Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
110 Munisa sekin-sekin tilga kirdi. Qo‘llarini qo‘ynimga tiqib, sarg‘ish sochlarini bilaklarim us- tiga to‘kib, ko‘zlarimga tikilar, so‘ragan savollarimga og‘ir-og‘ir javob berardi. Kecha kechqurun o‘gay onasidan juda yomon qo‘rqib ketib, qishloqning narigi chetidagi bir om- borda somonning ichiga bekinib olibdi. Somon odamni ko‘rpadek issiq saqlar emish. Le- kin bugun qattiq ochiqibdi. Kunduzi tashqariga chiqsa, yana uyga tutib kelishlaridan qo‘rqib, chor-nochor kech kirishini kutib yotibdi. Bechora bolaning ishongan tog‘i men ekanman. Kuni bilan: “Xo‘jonim albatta non be- radi”, deb o‘zini yupatibdi. Bir ozdan so‘ng bolaning porloq ko‘zlariga mung cho‘kdi, chehrasidagi suyunch o‘tlari o‘cha boshladi. Sababini so‘rashning luzumi yo‘q edi. Chunki xuddi shunday qo‘rquv menda ham uyg‘ongan edi. Ertaga ertalab Munisani yana uyiga yuborish kerak bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, qalbimda zaif bir umid yo‘q emas edi. Ba’zan qalbimda hech mahal ushalmaydiganday tuyuladigan orzu-umidlar yashaydi. Mendagi hozirgi umid ham shunga o‘xshardi. Munisada befoyda orzu uyg‘otishdan qo‘rqayotgadek, past tovush bilan Xaticha xo- nimga dedim: — Agar bu bechorani ota-onasi uylariga sig‘dirishmayotgan bo‘lsa, o‘zimga qiz qilib ol- sam, yo‘q deyishmasmikin? Mening ham hech kimim yo‘q. Xudo haqqi, buni o‘z bolam- dek parvarish qilaman. Berishmasmikin-a? Bu o‘tli orzum go‘yo Xaticha xonimning lablaridan uchadigan so‘zlarga bog‘liqdek, tit- rab, qaltirab, qo‘llarimni uzatar, bo‘ynimni bukardim. Kampir ko‘zlarini o‘choqqa tikib olib, o‘ylanib turardi. Keyin sekin boshini tebratdi: — Yomon bo‘lmas edi. Ertaga oqsoqol bilan gaplashib ko‘raylik. U xo‘p desa, otasini ham ko‘ndiramiz. Yaxshi bo‘ladi, — dedi. Men umrimda shunchalik umid bag‘ishlovchi ajoyib so‘zlar eshitganimni eslolmayman. Javob qilmasdan Munisani bag‘rimga bosdim. Bola qo‘llarimni o‘pib: — Onajonim, onaginam! — deb yig‘lay boshladi. Men shu satrlarni yozib turganimda, Munisa mening o‘rnimda yotib uxlayapti, sariq sochlarida o‘choq olovining mas’ud shu’- lalari titrayapti. Tez-tez, chuqur-chuqur xo‘rsinadi. To‘lib-to‘lib yo‘taladi. Yo rabbiy, shu bolani menga berishsa naqadar baxtiyor bo‘lardim! Unda na qorong‘i kechalardan, na dahshatli po‘rtanalardan va na bechorachilikdan — hech bir narsadan qo‘rqmas edim. Uni o‘z qo‘lim bilan po‘palab o‘stiraman, baxtiyor qilaman. Men bir za- monlar boshqa bolalarni orzu qilib yurgan edim, lekin ularning hammasi bir kun kechqurun birdaniga qalbimda o‘lib ketdi. Men endi taqdirimga ko‘nikib qoldim. Yana hamma narsani seva boshladim. Komron, bir kun kechqurun qalbimdagi o‘sha kichkintoylarni o‘ldirgan o‘zing bo‘lganing holda, bu kecha sendan bir vaqtlardagi darajada nafratlanmayman. * * * Zay-ni-lar, 18 de-kabr. Bugun kechasi ham mijja qoqmay chiqsam kerak. Kasallar singari, baxtlilarga ham kechalar shunday uzun tuyuladi... Ertalab Xaticha xonim bilan qishloq oqsoqolining uyiga bordik. Bechora chol meni Munisadan xabar izlab kelayotibdi, deb o‘ylagan ekan. — Hali ham topilmadi, yana bir-ikki yerdan umidim bor, — deb darhol menga tasalli bera boshladi. Men kechasi bo‘lgan voqeani aytib berdim. So‘zim oxiriga yaqinlashgan sari yuragim dukuri ortar, ko‘z oldim qorayib borardi. Dunyoda hech qilib bo‘lmaydigan bir narsa uchun yolvorayotgandek, qo‘llarimni qovushtirdim: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling