Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 cho‘zilib yotadi. Menda rasm solish havasi yana uyg‘ondi. Bir necha kundan beri suvbo‘yoq bilan Munisaning rasmini chizmoqdaman. Yaramas qiz tek turib bersa, surat allaqachon bitgan bo‘lardi, lekin jim turish joniga tegadi. Boshida dala gullaridan qilingan chambar, yalang‘och qo‘llarida uloq bilan ro‘paramda jim o‘tirishga toqati yetmaydi. Ba’zan Mazlum unamasdan uzun, ingichka oyoqlarini tipirchilata boshlaydi. Ana shun- day paytlarda Munisa irg‘ib o‘rnidan turadi-da: — Opajonim, xudo haqqi, men jon-jon deb turib berardim-u, lekin Mazlum unama- yapti, nima qilay! — deb qochib ketadi. Men jahlim chiqib barmog‘im bilan unga po‘pisa qilaman: — Nima, men sening shaytonligingni bilmaymanmi? Sen jo‘rttaga jonivorni qitiqlayap- san! Maktabdagi darslarim ham yomon ketayotgani yo‘q. Mudir afandi mendan juda xur- sand. Faqat kulishni yaxshi ko‘rganim uchun ba’zan mendan xafa bo‘lib qoladi. — Ha-da, senga ham ombur olib kelaman-da! — deydi. Men yolg‘ondan lablarimni burib: — Nachora, domla afandi. Ustki labim bir oz kaltaroq, shuning uchun jiddiy turganim- da ham meni kulyapti deb o‘ylaysiz, — deyman. Mudir afandi nimagadir chet tillarga havas bilan qarardi. Allaqanday bir eski farantsuz alifbesini topib olib, hijjalab o‘qib yuradi. Ba’zan mendan so‘zlarning ma’nosini so‘rab oladi-da, darslik chekkasiga qora qalam bilan yozib qo‘yadi. Shayx Yusuf afandi bilan juda inoqlashib ketdik. Bu nozik, g‘amgin bemor menga juda yoqadi. U ovozida yashirinib yotgan shikoyatli ohang bilan shunday go‘zal, shunday alo- mat narsalar aytadiki... O‘n kun avval juda g‘alati hodisa ro‘y berdi. Maktabimizda keraksiz eski ashyolar tiqib tashlangan bir zal bor. O‘sha kuni bir o‘quv jadvali olish uchun shu zalga kirdim. Deraza- lar yopiq bo‘lgani sababli zal ichi kechqurungiday olaqorong‘i edi. Tevaragimga qaragan edim, burchakda chang bosib yotgan bir eski organga* ko‘zim tushdi. Birdan yuragim shirin-shirin ura boshladi. Keyin yuragimga mung cho‘kdi. Bolalik chog‘larimning bax- tiyor kunlari shu organ chalgan og‘ir, chuqur ilohiy kuylar ichida o‘tgan edi. Unutilgan do‘stning mozoriga yaqinlashayotgandek, titroq ichida uning yoniga keldim. Zalga nima uchun kelganimni, qaerda ekanligimni unutgan edim. Sekin oyog‘imni bosdim, klavish- lardan biriga barmog‘imni qo‘ydim. Organ yarali ko‘ngildan kelayotgandek og‘ir, dardli sado berdi. Oh, bu sado! Nima qilayotganligimni o‘ylab o‘tirmasdan yoniga kursi keltirib qo‘ydim. Organ yoniga o‘tirib, yaxshi ko‘rgan cherkov gimnlaridan birini sekin, g‘oyat sekin chala boshladim. Organni tinglab turib, sekin-sekin o‘zimni yo‘qota bordim, og‘ir bir ro‘yo qa’riga tortila boshladim. Maktabimning olaqorong‘i koridorlari ko‘zlarim o‘ngida gavdalanar, qora far- tug‘li, kalta sochli maktabdosh dugonalarim shu dahlizdan to‘p-to‘p bo‘lib o‘tardi. Bu yer- da qancha qolib ketganligimni, nimalar chalganimni bilmayman. O‘tgan kunlarimning o‘tgan ro‘yosiga o‘zimni tamomila taslim etgan edim. Orqamda chuqur bir xo‘rsinish, yaproqlar orasidan shamol o‘tayotganligiga o‘xshash bir tovush eshitdim. Yengilgina titrab boshimni o‘girdim. Olaqorong‘ilikda ko‘zimga Shayx Yusuf afandining sarg‘ish siymosi ko‘rindi. Bir siniq javonga suyanib, boshini so- lintirgan holda quloq solib turar, ko‘k ko‘zlarida chuqur bir hasrat bor edi. To‘xtaganimni ko‘rib: — Davom et, bo‘tam, davom et, iltimos qilaman, — dedi. Men javob bermadim. Organ ustiga boshimni yana ham engashtirib olib, ko‘zdagi yoshlarim quriguncha chaldim. Keyin hiq-hiq nafas olib, ezg‘in, tolg‘in bir holda o‘rnim- dan turdim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling