Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
114 nimalar degan, nimalarga jasorat qilgan ekan? Bir necha bor chiroqni yoqib, xatlarni o‘qimoqchi bo‘ldim, lekin o‘zimni bosdim. Bu xatlarni o‘qish ayb, men uchun bir tushkun- lik edi. Oradan ikki kun o‘tdi. Maktublar hamon o‘sha yerda yotar, uy havosini zaharlaganday meni azoblar edi. G‘amgin, ezgin holatim Munisaga ham yuqdi. Bechora qiz meni dardga solgan nima ekanini bilar, etajerkadagi konvertlarga nafrat bilan qarab-qarab qo‘yar edi. Shu bugun kechqurun ham yana deraza yonida o‘yga tolib turgan edim, Munisa torti- nib yonimga keldi, keyin yuragi betlamaygina: — Opajonim, men bir nima qilib qo‘ydim, bilmayman, jahlingiz chiqarmikan? — dedi. Men cho‘rt o‘girildim. Ko‘zlarim ixtiyorsiz etajerkaga yugurdi. Xatlar joyida yo‘q edi! Yuragim alamdan g‘ujanak bo‘ldi, chidayolmay: — Xatlar qani? — deb so‘radim. Munisa boshini egdi. — Yoqib yubordim, opajon. Nima qilayin, sizni juda ezib yuborishdi! Men bo‘g‘iq bir tovush bilan: — Nima qilib qo‘yding, Munisa?! — deb qichqirdim. Bola mening qattiq jahlim chiqishini, yelkasidan ushlab silkita boshlashimni kutib tit- rardi. Boshimni qo‘llarimga tirab, sekin-sekin yig‘lay boshladim. — Opajonim, yig‘lamang. Xatlaringizni yoqqanim yo‘q, sizga jo‘rttaga shunday dedim. Bunchalik kuyib-yonmasangiz, keyin yoqib yuborardim. Mana. Kichkina qo‘li bilan boshimni silar, ikkinchisi bilan xatlarni qo‘limga ushlatishga hara- kat qilardi. — Ol, opajonim, bular yaxshi ko‘rgan kishingdan kelganga o‘xshaydi, — dedi. Men se- skanib tushdim. — Tirmizak, bu qanday gap? — deb qichqirdim. — Qaydam, opajon. Yaxshi ko‘rgan kishingizdan kelmasa, shuncha yig‘larmidingiz? Ko‘p narsa biladigan bu qaqajonning so‘zlaridan uyaldim, ko‘z yoshlarimdan uyaldim. Endi bu ahvolga xotima berish kerak edi. Men qaror qildim. — Kichkinaginam, koshki shu so‘zlarni aytmagan bo‘lsang. Modomiki, aytishga ayt- ding, endi men senga isbot qilib berayin. Xatlar men yaxshi ko‘rgan odamdan kelgan emas. Kel, ikkovimiz birga yoqib tashlaymiz. Uy ichi qorong‘i edi. Faqat o‘choqda bir o‘tin chalasi goh yonib, goh o‘chardi. Xatlar- dan birini o‘tga tashladim. Konvert g‘ujanak bo‘lib yona boshladi. Yonib bo‘lgandan keyin ikkinchisini, so‘ngra uchinchisini tashladim. Munisa anglashilmas bir hayajon bilan bag‘rimga suqilardi. Maktublar birin-ketin yonarkan, qarshimizda jon berayotgan bir odam bordek, hayajon ichida sukut qilib tur- dik. Navbat to‘rtinchi xatga kelganda, ichimda chidab bo‘lmaydigan bir pushaymonlik o‘ti yondi. Lekin uchtasi yonib ketgandan keyin bunisini olib qololmas edim. Qalbimning bir parchasini uzib olayotgandek bir iztirob bilan unisini ham o‘tga irg‘itdim. So‘nggi maktub avvalgilaridek birdan tutab ketmadi. Bir chekkasidan nozikkina tutun chiqarib, keyin sekin-sekin yona boshladi. Oxirida konvertning qovjirab ochilganini, may- da yozuvlar bilan to‘liq bir qog‘ozning sekin-sekin yona boshlaganini ko‘rdim. Bu azobga chiday olmay qiynalar edim. Munisa, ko‘nglimda o‘tayotgan narsalarni bilgandek, egilib qo‘lini o‘tga suqdi-da, maktubning bir parchasini qutqazib qoldi. Bu parchani bolani uxlatgadan keyingina qo‘limga oldim. Unda shu satrlar omon qol- gan edi. “...Kecha ertalab onam yuzimga qaradi-yu, yig‘lab yubordi. “Nima bo‘ldi, oyi? Nega yig‘laysiz?” — deb so‘radim. Oldin gapirgisi kelmadi. “Hech... Bir tush ko‘ribman”, deb qo‘ya qoldi. Lekin men |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling