Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
128 o‘zicha: — Bu bir masal: dinsizning ta’zirini imonsiz beradi, — deb g‘uldirar edi. Sarkotib oyoqlari bilan soqoli ham titrab kirib keldi. Boshini o‘girmay yoniga qarab ol- gan qiz singari, bir ko‘zining qiri bilan kotiblarga razm soldi. Ular shu qadar jim, shu qadar halim ishlab o‘tirishar ediki, sarkotib xotirjam bo‘lib, g‘udrana-g‘udrana o‘rniga ke- lib o‘tirdi. Lekin o‘zini hech bosolmas edi. Bir necha marta uh tortib, xo‘rsinib olgandan keyin se- kin-sekin so‘zlay boshladi: — Ellik yoshga kirgan, allaqancha idoralarda ishlagan bir kishining aqli shu narsalarga yetmasa-ya! O‘zi ertaga daf bo‘lar-ketar, keyin danak bizning boshimizda chaqiladi. Bor- di-yu, ko‘z og‘rig‘iday revizor kelib qoldi! Ishlarni ipidan-inasigacha tekshirib: “Hoy, kal- lavaramlar, nima balo, yelkalaringizdagi eshak boshimi? Bu ikki yuz ellik qurushning ne- ga hujjati yo‘q? Bu rasvogarchilikni nega ko‘rmadinglar?” deb qoladi. Unda nima bo‘ladi? Revizor hammamizni sudga bersa haqli. Davlat xazinasi bilan o‘ynashib bo‘larmishmi! Agar buni yashirib ketsak, xudo haqqi, yuz yildan keyin ham bu pulni avlodu ajdodimiz- dan undirib olishadi. Kotiblar boshlarini daftardan ko‘tarishib, bu dono gaplarni hurmat bilan tinglab o‘tiri- shar edi. Sarkotib vaziyatni ancha tuzuk hisoblab: — Eshitdinglarmi, ishyoqmasning noma’qul gaplarini? — deb so‘radi. Qori ajablanib bosh ko‘tadi. — Yo‘g‘-e, darvoqe, bir ovoz eshitganday bo‘ldik, sizga oidmidi? — Qisman menga. Qornini yorsa alif chiqmaydi-yu... — Xafa bo‘lmang, sarkotib afandi. U kishi hisob-kitobdan bexabarlar. Janoblari bo‘lmasa, uch kunda bu idora ostin-ustin bo‘lib ketadi. Bu so‘zlarni qori so‘zlardi. Boyagina sarkotib uchragan haqoratlardan yosh boladay suyungan qori afandi! Yo rabbiy, bular qanaqa odamlar o‘zi! Shu bilan birga sallali kotibning taxmini anchagina to‘g‘ri chiqdi. Sarkotib boshidan o‘tgan bo‘rondan ke- yin xiyla yumshalgan, og‘irlashgan ko‘rinardi. Bir sigara tutatib, tutunlarini ikki tomonga pufladi-da: — Satqayi odam ket. Bu davlatga xizmat qilgan qaysi bir odamdan kimning ko‘ngli shod bo‘libdi! — dedi. Keyin, meni ortiq ovora qilmay, qog‘ozlarni tezgina qabul qilib ol- di. Bir ozdan so‘ng o‘z ishim masalasida yana maorif mudirining huzuriga kirdim; char- chaganimdan tizzalarim titrar, ko‘zlarim tinar edi. Mudir endi boshqa masala bilan ovora edi. O‘kirib-o‘shqirib xizmatkorlarga kabineti- ning changini arttirar, devordagi suratlarning o‘rinlarini o‘zgartirar, ora-sira kichkina oy- naga o‘zini solib, sochlarini, galstugini tuzatar edi. Hamon boyagi burchakda o‘tirgan keksa afandi bilan o‘rtalarida bo‘lib turgan gaplar- dan bu tayyorgarlikning sababini bilib oldim. B...ga Per For degan bir frantsuz gazetachi- si kelibdi. Maorif mudiri kecha viloyat hokimi bergan ziyofatdan ana shu muharrir va uning rafiqasi bilan tanishibdi. Per For juda ajoyib odam emish. Gazetasida “Yashil B...da bir necha kun” degan sarlavha bilan qator maqolalar bermoqchi emish. Mudir hayajonlanib hikoya qilardi: — Er-xotin bugun soat uchda ziyorat qilgani kelamiz, deb va’da etishdi. Ularga mak- tablarimizdan bir-ikkitasini ko‘rsataman. Garchi yevropaliklarga ko‘krak kerib ko‘rsatguli maktablarimiz bo‘lmasa hamki, qittay siyosat ishlatamiz. Harholda, foydamizga bitta maqola bo‘ladi, deb umidvorman. Xayriyatki, men shu yerdaman, yo‘qsa bu ziyorat mendan avvalgi mudir vaqtiga to‘g‘ri kelsami, yevropalik oldida toza rasvo bo‘lardik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling