Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
118 — Ovozingni o‘chir. Hayf-ey senday erkakka! Shopday mo‘yloving, uzun soqoling bi- lan mushtumdek qizcha oldida voyvoylashga uyalmaysanmi? Bu yara emas, o‘yinchoq. Shunday kasal boquvchiga topshirishlarini bilsam, hatto men ham bir yerimni g‘iq de- may kestirar edim. Bir soatdan so‘ng sersoqol kapitan bilan doktor jo‘nab ketdi. Dunyoda bundan ham ajoyibroq tasodif bo‘lishi mumkinmi? Men umrim bino bo‘lib, bir ko‘rgan odamimning menda shu qadar chuqur taassurotlar qoldirganligini hech eslay ol- mayman. * * * Zay-ni-lar, 24 fe--v-ral. Bu yil yozni baravaqt keladi, deyishadi. Bir haftadan beri havolar ochiq. Kunduzlari quyosh charaqlaydi. Tepalarda qor bo‘lmasa, odam o‘zini may oyi pallalarida deb his etadi. Bugun juma. Tushki ovqatdan so‘ng xonamda o‘tirib, suv bo‘yoqda Munisaning surati- ni solish bilan mashg‘ul edim. Birdan eshik taqilladi. Xaticha xonim ro‘moli bo‘yniga tushgan, qo‘l-oyoqlari titragan holda kirib keldi. Uni hech mahal bunday sarosimali va hayajonli ko‘rmagan edim. — Voy, xo‘jonim, maktabga ikkita afandi keldi. Biri maorif mudiri emish, tekshirgani kelibdi. Tez tush! Ular bilan gaplashishga tobim yo‘q. Shosha-pisha chodramni yopina turib, o‘zimcha kular edim. Kabinetida o‘tirib qo‘l- oyog‘ini qimirlatishga ham erinadigan bu tamballar shohi shuncha yerga zahmat chekib kelsa-ya! Bunga ishonib bo‘ladimi! Pastda, sinf eshigi yonida biri nihoyatda novcha, unisi g‘oyat pakana ikki kishiga duch keldim. Men ko‘zlarim bilan uni qidira boshlaganimda, pakana kishi men tomonga to‘g‘ri yurib keldi. Qorong‘ilikda men uncha yaxshi ko‘rolmagan yuzida yakka ko‘zoynak porlar edi. — Muallima xonimmisiz? Hurmatimni arz etaman. Men maorif mudiri Rashid Nozim- man. Bu qanday qorong‘i yer? Bu yer maktab emas, og‘il-ku! Sinfning eshigini ocha turib: — Ichi bir oz yorug‘, afandim, — dedim. Mudirning mitti gavdasiga sira ham yarashmagan bir alfozda oyoqlarini katta-katta ta- shlab yuradigan biram g‘alati odati bor ekanki... U eshikdan bir odim ichkari tashladi-yu, to‘xtadi. Keyin nutq so‘zlamoqchiday qo‘lini silkitib: — Azizim, bunga qara, bu qanday razolat, qanday razolat! — dedi. — Maktab deyish uchun mingta guvoh kerak bunga! Shu holda qanday taraqqiyparvar bo‘lasan? “Yo ham- masi, yo hech birisi!” deganimning naqadar o‘rinli ekaniga tan berarsan deyman? Endi ularni durustroq ko‘ra boshladim. Mudir dastlab ko‘zimga yosh bola, endi yetilib kelayotgan o‘smirday ko‘ringan edi — aslida ellik yoshni urib qo‘ygan ko‘sa kishi ekan. Nuqul qoshi bilan ko‘zini o‘ynatar, aytgan har so‘ziga qarab tirish yuziga alohida-alohida ma’no berardi. Narigisi esa novchadan kelgan, qotma, qoramag‘iz, ingichka mo‘ylovli kishi edi. O‘lgu- day novchaligidan bir oz bukir ham chiqaribdi. Maorif mudiri yana menga qaradi. — Afandim, o‘rtog‘imni sizga tanitay: viloyat jamoat ishlari bo‘limining injeneri Mum- tozbey. Men indamay qolmaslik uchun: Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin www.ziyouz.com kutubxonasi 119 — Shunaqami, afandim. Juda soz, — dedim. Maorif mudiri sinfning mustahkamligini tekshirmoqchiday oyoqlarini dupurlatib yurar, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling