Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
152 — Tuzuk, sizlarni-ku bo‘shatish qiyin emas, lekin Munisaga, manavi sariq zolimga qanday javob beramiz? Qo‘limizdan nima keladi, kichkinalar? Har qancha urinsak ham sariq xoinlardan o‘zimizni qutqaza olmaymiz! — dedim. Qushlardan so‘ng navbat o‘zimga keldi. Men havo ochiq kunlarda boshimni harvaqt sovuq suvda yuvar, keyin oftobda quritishni yaxshi ko‘rardim. Bugun ham shunday qildim. Keyin qafaslar ro‘parasidagi o‘rikka chiqib, ho‘l sochla- rimni bahor yelida qurita boshladim. Sochlarim uzayib, belimga tushib qolibdi. B... da sochlarimning nechuk kaltaligini dugonalarimga aytishdan uyalgan edim. Ular soch qirqishni xotinlar uchun ayb, to‘g‘rirog‘i, katta gunoh, deb hisoblardilar. Men har kimlar- dan, hatto Hoji xalfadan ham soch dorisi olib ishlatardim. Ular sochlarimning shunday tez o‘sib ketganini ko‘rishgandan so‘ng hamma hikmat o‘zlarida, dorilarida ekanligini ay- tishar, dorilarining zo‘rligiga mening sochlarimni shohid qilib ko‘rsatishardi. Men o‘tirgan o‘rik qafaslarning qoq ro‘parasida edi. Qushlar munchoq ko‘zlarini quyoshda yiltiratishib, har xil ohangda sayrashardi. Men ularga taqlid qilib hushtak cha- lar, ingichkagina shoxda xuddi arg‘imchoqday uchib o‘tirardim. Bir mahal qo‘shnimizning derazasiga ko‘zim tushib qolmaydimi! Voy o‘lay, nimani ko‘rdim deng? Polk imomi Hofiz Qurbon afandi yelpich tovoqday yapaloq yuzidagi machit chirog‘i singari yonib turgan yumaloq, shilpiq ko‘zlari bilan menga esi og‘ib qarab tursa bo‘ladimi! Qanday ahvolga tushganimni so‘z bilani aytib berolmayman. Qilig‘im, qiyofatim bir narsaga o‘xshasa ham go‘rga edi: oyoqlarim ochiq, egnimda yarim-yorti badanimni yopib turgan oq ko‘ylak. Bi- rinchi harakatim — orqam bilan bitta bo‘lib turgan parishon sochlarimni tortib bo‘ynimni, ko‘kragimni to‘sishdan iborat bo‘ldi Keyin o‘zimni shoxdan pastga otdim. Xayriyatki, da- raxt baland emas edi. Quloqlarimga “Yo olloh, o‘zing asra!” degan tovush eshitildi. Da- raxtdan o‘zini tashlagan, joni og‘rigan menu, voy-voylagan qo‘shnim Hofiz Qurbon afandi bo‘ldi! Men Hofiz Qurbon afandining nomini kulmasdan aytolmayman. Ellik yoshni urib qo‘ygan bu tabarruk kishi polk imomi. U o‘zini juda badavlatman, deb maqtanadi. Xotini hali o‘ttizga ham kirmagan, chiroyli, pokiza, ko‘zlari qop-qora, xushbichim bir cherkas juvon. Biz u bilan juda qalinmiz. Bugun Munisani o‘ynatgani olib ketgan ham shu juvon. Bolasi bo‘lmagani uchun mening kichkina shaytonimni o‘z bolasiday yaxshi ko‘radi. Lekin bugungi voqea kayfimni buzib qo‘ydi. Imom domladan juda yomon uyaldim. Kim bilsin, o‘lguday ayb qilgandir. Hozir, shu satrlarni yozib turganimda ham, uyatdan yuzim o‘tday yonayotganini, lavlagiday qizarib ketganini sezib turibman. Voy, xudo! Maktab muallima- si ham bo‘ldim-u, lekin haligacha sho‘xligimni qo‘ymayman! B... dagi qizlar bilim yurti- ning mudiri Rajab afandi menga: “Xudo tez ko‘rsatmasin, lekin bir kun emas-bir kun o‘lganingda, janoza o‘qigan imomni ham kuldirib yuborasan-da!” — degan edi. Bu yerga kelganimizdan beri daftarim portfelimda yotardi. Shuning uchun so‘nggi olti oy ichida bo‘lib o‘tgan voqealarni bugun tushki ovqatdan keyin yozish niyatim bor edi. Deraza yoniga keldim. Bu yerdan bo‘g‘oz bilan qirg‘oqdagi harbiy istehkomlarning bir qismi kaftday ko‘rinib turadi. Aslida biz bu uyga shu deraza menga yoqqani uchun ko‘chib kelgan edik. Bo‘lmasa, uning boshqa hech qanday fazilati yo‘q edi. B...dan tezroq boshimni olib qochish uchun taklif qilishgan birinchi bo‘sh o‘rinni darrov qabul etgan, u vaqt bu yerning menga manzur bo‘lish-bo‘lmasligi, oyligimning kamligi xayolimga ham kelmagan edi. Lekin toleimga bu yer yaxshi chiqdi. Shiringina, tinchgina harbiy shahar ekan. Tub yerlikdanmi, kelgindidanmi, ishqilib, kimdanki bo‘lsa ham otasi- ni, aka yo ukasini, o‘g‘lini, erini so‘rasangiz yo ofitser, yo soldat — xullasi, harbiy bo‘lib chiqadi. O‘qituvchilarning ham bir qismi yo rota imomi, yo polk muftisi, yo bo‘lmasa, umuman, armiyaga aloqador kishilar. Qo‘shnim Hofiz Qurbon afandi ham sallasi bilan birga ba’zan harbiy forma kiyib, hatto yoniga qilich ham taqib oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling