Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
179 zik qizlari-ey! Havo jindek o‘zgardimi — bo‘ldi, darrov gulday sarg‘ayishadi-qolishadi, — dedi. Hamma meni qiyinchilikka chidamaydigan arzanda, nozik, kasal qiz deb hisobladi. Men ularning gaplarini bosh ishorasi bilan tasdiqlar, shunday deb o‘ylaganlari uchun hat- to minnatdor ham edim. Lekin ularga yolg‘on aytdim. Bu safargi hushdan ketishimning sababi boshqa edi. Shu kuni Choliqushi umrida birinchi marta och qolgan edi! Nima qilay, uyalsam-da yozib qo‘yishga majburman. * * * Qar-shiyoqa, 11 ok-tyabr. Bugun Farhunda bilan Sabohatga yana Izmirdan mehmonlar keldi. Bular o‘n besh bi- lan yigirma yoshlar o‘rtasidagi to‘rtta qiz edi. Choshgohdan so‘ng dengiz sayohatiga chiqmoqchi, qayiqda Bayroqligacha bormoqchi bo‘ldik. Endi ko‘chaga chiqqanimizda, ak- siga yurib, yomg‘ir yog‘ib qoldi. Tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushib, yana mehmonxonaga qaytib kirdik. Kichik xonimlar bir oz pianino chalishdi, u yoq-bu yoqdan g‘iybat qilishdi, keyin ikkita-ikkita bo‘lib burchak-burchakda shivirlasha boshlashdi. Xuddi birov qitiqlayotganday qichqirishib, sharaqlashib kulishlaridan nimalarni gaplashayotganlari ma’lum edi. Sabohat juda ham sho‘x, juda shayton qiz. Mehmonlarini zeriktirmaslik uchun turli-tu- man qiziqchiliklar o‘ylab chiqaradi. Etajerkada oila a’zolari va do‘stlarining suratlari bilan to‘liq albomlar bor edi. Shulardan bittasini oldi-da, dugonalarini stol atrofiga yig‘ib, su- ratlarini ko‘rsata boshladi. Suratlar emas, Sabohatning topgan gaplari g‘alati edi. U har bir suratni ushlab olib, undagi kishining hayoti, tabiati to‘g‘risida shunday qiziq narsalar aytardiki, kula-kula ichaklarimiz uzilardi. Masalan, ko‘kragi ordenlar bilan to‘la, haybatli bir posho, ya’ni dunyo hukmroniday ko‘ringan bu mo‘ysafid cholni xotini supurgi bilan rosa urgan emish. Qarindoshlaridan savlatli bir xotinning suratini ko‘rsatdi, aftidan, viloyatli ekani bilinib turardi. Bir kun kemadan Qo‘qoriyali limaniga tushayotganida, bir nima bo‘lib, dengizga yiqilib ketibdi. Esxonasi chiqib ketganidan o‘z viloyatining shevasida “Shirin jonimdan ayrilyapman, qutqaringlar!” deb chinqiribdi. Rashidbeyning ko‘nyalik sut tog‘asi bor ekan. Suratini ko‘rgan kishi kulmay turolmay- di. Boshida salla, egnida cholvor, imom domlaning o‘zginasi. Buning ro‘parasidagi ikkin- chi suratda esa deputat bo‘lgandan keyin frak kiyib, yakka ko‘zoynak bilan tushgan ras- mi turibdi. Imom domla deputatga xo‘mrayib qarab turibdi, deputat esa uni ermak qilib olayib turibdi. Bu shunaqayam alomat surat ediki, yangi sahifani ochib yubormasin, deb Sa- bohatning qo‘lini ushlab olib toza kuldim. Farhunda men bilan hazillasha boshladi: — Farida xonim, xohlasangiz sizni shu zotu husnobodga beramiz, hozir boshi ochiq, — dedi. — Avvalgi xotinlarini qo‘yib, endi deputatga loyiq, yevropalashgan xonim qidirib yuribdi. Men hamon kulishdan to‘xtamay stol yonidan uzoqlashdim-da, Farhundaga: — Hoziroq yozing, men roziman. U kishiga tegadigan xotin boshqa yerdan baxt topol- maganda ham umrini hech bo‘lmasa kulgi bilan o‘tkazadi-ku, — dedim. Sabohat yangi sahifani ochib, meni qo‘li bilan imladi. — Farida xonim, mana bu suratni ko‘rsangiz, deputatimizdan aynib qolarmikansiz, deb qo‘rqaman, — dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling