Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
133 Mudir nihoyat keldi. Yo‘lda selga uchrab, kiyimi astar-avrasigacha ho‘l bo‘lib ketibdi. Mudir meni kabinetida ko‘rib: — Xush kelding, qizim. Hozir maorif bo‘limida aytishdi seni. Olloh jumlamizni muborak etsin, — dedi. Mudirning oppoq yumaloq soqol o‘rab turgan chehrasi ichida yumaloq yuzi, olma kabi qip-qizil betlari, javdirab turgan g‘ilay ko‘zlari bor edi. Ustidan oqayotgan suvlarga qarab: — Oh, xudo ko‘tarsin, shamsiyani olib chiqish esimdan chiqibdi. Rosa sho‘rim quridi! Aqlsiz kalla jabrini oyoq tortar, deyishadi, lekin bu safar kiyim tortdi. Ayb qilma, qizim, bir oz qurib olmasam bo‘lmaydi, — dedi. Mudir choponini yecha boshladi. Men o‘rnimdan turib: — Afandim, sizni bezovta qilmay. Keyin kelarman, — deb tashqariga chiqmoqchi bo‘ldim. Lekin Rajab afandi qo‘l ishorasi bilan meni joyimga o‘tqazdi. — Yo‘q, jonim qizim, takalluf nima hojat! Biz senga ota o‘rnidagi odammiz, — dedi. Choponning ichida naparmon chiziqli sariq atlasdan nimchagami yo ko‘ylakkami o‘xshagan bir narsa bor edi. Yoqasiga qarasang ko‘ylak deysan, cho‘ntaklariga qarasang nimcha. Rajab afandi stulini pechka yoniga surib o‘tirdida, tovonlariga ot taqasiga o‘xshatib ju- da katta mixlar qoqilgan ko‘n botinkali oyoqlarini o‘tga yaqinlashtirib, men bilan gapla- sha boshladi. Mudirning sandonga bolg‘a urilganda chiqadiganga o‘xshash yo‘g‘on va quloqlarni kar qiladigan dag‘al ovozi bor edi. “Q” harflarini “G‘” shaklida talaffuz etardi. — Juda ham yosh bola ekansan-ku, qizim! — dedi. Hamma yerda eshitaverib jonimga tekkan so‘zni u ham aytdi. — Albatta, bu ish qo‘lingga osonlikcha kirmagandir, lekin buni qo‘lda saqlab qolish un- dan ham qiyinroq bo‘lar, deb o‘ylayman. Shuning uchun g‘ayrat qilishing kerak. Mening muallimalarim ham o‘z yo‘llari bilan qizlarim o‘rnidagi kishilar. Shu sababli nihoyatda o‘zlarini og‘ir, jiddiy tutishlari kerak. Bir vaqt muallimalarimdan bittasi ko‘p xunuk ish qilib qo‘ydi. Qorasi o‘chsin! Maorif bo‘limi bilan kelishib o‘tirmasdanoq, pasportini qo‘liga berib quvib chiqardim. Shunaqa emasmi, Shahnoza xonim? Nima balo, og‘zingga talqon solib olganmisan? Shahnoza xonim, ya’ni maktab mudirining muovini yo‘talmasdan turib biron so‘z ayta olmaydigan o‘rta yoshli, za’faron, xasta yuzli bir xotin edi. Anchadan beri bir narsa dey- ishga harakat qilayotganligini sezib o‘tirardim. U asabiy bir tovush bilan: — Ha-ha, shunday bo‘luvdi, — dedi. Keyin so‘z nvbatini qo‘ldan bergisi kelmadimi, tomdan tarasha tushgandek qilib gapirdi: — Hammollar ikki majidiyatdan kamiga unashmayapti, nima qilamiz? Rajab afandi, ustidan bug‘ eshilib chiqayotgan nam botinkalariga o‘t ketayotgandek, birdan sakrab turdi. — Bu muttahamlarni qarang, voy la’natilar-ey! O‘lay agar, yuklarni o‘zim orqalab ta- shiyman. Men telbaroq odamman. Aytdimmi — qilaman. Bor, borib ayt. Keyin u yana menga yuzlandi: — Sen ko‘zlarimning g‘ilayligini ko‘ryapsanmi? Xudo nomi bilan qasam ichamanki, men bu ko‘zlarimni ming liraga ham sotmayman. Odamlarimga mana shunday bir qarash qilsam bas, aql-hushlari boshlaridan uchadi-ketadi. Ya’ni, masalan, muddaom shuki, qiz degan narsa aql-xushli, odobli, yaxshi tarbiyali bo‘lishi kerak. Vazifasiga qusur yetkazmasin, tashqarida muallimalik nomiga isnod keltirmasin. Muovina xonim, dars vaqti bo‘lib qoldi deysanmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling