Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
- Bu sahifa navigatsiya:
- * * * Bugun shu yoqqa kelayotganimda... Yo‘q, buni yozolmayman. Keyin... * * *
www.ziyouz.com kutubxonasi
177 * * * Derazani yopa turib, tashqariga yana bir marta qaradim: odamlar tarqalgan, chiroqlar o‘chgan, haligina qirg‘oq fonarlari bilan o‘ynashgan dengiz endi qumloq qirg‘oqdan ancha chekinib, pish-pish uxlayotgan bola singari, qoyalarning oppoq yostig‘iga bosh qo‘ygan. * * * Bugun shu yoqqa kelayotganimda... Yo‘q, buni yozolmayman. Keyin... * * * Qar-shiyoqa, 7 ok-tyabr. Rashidbeyning chorbog‘ida kunimiz yomon o‘tmayapti. Ikkita qizni o‘qitaman: biri — mening yoshimda, ikkinchisi kichikroq. Kattasining ismi Farxunda, husnda otasining o‘zginasi. Buning ustiga o‘lguday injiq ham. Kichigi — Sabohat, bu opasining teskarisi, xuddi qo‘g‘irchoqday chiroyli, shirin, qaqajon qiz. Xizmatkor xotinlardan biri bir kuni ko‘zini ma’noli qisib: — U mahal rahmatli xonim afandi kasal edilar. Bitta yoshgina harbiy doktor kelib xa- bar olib turardi. Xonim afandi o‘sha doktorning yuziga ko‘p qaraganlari uchun shunaqa chiroyli qiz tuqqanlar, — dedi. Mening hadigim ko‘proq xizmatkor xotinlardan edi. Haqiqatni yashirishning nima ke- ragi bor, axir men ham o‘shalarning bittasiman-ku? Lekin men juda ehtiyot bo‘ldim, hech biriga ish buyurmadim... Shuning uchun meni hurmat qilishadi. Darvoqe, bunda Rashidbey afandi tomonidan menga ko‘rsatilayotgan e’tiborning ham ta’siri bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Chorbog‘ning eng katta nuqsoni — ari iniday g‘uvillab turishi edi. Mehmonlarning keti uzilmaydi. Bitta mehmon keldimi bo‘ldi: Farhunda bilan Sabohat mehmon oldiga chiqing, deb hol-jonimga qo‘yishmaydi, bu esa menga hech yoqmaydi. Bunisi ham go‘rga-ya, Ra- shidbey afandining katta o‘g‘li Jamilbeyning chorbog‘da turishi meni yomon dilgir qiladi. O‘ttizlarga kirib qolgan bema’ni, badhazm yigit... Yilning o‘n oyini Yevropada otasining molu dunyosini sovurish bilan, ikki oyini esa shu yerda, Izmirda bekorchilik bilan o‘tka- zar ekan. Xayriyat, ana shu ikki oyning so‘nggi kunlarini kechirib turibmiz. Aks holda, chorbog‘ni bundan uch kun avval tashlab ketgan bo‘lardim. Uyda bo‘lsa senga nima, de- yarsiz? Men ham shunday deb o‘ylagan edim, lekin yanglishibman... Uch kun avval Farhunda bilan Sabohat meni pastdagi mehmonxonada kechgacha ush- lab qolishdi. Ulardan zo‘rg‘a qutulib, qorong‘ida tepaga chiqib ketayotgan edim, uchinchi qavat zinapoyasining maydonchasida turgan bir erkak qorasini ko‘rib, yurak-puragim chiqib ketdi. Apil-tapil orqaga tashlandim. Lekin shu on Jamilbey sharpa qilib qoldi: — Qo‘rqmang, kichik xonim, menman, — dedi. Yon tomondagi derazalarning biridan Jamilbeyning yuziga xiragina yorug‘ tushib tur- gan edi. — Kechirasiz, bey afandi, qo‘qqisdan taniy olmadim, — dedim-u, yonidan o‘tib ket- moqchi bo‘ldim. Lekin Jamilbey o‘ngga bir qadam tashlab, yo‘limni to‘sib oldi. — Uyqum qochib, derazadan oyning chiqishini tomosha qilmoqchi bo‘lib turgan edim, kichik xonim, — dedi. Niyatini payqadim. Shuning uchun o‘zimni hech nima sezmaganga solib, sekin o‘tib ketmoqchi bo‘ldim, ammo u gapirib qoldi. Gapini javobsiz qoldirmaslik uchun men ham: — Hozir oy chiqadigan vaqt emas-ku, afandim, — dedim. U past ovoz bilan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling