Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
*  *  * 
Derazani yopa turib, tashqariga yana bir marta qaradim: odamlar tarqalgan, chiroqlar 
o‘chgan, haligina qirg‘oq fonarlari bilan o‘ynashgan dengiz endi qumloq qirg‘oqdan ancha 
chekinib, pish-pish uxlayotgan bola singari, qoyalarning oppoq yostig‘iga bosh qo‘ygan. 
 
*  *  * 
Bugun shu yoqqa kelayotganimda... Yo‘q, buni yozolmayman. Keyin... 
 
*  *  * 
Qar-shiyoqa, 7 ok-tyabr. 
 
Rashidbeyning chorbog‘ida kunimiz yomon o‘tmayapti. Ikkita qizni o‘qitaman: biri — 
mening yoshimda, ikkinchisi kichikroq. Kattasining ismi Farxunda, husnda otasining 
o‘zginasi. Buning ustiga o‘lguday injiq ham. Kichigi — Sabohat, bu opasining teskarisi
xuddi qo‘g‘irchoqday chiroyli, shirin, qaqajon qiz. 
Xizmatkor xotinlardan biri bir kuni ko‘zini ma’noli qisib: 
— U mahal rahmatli xonim afandi kasal edilar. Bitta yoshgina harbiy doktor kelib xa-
bar olib turardi. Xonim afandi o‘sha doktorning yuziga ko‘p qaraganlari uchun shunaqa 
chiroyli qiz tuqqanlar, — dedi. 
Mening hadigim ko‘proq xizmatkor xotinlardan edi. Haqiqatni yashirishning nima ke-
ragi bor, axir men ham o‘shalarning bittasiman-ku? Lekin men juda ehtiyot bo‘ldim, 
hech biriga ish buyurmadim...  Shuning uchun meni hurmat qilishadi. Darvoqe, bunda 
Rashidbey afandi tomonidan menga ko‘rsatilayotgan e’tiborning ham ta’siri bo‘lsa kerak, 
deb o‘ylayman. 
Chorbog‘ning eng katta nuqsoni — ari iniday g‘uvillab turishi edi. Mehmonlarning keti 
uzilmaydi. Bitta mehmon keldimi bo‘ldi: Farhunda bilan Sabohat mehmon oldiga chiqing
deb hol-jonimga qo‘yishmaydi, bu esa menga hech yoqmaydi. Bunisi ham go‘rga-ya, Ra-
shidbey afandining katta o‘g‘li Jamilbeyning chorbog‘da turishi meni yomon dilgir qiladi. 
O‘ttizlarga kirib qolgan bema’ni, badhazm yigit... Yilning o‘n oyini Yevropada otasining 
molu dunyosini sovurish bilan, ikki oyini esa shu yerda, Izmirda bekorchilik bilan o‘tka-
zar ekan. Xayriyat, ana shu ikki oyning so‘nggi kunlarini kechirib turibmiz. Aks holda, 
chorbog‘ni bundan uch kun avval tashlab ketgan bo‘lardim. Uyda bo‘lsa senga nima, de-
yarsiz? Men ham shunday deb o‘ylagan edim, lekin yanglishibman... 
Uch kun avval Farhunda bilan Sabohat meni pastdagi mehmonxonada kechgacha ush-
lab qolishdi. Ulardan zo‘rg‘a qutulib, qorong‘ida tepaga chiqib ketayotgan edim, uchinchi 
qavat zinapoyasining maydonchasida turgan bir erkak qorasini ko‘rib, yurak-puragim 
chiqib ketdi. Apil-tapil orqaga tashlandim. Lekin shu on Jamilbey sharpa qilib qoldi: 
— Qo‘rqmang, kichik xonim, menman, — dedi. 
Yon tomondagi derazalarning biridan Jamilbeyning yuziga xiragina yorug‘ tushib tur-
gan edi. 
— Kechirasiz, bey afandi, qo‘qqisdan taniy olmadim, — dedim-u, yonidan o‘tib ket-
moqchi bo‘ldim. 
Lekin Jamilbey o‘ngga bir qadam tashlab, yo‘limni to‘sib oldi. 
— Uyqum qochib, derazadan oyning chiqishini tomosha qilmoqchi bo‘lib turgan edim, 
kichik xonim, — dedi. 
Niyatini payqadim. Shuning uchun o‘zimni hech nima sezmaganga solib, sekin o‘tib 
ketmoqchi bo‘ldim, ammo u gapirib qoldi. Gapini javobsiz qoldirmaslik uchun men ham: 
— Hozir oy chiqadigan vaqt emas-ku, afandim, — dedim. 
U past ovoz bilan: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling