Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
109 mirib: “Bechora qiz yo‘qolib qoldi. Bo‘rilar yeb ketgan bo‘lsa kerak!” — deyardi. Kechga borib Vahbining shubhasi kattalarga ham ta’sir qila boshladi: “Shunday bo‘ronda musht- dek qiz bola boshqa qishloqqa keta olmaydi. Yo biron yerda sovuqdan muzlab o‘ldi, yo bo‘lmasa yirtqichlar yedi”, — deguvchilar ko‘paydi. Odam odamni tanib bo‘lmaydigan qor bo‘ronini tun qora tumandek qamrab olganda yuragimda dahshatli bir umidsizlik paydo bo‘ldi. Hayotni zolim va adolatsiz narsa deguv- chilarning fikriga birinchi marta ishona boshladim. Hayotga qarshi isyon ko‘tardim. Ovozim, nafasim bo‘g‘ildi, boshim otashlar ichida yondi, barvaqt ko‘rpaga kirdim, yorug‘ ko‘zimga ozor bergani uchun chiroqni o‘chirdim. Tashqarida bo‘ron hamon hayqirar, deraza eshiklariga kelib urilardi. Kim bilsin, bechora qizgina hozir qaerlarda yotibdi ekan? Kim bilsin, bechora qaysi zulmat ichida ko‘milgan ekan? Och sariq sochlari, kim biladi, qorong‘ilikning qaysi bir quchog‘ida, xazon-yaproqlarga tushgan oyning o‘limtik yog‘dusi kabi qaerlarda titrab yuribdi ekan? Necha soat o‘tganligini bilmayman. Odam bunday hollarda vaqtni sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi. Birdan qabriston tomondagi eshik taqillayotgandek bo‘ldi. Shamoldan boshqa nima bo‘lishi mumkin? Lekin unday emas. Bu shamol zarbasidan boshqa bir nar- sa. Ko‘rpamdan ko‘tarilib quloq soldim, kecha qorong‘iligida bo‘g‘iq bir inson yig‘isini eshitgandek bo‘ldim. Darhol o‘rnimdan sakrab turdim, yelkamga ko‘rpa tashlab, pastga yugurib tushdim. Maqsadim Xaticha xonimning hujrasiga borib, uni uyg‘otish edi. Lekin u ham bu ovoz- ni eshitgan ekan, bir qo‘lida sham bilan yugurib chiqib keldi. Biz eshikni birdaniga ochib yuborishga botinolmay turdik. Bu orada bo‘ron ham tin- gan edi. Xaticha xonim erkaklarnikiga o‘xshash yo‘g‘on tovush bilan: — Kim u? — deb qichqirdi. Ammo javob bo‘lmadi. Kampir yana bir marta so‘radi. Ana shundan keyin shamolning shovqini ichida nozik yig‘i tovushni eshitdik. Xaticha xonim: — Sen kimsan? — deb yana baqirdi. Lekin men ovozni tanib, “Munisa! Munisa!” deya qichqirib, tambani ocha boshlagan edim. Eshik ochilar-ochilmas ichkariga qor aralash shamol yopirilib kirdi-yu, kampir qo‘lidagi sham birdan o‘chdi. Qorong‘ilikda quchog‘imga muzdek sovuq kichik bir vujud tushdi. Xaticha xonim shamni yoqish bilan ovora bo‘lguncha, men uni bag‘rimga bosib, ho‘ngrab yig‘lab tur- dim. Munisa tamom madori qurib, qo‘llarimda behush yotardi. Yuzi ko‘m-ko‘k ko‘karib ket- gan, sochlari to‘zg‘igan, kiyimlarining ichiga qor to‘lgan edi. Bolani yechintirib o‘z joyimga yotqizdim. Bir parcha chitni Xaticha xonimning manqali- da isitib kelib, Munisaning badanini ishqay boshladim. Munisa o‘ziga kelar-kelmas, og‘zi- dan chiqqan birinchi so‘z shu bo‘ldi: — Bir burda non bering... Xayriyat, ozgina sutimiz bor ekan. O‘shani isitib baxti qora qizga qoshiq bilan ichira boshladik. Minutlar o‘tgan sayin Munisaning yuzi qizarib, ko‘zlarida nur paydo bo‘la boshladi. U qo‘llarimda yotib xo‘rsinar, achchiq-achchiq yig‘lardi. Oh, uning ko‘zlaridagi minnatdorchilik! Dunyoda kichkinagina yaxshilik qilishdan ham ajoyib narsa yo‘q. Po‘rtana ichida vayron bo‘lgan kema singari larzaga kirgan bu qorong‘i xonam o‘choqning qizil alangalari ichida birdaniga shundayin munis, mas’ud bir uyaga aylandiki, hozirgina hayotdan shikoyatlanganligim uchun o‘z-o‘zimdan uyala boshladim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling