Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
155 shahar og‘ziga tushibman. Yo rabbiy, bu qanday sharmandagarchilik! Dugonam zo‘rlab yuzimni ochdi, keyin yarim hazil, yarim chin qilib: — Buning xafa bo‘ladigan joyi yo‘q-ku? Butun boshli shahar erkaklarini o‘zingizga jalb qilibsiz, bunday baxtga qanday xotin muyassar bo‘ladi? — dedi. Bu erkaklar munchayam yomon bo‘lishmasa! Meni bu yerda ham tinch qo‘yishmaydi. Voy xudo, endi odamlarga qanday ko‘rinaman, qo‘shnilarimning yuziga qanday qilib qarayman?! * * * Ch..., 1 may. Uyda o‘tirib o‘quvchilarimning daftarlarini ko‘rayotgan edim. Eshik taqilladi. Munisa pastdan: — Opajon, mehmon keldi, — deb qichqirdi. Tashqarida qora chorshafli bir xotin aylanib yurardi. Yuzi yopiq bo‘lgani uchun ta- niyolmadim. Taraddudlanib: — Kimsiz, afandim? — deb so‘radim. Birdan kulgi ko‘tarildi. Xonim mushuk singari bo‘ynimga tashlandi. Tavba, Munisa ekan! Yaramas qiz meni belimdan ushlab hovlida aylantira boshladi. Hech qo‘ymay yuzimni, bo‘ynimni o‘pa ketdi. Chorshaf kichkinamni bo‘yiga yetgan qizga o‘xshatib qo‘yibdi. Kichkina shu ikki yil ichida bo‘yiga tortib, xushqomat, chiroyli, kuydirmajon qiz bo‘lib qoldi. U kun sayin guldek ochilib, husn to‘kib borardi. Bo‘ylarimiz ham qariyb baravar bo‘lib qoldi. Lekin odam ko‘z o‘ngidagi narsalarning o‘zgarib borishini ko‘pincha farq qilolmaydi. Munisani mana shu chorshafda ko‘rib, ichimga sig‘may suyunishim kerak edi. Men esa xafa bo‘ldim. Buni Munisa ham fahmladi. — Opajon, nima bo‘ldi? Hazillashdim-da. Nima, sizni xafa qilib qo‘ydimmi? — deb so‘radi. Bechora yomon ish qilib qo‘ygandek, o‘kinib yuzimga tikilardi. — Munisa, — dedim, — seni butun umr yonimda olib qololmayman. Ko‘rib turibman, turmaysan. Hozirdanoq to‘ylarda kelinchaklik iplarini boshingga taqib quvonasan. Bila- man, qizim, yonimda qolmaysan, kelinchak bo‘lib, meni albatta yolg‘iz tashlab ketasan. Ana shu yolg‘izlikning alami hozirdanoq yuragimga chang solayotgandek, ko‘zlarimga yosh keldi. Munisa hech bo‘lmasa meni bir og‘iz so‘z bilan yupatsa edi, deb mo‘ltillab turgan ko‘zlarim bilan yalinaman. Lekin yaramas qiz lablarini bukib: — Nachora, opajonim? Odat shu, — dedi. — Demak, bir begonaga tegib, meni yolg‘iz qoldirib ketasan, shundaymi? Munisa javob bermadi, faqat kulib qo‘ya qoldi. Lekin qanday kuldi-a! Zolim qiz hozir- danoq uni mendan ortiq sevardi. Endi boyagi so‘zlarimning aksini gapira boshladim. — Mayli, kelinchak bo‘lsang bo‘larsan, lekin yigirma yoshga kirguninggacha hali ancha vaqt bor. — Yigirma yosh? Voy, bu ko‘p emasmi, opajonim? — Unda o‘n to‘qqiz, mayli, o‘n sakkiz ham bo‘lsin. Indamaysan-a? Kulasan-da. “O‘zim bilaman” demoqchi bo‘lib kulasan. Xudo haqqi, o‘n sakkizdan kamiga bo‘lmaydi. Yaramas qiz kular, bu yosh savdosi uni ajablantirardi. Uyalmasam, ho‘ng-ho‘ng yig‘lardim. Sariq odamlarning hammasi vafosiz bo‘ladi, ular odam boshiga hamisha qayg‘u-alam soladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling