Go'zalim o'zimni, seni hech Kim hafa qilmadimi? - deya Gipsofila mehr bilan Zeynebga boqdi, --- Juda beg'ubor shunday emasmi? - ortidan Sarfarozning ovozi yangradi, --- Shunday. Ahir u Hali go'dak. Sahifasiga bo'lsa qora dog' tushirmagan. Albatta beg'ubor bo'ladida, - deya Gipsofila Zeynebni ohista bag'riga bosdi va yotoqqa yotqizar ekan, Sarfaroz uni qo'lidan tortqilab javon oldiga olib keldi, --- Nima qilmoqchisan? --- Avvalroq qilishim kerak bo'lgan ishni, --- Nima ekan? - deya Gipsofila qiziqsinab qaradi. Sarfaroz bo'lsa javonni ochib kichik hajmdagi qutini oldi va ichini ochgancha Gipsofilaga nigoh tashladi, --- Ahir bu, --- Ha meni tashlab ketgan kuning buni ham tashlab ketganding, --- Asrab qo'yganmiding? --- Albatta, bir Kun yonimga qaytishing aniq edi. Xo'sh, demak qaytgan ekansan, endi buni taqib qo'yishim lozim. Barmog'ingdan yechma, - deya qutidan olmos ko'zli uzukni olib barmog'iga taqib qo'ymoqchi bo'ldi, --- Yo'q Shoshma, - Gipsofila Sarfarozdan qo'lini tortib oldi, --- Men senga qaytmadim. Bu yerda seni deb turganim yo'q. Bu yerda ekanimni yagona sababi faqatgina Zeyneb va bu uzoqqa cho'zilmaydi. Umuman olganda barchasini qayta boshlash niyatim yo'q, - deya qo'shimcha qildi Gipsofila --- Demak ketasan, --- Nima sezmadingmi? Bizni munosabatlarimiz endi avvalgidek bo'la olmaydi. Sendan ketganimga ancha bo'lgan, --- Sen shunchaki kettim deb ketolmaysan Gipsofila. Uning ustiga seni qo'yib yubormasligimni Nahotki tushunmasang. Bular qachon tugashini bilasanmi? - deya Sarfaroz unga yaqinlashib jiddiy qaradi, --- Qachonki bir birimizni nigohimizda muhabbat uchqunini ko'rmay qo'ysak, - qo'shimcha qildi Sarfaroz va uzukni ohistalik bilan Gipsofilaning barmog'iga taqib qo'ydi. So'ngra Zeynebni ko'tarib erkalagancha xonani tark etdi. ••••••••••••••••••• Volkan kasalxonaning yo'lagi bo'ylab yurib borar ekan, eshikka Bosh shifokor xonasi deb yozib qo'yilganiga ko'zi tushdi va eshikni qo'pol tarzda ochgancha ichkariga kirdi, --- Kechirasiz, bu qanday hurmatsizlik. Sizga Nima kerak? - deya shifokor o'tirgan joyida savol nazari bilan qaradi, --- Gipsofila Karterning tashhis natijalari kerak, --- Bizda Unday bemorning o'zi yo'q. Qanday tashhis natijalari Yana? --- Bir oz avval kasalxonani tark etgan bemor haqida gapiryabman. Uni tashhis natijalarini ko'rmoqchiman, --- Gipsofila Yusuf haqida aytyabsizmi? --- Nima? Haligi, ha shunday, - dedi Volkan o'ylanib, --- Yaxshi, kutib turing. Mana topdim, Marhamat, - deya shifokor bir jilt qog'ozlarni uzatdi. Volkan bo'lsa oyog'ini chalishtirgancha o'rindiqlardan biriga o'tirib, bir zum tashhis natijalarini ko'zdan kechirdi va shifokorga o'tkir nigoh bilan boqdi, --- Xo'sh, - dedi shifokor uning nigohidan biroz g'inshib, --- Bu sohta tashhisinga Sarfarozni ishontirarsan, ammo meni emas, - deya Volkan undan nigohini uzmadi, --- Nima? - dedi shifokor duduqlangancha ovozi zo'rg'a chiqdi, --- Ehtimol, endi ochiqchasiga gaplasharmiz. Niqoblarni yechib. Xo'sh sendan bunga Nima naf? Nega bunday qilding, --- Sizga Tushunmayapman. Nima demoqchisiz, - deya shifokor o'zini oshkor qilmaslikka urunar ekan, Volkan g'azab bilan qo'lidagi soxtalashtirilgan qog'ozlarni uning yuziga uloqtirdi, --- Yashash niyating bo'lsa hoziroq barchasini aytasan. Gapir, - deya o'shqirdi, --- Bunda meni hech qanday aloqam yo'q. Buyruqni bajardim holos, - Volkan tashhis natijalarini soxta ekanini bilmagandi, u shunchaki til uchida aytgan gaplari tufayli shifokorning o'zi barchasiga oydinlik kiritdi, --- Mansabing kerak bo'lsa. Yo'q Nimalar deyabman? Kallang bo'yningda qolishini istasang kimning buyrug'i ekanini aytasan, - dedi Volkan. Shifokor bo'lsa boshini quyi qilgancha uzoq vaqt o'ylanib qoldi, --- Meni vaqtim tig'iz, gapir, - deya Volkanning sabr kosasi to'ldi va stolga Zarb bilan urgancha o'shqirdi, --- Halika, Halika Parker. U ayolni yaxshi tanimayman. Uning buyrug'i bilan qildim, --- Demak, Gipsofila muntazam ravishta noqonuniy dorilar qabul qilmagan shundaymi? --- Ha bemorning qonida ozgina miqdorda topildi va bunday Dori qabul qilib yurmagani uchun ham ahvoli og'irlashgan. Men haqiqatni aytmoqchi edim, ammo, --- Ammo nafsingni quli bo'lding. Baribir bu qilmishing Javobsiz qolmaydi. Sen Kim bilan o'ynashganing bilmading soxta jonkuyar, - deya Volkan miyig'ida kulgancha xonani tark etdi •••••••••••••••••••••• Politsiya hodimlari Iroda va Alihanning ikkisini yonma yon cameraga qamab qo'ydi, --- Aqlingiz kirguncha shu yerda qolasizlar, shumtakalar, - degancha politsiya miyig'ida kuldi, --- Agar kimgadir habar bermoqchi bo'lsangiz chaqiring, - deya qo'shimcha qildi, --- Sen qiz haqiqatdan ham aqldan ozgansan. Yo'q lolman, gapirishga gap topolmayapman, - deya panjara tutqichidan ushlagancha asabiy to'ng'illadi Alihan, --- Battar bo'l. Senga Aytgandimku, men bilan birga yurish hammaga ham emas. Bardoshing yetsa Marhamat, - deya Iroda o'rindiqlardan biriga o'tirgancha, boshini devorga suyab hotirjam ko'zlarini yumdi, --- Tentak, seni joying aslida jinnixonada, --- Og'zinga qarab gapir. Bir oz avval mendan uzoqlashsa olmayotgandinku, Nima bo'ldi fikring o'zgarib qoldimi? --- Nimaga erishmoqchisan bu bilan? Boshqa qiladigan ishing yo'qmi? --- Menga shunday yashash yoqadi. Boshqalarga o'xshab ko'ngil ochish uchun tungi club, kompyuter clublari va balo battar joylarga borgandan, shunday shumliklar qilish afzalroq. Shuning uchun atrofimda do'stlarim Kam. Aniqrog'i New Yorkda umuman yo'q, --- Sen qiz sog' emassan. Xo'sh keyingi rejang qanday? Ehtimol oilangdan kimnidir chaqirarsan? Kimsan Gipsofila Yusufning singlisi bo'lsang, --- Aqldan ozdingmi? Opam bilsa boshimda yong'oq chaqadi. O'zing ham kimsan Karahanlilar oilasidansan. Bitta qo'ng'iroq bilan bu yerdan chiqib ketishing mumkin, --- Seni sharofating bilan endi menga ko'p narsani ta'qiqlashlari aniq, --- Yana bir Bora battar bo'l. Negadir bu yerda tunashni istamayman, shunday ekan opamni chaqirishga majburman. Ammo faqat o'zim uchun. Sen bo'lsa o'zing yaqinlaringni chaqir, --- Kimni, ilondan farqi yo'q kelinoyimnimi? Unga qaytangi meni bir kecha shu yerda qolishim afzal. Qulog'i tinch bo'ladi, --- Hoy, amaki qayerdasiz? Qo'ng'iroq qilmoqchimiz, - deya Iroda ovozini balandlatgancha panjara ortidan o'shqirdi, --- Amaking uyingda Qizaloq. Yaxshi birinchi sen chiq, sen yigitcha bo'lsa undan so'ng qilasan, - deya politsiya hodimi Iroda o'tirgan turmaning eshigini ochar ekan to'ng'illadi ••••••••••••••••• Gipsofila endigina xonasidan chiqmoqchi bo'lib eshikni ochayotganda, qulog'iga qandaydir tovushlar chalindi, --- Janob Halika honim keldi. Sizni mehmonxonada kutyabtilar, --- Tushunarli hozir tushaman, - deya Sarfaroz yo'lak bo'ylab yurib ketdi. Gipsofila ular ketgandan so'ng eshikni ohista ochgancha yo'lakka chiqdi, --- Halika bu paytda nega kelibti? - deya o'ziga eshitilar darajada shivirladi va Sarfarozning ortidan pastki qavatga tushib ketdi. Katta xona bo'ylab yurib borar ekan, mehmonxona eshigi qarshisida to'xtab qoldi, --- Hayrli kech Sarfaroz, --- Senga ham Halika. Xo'sh kech bo'lganda kelganingga qaraganda, muhim masalada bo'lsa kerak, --- Albatta shunday, --- Xo'sh qulog'im senda, - deya jiddiy qaradi Sarfaroz. Halika bo'lsa uni qarshisiga turgancha jiddiy qaradi, --- Senga bo'lgan muhabbatim cheksiz, buni juda yaxshi bilasan, - deya gap boshladi Halika. Sarfaroz bo'lsa uni gapini davom ettirishini sabr bilan kutdi, --- Mana shu bir yil mobaynida Senga juda bog'lanib qolgandim. Otamning o'limidan so'ng Menga suyanchig' bo'lgan yagona inson sen eding. Bilaman menga Zing'ircha bo'lsa ham ko'ngil qo'yolmading va Gipsofila qaytgandan so'ng, o'rtada farzandingiz borligini bilganim uchun, sendan uzoqlashishga qaror qildim, - deya Halika achchiq yutundi, --- Xo'sh, - Sarfaroz unga tushunqiramay qaradi, --- Gap shundaki, endi bunday qilolmayman, --- Ochiqroq gapir, - deya Sarfaroz qoshlarini chimirib qaradi, --- Men ham homiladorman, --- Buni menga Nima aloqasi bor. Gaplaringa Tushunmayapman, - dedi Sarfaroz asabiy, --- E'tiboring uchun endi sen faqatgina Zeynebni otasi emassan Sarfaroz. Men sendan Farzand kutyabman va buni inkor etolmaysan, - deya keskin gapirdi Halika. Bu gaplarni eshik oldida turgancha eshitayotgan Gipsofila o'zini tuta olmay eshik tutqichini tutib qoldi va Alam bilan qattiq siqdi. Nigohidan bo'lsa nafrat ufurib turardi, --- Nima shu cho'pchaklaringa ishonishim kerakmi? Ishonarliroq narsa o'ylab topa olmadingmi? --- Ishonma. Seni majbur qilmayman. Istasang tan ham olma. Ammo bu gaplarni aytishim shart edi. Mana bu bo'lsa tahlil natijalari, istasang ko'r istamasang yo'q. Menga bunday cho'pchak to'qishdan foyda yo'q. Ozgina oylabroq gapir Sarfaroz, --- Sen hozir Nimalar deb valdirayotganingni bilasanmi? Bir kechalik hatoni Deb menga kelib ota bo'lasan deyolmaysan, - deya nafrat bilan shivirladi Sarfaroz. Bu gaplarni Gipsofila eshitar ekan hayratdan qo'llari bilan og'zini berkitdi va alamdan achchiq kuldi. Poyafzalining poshnasining tovushini butun xonada aks ettirgancha, Dilhumor qiziqsinab Gipsofila turgan eshik oldiga yaqinlashdi, --- Nega sen..? - u nafrat ufurib turgan nigoh bilan qaragan Gipsofilani ko'rib so'zini davom ettira olmay qoldi, --- Ichkarida Nima bo'lyabti? - qo'shimcha qildi so'ng, --- balo bo'lyabti, balo, - deya o'shqirgancha Gipsofila zinalardan yuqorilab ketdi, Sarfaroz asabiy Halika bilan gaplashar ekan, eshik ortidagi shovqinni eshitib tashqariga g'azab bilan chiqdi, --- Menga ko'targan ovozing..., - deya Dilhumor Gipsofilaning ortidan endigina o'shqirar ekan, Sarfarozning nafrat to'la nigohini ko'rib, unga qaradi, --- Nimalar bo'lyabti? - Sarfaroz asabiy to'ng'illadi, --- Suyukli rafiqang o'z o'rnini yo'qotib qo'ygan ko'rinadi, --- Gipsofila shu yerdamidi? --- Ha, odobsizlarcha gap poylayotgandi, - dedi Dilhumor pinagini ham buzmay, --- Jin ursin, - deya Sarfaroz so'kingancha yuqori qavatga ko'tarilib ketdi, --- Nima bo'lyabti o'zi. Halika sen.. Kech bo'lganda bu yerda Nima qilyabsan? - deya Dilhumor mehmonxonaga kirar ekan, Halikani ko'rib savol nazari bilan qaradi, --- Yangilik olib keldim. Yangilik, - deya Halika mamnun o'rindiqlardan biriga o'tirdi. Gipsofila asabiylashgancha xonaning bu burchakdan u burchagiga yurib kelar ekan, ich ichidan nimadir qattiq Alam qilardi. Qalbi qattiq og'rir edi. Ammo ko'zidan bir tomchi yosh ham chiqmasligi, uni battar ezardi. Zeyneb ham onasining qalbidagi isyon bilan kurashayotganini payqagandek go'yo tinmay g'inshib yig'lardi. Gipsofila bo'lsa Avvaliga unga parvo qilmadi, chunki bir oz avval eshitgan gaplarini tinmay tahlil qilardi. Ammo Zeynebning borgan sari qaysarligi tutgani uchun uni qo'liga olgancha ovuta boshladi, --- Qizalog'im, sen nega hafasan? A seni Nima bezovta qilyabti? Istaysanmi bu yerdan ketamiz? Bevafo xudbin dadangni yolg'iz qoldirib ketamiz, --- Meni ruxsatimsiza? - Gipsofilaning ortidan unga Suyukli bo'lgan ammo hozir bor vujudi bilan nafratlanayotgan kishisining tovushi yangradi, --- Zeynebim, biz bugunoq ketamiz. Kech bo'lsada, ertani kutmaymiz. Bu uyda ortiq qolmaymiz, - Gipsofila go'yo Sarfarozni eshitmagandek gapida davom etdi, --- Men istamagunimcha darvoza hatlab ham chiqa olmaysizlar, shunday emasmi Zeyneb, oyijoninga shuni uqtirib qo'y, - Sarfaroz ham Gipsofilaning to'nida gapirdi. Zeyneb bo'lsa yig'lashdan to'xtab, ko'm ko'k ko'zlarini bir Sarfarozga bir bo'lsa Gipsofilaga tikkancha Jim qarardi. Bundan foydalanib Gipsofila Zeynebni qayta yotoqqa qo'ydi va ko'ylagining old tasmasini to'g'irlar ekan Sarfarozga pastdan nafrat pardasi qoplab ko'zlar bilan qaradi, --- Men istasam keta olishimni juda yaxshi bilasan, - deya Gipsofila Sarfarozga ohista qadamlar bilan yaqinlashdi va ko'zlarini uning ko'zlaridan uzmagan holatda davom etdi, --- Mana shu Halikaga boqqan o'ynoqi ko'zlaring bilan menga qarama Sarfaroz, --- O'chir, uningni chiqarma. Yolg'onlaringa juda ko'p bora ko'z yumdim. Aslida Zeyneb ertaroq ota mehriga yetishmasligiga ham sen sababchisan, --- Nima demoqchisan, - deya Sarfaroz unga o'tkir nigohlari bilan teshib yuborgudek qaradi. Gipsofila ham miyig'ida kulgancha ko'zini uzmay davom etdi, --- O'tmish aslida sen o'ylagandek bo'lmasligini bilsang, afsuslanmaysanmi? --- Chaynalma, --- Yaxshi, - Gipsofilaning ko'z o'ngida bir yarim yil avvalgi o'tmishi kino tasmasidek o'ta boshladi. Bir yil avval! --- Minnatdorman Kara, - Gipsofila mehmonxonadagi o'rindiqlardan birida o'tirar ekan, Kara olib kelgan qahvani olgancha tabassum qildi, --- Gipsofila atayin qilyabsanmi? Nega Gapni cho'zayabsan? Men senga savol berdim, - deya Diana unga ginali qaradi, --- Nima? --- Sarfarozning turmush qurish taklifiga rozilik berishingni qanday tushunish kerak? Umuman anglolmayapman --- Xo'sh, shunga Nima qilibti? Men uni o'ldirib qasos ololmayman. Buni senga aytdim, uning o'tmishini ham, --- Buniku tushunaman. Undan qasos ol deya undayotganim yo'q. Men bilgan Gipsofila bu tarzda tez qaror chiqarmaydi, --- Ajoyib, davom et, - deya Gipsofila unga tasdiq ma'nosidagi nigoh bilan mamnun qaradi, --- Demak, rejang bor. Bekorga unga rozilik bermagansan, --- Albatta go'zalim. Unga o'z uslubida Javob qaytaraman. Ko'ramiz Nima qilar ekan? - deya miyig'ida kuldi Gipsofila, --- Xo'sh, rejang qanday? --- O'z vaqtida bilasan. Hozir undan ham qaltis ish bor, --- Qanday ish ekan? --- Ibrohim masalasi, --- Ibrohimning nimasi masala, - Diana kuldi, --- Ahir eng yoqimtoy va sodiq do'stimizku, - qo'shimcha qildi Diana, --- Chamasi biz o'ylaganchalik emas, --- Nima demoqchisan? --- Qora Dori va giyohvand moddalar olamining qiroli o'zimizning yoqimtoy va havfsiz Ibrohim bo'ladi, --- Hazillashyabsanmi? --- Yo'q, tinmay ortimizdan pichoq urayotgan ham Ibrohim. Sarfarozning savdo sotiq ishlarini cheklab qo'ygan ham, ombordagi qurollarini o'g'irlangan ham. Men Volkan va Sarfarozga kimsasiz o'rmonda hujum qilganlar ham uning odamlari bo'lgan. Biz bo'lsa dushmanni uzoqdan izlab o'tiribmiz, --- Endi Nima qilmoqchisan? --- Hullas, - deya Gipsofila endi gapini davom ettirayotgan edi hamki, qo'l telefoniga habar kelib fikrini tortdi, --- Sarfarozmi? Uni o'yiningda o'ynataman Deb, o'zing o'ynab qolma tag'in. Qanchalar havfli ekanini bilasanaaa? - deya Diana eshikdan chiqib ketayotgan Gipsofilaga ovozini ko'targancha baqirib qoldi, --- Qarshingda Kim turganini unutma Qizalog'im, - deya Gipsofila Dianaga ko'zini qisib qo'ydi va uyni tark etdi. Gipsofila mashinasini joylagancha ulkan qad rostlagan restauratga zumdan nigoh tashladi va shisha singari yotqizilgan zinalardan ko'tarilib ichkariga kirdi. Restaurantning ichki qismini yorqin chiroqlar yoritib turar va devorga turli xildagi bezaklar chizilgandi. Sirtini bo'lsa ichkari ko'rinib turishi uchun butun yerini oyna qoplagandi. Gipsofilaning Eng so'ngidagi o'rindiqlardan birida ko'zini telefonidan uzmay o'tirgan Sarfarozga ko'zi tushdi, --- Hayrli Kun, - dedi jilmayishga urunib, --- Senga ham, - Sarfaroz bo'lsa unga nigoh ham tashlamay be'etiborlarcha so'zladi. Bundan Gipsofila qancha achchiqlanmasin, o'zini bosishga urundi, --- Meni bu yerga nega chaqirding. Telefoninga yopishib qolgur, - oradan bir necha daqiqa o'tgandan so'ng Gipsofila to'ng'illadi --- Nima? - Sarfaroz g'alati qaradi, --- Uzr baraka topkur demoqchi edim, - deya Gipsofila asabiy jilmaydi, --- Gipsofilam, - deya Sarfaroz jilmaygancha uni qo'lidan ushladi, --- Eshitaman, --- Seni bu yerga to'yimiz masalasini gaplashib olish uchun chaqirdim. Mana shu oy ichida o'tkazsak Nima deysan, --- Nega buncha tez? Qayergadir shoshilyabmizmi? - Gipsofila hatto to'y haqida ham o'ylamagan ko'yi so'zladi. U Sarfaroz turmush qurish haqida shunchaki til uchida aytgan deb o'ylagandi. Bu qadar jiddiyligini bo'lsa endi payqadi, --- Nega cho'zishimiz kerak? Sabab bormi? - shubhali qaradi Sarfaroz Gipsofilaga --- Yo'q, aslini olganda hech qanday sabab yo'q, --- Unday bo'lsa e'tirozlar qabul qilinmaydi, - deya mavzuni yopdi Sarfaroz, --- Yaxshi, ochman. Biror narsa buyurtma berdingmi? - deya Gipsofila oldida turgan menuni olgancha ko'zdan kechira boshladi. Oradan bir necha soat o'tgandan so'ng affitsiant hisobni olib keldi, --- Men to'layman, - deya Gipsofila hisobni olar ekan, Sarfarozga jilmayib qaradi, --- Bu Yana qanday tomosha, - Sarfaroz savol nazari bilan qaradi, --- Men bor yerda boshqa birov hisobni to'lamaydi Gipsofila, --- Men boshqamanmi? Nega buncha jiddiysan? Arzimagan pul bo'lsa, --- Sen qiz meni aqldan ozdirasan. Bilganingni qil, - deya Sarfaroz qo'lidagi ro'molchani stolga otgancha, tashqariga chiqib ketdi, --- Ahmoqsan, ahmoq Gipsofila. Sarfarozning asablarini o'ynamasdan turolmaysan, - deya Gipsofila ham ortidan chiqdi. Ammo Sarfaroz allaqachon mashinaga o'tirib, yo'lga tushgandi, --- Hozir Yana bir tomosha bo'ladiganga o'xshaydi, - deya Gipsofila miyig'ida kuldi va bir zum mashinasiga qarab turdi. Haydash fikridan qaytgancha katta yo'lda taksi to'xtatdi, --- Ana u qora Bentley mashinasining ortidan haydang, - deya Gipsofila haydovchiga buyurdi, --- Bu endi nega meni kuzatyabti? - Sarfaroz ortidan izma iz kelayotgan mashinaga nigoh tashlar ekan, qoshlari chimirildi va piyodalar yo'lakchasi oldida keskin to'xtadi, --- Besh yuz Ming ishlab olishni istaysizmi? Unda anavi mashina ortidan zarba Bering, - deya Gipsofila pinagini ham uzmay so'zladi. Haydovchi bir oz o'ylanib turib, so'ng buyruqni bajargancha Sarfarozning mashinasining ortidan Zarb bilan urdi. Gipsofila bo'lsa taxidan tushgancha, mashinasidan asabiy tushgan Sarfarozga yaqinlashdi, --- Haydovchiga besh yuz Ming qarzing bor. Qaytib meni yarim yo'lda tashlab keta ko'rma, - deya e'tiborsiz so'zladi va Sarfarozning mashinasiga o'tirib oldi. Sarfaroz bo'lsa haydovchiga yov qarash qilgancha, hamyonidan bir dasta pul chiqarib berdi va ko'zlarini yuqoriga qilgancha asabiy rulga o'tirdi, --- Yana qanday tomoshalaringiz bor honim, --- Sen shuni tomosha deyabsanmi? Bu shunchaki ogohlantirish edi. Tomoshamga bardoshing yetmaydi, shuning uchun menga qilgan har bir Hatti harakatlaringni bir necha bor o'ylab keyin qil, --- Menimcha endi uyinga tezroq olib bormasam, bo'lmaydigan ko'rinadi. Chunki hozir qaysar honimning bugungi o'jarliklarining plani ortig'i bilan bajarildi, --- Unda tezlash, - deya Gipsofila ko'zining qorachig'ini o'ynatgancha so'zladi. Uyga yetib kelganidan so'ng oradan chamasi bir soatcha vaqt o'tdi. Gipsofila bo'lsa xonasidan chiqmay qandaydir ikkita hujjatlarni bir biriga solishtirgancha o'ylanib o'tirar edi. Asabiylashgancha qo'lidagi qog'ozlarni stol ustiga Zarb bilan uloqtirdi va ikkala qo'li bilan yuzini berkitgancha ko'zlarini yumib o'rindiqqa suyandi. Oradan bir necha daqiqa o'tgandan so'ng, qandaydir tovushlar e'tiborini tortdi. Gipsofila ko'zlarini ochib atrofga nazar tashladi, so'ng yengil oq parda ortida derazaga nimadir urulayotganini payqadi. Erinibgina o'rnidan turib pardalarni tortgancha derazani ochar ekan, keskin o'zi tomon uchib kelgan toshga chap berib qoldi va bu kimning ishi ekanini bilish uchun pastga qoshlarini chimirgancha nigoh tashladi. Kech tushay degan pallada Qo'rg'onning sirti va ichida yorqin chiroqlar avto tarzda yoqildi, --- Hey, telba yigit. Yana nega kelding? - deya Gipsofila kulgancha atrofga ola zarak nigoh tashladi so'ng bo'lsa mashinasiga suyangancha unga porlab turgan nigohlar bilan boqib turgan Sarfarozga ovozini ko'targancha gapirdi, --- Sening telbangni sog'inch qiynab yubordi. Agar bugun ko'rmasam, ertagacha yuragim to'xtab qola yozardi, --- Ahir hayrlashganimizga bir soat ham bo'lmadiku, - deya kuldi Gipsofila, --- Nima qilibti shunga? Sensiz o'tgan har daqiqa yillar bilan barobar, --- Xo'sh keyinchi? --- Keyinmi? Keyin sen hozir oldimga tushasan va, --- Va hayollar olamidan chiqasiz Janob. Chunki men ostona hatlab bir qadam ham chiqmayman. Seni deb bugungi kunim nohushliklarga to'la bo'ldi. Endi esa ket, --- Qaysarlar malikasi uchun Nima qilsam aybimni yuvgan bo'laman, --- Tinchgina ketsang. Men hozir uxlamoqchiman, --- Boshqa ishonarliroq bahona topa olmadingmi? --- Nima deb o'ylasang o'ylayver. Men o'ylashim kerak, --- Xo'sh, nimani? -- Meni ranjitganing uchun seni qanday jazolashni. Endi bo'lsa hayrli tun. Tongacha shu yerda turib chiqmaysan degan umiddaman, - deya Gipsofila derazani yopgancha ort o'girib ketar chog'ida, ortidan derazaga Zarb bilan nimadir kelib urildi, --- Bu yigit aniq telba, - deya Gipsofila parvo qilmay ishida davom etdi. Gipsofila soat kechki o'n yarimlarda ijtimoiy tarmoqdan Ibrohim haqida, so'ng esa Mafia olamidagi Boss haqida nimalarnidir qidirib ko'rdi. Ularning ikkisini bir inson ekanini payqagandan so'ng, kechayu kunduz shu bilan mashg'ul edi. Ammo Ibrohim u o'ylagandanda havfliroq va juda ehtiyotkor ekanini tushungandan so'ng, jiddiylashdi. Ibrohim o'zining asli kimligini yashirgani bilan, Gipsofila Boss va Ibrohimning yashaydigan mexmonxonasi bir xil manzil va aynan bitta xona ekanini aniqlashga muvaffaq bo'ldi. Soat o'n ikkiga bong urganda yengi to'rdan iborat qop qora ko'fta va shim, uning ustidan bo'lsa tizzadan pastlab turuvchi qop qora plyash kiygancha, belidagi tasmasini bog'lar ekan, sochiga Tim qora va juda kalta parik kiydi. Uning ustidan bo'lsa keng yozilgan libosiga monand qora uslubdagi bosh kiyimni bostirdi. Butunlay egnini qoralik qoplagan Gipsofilaning labidagi alvon rangigina ajralib turardi. Ibrohimning juda ham ziyrakligi va ehtiyotkorligini ko'zdan kechirmagan ko'yi, o'z mashinasining o'rniga taksi tutgancha ulkan qad rostlagan mehmonxona binosi qarshisiga yetib keldi. Gipsofila Hodimlar va mijozlar bilan gavjum mehmonxonaga ohista qadam bosgancha kirdi. Bosh kiyimining qirrasidan ko'zini o'ynatgancha kuzatuv kameralariga nigoh tashladi. So'ng mehmonxona qabulxonasidagi hodim bilan suxbatlashayotgan Ibrohimni zumdan kuzata boshladi. Oradan bir necha daqiqa o'tgach Ibrohim xonasining kartasini xodimning stoliga qo'ygancha tashqariga yo'l oldi. Gipsofila bo'lsa uning ketishi bilan birnm nechta tashrif buyuruvchilar bilan suxbatlashib, Ibrohimga tegishli bo'lgan eshik ochuvchi kartani stolda unutib qoldirdi. Bundan foydalangan Gipsofila kartani hech bir qiyinchiliksiz qo'lga kiritgancha, yuqori qavatga ko'tarilish uchun lift tomonga harakatlana boshladi. Nozik qadamlar bilan boshidagi shlyapasini ohista to'g'irlab qo'yar ekan, Ibrohimning xonasi joylashgan qavatga bir necha daqiqada yetib keldi. Alvon va qaymoq rangdan iborat bo'lgan devorlar va yerdagi to'zalgan gilam hech kimni shuningdek Gipsofilani ham e'tiborsiz qoldirmadi. Mijozlar bir necha daqiqa va hatto soatlab ham qolib ketish ehtimoli yuqori bo'lishiga aynan Mana shu yo'laklarning bezaktoshlariyu, sur'atlari sabab edi. Ammo Gipsofilaning fikru hayoli Ibrohim qaytib kelmasidan bu yerdagi ishni bajarib tark etish bo'lgani uchun Ortiqcha e'tibor bermadi. Maxsus karta yordamida eshikni hech qanday qiyinchiliksiz ochib, Gipsofila ohistalik bilan ichkariga kirar ekan, bu qadar hashamatdan boshi aylanib ketdi, --- Ibrohimning men o'ylamagan qirralari juda ko'p ekanku, - deya o'ziga o'zi shivirladi va devordagi sur'atlarni, katta qandil ostida joylashgan ulkan stol ustidagi hujjatlaru sur'atlarni birma bir ko'zdan kechirdi. Ammo qo'lga ilinadigan hech narsa topa olmay, hafsalasiz yotoqxonaga kirdi. U yerdagi kichikroq hajmdagi javonga ko'zi tushdi. Ochmoqchi bo'lganida, qulf ekanini payqadi. Qo'lga ilingudek biror narsa topishdan umid qilgan holatda javonning qulfini buzdi. Ichidan qurol, bir ikkita qandaydir fayllar va Yana bir nechta sur'atlar chiqdi. Ularning orasida eng ko'pi o'zining sur'atlari ekanidan hayratlangancha, ko'zidagi qop qora Ko'zoynagini yechgancha tomosha qila boshladi. Yana biri bo'lsa Sarfarozning sur'ati bo'lib, boshqa sur'atlardan farqli o'laroq qizil chiziqda belgilab qo'yilgandi. Eng Qizig'i Gipsofilaning har kuni tasvirlangan sur'atlar uni havotirga sola boshladi. Qayerlarga borgani, kimlar bilan ko'rishgani, Nimalar bilan shug'ullangani barchasi shu javondan chiqqan sur'atlarda tasvirlangandi. Gipsofilaning umuman begona bo'lgan chehralar ham fikru hayolini tortdi. Bir ayol va erkakning eski sur'ati bo'lib, jilmayib turgani tasvirlangandi. Bu yerda shu qadar jumboqlar ko'p ediki, Gipsofilaning boshiga og'riq kirdi. Endigina faylni ochishga Shay turgan Gipsofilaning ortidan berilgan qattiq zarba hushini yo'qotishiga sabab bo'ldi. Gipsofila qandaydir asabga teguvchi tovushdan uzun kipriklarini pirpiratgancha ko'zlarini ochib atrofga alangladi. Atrof haddan ziyod oqlikka burkangani uchun ko'zi bu ulkan xonaga ko'nikishi qiyin kechdi. Gipsofilaning nigohini hayrat qopladi sababi bu g'ayritabiy ulkan xonaning yerini ham, devorini ham hatto shiftini ham haddan tashqari oqlik qoplagandi. Ajratish esa amrimahol. U faqat o'zining katta qalin oyna qoplagan huddiki qafasdan farq qilmaydigan yerga bandi qilinganini tushundi. Oradan bir necha daqiqa o'tgandan so'ng, uning atrofidagi vaziyat boshiga og'riq kiritdi, --- La'nati, Kim bor, - Gipsofila bor ovozida barmoqlari bilan chakkasini ushlagancha o'shqirdi. Shu alfozda bir necha daqiqa o'tirdi va eshikning ochilish e'tiborini tortar ekan, oppoq eshikning ochilganidan so'ngina eshik ekanini payqadi. Sababi oppoq devorga eshik ham oqligi bilan qorishib ketgandi. Qop qora libosda kiyinib olgan bir nechta yigitlar kirib keldi. Ayni damda Gipsofilaning oppoq rangdan ko'ngli ozib ketgani tufayli, ular hayotiga rang olib kirgandek bo'ldi go'yo. Bir nechta yigitlarning ortidan mallarang ustki vetrofka va oq shim kiyib olganligi bilan ajralib turgan Ibrohim mamnun qiyofada kirib keldi, --- Hush kelibsan Gipsofila, - deya Ibrohim ikki qo'lini yonga yozgancha jilmaydi. Gipsofila bo'lsa o'rnidan turgancha oldinga harakat qildi ammo uni to'sib turgan qalin oynali devor halaqit berdi, unday bo'lmaganda Ibrohimni burdalab tashlashga ham tayyor turgandi, --- Sen qo'rqoqsan Ibrohim. Agar Sarfaroz seni asli kimligingni bilsa tag tuging bilan yo'q qiladi, --- Shu qo'lidan keladi deb o'ylayabsanmi? Chamasi qarshingda Kim turganini to'laqonli tushunmagan ko'rinasan, - deya Ibrohim qo'lini iyagiga qo'ydi va Gipsofilaga nigoh tashladi, --- Nima bo'lganda ham sen bizni oldimizda kuchsizsan. Buni o'zing ham bilasan. Sarfaroz seni asli kimligingni, Nimalar qilganingni bilgan kuni, bu hayot bilan vidolashishing aniq, --- Havotir olma u allaqachon biladi. Ammo men emas u hayot bilan vidolashadi va to'g'ri Jahannamga ravona bo'ladi, - Gipsofila bu gaplarni eshitar ekan, jarangdor ovozda kulib yubordi. Bundan bo'lsa Ibrohimning g'azabdan hatto peshonasidagi tomirlari ham ko'rinib ketdi, --- Seni hatti harakatlaring menga kimni eslatyabti aytaymi? Telbani, sen aniq ruhiy kasalsan Ibrohim, --- O'chir, meni g'azabimni keltirishga urunayotganingni bilaman. Ammo bu faqatgina o'zinga yomon bo'ladi, --- Senga bergan ishonchim uchun qattiq pushaymonman. Illo do'stlarimni o'limida ham Sening kattagina qo'ling bor. Hali bularni Ming azobda javobini berasan, - deya Gipsofila nafrat bilan shivirladi --- Bilaman senga ko'p Bora xufyona ozor berdim. Ammo barchasi Sarfarozni yo'q qilish uchun tuzilgan rejalar edi. Puxta rejalar, --- Demak, meni hayotimga niqob ostida kuyunchak do'st bo'lib kirgansan. Men bo'lsa doimgidek barcha niqob ostidagi insonlarni o'zimga yaqin olganim kabi, seni ham ular qatoriga qo'shdim, --- Safsatalaringni yig'ishtir. Men senga pand bermadim. O'zing emasmi mening honamga o'g'irincha kirgan. Bundaylarni umuman jinim suymaydi azizim, --- Ko'ramiz Qo'lingdan Nima ham kelar ekan, - deya Gipsofila o'zini erkin tutgancha ochiqchasiga uning ustidan kulib qalin oynali devorga suyanib qo'llarini chalishtirgancha Ibrohimdan ko'zini uzmay qarab turdi, --- Menga past baho berib adashayotganingni ma'lum bir muddatdan so'ng bilasan va afsuslanasan Gipsofila, - deya Ibrohim o'ng tarafida turgan yigitga ishora qildi va u yigit Gipsofilani o'rab turgan oynali devor ortiga o'tdi. U yerda qandaydir katta aylanani bor kuchi bilan buriy boshladi. Gipsofila bo'lsa uning harakatini beparvolarcha kuzatardi toki uning oyog'i ostidan va atrofida qandaydir tutunlar paydo bo'lguncha. Gipsofila atrofidagi hodisalarni ko'rib sergak tortdi, --- Nima bu? Sen Nima qilyabsan Ibrohim? --- O'ylab ko'rdim. Agar Sarfarozni o'ldirsam, bu u uchun juda yengil jazo bo'ladi. Ammo sen esa bundan mustasnosan. Ko'ramiz sening o'liming unga qanday ta'sir qilarkin, --- Seni Qo'lingdan o'ladigan ahmoq yo'q. Meni o'ldirishga Kuching uyoqda tursin aqling ham yetmaydi, - deya Gipsofila uning gaplariga hech qanday reaksiya ko'rsatmay mamnun jilmaydi, --- Ko'ramiz. O'n besh daqiqalardan so'ng yalinib yolvorayotganingda shu so'zlaring esinga kelarmikin, --- Yo'q u vaqtda sen mening oyog'im ostida yotgan bo'lasan, - Gipsofilaning peshonasidan ter oqa boshladi ammo buni sezdirmaslikka urungudek gapida davom etdi, --- Qiziq Sarfarozda qanday qasding bor? Bu ahmoqona Hatti harakatlaringning ham sababi bordir, --- U manqurtni deb ota onam it azobida o'ldi. Sarfaroz bo'lsa bu azoblarni har kuni his qilishi kerak. Oddiygina o'lim bilan ham qutula olmaydi, - deya Ibrohim nafrat bilan shivirladi, --- Jin ursin seni Sarfaroz. Agar Mana shu hayhotdek dunyoda birgina insonga bo'lsa ham yaxshilik qilganingni eshitsam, o'sha insonga oltindan haykal qo'yar edim. Seni deb azob chekmagan insonlarning o'zi yo'q. Hatto Ibrohim ham senga dushman. Yana oddiy dushman emas havfli dushman. Xo'sh Gipsofila borgan sari nafasing siqila boryabti. Endi Nima qilasan? Tiling qichib va qiziqsinab o'z boshinga balo orttirding, barakalla, - deya Gipsofila qo'lini silkitgancha zo'rg'a nafas olar ekan o'ziga o'zi shivirladi. Oradan chamasi o'n daqiqa vaqt o'tdi. Gipsofila bo'lsa haligacha o'zini tutgancha tik oyoqda zo'rg'a chidab turardi, --- Tasanno, bardoshinga tan berdim. Ho'sh shishani ichida borgan sari havo tugab boryabtimi? To'yib nafas olomaslik juda Alam qilsa kerak a? - deya Ibrohim Gipsofilaning asabiga tegishga urundi. Yana nimadir demoqchi bo'ldi ammo eshik Zarb bilan ochilishi uni sergak tortishiga sabab bo'ldi, --- Hamma quyon yuraklar shu yerda ekanda, - deya Volkan u tomonga hujumga o'tgan yigitni tepib irg'itib yubordi, --- Sen quyon yuraklar orasiga kirmaysan Gipsofila. Tag'in gaplarimni o'zinga olma, - deya qo'shib qo'ydi Volkan hazilomus ohangda. Volkanning ortidan Sarfaroz g'azab bilan kirib keldi va qarshisidan chiqqan har bir shaxsni shafqatsizlarcha o'ldirdi. Gipsofila yerga yon boshlangancha yotib qoldi. Chuqur chuqur nafas olardi ammo atrofidan chiqayotgan zaharli tutun borgan sari uni kuchini so'rib olardi. Sarfaroz va Volkanning unga ko'zi tushishi bilan nigohini vahima va qo'rquv qopladi. Unga yaqinlashishga urunishdi ammo Ibrohimning odamlari shu qadar ko'p ediki, bunga imkon bo'lmadi. Shuningdek Stefan, Jacob va Yana beshtacha sodiq odamlari yelkama yelka jang qilardi. Volkan bo'lsa Ibrohim bilan olishar ekan, ikkisi ham bir biriga shafqat qilmasdi ammo na Volkan va Na Ibrohim bu jangda yengilardi. Gipsofila Chala ochiq ko'zi bilan so'ngi Marta Sarfarozga nigoh tashladi va chuqur nafas olgancha ko'zlarini yumdi. Ko'zidan yosh qalqib chiqdi. Atrofini tutun qoplagani uchun deyarli hech narsa ko'rinmay ham qoldi. Sarfaroz g'azabini bosa olmay Ibrohimning ortidan o'ng kuragiga o'q uzdi. Ibrohimning ko'ylagini bir zumda qon qopladi va behush yerga yeqildi. Volkan bo'lsa Gipsofila tomonga bor kuchi bilan o'zini urdi. Avvaliga Sarfaroz va Volkan oyna ortida hushsiz yotgan Gipsofilani bir necha bor chaqirishga urunishdi ammo foydasi bo'lmagandan so'ng Volkan u yerning ort qismiga o'tib aylanani chap tarafga kuch bilan burar ekan, Gipsofila behush yotgan yerdagi tutunlar ohistalik bilan tindi. Sarfarozning mahsus yashil tugmaga ko'zi tushdi uni ohistalik bilan bosar ekan, To'rt oynali devordan iborat bo'lgan qafas yuqoriga ko'tarila boshladi. So'ng Sarfaroz sabrsizlarcha Gipsofilaning yoniga havotir bilan bordi. --- Gipsofila o'zinga Kel. Havf ortda qoldi, - deya Sarfaroz Gipsofilaning bo'ynidan qo'lini o'tkazar ekan, sochlaridan silagancha gapirdi, --- Havf ortda qoldi emish. Havf qarshimda, sochlarimdan silab o'tiribti, - dedi Gipsofila ko'zlarini zo'rg'a ochar ekan shivirlagancha ginali nigoh tashladi, --- Keyin bahslashamiz go'zalim. Qani menga Kelchi, - deya Sarfaroz Gipsofilani ohistalik bilan ko'tarib oldi va tashqariga yo'naldi. Volkan bo'lsa bu qanchalar yoqimsiz manzara bo'lmasin, hech narsa deya olmadi. So'ng atrofga bir zum nigoh tashladi. Ammo hech kimdan asar qolmagandi. Hatto Ibrohimni ham ular chalg'igan chog'da olib ketishga ulgurishgan edi. Oradan kunlar o'tdi. Bu Kun mobaynida Ibrohim biror Marta ham qorasini ko'rsatmadi. Gipsofila qizil charm kurtka va qora shim kiygancha darvozadan chiqar ekan, uni bir necha daqiqadan beri mashinada kutib o'tirgan Sarfarozning yoniga kelib o'tirdi, --- Vanihoyat kelding, - deya Sarfaroz Gipsofilaga Gina aralash qaradi, --- Ancha Tuzukmisan? - so'ng qo'shimcha qildi, --- Ha, ammo bu qachongacha davom etadi bilmayman. Ibrohim anchadan buyon sokin. Hech qanday harakat qilmadi. Bilasanmi bu nimadan darak beradi? --- Ortiqcha havotirga tushyabsan Gipsofila, --- Yo'q, o'ylab ko'r. Yetarlicha kuchga ega bo'lgan shaxs tinmay harakat qilayotgan pallada, birdaniga to'xtab qolishi bu shubhali, --- Ibrohim masalasi bo'g'izimga keldi. Hech yo'q bugun muammolarni unutaylik, --- Yaxshi menda bir g'oya bor, --- Xo'sh qanday ekan? - deya Sarfaroz Gipsofilaga qiziqsinab nigoh tashladi, --- Bilasanmi? Hozir menda barcha narsa yetarli. Ammo besh yil avvalgi ishtiyoq emas, --- Xo'sh, - Sarfaroz tushunqiramay qaradi, --- Meni o'n sakkiz yoshimda faqatgina orzularimni oshirish istaklari bo'lar edi. Ammo cheklovlar va shunga o'xshash to'siqlar bunga yo'l qo'ymasdi. Qanchalar hohlamay bularni hech ilojini qila olmaganman. Hatto dadam va oyim do'stlarim bilan biror yerga borishimga ham bazor ruxsat berishar edi. Bu ularning havotiri sabab edi. Ammo Nima bo'lganda ham taqdirni o'zgaritirib bo'lmaydi deyilganidek, ular meni qancha havfdan saqlashga urunishmasin, haqiqiy havf hayotimga kirib kelib bo'lganini hatto sezishmadi ham. O'sha havf sen eding, - Sarfaroz uni sabr bilan Jim tingladi. Nima demoqchi ekanini tushunmay undan nigoh uzmay qarab turar ekan, Gipsofila davom etdi, --- Bu bilan aytmoqchimanki. O'sha beg'ubor yoshligimda menda orzularimni amalga oshirish istagi, unga bo'lgan ishtiyoq bo'lardi ammo buning iloji emas. Hozir bo'lsa emin erkinman, istagan ishimni istagan lahzada amalga oshirishga qodirman. Ammo hech yoshligimda juda istagan orzularimni amalga oshirishni hayolimga ham keltirmapman. Menda ularni amalga oshirish uchun hech qanday to'siq yo'q. Ammo shu qadar o'zgardimki, avvalgi qizdagi ishtiyoq yo'qligidan, bir marotaba ham o'zimni quvontiradigan ishlar bilan shug'ullanmadim, --- Tushunarli, unda bugun orzular ro'yhatini tuzamiz va bir boshidan amalga oshiramiz, - deya Sarfaroz Gipsofilaga kulib qaradi, --- Rostanmi? --- Albatta, unda avval qayerga boramiz, --- Xo'sh, unday bo'lsa Rokfeller markaziga Hayda, - deya Gipsofila mamnun jilmaydi, --- Tushunarli. Bugun Gipsofila Karter Elsa Frozenga aylanar ekanda, - deya Sarfaroz tezlikni oshirgancha g'oyib bo'ldi. Ular juda ham ulkan va ajoyib bezakli bino qarshisiga yetib kelishdi. Binoning yuqori qismiga katta harflar va rang barang yonuvchi chiroqchalar bilan Rockefeller center deb yozib qo'yilgandi. New Yorkning eng mashhur ko'ngil ochar binolaridan biri bo'lgani uchun turli tuman odamlar bilan to'lgandi. --- Shu yerga kirishga ishonching komilmi? - Sarfaroz uzun qad rostlagan binoga zumdan nigoh tashlar ekan Gipsofilaga qaradi, --- Albatta, --- Bu yer juda gavjumku, --- Bir oz avval Nima deyotganding. So'zingda tur endi, - deya Gipsofila oldinlab ketdi. Sarfaroz ham ortidan hafsalasiz ergashdi. Gipsofila Huddi qadimgi qasr darvozalaridan farq qilmaydigan darvoza qarshisiga yaqinlashar ekan, to'lqinlanib hamma yerni ensasi qotgancha kuzatayotgan Sarfarozga qaradi. Uning nigohini ko'rib kulib yubordi va qo'lidan tortqilagancha ishkariga darvozadan kirib ketdi, --- Shunchalik ham ahmoq bo'lamanmi? Besh yildan beri shu shaharda yashab biror Marta kelmaganimni qaranga, - deya yuqoriga qarar ekan. Yuqori qavatdagi gavjumlikga, juda ham baland shiftga terilgan bezaklar, osilib turgan rang barang naqshlar va atrofidagi turli xil o'yingohlarga ko'zi tushdi. --- Qani yuraqol unda. Bu lahzalardan zavqlanib qolish kerak, - bu safar Sarfaroz Gipsofilaning qo'lidan ushlagancha muzli konki uchish maydoniga tortqilab ketdi. Bir to'da bo'lib yig'ilib turgan odamlar orasidan o'tishar ekan, Sarfaroz Gipsofilaning qo'lidan avvalgidan ham mahkamroq ushlab oldi. Kayfiyati endigina chog'lanayotgan Sarfarozning asabini qo'riqchining tovushi buzib yubordi, --- Kechirasiz Nima ko'zingiz ko'rmi? Bu yerda qanchadan qancha odamlar o'z navbatini kutib turibti. Sizni shoxingiz bormidiki, navbatsiz kirib ketasiz? - deya qo'riqchi Sarfarozning yo'lini to'sdi. Sarfaroz avval yo'lini to'sgan qo'llarga, so'ng bo'lsa qo'riqchining yuziga qoshlarini chimirgancha qaradi. Gipsofila hozir Nimalar bo'lishi mumkinligini tahlil qilar ekan, o'ng qo'li bilan ohista yuzini yashirdi, --- Hozir kimni shoxi borligini ko'rsatib qo'yaman, - dedi Sarfaroz uning yo'lini to'sib turgan qo'lini silar ekan, --- Tushunmadim, - dedi qo'riqchi ovozi titrab, --- Kerak bo'lsa Mana shu navbatda soatlab turganlar ortiga qaytib ketadi, tushundingmi? Sen bo'lsa ko'zimdan yo'qol, - Sarfaroz Atrofiga qaradi va kimgadir qandaydir ishoralar qildi. Buni ko'rgan Gipsofila u qarab turgan yerga qarar ekan Sarfarozning yigitlariga ko'zi tushdi, --- Yo Tangrim, bular bir pastda qayerdan paydo bola qoldi, - deya Gipsofila o'ziga o'zi shivirladi, --- Sarfaroz Nima qilmoqchisan? Sen qayerda bo'lsang, ular ham hamma yerda hoziru nozir. Yana biror narsa boshlama iltimos, - deya Gipsofila Sarfarozning qo'lidan tutib tinchlantirishga urundi, --- Havotir olma. Shunchaki bazilarga o'z o'rnini ko'rsatib qo'yish ortiqchalik qilmaydi, - dedi Sarfaroz tabassum qilishga urunib ammo yuz ifodasidan asabi taranglashgani shundoqqina sezilardi, --- Yaxshi yuraqol tezroq, orzularingni amalga oshirishimiz kerak, faqatgina bir Kun. Shunday ekan vaqtimiz oz, - deya Sarfaroz qo'lini Gipsofilaning yelkasidan o'tkazib oldi va qarshisida turgan qo'riqchiga yo'v qarash qilgancha turtib o'tib ketdi. Gipsofila qizil charm kurtkasini yechib qo'yar ekan. Ichidan bo'lsa yengi uzun ammo yelkasining uslubi ochiq qop qora ko'fta kiygandi. Ust boshini to'g'irlar ekan atrofga alanglab Sarfarozni izlay boshladi. Oradan bir necha daqiqa o'tib Sarfaroz qo'llarida katta oppoq konki ko'tarib paydo bo'ldi, --- O'zi uchishni bilasanmi? - Sarfaroz o'rindiqda o'tirgan Gipsofilaga savol nazari bilan qaradi. Gipsofila bo'lsa nigohini yuqoriga qaratar ekan, jilmaydi, --- Yo'q, agar uchishni bilganimda bu orzu bo'lmasdi. Shunday emasmi? --- Ha to'g'ri, bunisi o'ylamabman. O'zimni aqilligim, - deya Sarfaroz kulgancha egildi va qo'lidagi konkilarni Gipsofilaning oyog'iga ohistalik bilan kiygazib qo'ydi, --- Senchi? Sen bilasanmi? --- Albatta, o'smirlik davrimda kop kelganman, --- Unday bo'lsa yaxshi, - deya Gipsofila Sarfarozning qo'lidan mahkam ushlagancha zo'rg'a oyoqqa turib oldi. --- O'ylaganimdan ancha qiyinroq ekan, - deya muz maydoniga Tushar ekan tutqichni ushlab oldi, --- Men turganda nega endi tutqichga yopishyabsan? Qo'lingni ber, --- Yo'q, shunisi yaxshi. Chekkada uchaveraman, --- Tentakmisan. Orzuyingni bir chekkada amalga oshirib ketasanmi? - deya kuldi Sarfaroz va Gipsofilaning qo'lidan ushlagancha o'ziga tomonga tortdi, --- Aaaaa hozir yiqilib tushaman, - deya ko'zlarini chirt yumgancha Sarfaroz qayerga sudrasa ergasha boshladi, --- Ko'zlaringni ochsangchi Gipsofila. Qo'rqinchili narsani o'zi yo'q, - Gipsofila ko'zlarini ochar ekan. Ulkan oppoq maydonning o'rtasida ekanini payqagach, ko'zlari porlab ketdi, --- Vauv, daxshat. Haqiqiy go'zallik, - deya hayrat bilan atrofga alangladi. --- Bunchalar ajoyib bo'lishini tasavvur qilmagandim, - deya qo'shimcha qildi, --- Endi o'zing harakat qil, - deya Sarfaroz undan o'zini uzoqlashtirdi. U muvozanatni juda yaxshi tuta olayotgandi, Gipsofila bo'lsa Avvaliga ko'p bora yiqildi, --- Yiqilaverib hamma yerim og'rib ketdi, --- Yaxshi ham buni o'zing istading. Men emas, - deya Sarfaroz jarangdor ovozda kular ekan, harorat sovuqligidan og'zidan tutun chiqardi, --- Qo'lingni ber, - u Gipsofilaning turishiga yordam berish uchun qo'lini cho'zdi. Gipsofila bo'lsa unga Gina aralash qaradi va qo'lini uzatar ekan, keskin Sarfarozning qo'lidan o'zi tarafga tortib oldi, --- Faqat men yiqilamanmi? - deya kuldi Gipsofila --- Yaramas qiz, endi mendan ko'rasan, - Sarfaroz Gipsofilani tutib olgancha qitig'lay boshladi, --- Bo'ldi Bas qil. Tentaklik qilma yetar Sarfaroz, Sarfaroz senga gapiryabman. Bo'ldi kechir, - deya butun maydonda Gipsofilaning jarangdor kulgusi aks sado bo'lib eshitildi. Gipsofila Sarfarozdan uzoqlashar ekan, ziyrakligi bois muvozanatni tuta bilishni tez o'rganib oldi. Konkida tezlikni kamaytirmagan holatda uchar ekan, yuziga sovuq ammo Yoqimli havo urulilardi. Qo'llarini keng yozib olar ekan, ortidan Sarfaroz kelib belidan quchdi, --- Mendan uzoq tur, yo'qsa yiqitib yuborasan, - deya Gipsofila o'zini undan uzoqlashtirdi va oldinga harakat qilgancha o'zining Hatti harakatidan zavq olardi. Oradan bir necha daqiqa o'tgach Sarfarozni atrofga ko'z yugurtirgancha izlar ekan, odamlar ko'payayozganidan uni topish qiyin kechdi. Ammo bir necha masofa uzoqlikda ort o'girib ikkita qiz bilan gaplashib turgan Sarfarozning oppoq charmli kurtkasidan tanib oldi. Ko'zlarini yuqoriga qaratgancha, u tomonga harakatlana boshladi, --- Azizim, men bu yerdaman, - deya Gipsofila achchiq jilmaydi va Sarfarozning yoniga turgancha belidan quchoqlar ekan, qo'li bilan uning kurtkasi ustidan qattiq chimdidi. Sarfaroz bo'lsa uning qo'llarini olib tashlashga urundi va ikkisi bir biriga ma'noli qaradi, --- Kechirasizlar, sizlar sevishganmisizlar? - toki qarshisidagi malla soch qizlardan biri gap boshlamaguncha, bir birini yeb qo'ygudek turardi, --- Ha, turmush o'rtog'i desa ham bo'ladi. Chunki to'yimizga juda oz fursat qoldi, - dedi Gipsofila o'ng qo'lini beliga qo'ygancha qizga qarab, --- Sizlarga baht tilayman, - qiz jilmayishga urunib gapirdi, --- Bunga shubxa yo'q. Biz albatta bahtli bo'lamiz. Sizlar Nima qilayotgandingiz, agar sir bo'lmasa, --- Sarf bizga konkida qanday qilib mohirona uchishni o'rgatayotgandi, --- Saarf, Sarf denglar, - deya Gipsofila qoshlarini chimirdi, --- Bo'ldi ketaqolaylik. Shunchasi yetar hayotim, - deya Sarfaroz Gipsofilaga jiddiy qaradi, --- Albatta agar ularga konkida mohirona uchishni o'rgatib bo'lgan bo'lsang. Nima edi? Ha haligi Sarf, shundaymi? - deya asabiy jilmaydi Gipsofila. Gipsofila oldinga chiqib ketgancha binoni tark etar ekan, Sarfarozga ginali qaradi va mashinaga o'tirgancha eshikni Zarb bilan yopti, --- Sekinroq Gipsofila, Kuching shu qadar ko'payib ketayotgan bo'lsa ham, --- U qizlarga qanday qaraganingni ko'rdimku. Meni ham yerga urding. Yaqinda turmush o'rtog'inga aylanuvchi ayolni ko'z o'ngida boshqa qizlar bilan quvnoq suxbat qurishni Nima Deb atash mumkin. Qizni ahmoqligimi, yoki yigitning yaramasligi, --- Bu mavzuni keyinga qoldir. Vaqt ketyabti, - deya Sarfaroz qo'lidagi soatga ishora qilar ekan Savol nazari bilan qarab turgan Gipsofilaga nigoh tashladi, --- Qanday vaqt? --- Endi qayerga boramiz. Ro'yhatingdagi keyingi manzilni ayt, --- Xo'sh, "Parking Race" markaziga boramiz, --- Ha Tushunarli jo'shqin hayot sari olg'a, - deya Sarfaroz tezlikni oshirdi. Ular bu safar kech Tushar pallada Qorong'u joyga yetib kelishdi. Gipsofila mashinadan Tushar ekan, qop qora ammo yorqin devorlarga ko'zi tushdi. Tashqaridan qaraganda huddi tungi clubga o'xshardi. Agar Gipsofila aniq qayerga kelganini bilmasa bu yerni tungi club deya xulosa chiqargan bo'lar edi. Gipsofila Sarfarozga savol nazari bilan qarar ekan, Sarfaroz bo'lsa unga jilmayish hadiya etgancha qo'lidan tortqilab oldinga chiqib ketdi. Ular Avvaliga uzun zinalardan pastga tushishdi va keng shuningdek Qorong'u ammo maxsus tayyorlangan xira uzun chiroqlar ozgina yoritib turardi, --- Ishqilib men aytgan joymi bu yer? - Gipsofila shubhali qaradi, --- Nima Shubhang bormi? Unday bo'lsa hozir o'zing ko'rasan, - deya qandaydir darvoza oldiga yaqinlashishdi. U yerda maxsus ko'k va oq aralash libos kiyib olgan yigit eshikni pastdan yuqoriga qarata ko'tarib ochdi. Gipsofilaning nigohini hayrat qopladi, --- Ajoyib, huddi mashinalar garajiga o'xshar ekan, - deya kuldi Gipsofila. Sarfaroz bo'lsa bir so'z demay shunchaki nigoh tashlab qo'ydi va oldinga harakatlanib ketdi. Gipsofila ham ortidan chiqar ekan, juda ham chalkashliklarga boy va uzun yo'lga hayrat bilan qaradi, --- Xo'sh ta'surotlar qanday? --- Boshlanishiga yomon emas. Mashinalar qani? --- Sabr qil, - dedi Sarfaroz va bir zum o'tmay quyosh kabi charaqlab turgan sariq va juda ham to'q rangdagi poyga uchun mo'lajallangan mashinalar keltirildi, --- Janob, - deya hodim mashina kalitlarini Sarfarozga topshirdi, --- Ahir bu mo'jizaning o'zginasiku, --- Kimsan Gipsofila Karterni bittagina konki maydoni va poyga o'ynash markaziga olib kelib hayratga solishni Kim ham o'ylabti deysan, - dedi Sarfaroz uni kuzatar ekan kulgancha, --- To'g'risi bir Kun kelib mana shu kimsa bilan birga vaqti chog'lik qilasan deyishsa men ham ishonmagan bo'lar edim. Kalitlarni bu yerga cho'z, - deya Gipsofila maxsus sariq bosh kiyimni kiyar ekan, Sarfaroz u tarafga uloqtirgan kalitlarni chaqqonlik bilan ushlab oldi, --- Yutqazishga tayyor tur azizim, - deya Gipsofila mashinaga ishora qildi, --- Men bilan poyga o'ynamoqchimisan, --- Bo'lmasamchi? Uddaburon Jeeykey seni shaxsan bellashuvga taklif qiladi, --- Agar yutsam menga bo'sa hadiya qilasan, --- Agar yutqazsang, humorimdan chiqquncha do'pposlayman, - deya Gipsofila tishining orasidan shivirladi. Sarfaroz bo'lsa ko'zlarini yuqoriga qaratgancha kulib qo'ydi. Gipsofila mashinani o't oldirar ekan, quloqni qomatga keltiruvchi tovush chiqdi. Bunga ahamiyat bermay yonidagi mashinada undan nigohini uzmay o'tirgan Sarfarozga qaradi va maxsus tugmalardan birini bosdi. Mashinaning bo'lsa yuqori qismi ohistalik bilan ochildi. Ular bir varakayiga tezlikni haddan ziyod oshirgancha oldinga chiqib ketdi. Gipsofilaning Bosh kiymi halaqit berib ortda qoldi. Boshkiyimni pisand qilmagan Sarfaroz bo'lsa undan ancha oldinlab ketdi. Bundan g'azabi qaynagan Gipsofila boshidagi shilemni yechib ortga uloqtirib yubordi. Shundan so'ngina haqiqiy zavq hisi boshlandi. Mashina shu qadar katta tezlikda ediki, Gipsofila o'zini osmonda uchayotgandek his qilardi go'yo. Uzun va yoyiq sochlari shamoldan va katta tezlikdan ortga tisarilardi. Gipsofila Katta tezlikdan zavqlangancha ovozi boricha baqirardi, ba'zi bo'lsa qo'shiq kuylardi. Eng muhimi bu Kun hech qachon tugamasligini istardi. Sarfarozga yetay deb qolganda bo'lsa gazni keskin bosdi va tezligi avvalgidan ham oshirildi. Bir necha soniyada Sarfarozdan o'zib ketdi. Shu alfozda ketar ekan telefoni jiringladi. Gipsofila ovoz ko'targichni yoqdi, --- Eshitaman Sevgilim, --- Qoyil qoldim. Ammo senga bir Gapni aytishim kerak, --- Qanday gap? --- Men o'ynagan o'yinda hech qachon mag'lub bo'lmasligmni, - deya Sarfaroz mamnun kuldi. Gipsofila biror narsani tahlil qilishga urunguncha yon tomonidan unga yetib qolay degan Sarfaroz mashinasini keskin burgancha unga qattiq zarba berdi. Natijada Gipsofilaning mashinasi devorga siqilib qoldi, --- Sen g'irrom qilyabsan, - deya o'shqirdi Sarfaroz --- Hayotingda ilk Marta poyga o'ynayabsan. Qonun qoidalari bilan yaxshilab tanishib olish kerak edi, go'zalim, - deya Sarfaroz unga nigoh tashlar ekan, ko'zini qisgancha yonidan katta tezlikda o'tib ketdi Gipsofila Sarfarozning yonida mashinadan Tushar ekan, qovoq uygancha nigoh tashladi, --- Agar sen g'irromlik qilmaganingda sendan avval yetib kelgan bo'lar edim, - deya Gipsofila g'azabini sochgancha shivirladi, --- Senga necha marotaba aytay bu g'irromlik emas. Keyin meni ishtirokimdagi o'yinda boshqa birov g'olib bo'lmaydi, - deya Sarfaroz ko'zini qisib qo'ygancha Ko'zoynagini taqib hodimining yoniga qarab yo'l oldi. Gipsofila uni kuzatib turar ekan. Sarfaroz haydagan mashina ichidan qandaydir tovushlarni eshitdi. Avval Sarfarozga so'ng bo'lsa mashinaga qiziqsinab nigoh tashladi va mashinaning old eshigini ochar ekan. Rulga mahkamlab qo'yil Sarfarozning telefoniga ko'zi tushdi. Unutib qoldirganini payqab, qo'liga olar ekan, kimdir qo'ng'iroq qilayotganiga ko'zi tushdi. Ekranda Halika degan yozuvni ko'rishi bilan, asablar taranglashgancha Javob berish tugmasini bosdi, --- Senga Nima kerak? - dedi Gipsofila keskin, --- Sen, nega Sarfarozning telefoniga sen Javob beryabsan, --- Chunki doim birgamiz. Sen nega qo'ng'iroq qilyabsan? --- Senga Nima? --- Menga Nima? Menga nimami? Sarfarozga qayta qo'ng'iroq qilganingni ko'rmay, --- Aks holdachi, --- Seni ham Margaretdan farqing yo'q ekan Halika. Nahotki unga o'xshagan Suyuqoyoq bo'lsang, --- O'chir Ovozingni. Onamga til teqqizma uqtingmi? --- Nima qilyabsan Gipsofila? - Sarfaroz Gipsofilaning ortidan kelgancha qoshlarini chimirib savol nazari bilan qaradi, --- Hayr shirinim, - deya Gipsofila go'shakni qo'yar ekan. Sarfarozga o'tli nigoh bilan qaradi, --- Nega u senga qo'ng'iroq qilyabti? - deya telefon ekranini Sarfarozga qarata nafrat bilan shivirladi, --- Qo'ng'iroq qilsa Nima qilibti? Biror masalada bo'lsa kerak. Qaytib meni telefonimga javob berganingni ko'rmay Gipsofila, - deya Sarfaroz jiddiy qaradi va qo'lidan telefonni kuch bilan tortib oldi, --- Menga bunday ohangda gapirma. Bir necha kundan so'ng rafiqang bo'laman. Ammo sen Halika bilan juda yaqin bo'lib ketmadingmi? Menga bu yoqmayapti, --- Hamma barcha narsani o'z qarichi bilan o'lchaydi degandek, sen ham shunday qilyabsan Gipsofila. Keyin afsuslanib qolma, - deya o'tkir nigoh tashladi Sarfaroz, --- Bugunga shunchasi yetadi, - deya Sarfaroz asabiy to'ng'illadi va maydonni tark etdi, --- Barakalla Gipsofila, sen Sarfarozga yaqinlashishni o'rniga, uzoqlashyabsan. Halika bo'lsa Sarfarozni tinch qo'yay demaydi. Gipsofila, Gipsofila sen aql bilan ish tutishing kerak, - deya Gipsofila o'ziga o'zi shivirladi. Bir yarim oydan so'ng! Gipsofila unga notanish shaxsdan jo'natilgan allaqanday sur'atlardan ko'zini uzmay o'tirar ekan, stolga kafti bilan qattiq urib o'rnidan turdi. So'ng Sarfarozning shaxsiy xonasiga g'azab bilan kirib bordi. Tim qora ish stolida judayam band holatda o'tirgan Sarfaroz Gipsofilaning bu Hatti harakatidan o'zini bosishga urunib beparvo nigoh tashladi, --- Bu endi nimasi bo'ldi? - Sarfaroz jiddiy ohangda so'zladi, --- Buni sendan men so'rashim kerak Sarfaroz. Mana bular Nima? - deya Gipsofila qo'lidagi sur'atlarni stolga uloqtirgancha Sarfarozga izoh talab qilgandek qaradi. Sarfaroz Halika bilan bo'lgan uchrashuvi aks etgan sur'atga nigoh tashlar ekan, boryo'g'i shuni deb janjal ko'tarayotgan Gipsofilaga hafsalasiz qaradi, --- Ung yordam kerak bo'lgani uchun, chaqirgani uchun borgandim. Buni hech vahima qiladigan yeri yo'q hayotim, - deya Sarfaroz o'rnidan turar ekan, Gipsofilaga nigoh tashladi, --- Agarda Volkan bilan meni biror yerda shunchaki suxbatlashayotganimizni ko'rib qolsang, qanday ahvolga tushasan. G'azabdan portlashga tayyor turasan. Buni esa vahima qiladigan yeri yo'q shundaymi? U seni uyiga chaqirsa yugurib borishing kerak, --- O'rtaga Volkanni tiqishtirma. Bu boshqa masala. Volkan senga qanday nigoh bilan qarashini juda yaxshi bilaman, --- Xo'sh, Halika Qanday masala ekan? Sendan boshqa hech Kim yo'qmi? U o'zini atayin senga bechoradek, yolg'izdek ko'rsatyabti, --- Bas qil. Judayam oshirib yuboryabsan. Unga odamiylik yuzasidan yordam beryabman. Chunki mendan boshqa yordam beradigan hech Kimi yo'q. Buni o'zing ham bilasan, --- Qachondan beri birovlarga kuyunchak bo'lib qolding. Ishonish qiyin. Hammaga birdek yordamga oshiqadigan kimsa bo'lganingdaku bu gaplaringa ishonar edim. Ammo uchiga chiqqan vaxshiy kimsa odamiylik haqida gapirsa juda kulgili, --- Pashshadan fil yasashni Bas qil. Unga shunchaki kompaniya ishlarida yordam beryabman, --- Ha shunday de, demak odamgarchilik yuzasidan yaxshilik qilyabsan. Menga kelganda bo'lsa yaxshiliklaring tugab qoladi shundaymi? --- Senga biror Marta yomon gapirdimmi? Nima desang muhayyo qildim Gipsofilam. Ammo sen borgan sari tuganmas o'jarliklariningu qaysarliklaring bilan janjal ko'tarishga urunyabsan, --- Shuni unutma. Menga hiyonat qilayotganingni bilib qolgan kunim, mendan butunlayga ayrilasan. O'rtamizga agarda uchinchi odamni qo'shgudek bo'lsang, sen bilan mendan asar ham qolmaydi, - deya Gipsofila xonani tark etdi. O'z xonasiga kirib bir muddat o'ylanib qoldi, --- Umid qilamanki shubhalarim asossiz va noto'g'ri bo'lib chiqadi, - deya Gipsofila Alam bilan shivirladi. Shu alfozda turar ekan, qo'l telefoniga qo'ng'iroq bo'lib qoldi, --- Gipsofila Yusuf honim bilan gaplashyabmanmi? --- Ha shunday, --- Honim ko'rikka yozilgan ekansiz. Agar iloji bo'lsa bugun shifokor ko'rigiga kelishingiz mumkin, --- Ha, esim qursin. Soat uchga borishim kerak edi. Hozir yetib boraman, --- Sog' bo'ling, - qo'ng'iroq yakunlanganidan so'ng Gipsofila egniga yengil och rangdagi ustki kiymini ilgancha tashqariga yo'naldi. Shifokor ko'riklaridan ham o'tib bo'lgach, javoblar bir oz muddatni olishini payqagach u yerni tark etdi. Gipsofila mashinasiga o'tirar ekan, tinmay jiringlayotgan qo'l telefonini olgancha Javob berdi, --- Nima istaysan? --- Bu Yana qanday muomila bo'ldi? Nega qo'ng'iroqlarimga Javob bermaysan? - Sarfaroz Yana asabiy to'ng'ilashni boshladi, --- Eshitmapman. Shunga shunchami? --- Qayerdasan? Nega indamay ketding, --- Hisob berishim kerakmi? --- Albatta majbursan. Chunki eringman, --- Erim ekaning esinga endi tushdimi? --- Qayerdasan dedim, --- Shunchaki sayr qilishga chiqqandim, - dedi Gipsofila shifokorga borganini esa aytishni lozim topmadi, --- Sen biror bir maqsadsiz ko'chaga chiqishinga ishonmayman, --- Ishontirishga majbur emasman, - deya Gipsofila mashinani o't oldirar ekan. Telefonini ovozini balandlatgancha ruldagi ushlagichga qo'yib qo'ydi, --- Qayerda bo'lsang ham tezroq uyda bo'l, --- O'zing Qayerdasan? Qandaydir shovqin eshitilyabti. Uyda emasmisan? --- Ish yuzasidan kompaniyaga keldim. Go'shakni qo'yayabman. O'zingni Ehtiyot qil, - deya Sarfaroz qo'ng'iroqni yakunladi. Gipsofila bo'lsa yo'lda ketar ekan. Uyga borishni istamadi va rulni keskin o'ng tarafga burgancha kompaniya tarafga yo'l oldi. Kompaniyaga bir necha chaqirim masofa qolganda Gipsofilaning Nigohi eshikdan chiqib mashinaga o'tirayotgan Sarfarozga tushdi, --- ahir gaplashganimga endigina o'n daqiqa bo'lgandi. Ishi Shunchalik tez bitdimi? - deya o'ziga o'zi shivirladi va mashinasini Sarfaroz ketayotgan tarafga harakatlantirgancha ortidan qiziqib kuzata boshladi, --- Eyy qiz sen aqldan ozyabsan chog'i nega endi uning ortidan kuzatyabsan? Nahotki shubhaga borsang, - deya Gipsofila o'ziga o'zi shivirladi, --- Mayli Nima bo'lsa bo'ldi. Biror uchrashuvi bordir ehtimol. Hozir bilib olamiz, - deya qo'shimcha qildi. Sarfarozning mashinasi ko'p qavatli bino qarshisida to'xtadi. Gipsofila ham undan bir necha masofa uzoqlikda mashinasini to'xtatgancha kuzata boshladi. Sarfaroz mashinadan Tushar ekan, kalitni darvoza oldida turgan qo'riqchiga mashinani chetga olib qo'yishi uchun berdi. O'zi bo'lsa ichkariga kirib ketdi. Gipsofila ham o'ylab o'tirmay mashinadan Tushgancha uning ortidan binoga kirib bordi. Sarfaroz oldinlab ketar ekan, Gipsofila ortidan bormoqchi bo'ldi, --- Kechirasiz honim. Bu yerga begonalar kirishi taqiqlanadi, --- Ana u yigit kirdiku. Unga indamadingiz, --- Kechirasiz honim. Sarfarozbey haqida aytyabsizmi? --- Ma'zur tutasiz. Sarfarozbeyga bu yerga istagan payti kirib chiqishlari mumkin. Ammo siz bu binoda istiqomat qilmaysiz. Begonalar kirishi man etiladi --- Menga qarshilik qilishga qanday hadding sig'di. Agar Yana biror so'z desang ishimdan ayrildim deyaver, - deya Gipsofila uni yo'lidan osonlikcha olib tashlagancha Sarfaroz yurib ketgan yo'lak tarafga shaxdam qadamlar bilan yurib ketdi. Devor yonida uni kuzatib turar ekan. Sarfaroz Bir eshik qarshisida turganiga ko'zi tushdi, --- Honim, hozir qo'riqchilarni chaqiraman. Menga po'psa qilishingiz jinoyat, - deya haligi hodim Gipsofilaning ortidan keldi. Gipsofila unga nigoh tashlab asabiy biror narsa demoqchi bo'ldi ammo eshik ochilishininh tovushi uni o'ziga jalb qildi. Gipsofila Sarfarozning qarshisidagi eshik ochilganiga qiziqsinab qaradi. U yerdan qop qora sochlari yengil va to'lqinsimon tarzda yoyib olingan Halikaning qorasi ko'rindi. Gipsofilaning qoshlari chimirildi ammo Halikaning to'satdan Sarfarozning ikki yelkasidan qo'llarini o'tkazgancha bag'riga bosishidan tomog'iga nimadir tiqilganini his qildi. Qo'llari bo'lsa musht tuguldi. Sarfaroz asabiy Halikani qo'lini siltab o'zidan bo'shatar ekan, biror Nimalar dedi. Uzoqda bo'lgani uchun suxbati uzul yuluq eshitilardi. Nima haqida gaplashayotganini tushunib bo'lmasdi. Ular ikkisi uyga kirib ketganini Gipsofila Jim kuzatib qoldi. Ko'z o'ngidan Halika Sarfarozning bo'yniga osilib olgan jirkanch tasvir tasmasi aylanaverar ekan, Gipsofilaning qiyofasi achchiq nimadir yeb qo'ygandek burishdi. Nigohida ham nafrat, ham alam va afsus aks etgandi. Yonidagi yigit Gipsofilaning ahvolini ko'rib nigohini qo'rquv va hayrat egalladi, --- Honim tuzukmisiz? - tinmay asabini egovlayotgan yigit qandaydir achinish ohangiga urg'u bergan holatda Gipsofiladan ahvolini so'radi, --- Bundan battari bo'lmagan, - deya Gipsofila Alam bilan shivirladi. Yig'lamaslikka urungancha tashqariga otildi. Hayolidan Sarfarozni o'z o'yinida o'ynatib qalbidagi isyonni so'ndirishni istagani ammo o'zi Yana bir bor o'yinchoqqa aylangani o'tar ekan. Mashinani rulini qattiq qisdi. --- Nima uchun? Nega Yolg'on gapirding? Biror Kun bilib qolishim aniq ediku. Yo'q, sen endi haqiqatdan ham mendan judo bo'lding Sarfaroz. Men senga avval ham aytganman. O'rtamizga uchinchi odamni qo'shgan kuning, meni butunlayga yo'qotasan Deb. Hayotingdan shunday ketayki, butun umr yodingdan chiqmasin, - deya Gipsofila yotoqxonada u yoqdan bu yoqqa yurib kelar ekan. Yotoq yonidagi tokchada Sarfaroz va o'zining bahtiyor lahzalari muhrlangan sur'atga qarar ekan, Alam bilan shivirladi. O'zining qadr qimmati deb, shuncha qiyinchiliklarni yengib o'tib, birgina Sarfarozni Deb azob chekayotgani qattiq Alam qilardi. Halika va Sarfaroz bir bo'lib laqillatgani, ahmoq qilganini o'ylar ekan, alamdan ko'zidan bir tomchi yosh qalqib chiqdi. Yotoqxonaning ayvonchasiga chiqqancha chuqur nafas oldi, tun yarim kechasi bo'lganida Sarfarozning mashinasiga ko'zi tushdi va Unga bir zum nafrat bilan qarab turdida, tungi ko'ylagining yopinchig'ini jahl bilan yopgancha, ichkariga kirib ketdi. Yotoq ustidagi to'q rangdagi Choyshabni ochar ekan, tashqaridan Sarfarozning qadam tovushlari eshitila boshladi. Gipsofila bo'lsa zudlikda o'rniga yotib oldi va ustidan choyshabni yopgancha ko'zlarini yumib oldi. Oz muncha to'kkan ko'z Yoshi va asabiy qiyofasini ko'rsatishni o'ziga ep bilmagan chog'da ort o'girgancha o'zini uyquga soldi. Sarfaroz xonaga kirar ekan, Gipsofilaning uyquda ekaniga ko'zi tushdi. Unga ort o'girib yotgani uchun, Sarfaroz uning oldiga o'tdi va egilgancha qo'lini ohistalik bilan Gipsofilaning yuzidan yurg'izar ekan, yuzini to'sib turgan sochlarini ortiga o'tkazib qo'ydi. Qisqa muddatgacha unga termulib turdi so'ng bo'lsa yuvinish xonasiga kirib ketdi. Gipsofilaning tun yarimiga kelganda ko'zi ilindi, ammo Hali quyosh ham chiqishga ulgurmasidan uyg'onib ham oldi. Uyqusizlikdan bedor bo'lib charchagan ko'zlarini og'irlikdan zo'rg'a ochar ekan, uni quchib yotgan qo'llardan qutilishga urundi. Ortida yotgan Sarfaroz tomon o'girilar ekan, qo'lini uning yuziga qo'ydi, --- Bu bizni so'ngi bor birga o'tkazgan lahzamisdir va hech qachon unutilmaydi, - deya ohista shivirladi va qo'lini uning tim qora sochlarida ohista yurg'azgancha afsus bilan qaradi, --- Seni ko'p Bora kechirdim. Nega Yana hatoga yo'l qo'yding. Bu safar Kechirib bo'lmas hatoga, - deya qo'shimcha qildi. So'ng o'rnidan turgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Ko'zgu qarshisida turib sariq tizzadan pastlab turuvchi libos kiyib olgancha belidagi tasmasini ular ekan, ko'zguga nigoh tashladi. Tuni uyqusiz o'tgani uchunmi rangida rang yo'q edi. O'zini behol his qilsada, harakatdan to'xtamadi. Butun boshli kiyimlarini javondan yig'di. Ularni olib ketish niyati yo'q edi, shunchaki Sarfarozga butunlay ketganini ko'rsatib qo'yish uchun ham bu zarur edi. Liboslarini shunchaki chamadonga solib mavsumiy liboslar turuvchi xonaga olib kirib qo'ydi. Tayyor bo'lgandan so'ng eng so'ngi ishi qolganini o'ylar ekan, qo'liga oppoq qog'oz va ruchka olgancha nimadirlar yoza boshladi. Yozishni tugatdi chamasi qog'ozni yotoq yonida turgan tokcha ustiga qo'ydi. Barmog'idagi uzukni ham yechdida bir zum tikilib turdi. So'ng uni ham maktub ustiga qo'ygancha, Sarfarozga so'ngi bir nigoh tashladi. Bir Kun shunday bo'lishini bilardi, ammo bunqadar qiyin kechishini hayoliga ham keltirmagandi. Hozirgi o'y hayollari tezroq shu uyni va atrofini tark etish edi holos, shunday ham qildi. Mashinani qandaydir yo'l chekkasida to'xtatgancha boshini rulga qo'yib ko'zlarini yumdi va shu alfozda bir necha daqiqa o'tdi toki qo'l telefoni jiringlamaguncha boshini rukdan umuman ko'tarmadi. Ko'zlarini ham ochmadi, --- Eshitaman, - Gipsofila qo'ng'iroqqa beparvolarcha Javob berdi, --- Honim biz kasalxonadan qo'ng'iroq qilyabmiz. Kechagi topshirgan tashxis natijalaringiz chiqdi. Shifokor sizni chaqirtiryabti. Iloji bo'lsa hoziroq kelsangiz, --- Hozirmi? --- Ha, agar iloji bo'lsa, --- Yaxshi, hozir bir necha daqiqada yetib boraman, - deya Gipsofila go'shakni yakunladi va hafsalasiz mashinani o't oldirgancha kasalxonaga yo'l oldi. Kasalxonadagi mashinalar qo'yish maydoniga mashinasini joylar ekan, yoyilgan sochlari borgan sari asabini o'ynagani uchun, to'g'nog'ich yordamida birlashtirib yig'ib oldi va mashina oynasidan o'zining hozirgi ahvoliga ko'z tashladi. Hammasi joyida ekanini ko'rib, kasalxonaga kirib ketdi. Yo'lakdan Borar ekan, birinchi uchratgan hamshirani gapga tutdi, --- Kechirasiz. Bosh shifokor qayerda? --- Hozir jarrohlik xonasiga og'ir bemorni olib kelishgan, o'sha bilan shug'ullanyabtilar, --- Afsus ma'lum emas, --- Men kutolmayman. O'zingiz chaqirdingiz ahir. Qanday ma'suliyatsizlik bu? --- Kechirasiz honim. Biror masalada kelgan bo'lsangiz aytishingiz mumkin. Ehtimol yordam bera olaman, --- Kechagi tashhis natijalarini olgani keldim, ---, Gipsofila Ka, Gipsofila Yusuf, - dedi Gipsofila asabiy to'ng'illab, --- Ha Mana topdim. Marhamat, - Gipsofila tashhis natijalarini olar ekan, nigohini hayrat qopladi, --- Nima bu hazilmi? --- Yo'q honim. Tabriklayman endi siz homiladorsiz, --- Tashhis natijalari almashib qolmaganmi? Ishonchingiz komilmi? - Gipsofilaning yuzini hayrat va qo'rquv egalladi, --- Unday emas honim. Endi o'zingizni va bolangizni ehtiyot qilishingiz kerak. Muntazam ravishda shifokor ko'rigidan o'tib turishingiz kerak, - deya hamshira mamnun jilmaydi. Gipsofila bo'lsa qo'lidagi qog'ozlarni yerga tushirib yuborar ekan, qo'li bilan og'zini berkitdi. Nima qilishi mumkinligi haqida o'ylay boshladi. Ortida turgan o'rindiqqa zo'rg'a o'tirishga o'zida kuch topdi. Hamshira bo'lsa tushunqiramay qarab turardi holos. Gipsofila Qo'lini qorniga qo'yar ekan, behosdan ko'zidan yosh qalqib chiqdi, --- Demak bekorga so'ngi paytda sog'lig'im yomonlashmagan ekanda. Vujudimda Yana bir Jon bor. Bu quvonarlimi yoki aksi. Nima qilay quvonaymi yoki afsuslanaymi? Meni rejalarim unday emasdi. Endi Nima bo'ladi, - deya Gipsofila bir zum o'yga toldi. Shu alfozda chamasi o'n besh daqiqadan oshiq o'tirdi. So'ng o'rnidan turar ekan, qarshisida joylashgan ko'zguga bir zum tikildi. Qo'lini qorni ustiga qo'ygancha bir Nimalar deb shivirladi, --- Men hozir xudbinlik qilyabman. Agar hozir ketsam farzandim otasiz ulg'ayadimi? O'zimning qandaydir maqsadlarim uchun farzandimni qurbon qila olmayman. Agar Sarfaroz bu haqida habar topsa undan bahtiyor inson bo'lmaydi. Farzandim bo'lsa otasiz o'smaydi. Bosh olib ketish bu so'ngi umid ham najot ham emas, - deya o'tkir nigohini ko'zgudagi aksiga tikdi va qarorini Mana shu daqiqalar ichida o'zgartirar ekan, kasalxonani ohista qadamlar bilan tark etdi. Gipsofila bir zum chiqish darvozasi oldida Yana turib qoldi. Ammo miyyasiga nimadir bong urgandek yo'lida davom etar ekan, mashinaga o'ychan joylashdi. Endigina kalitni burashga oshiqayotgan Gipsofilaning ortidan keskin baquvvat qo'llar og'zini berkitgani uni cho'chitib yubordi. Ammo dadillikni yo'qotmagan alfozda qo'lining tirsagi bilan mashinaning ort o'rindig'idagi kimsaning Bosh suyagiga qattiq zarba berdi. Bu zarbadan kimsa qo'lini Gipsofiladan tortib olgancha, ortga tisarildi. Ammo bahtga qarshi mashinaning old eshigi ochilib Gipsofilaning yoniga Yana bir kimsa o'tirar ekan, peshonasiga to'pponcha tiradi, --- Qaltis harakat qilgudek bo'lsang, o'ldim deyaver, - yigit Gipsofilaga shunday dedi. So'ng quroli bilan bo'yniga qattiq zarba berib, hushini yo'qotishiga sabab bo'ldi. Sovuq va to'rt devordan boshqa hech Nima bo'lmagan yerda Gipsofila ko'zini ochar ekan, yuqori devorda beshta teshik bo'lib o'sha yerdan yorug'lik kirib turganini payqadi. Qo'lini gardoniga Cho'zar ekan, achishish va zirqirashni his qildi. Peshonasida qandaydir suyuqlikni oqib tushishidan, qon ekanini payqadi, --- Ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi qadrdonim, - Gipsofilaning ortidan unga shak Shubhasiz tanish ovoz yangradi. Qo'l oyog'ini ishlatishi mumkin bo'lsada, holsizligidan hatto ortiga o'girilib qarashga ham madori bo'lmadi. Ammo qarshisiga yurib kelgan oppoq tufliga so'ng uning egasiga nigoh tashladi. Qarshisida Ibrohim g'olibona va razilona kulib turardi. --- Kechirasan Mana bu qog'ozlaringa behosdan ko'zim tushib qoldi, - deya Ibrohim gapida davom etdi, --- Demak Farzand kutayotgan ekansizlarda, - deya qo'shib qo'ydi. Gipsofila Hali farzandi haqida bilganiga bir Kun ham bo'lmagan bo'lsada, unga biror korhol bo'lishidan havotirda qo'lini qorniga qo'ydi, --- To'g'risi bu Farzand haqida eshitib men sendan ham Sarfarozdan ham ko'proq xursand bo'ldim. Ishonaver. Endi qurbon faqatgina bir kishi bo'lmaydi. Sarfaroz bir lahzada ikki qalbini yo'qotadi, --- Borib tushingni suvga ayt. Na menga va na farzandimga biror narsa qilishinga yo'l qo'ymayman, --- Qanday. Hatto o'zing zo'rg'a gapiryabsan. Qanday qilib himoya qilasan. Shunchaki Jim kuzatasan, - deya Ibrohim eshik oldiga ohistalik bilan bordi va yerda turgan katta hajmdagi idishni qo'liga olar ekan. Yerga va devorlarga shuningdek Gipsofilaning Atrofiga sepib chiqa boshladi. Uning hidi shu qadar aniq turardiki, Gipsofilaning yuzi burishib ketdi. Barchasini sekinlik bilan tahlil qilar ekan, hozir bu binodan faqatgina kul qolishini o'ylab eti junjukib ketdi. Ort o'girib haligacha suyuqlikni hamma yerga qoldirmay quyayotganiga nafrat bilan qaradi. Ahvoli avvalgidan ancha o'zgargani uchun, o'rnidan ohistalik bilan turdi. Yerda yotgan stulning Siniq oyog'ini qo'liga olgancha Ibrohimning orqasidan qattiq zarba berdi, --- Ayyy, - Ibrohimning qo'lidagi yerga dumalar ekan, bo'yni va boshi o'rtasini ushlagancha o'shqirdi, --- Ho'sh kimni narigi dunyoga jo'natmoqchi eding. Endi o'zingni o'sha yerga jo'nataman, - deya Gipsofila tik oyoqda ozgina qalqib turar ekan, nafrat bilan shivirladi. Ibrohim bo'lsa unga osonlikcha yengilishni o'ziga ep ko'rmadi, --- Agar men o'lsam seni ham o'zim bilan olib ketaman, - deya razilona jilmaydi va cho'ntagidan olov yoqgichni olgancha o'rnidan ohista turdi. Gipsofila uning qo'liga ko'zi tushishi bilan, ko'zlarini nafrat qopladi, --- Menga ber uni, - deya Gipsofila g'azab bilan shivirlar ekan, Ibrohimning qo'liga sapchidi, --- Osonlikcha o'ladigan yo'q, - deya Ibrohim Gipsofilani irg'itib yubordi. Gipsofila yerga Zarb bilan yiqildi. Uning yonidan o'tib ketayotgan Ibrohimning oyog'idan kuch bilan tortar ekan, u ham yerga yuz tuban yiqildi, --- Havotir olma Ibrohim. Osonlikcha o'lmaysan. O'z o'tingda o'zing qovurilasan, - deya Gipsofila Ibrohimdan bir necha qadam narida yotgan olov yoqgichni olar ekan, endigina boshini ko'tarayotgan Ibrohimga hafsalasiz boshini chayqagancha qarab Zarb bilan tepdi. Yerdagi suyuqlikdan o'ziga qarshi foydalangan ko'yi Ibrohimning ustidan quydi va eshikka yaqinlashar ekan, ortiga mamnun qaradida qo'lidagi matohdan soniya o'tmay olov yondi. Gipsofila bo'lsa uni yerga uloqtirgancha, tark etdi. Atrofi faqatgina katta kenglik va daladan iborat ekanini ko'rib nigohini hayrat va hafsalasizlik qopladi. Yerdagi o'simliklar shunqadar sarg'ayib ketgan, quyosh bo'lsa huddiki Gipsofilaning boshida turganga o'xshardi. Uzoqroqdan Ibrohimning shaxsiy mashinasiga ko'zi tushdi. Ko'nglini bir zum hotirjamlik egalladi toki tanasida qattiq og'riqni his qilguncha. Og'riqqa bardoshi yetmay yerga tizzalab qoldi. Vujudida qattiq sanchishni va azobli og'riqni his qilar ekan, bor ovozida og'riqdan dod solardi. Qornini ushlagancha bukchaygancha tinmay tangriga yolvorar, og'riqdan ko'zidan achchiq yoshlar oqardi. Vujudidagi farzandi uni tark etayotganini qalban his qilar ekan, bor ovozda baqirardi. Vujudidagi og'riqdan tashqari boshida ganglikni his qildi. Boshini ko'tarib osmonga qarar ekan, quyosh zumdan qizdirardi. So'ngi kuchi boricha kurashdi ammo bu uzoq cho'zilmadi. Tanasini ko'tara olmay boshini ohistalik bilan yerga qo'ydi, --- Tangrim farzandimni o'zing asra, - so'ngi bor Gipsofiladan shivirlagancha shu so'z chiqdi. Yuzini yuvayotgan ko'z yoshlari to'xtadi. Ko'zlari yumilgancha xushini yo'qotdi. Gipsofila juda ham shinam va joziba bilan jihozlangan xonada ko'zlarini ochdi. Peshonasiga bostirib qo'yilgan nam oq matoni olar ekan, so'ngi voqealar yodiga tusha boshladi. Shu payt eshikdan Tim qora sochlari yelkasiga tushib turgan, ko'zlari esa zulmatni eslatuvchi qiz kirib keldi, --- Oyii, Mana bu ayol o'ziga keldi, - deya qiz Gipsofilaga hayrat bilan qaradi va xonadan otilib chiqib kimnidir tinmay chaqirardi. Gipsofila barchasini tushunqiramay kuzatishdan nariga o'tmadi. Bir necha daqiqadan so'ng moviy ro'mol o'rab olgan Farishta misol ayol kirib keldi. Unga mahzun boqib turgan nigohlarga qaragancha jozibali tabassum qildi, --- Yaxshimisiz? - ayol mayin ovozda so'radi. Gipsofila javoban bosh silkib qo'ydi holos. Ammo zumdan miyyasiga urgan o'y fikrdan keskin seskandi va yonidagi stulga endigina joylashgan ayolning qo'lidan mahkam ushlar ekan, buni kutmagan ayol cho'chib tushdi, --- Bolamga Nima bo'ldi? U yaxshimi? Gapirsangizchi? - sukut saqlab turgan ayolga yalinudek gapirdi, --- Homilangiz haqida aytayotgan bo'lsangiz, hammasi joyida, --- Rostanmi? O'zinga shukr Tangrim, - deya Gipsofila qo'lini ko'ksiga qo'ygancha tinchlanib ko'zlarini yumdi, --- Ammo o'zingizni Ehtiyot qilishingiz kerak. Farzandingiz hozircha yaxshi degani, keyin ham degani emas. Agarda qandaydir dorilar qabul qilsangiz yoki ruhiy zarba olsangiz farzandingizga bu ta'sir etmay qolmaydi. Aytganday o'zimni tanishtirishni unutibman. Ismim Maryam. Sizni Karmel shaharchasi yaqinidan qizim Iroda ko'rib qolganligi uchungina shu yerga olib keldik. Naqd bir haftadan oshiq behush edingiz. Shifokorni aytishicha qoningizda qandaydir Dori miqdori ko'payib ketgani uchun ekan, --- Dori? - Gipsofila o'ylanib qoldi. So'ng barchasini Ibrohimning ishi ekanini payqagach qoshlari chimirildi, --- Ismingiz Nima? - deya Iroda Maryamning ortida turgancha qiziqsinab so'radi, --- Men, aslida men haqimda bilmaganingiz ma'qul. Meni taniganlarning boshi tashvishdan chiqmaydi. Ishoning bu muhim emas, --- Yaxshisi siz dam oling, - deya ular tashqariga chiqib ketdi. --- Oyi u g'alati qiz ekanmi? - Iroda zinalardan Tushar ekan oyisiga savol nazari bilan qaradi, --- Bilmayman qizim. Ehtimol begonasirayotgandir. Mayli Qo'yaver, - deya Maryam pastga tushib ketdi. Gipsofila bo'lsa o'ylanib ham o'tirmay ketishga tayyorlana boshladi. Egniga kiygizib qo'yilgan beso'naqay libosni o'zining tozalab yuvib qo'yilgan libosiga almashtirdi. Zinalardan Tushar ekan, Maryam uni ko'rib hayron qaradi, --- Ketishga shaylandingizmi? --- Shunday, --- Hali erta edimi deb o'ylayotgandim. Agar o'zingiz istasangiz mayli Nima ham derdim. Istagan paytingiz kelishingiz mumkin, - deya Maryam ochiq yuz bilan qaradi, --- Rahmat sizdan haqiqatdan ham minnatdorman. Turmush o'rtog'imning yoniga Qaytishim kerak, - deya Gipsofila hech qanday ikkilanishsiz Karmel shaharchasini tark etdi. U kamida ikki soat charchoqli yo'ldan so'ng kech tushay degan pallada Sarfarozning qal'asiga yetib kelar ekan, darvoza oldida Halikaning mashinasini ko'rib asablari taranglashdi, --- Bu shallaqi uyimda Nima qilyabti? - deya Gipsofila daraxtlar orasidan zumdan mashinani kuzatdi. So'ng kulgu va jarangdor tovush kelgan tarafga daraxtlar ortidan nigoh tashlar ekan, mehmonxonaga o'rnatilgan ulkan derazadan Sarfarozning hushkayfiyat chehrasi ko'rindi. Gipsofila shunchaki kuzatib turardi toki Halikani ham o'sha yerda Sarfaroz bilan birga ko'rgunicha. Ikkisining ham kayfiyati chog'ligini ko'rib, Gipsofila qaytganiga afsuslandi. Qo'llari musht tugilar ekan, ortiga qaramay u yerni tark etdi. Yo'l chetidagi o'rindiqlardan biriga o'tirar ekan, Hayolidan ularning bir biriga boqishi, vaqtini chog' o'tkazayotgani o'ta boshladi, --- Sen Haqiqatdan ham Ahmoqsan Gipsofila. Nimani kutganding, sen ketganing uchun motam qilishinimi? Hatto unutib yuborgani uning nigohlaridan ma'lumku. Farzandim Mana shunday yuzsiz ota bilan o'sgandan, otasiz katta bo'lgani yaxshi. Ablax, Pastkash. Uni Deb chekmagan ozorlarim qolmadi, shunda ham qaytgandim. Qadring shu yergachamidi Gipsofila, - deya Gipsofila Alam bilan shivirladi. Tunning yarimida eshikning Zarb bilan taqillashidan Maryam qo'rquv bilan uyg'onib ketdi. Chiroqlarni yoqdi va yopinchig'ini kiygancha darvozaga chiqar ekan, eshik ortida bir ahvolda turgan qizga ko'zi tushdi, --- Siz, --- Istagan paytingiz keling degan edingizku. Yana qaytib keldim, --- a ha Marhamat kiring. Tuzukmisiz. Ahvolingiz unchalik yaxshiga o'xshamaydi, --- Hech hiyonatga uchraganmisiz? - Gipsofila o'rindiqlardan biriga o'tirar ekan, ko'zini bir nuqtadan uzmay so'zladi, --- Men barchasiga ko'z yumgandimku. Hatto oilam uchun qilganlarini ham kechirgandimku. Endi bunisiga Nima qilay. Inson shu qadar ham tuban bo'ladimi? --- Kechirasiz, Nima bo'ldi o'zi? Turmush o'rtog'ingizni yoniga bormadingizmi? --- U endi yo'q. O'ldi, --- Nima? Afsusdaman, - deya Maryam Gipsofilaning alg'ov dalg'ov gaplariga hayron edi. U Yana bir bor o'zgarishga qaror qildi. Avvaliga beg'ubor Muslimadan shafqatsiz va yengilmas Gipsofilaga, endi bo'lsa ma'suliyatli va qat'iyatli Sohibjamolga aylangandi. Oradan chamasi besh oy o'tar ekan yarim tunda bedor uyqudan uyg'onib ketdi. Ancha ko'zga ko'rinib qolgan qornini ushlar ekan, nigohini mahzunlik egalladi, --- Bolajonim, meni ham tushungin. Hozir ko'ngiling Nima tusayotganini juda yaxshi bilaman. Ammo senga uni olib kelishga hech kimsa yo'q. Men esa ilojsizman, - deya afsus bilan shivirladi, --- Boshqa bolalarning tog'dek otasi bor. Farzandlarining ko'ngli nimani tusasa, zudlik bilan muhayyo qiluvchi. Ammo Bizda unday ota yo'q. Ehtimol bo'lganda hozir Shirin uyqusidan kechib sen istaganingni muhayyo qilgan bo'lar edi. Ammo shu kungacha nimani istagan bo'lsang hammasini o'zim muhayyo qildim. Bugun esa buni iloji yo'q. Oyijoninga rahming kelsin, - deya Gipsofila mayin ohangda shivirladi. Hozirgi Kun! --- Mana endi barchasini bilasan Sarfaroz. Sening tuban va xudbinligingni Deb bularning barchasi sodir bo'ldi. Sen farzanding borligini hatto bilmading, men bo'lsa uni sendan bir yildan oshiqcha yashirib keldim va bularda ask aybdor Kim ekani ma'lum, - Sarfaroz yarim kechasi ayvonchada Gipsofilaning aytgan har bir gaplarini o'ylar ekan, asabiy ko'zini ishqadi, --- Ortiq hech bir so'z dema. Chunki hech bir asosing seni aybsizligingga dalil bo'la olmaydi. - Gipsofilaning hech qanday hissiz aytgan gaplari Sarfarozning qanchalar qalbiga botmasin, tinmay o'z o'zini ayblardi. Haqiqat u o'ylagandan boshqacha va asl aybdor o'zi ekanini kech hazm qila olmasdi. Erta sahardan bo'lsa Gipsofila hech ham o'ylab o'tirmay Zeynebni qo'liga olgancha uyni tark etishga urunar ekan, darvoza qarshisida turgan ikkita qo'riqchi bir biriga ma'noli qarab qo'ydi. Ular na darvozani ochib berishni va na bosh tortishni bilishardi. Ammo ularning orasiga Stefan kelib qoldi, --- Stefan ularga ayt darvozani ochishsin, - Gipsofila uxlab yotgan Zeynebni ko'targancha, Stefanga ma'noli qaradi, --- Ammo honim. Sarfarozbey, --- Stefan darvozani ochinglar dedim. Nima eshitmadingmi? - Stefan bir zum o'ylanib turdi. So'ng ikki qo'riqchiga buyurar ekan, ular hech qanday qarshiliksiz darvozani ochishdi. Gipsofila bo'lsa endigina darvozadan chiqar ekan ham, oldiga oynalari tanirovka qilingan qop qora mashina kelib to'xtadi va mashina ichidan mallarang va oq uslubda kiyinib olgan Volkan no zoynagini yechgancha Gipsofilaga qaradi, --- Kelganing uchun rahmat Volkan, - Gipsofila Volkanga mamnun nigoh tashladi, --- Aqling kirganidan xursandman, - deya Volkan hazilomus ohangda gapirdi, --- Meni Diananing uyiga olib bor, - deya Gipsofila mashinaga joylashar ekan, Volkan tezlikni oshirgancha Sarfarozning qal'asidan uzoqlashdi, --- Dianani bezovta qilib Nima qilasan. Menikiga borganing yaxshi emasmi? --- Aslini olganda unchalik vahima qiladigan narsa emas, --- Insonlarga ham ruhan ham jismonan azob berish vahima qiladigan narsa emas shundaymi? Ajoyib, --- Yaxshi sen bilan baxslashishdan naf yo'q. Diananing uyiga bo'lsa uyigada, - deya Volkan Jim bo'ldi. Gipsofila o'zida bor qo'shimcha kalitlar yordamida uyga kirar ekan, na Iroda va Na Dianadan darak bor edi. Ikkisiga ham qo'ng'iroq qildi. Ammo Javob bo'lmagach Zeynebni yotoqxonaga yotqizgancha, kimgadir qo'ng'iroq qilishga tushdi. Oradan bir necha daqiqa o'tgach eshik qo'ng'irog'i chalindi. Gipsofila eshikni ochar ekan, eshik ortidagi kimsa uni ko'rib quvonchdan o'zini tuta olmay Gipsofilani bag'riga bosdi, --- Honim, qaytganingizni eshitib juda ham xursand bo'ldim, --- Men ham seni ko'rganimdan juda xursandman Kara, - deya Gipsofila unga jilmayib qaradi, --- Honim bizni juda havotirga solgandingiz. Oradan ko'p muddat o'tganiga, sizni qayta ko'rmasam kerak deb o'ylagandim, --- Kara endi menga Yordaming kerak. Bu yerda ishonadigan yagona insonim sensan. Endi meni Zeynebimga xolajon bo'lib ko'z quloq bo'lishing kerak, --- Albatta Honim. Diana honimdan farzandingiz haqida eshitib boshim osmonga yetgandi, - deya Kara ichkariga kirdi. Oshxonaga o'tib Gipsofila uchun nonushta tayyorlashga kirishdi. Oradan Yana bir oz muddat o'tgach eshik qo'ng'irog'i Yana chalindi, --- Diana kelgan bo'lsa kerak sen ishlaringni qilaver Kara, o'zim ochaman, - deya Gipsofila eshikni ochar ekan, tashqarida maxsus liboli ikkita shaxsga ko'zi tushdi, --- Siz Gipsofila Yusufsiz shundaymi? --- Ha sizlarga Nima kerak? - Gipsofila hayron boqdi, --- Bizda sizni hibsga olish haqidagi buyruq bor, - ulardan biri hech qanday hissiyotsiz Javob berdi. Muallif: Lady Gipsofila Download 498.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling